O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir
Download 20.36 Kb.
|
Texnologiya mustaqil ta\'lim
O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin kattalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o’ylaydi. O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatidanamoyon bo’ladi. O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san’atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotidamehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o’yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba’zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g’oyalari hozirgi zamon bolalar o’yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o’yini ko’p asrlik tarixga ega. Bu – deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan».[3] Yan Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o’yin – bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o’yin davomida tengdoshlari bilan do’stlashadi. Ya.A.Komenskiy o’yinga quvnoq bolalik va bolani uyg‘un rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o’yinlariga e’tiborli munosabatda bo’lishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar o’z o’yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar, deydi.[2] Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Shunday qilib o’yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o’yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg’or olim va pedagoglar o’zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali isbotlab berdilar. Ilk yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’lim-tarbiyaviy ishlarini ma’lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni oz o’yinlarida qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi. Navbatdagi bosqich rolli o’yin bo’lib, unda bolalar o’zlariga tanish bo’lgan kattalar mehnati va kishilarning ijtimoiy munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. XULOSA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng foydalaniladi. Zero: o’yin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi; o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir; o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; o’yin bolalarga ta’limva tarbiya berishning metod va usulidir; o’yin bolalarni o’quv faoliyatiga tayyorlash vositasidir. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o’yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalar o’ynining mazmuni, tashkil etilishi, tuzilishi, bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojlanish darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko’rsatadi. Zero, “Biz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug’ maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak”-deya ta’kidladilar davlatimiz rahbari.[1] Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29- dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasi Toshkent “O’zbekiston nashriyoti” 2021-yil 2. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo’latova, N.M. Qayumova, M.N.A’zamova. Maktabgacha pedagogika. Darslik. Toshkent – 2017 yil 3. O’yin – bola faoliyatining asosiy turi. https://fayllar.org/10-mavzu-oyin--bola- faoliyatining-asosiy-turi-reja.htm 4. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o’yinlar. yoshdagi bolalar uchun o'yinlar. https://uz.unistica.com/maktabgacha-yoshdagi-bolalar-uchun-oyinlar/O’yin bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki , unda kattalarga mansub bo’lgan mehnat ham , turli narsalar haqida tafakkur qilish , xom – xayol surish , dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o’yin faoliyatida aniq bo’ladi . Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki , o’yin faqat atrof muhitdagi narsani shikastlanishiga emas , balki qudratli tarbiya vositasi hamdir . Ijodiy va syujetli o’yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan bog’liq bo’lib,individual xususiyatlar ham shakllanadi. Demak, bog’chadagi ta’lim – tarbiyaning muvaffaqiyati ko’p ishlarini bolalarning o’yin faoliyatini olib borish uchun tashkil qila bilishga bog’liqdir. Shunday , bolalar xayoli o’ziga xos narsa emas , ishlab chiqarish , bolalar xayolining o’ziga xos kelib chiqishi , rivojlanadigan psixologik jarayondir . Shuni ham ta’ lab qilishi joizki , fan – texnikasi mislsiz rivojlanayotgan hozirgi davrda hayratda chiqadigan narsalar bolalarga go’yo , bir mo’jizadek ko’rinadi . Ular ham oʻzlarining turli oʻyinlari jarayonida oʻxshatma qilib ( ya’ni , analogik tarzda ), har xil xayoliy narsalarni o’ylab topadi ( uchar ot , odam mashina , gapiradigan daraxt kabilar ) . Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o’ylab chiqarishlarini yana shuni anglatadi ki , ular o’zlarining har xil o’yin ishlarida faqat narsalarni emas , balki ayni chog’da energiyani ham aks ettiradi . Maktabgacha bolalarning faoliyati oʻyin. Bu bolalarning oʻyinlarini uchga boʻlish mumkin: 1)predmetli oʻyinlar(15-20 minut oʻynaladi); 2)syujetli-rolli oʻyinlar (30-60 minut oʻynaladi); 3) qoidali oʻyinlar (Isoatdan -2kungacha davom etishi mumkin). Bogʻcha yoshidagi bolalarning oʻyin faoliyati masalalari asrlar davomida juda koʻp olimlarning diqqatini oʻziga jalb qilib boradi. Bogʻcha yoshidagi bolalar oʻzlarining oʻyin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olgʻa qarab sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bolalarning o’yin faoliyatlarida turli hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarni aks ettirish passiv arayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi. Bolalar oʻyin faoliyatining yana bir xususiyati bu oʻyin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko’pincha umumiylik harakteriga ega boʻlishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola oʻzining turli-tuman oʻyinlarida faqat oʻziga tanish boʻlgan yolgʻiz bir militsionerning, tarbiyachining, balki shofyorning,. uchuvchining shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Rolli o’yin – bog’cha yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyatidir. Rolli o’yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muhim faoliyati bo’lib, ular bunday o’yinda go’yo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajariladilar. Shu boisdan o’yin faoliyat uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaharlararo munosabatlarni umunlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg’u, o’zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etish uchun turli o’yinchoqlardan, shuningdek, ularning vazifasini o’tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o’yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi. Ma’lum rollarga bo’lingan jamoa o‘yini, bolalardan qat’iy qoidalarga boʻysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi.Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o’yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki jamoa o’yinlari bolalarni jamiyatda o’zini tuta olishini o’rgatadi, bunday o’yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o‘yin qoidalariga, tartib- intizomga boʻysungan va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Eng asosiysi bu o‘yinlarda kattalarning predmetli dunyoga nisbatan xulq-atvori takrorlanmaydi, odamlar orasidagi munosabatlarga, xususan rollariga imitatsiya (taqlid) qilinadi. Bolalar ushbu munosabatlar asosida quriladigan rollarni va qoidalarni ajratadilar, o‘yinda unga amal qilinishini qattiq nazorat qiladilar va o‘zlari ham ularga rioya qilishga harakat qiladilar. Xulosa qilib aytganda, o’yin maktabgacha yoshdagi bolalarning kelajak hamda ijtimoiy hayotida o’zini o’rnini tuta bilishi uchun ham katta rol o’ynaydi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh bolalar uchun o’rgatilayotgan bilim va malakalar o’yin orqali amalga oshirilmoqda. Rolli va jamoa o’yinlari bolalarni yanada dadil, erkin va o’z fikrini boshqa tengqurlariga aytishga o’ziga bo’lgan ishonchini oshirishda yordam beradi. Boshlang’ich ta’limda ham qiynalmay fanlarni o’zlashtirishi uchun jamoaviy va rolli- syujetli o’yinlarning ahamiyati kattadir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1.Davlatshen. M.G va boshqalar “Yosh davrlar va pedagogik psixologiya” T.:TDPU 2004 2. Dusmuxamedova SH.A., Nishanova Z.T., Jalilova S.X., Karimova SH.T., Alimbaeva SH.T. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya.- T.: Fan va texnologiya markazining bosmoxonasi.-2013. 3. Nishonova Z.T., Alimova G.K. “Bolalar psixologiyasi va uni oʻqitish metodikasi”. T.: 2005 yilO‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o‘quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtinivchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘mini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O‘yin ijtimoiy tajribalami o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. L.S.Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.A.N.Leontev o‘yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog`liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi. O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalami bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Ular quyidagilar: • maftunkorlik ; • kommunikativlik ; • o'z imkoniyatlarini amalga oshirish; • davolovchilik ; • tashxis; • millatlararo muloqot; • ijtimoiylashuv . Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. o‘yinlarning muhim qirralari S.V.Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbir) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko‘ra, faoliyat jarayonining o‘zidan bahra olish uchun qo‘llanadi. O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteiga -«ijod maydoni»ga ega bo`ladi. O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar. Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qaraydilar. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalami tahlii qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini tola amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zIashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo`ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo`llaniladi. O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo`lash, umumta’l'im malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishgaqaratilgan bo`ladi. O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani taibiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo`ladi. Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi. Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslami nazorat qilish, o‘z- o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalarni tashkil etadi. Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi. Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlami vujudga keltirish yotadi. Pedagogik o‘yinIar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, о‘yin metodikasi, soha xususiyati, o‘yin muhiti bo‘yicha tasnif qilinadi. O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. V.F. Shatalovning maqsad- mo‘ljali: • bilim, malaka va ko'nikmalami shakllantirish; • har qanday individual xususiyatlarga ega bo`lgan barcha bolalami o`qitish; • o'qitishni tezlashtirish. Tamoyillar: • ko'p maria takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklardao‘rganish, faoliyatning dinamikqolipi, xatti-harakatning tayanchi, va uning mo`ljaldagi asosini qo`llash; • shaxsni ko'zda tutish asosida yondashuv; • insonparvarlik; • zo'rlab o‘qitmaslik; • o'quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o'quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo`lga solish), o`sish va yutuqlarga istiqbolni ochish; • o`qitish va tarbiyani bo`g`lash.Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning asosiy turlari: Intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o‘yinlardan iborat. Bu o‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy ahloqiy, psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi. Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha turlari bo‘yicha ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi o‘yinlar alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish hulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq odob o‘rgatish, yangi bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarga ajratiladi. Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bo‘lgan ta’lim –tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi. Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi. Umumiy o‘yinlar nazariyasiga, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli konsturuktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlariga ajratiladi. Bularning orasida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishibilan alohida o‘ringa ega. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolok olimlar tomonidan shu yosh davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi. Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQSH-da so‘ngra boshqa g‘arb mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshlandi. Ishchanlik o‘yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o‘yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noananaviy dars shakillari Ishchanlik o‘yini darsi –dars mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etish jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish mashqi.
Rolli o‘yin darsi - dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi. Teatrlashtirlgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o‘quv kursi va shu kabilar) asosida o‘tiladigan dars. Kim oshdi savdosi darsi – o‘quv fani ayrim bo‘limi bo‘yicha bilimlarni har bir o‘qituvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. Yarmarka darsi – dars mavzusini bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning o‘zaro muloqot asosida sinfga qiziqarli tushuntirish orqali o‘tiladigan dars. Formulalar darsi – o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklidagi mashqlar o‘tkazish darsi. O‘yin darsi – dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari tashkil qilish darsi. “Sud darsi” - o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Kontsert darsi - dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi kontsert shaklida ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimini mustahkamlash imkoniyatini beradi. “Tergovni bilimdonlar olib boradi” darsi - dars mavzusini oldindan puxta o‘rgangan o‘quvchilar yordamida qiziqarli savol-javoblar, tahlillar asosida isbotlab tushuntirish mashqlari bo‘lib, bunda o‘quvchilar dars mavzusini o‘zlashtirib, eslab qolishlari uchun qulaylik yaratiladi.Integral (integratsiyalashgan) darsi - bir necha fanlarga oid integratsiyalash uchun qulay bo‘lgan mavzular bo‘yicha tashkil qilingan dars bo‘lib, o‘quvchilarning turli fanlarga qiziqishlarini ortirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi. Bunday darslar o‘quvchilarga fanlararo bog‘liqlikni o‘rgatish orqali ulardan olam tuzilishining ularning ilmiy asoslarini to‘liq idrok etish, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Mo‘jizalar maydoni” darsi – o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan qiziqarli o‘yin bo‘lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to‘g‘ri javoblar topish va g‘oliblarni rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakillantiradi. Didaktik o‘yinlarni amalda qo‘llash shart-sharoitlari Didaktik o‘yinlarni tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik o‘yin mashg‘ulotlariga o‘ziga xos xavfsizlik talablari qo‘yiladi. Bu xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik o‘yin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to‘g‘ri belgilash va unga rioya qilishning o‘ziga xos asoslarini bilish va darsning maqsadiga muvofiq qo‘llash talab qilinadi. Didaktik o‘yin turlarini tanlash me’zonlari: - ishtirokchilar tarkibi bo‘yicha o‘g‘il-bolalar, qiz-bolalar, qiz bolalar, o‘smirlar katta yoshdagilar uchun o‘yinlar; - ishtirokchilar soni bo‘yicha –yakka, juftlikda kichik guruh, sinf jamoasi, raqobotdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o‘yinlar ; - o‘yin jarayoni bo‘yicha – fikrlash, o‘ylash topog‘onlik, harakatlar musobaqa va boshqalarga yo‘naltirilgan yo‘llar; - vaqt me’yori bo‘yicha dars, mashg‘ulot vaqtining reja bo‘yicha ajratilgan qismi, o‘yin maqsadiga erishguncha, g‘olib yoki g‘oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o‘yinlarTa’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. O‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo’lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi. Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi: maftunkorlik; kommunikativlik; o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish; tashxis; o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot; ijtimoiylashuvlik. Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega: - erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega; - ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud; - emotsional ta’sir — bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi; - asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O‘yin tuzilishiga- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi shuni ko’rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi: o‘ynash uchun olingan rollar; bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari; haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish; o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari; o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun). Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k.O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi. Pedagogik ijrochilik o’yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi. 2. Hamkorlikka chorlovchi. 3. Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi. 4. Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo‘qotishga qaratilgan. 5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnostika). 6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi. 7. Millatlararo bag‘rikenglikni shakllantiruvchi. 8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar. MUHOKAMA
Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar. Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsuldor, ijodiy, psixotexnik o‘yinlar. O‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va drammalashtiruvchi o‘yinlar. Predmetlar asosidagi o‘yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin vositalari bo‘yicha: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli- ishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.O’yin faoliyati:- o’zini zimmasiga olgan ro’lga muofiq tutish shakillanadi Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zamir bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim: 1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash. 2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan munosabatlarini hisobga olish. 3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish. 4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish. 5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish. 6. Bolalarga rohami to‘g‘ri taqsimlash. 7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish. 8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini prognoz qilish. Pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak. O‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O‘yin texnologiyasi an’anaviy tahimdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bog’liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tarbiya jarayonlariga pedagogik texnologiya va interfaol usullarni maqsadli qo’llash, maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual qobilyatlarini, ta’lim shakillarini o’ptimallashtirish, bolalarning mustaqil faoliyatini o’stirish va ta’lim samarodirligiga erishishga olib keladi. Download 20.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling