Oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnoma №


Download 71 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi71 Kb.
#1686286
  1   2   3
Bog'liq
MAKTAB AMALIYOT Shartnoma




Oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha
SHARTNOMA №______

“____”_____________2023y


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy taʼlim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi 34-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro davlat Pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasi (keyingi oʻrinlarda Kafedra) nomidan (bir tomondan) Institut Ustavi asosida direktor M.I. Daminov, (ikkinchi tomondan) Buxoro shahar 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi (keyingi oʻrinlarda 29-IDUM) direktori G.M.Ravshanova oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalari boʻyicha shartnoma tuzildi.



  1. Umumiy qoidalar

Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi:


1.1. Kafedra va 29-IDUMning oʻzaro samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
1.2. 29-IDUMning mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirishda Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida o‘quv amaliyotlar joriy qilish.
1.3. Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini oʻrgangan hamda 29-IDUMning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda oʻquv rejalari, fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilishni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirish.
1.4. Hamkorlikda 29-IDUMni istiqbolli rivojlantirish dasturini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini yillar kesimida aniq manzilli, taʼlim yoʻnalishi hamda mutaxassisligini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish.
1.5. Kafedraning taʼlim yoʻnalishida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish va qoʻllash.
1.6. 29-IDUMning muammolarini oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha ilmiy hamda amaliy takliflar ishlab chiqish. Ilmiy maqolalar tayyorlash va ularni nashr qilish.
1.7. Hamkorlikda seminarlar oʻtkazish.
1.8. Hamkorlikda 29-IDUMni istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.
1.9. Professor-oʻqituvchilarning amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqotlarini tijoratlashtirishda hamkorlik qilish;
1.10. Mazkur shartnomaning tuzilishi va undagi shartlarning bajarilishi Kafedra va 29-IDUM o‘rtasida tuziladigan oʻzaro manfaatli boshqa shartnomalarga zid boʻlmasligi shart.




  1. Download 71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling