Oʻzbegim (qasida)
Download 22.42 Kb.
|
Islamova Ramila 1939 sher tahlili (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaratilgan yili
- Adabiy qism Turi
- Hajmi
Islamova Ramila 1939 -guruh talabasi Erkin Vohidov O'zbegim she'r tahlili
Oʻzbegim qasidasi oʻz vaqtida xalq oʻrtasida ogʻizdan tushmaydigan boʻlib qolgan edi. Bu qasida 60-yillar muallif sheʼriyatining eng avj pallasi hisoblanadi. Bu oʻrinda qasidani maxsus sharhlab oʻtirishga hojat yoʻq: u haqda koʻp yozildi. Asar darsliklardan joy olgan. Millatning shaʼni-gʻururi toptalgan, tarix darsliklarimizda xalqimizning shonli oʻtmishi qora boʻyoqlar bilan bulgʻangan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulugʻ ogʻaga, partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulugʻlovchi „Oʻzbegim“ qasidasi gʻayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi. Qasida shoirni mashhur qilgan sara sheʼrlaridan biridir. Qasida haqida „Oʻzbegim“ qasidasi haqida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov bilan boʻlib oʻtgan suhbatlarimizdan birida shunday degan edilar: "Haqiqiy ijodkor oʻz xalqining fidoyi va sodiq farzandi boʻladi. Bu hamma zamonlarga, hamma xalqlarga xos udum. Erkin Vohidovning talay asarlari bunga misol boʻla oladi. Birgina „Oʻzbegim“ni oling! Oʻz vaqtida shoirning boshiga koʻp savdolar solgan, „peshonasini gʻurra qilgan“ bu qasidani oʻzbekning gimni deyish mumkin. Ammo bu oddiy madhiya, faxriya emas. Hajmi kichik asarda xalqimizning ming yillik tarixi, quvonch va iztiroblari gʻoyat tabiiy, gʻoyat teran aks etgan. Bir maktabga borganimda butun sinf bolalari „Oʻzbegim“ni boshidan oxirigacha joʻr boʻlib yoddan oʻqiganini koʻrganman va xalqimizning shunday shoiri borligidan faxrlanganman…"[4] TarixiTahrirlash Bu sheʼr yozilgan paytda odamlarda shunday soʻzga ehtiyoj katta boʻlgan. Chunki ona tilimiz nihoyatda orqaga surib qoʻyilgan, kamsitilgan til edi. Undan keyin oʻzbek xalqining tarixiga boʻlgan munosabat ham juda yomon edi. Goʻyoki, tariximiz faqat qorongʻilikdan iborat-u, biz oktabr inqilobi tufayli baxt, ilm topgandik. Ungacha masalan, savodlilar ikki foiz boʻlgan degan gaplar boʻlgan. Shuncha olimlarimiz, allomalarimiz qayoqqa ketgan? Rus alifbosini, tilini bilmaganlarni hisoblashgan, nazarimda. Balki, oʻsha paytda rus tilini bilganlar ikki foiz boʻlgandir? Tarixiy asar yozganlar oqlanmaydigan, sovet davrini ulugʻlab yozish lozim boʻlgan davr. Bu esa xalqning meʼdasiga tekkan edi. Chunki yolgʻon gap kimga ham yoqardi? Bizdan Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimu ulamolar chiqqan boʻlsa-yu, qanday qilib oʻzbek xalqini savodsiz, omi, ilmsiz deyish mumkin? Shuning uchun bu sheʼr xalqning dardiga malhamdek boʻlgan. Lekin u paytda „Oʻzbegim“ degan soʻzni baralla aytish oson emasdi. „Biz sovet halqimiz“, degan gap boʻrttirib gapirilar, „oʻzbekmiz“, „qozoqmiz“, „qirgʻizmiz“, deyish millatchilik hisoblanardi. Shu tufayli bu qasidani matbuotda chop ettirishim oson boʻlmagan. Olib borgan joyimda ham „oʻzbegim“ soʻzini „xalqimiz“ deb oʻzgartirib bering, deyishgandi. Bir qancha misralarini olib ham tashlashgan. Dastlabki kitobimga kirmagan baytlar ham bor: Sen na zardusht, sen na buddiy Senga na otash, sanam Odamiylik dini birlan Toza iymon, oʻzbegim. Bu qasida uchun men juda koʻp soʻroqlar berganman. Avvalo organdagilar bu millatchilik ruhidagi sheʼrning paydo boʻlishiga nima sabab boʻldi, deya rosa siquvga olishgan. Nazarimda, bu Oʻzbekistondan ham tashqariga chiqib ketgandi. „Yuqori“ga — Moskvagacha etib borgan. Ideologlarni biroz choʻchitgan narsa sheʼrning xalq ichida juda ommalashgani boʻlgan. „Nega sheʼrda sovet tuzumida oʻzbek xalqining baxt-saodat topgani aks etmagan? Leninning nomi yoʻq! Moskva tilga olinmagan. Partiya, oktabr inqilobi yoʻq, shularni kiritib bering“, deyishgan menga. Men bunday deb yozolmasdim ham, kiritolmasdim ham. Eng yuqori dargohlardan ham shu talablar boʻlgan. Yana vaʼdalar ham boʻlganki, agar shu soʻzlarni qoʻshsam, kitobim juda katta „tiraj“da chiqadi, mukofotlar boʻladi… Ammo men bunday qilmadim. Taʼqiblardan bezganim uchun „Faust“ning tarjimasini bahona qilib nashriyotdan ishdan ketdim. Bunga muharririmiz ham rozi boʻldi. Chunki u kishiga ham anchagina tazyiqlar boʻlgan. Oʻzbek sheʼriyatining hozirgi zamon buyuk shoirlaridan Erkin Vohidov ham 1968 yilda yozgan „Oʻzbegim“ nomli qasidasi uchun, bir necha bor KGBga chaqirilib soʻroq qilindi. |
|
Download 22.42 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling