O`zbek kimyogar olimlari obid sodiqovich sodiqov


Download 174.23 Kb.
Sana04.10.2023
Hajmi174.23 Kb.
#1691949
Bog'liq
КИМЁГАР ОЛИМЛАР

O`zbek kimyogar olimlari

OBID SODIQOVICH SODIQOV


Dunyo tan olgan o`zbek kimyogar olimi va fan targ`ibotchisi O. S. Sodiqov 1913-yilda tug`uldi. 34 yoshida O`zbekiston fanlar akademiyasining akademigi qilib saylangan olim alkoloyitlar kimyosi va muhim biologik moddalar sintezi bilan shug`ullandi.

SOBIR YUNUSOVICH YUNUSOV


S.Y. Yunusov 1909-yilda tug`uldi. 1952-yilda O`zbekiston fanlar akademiyasining akdemigi va vitse prezidenti, geologiya-kimyo bo`limining raisi bo`lib ishlagan. Uning ilmiy tadqiqotlari o`simlik moddalari kimyosi va alkoloyitlar kimyosiga bag`ishlangan.

NUSRAT AZAMOVICH PARPIEV


N. A. Parpiev 1931-yilda tug`ilgan. N. A. Parpiev anorganik kimyo soxasidagi yirik olimdir. U va u boshqargan ilmiy jamoa faoliyatining asosiy yo`nalishi oraliq metallarning yangi onarganik birikmalarini olish usullarini ishlab chiqish, tuzulishini aniqlash, fizik-kimyoviy va biologik hossalarini o`rganishdan iborat.

SHAVKAT ISMOILOVICH SOLIHOV


Sh. I. Solixov 1944-yilda tug`ilgan. Solixov bioorganik kimyo va biotexnologiya soxasidagi yirik olimdir. Uning tadqiqotlari oksidlar va pepditlar tuzulishi va hossalarini o`rganish bilan bog`liq. O`rta Osiyodagi hayvonlar zaxari tarkibidagi toksinlar, fermentlar va bosh biologik faol maddalarning tuzulishi va funksiyasini chuqur o`rgandi.

NODIRBEK RUSTAMBEKOVICH YUSUPBEKOV


N. R. Yusupbekov 1940-yilda tug`ilgan. N. R. Yusupbekov kimyoviy tehnologiya, boshqarish va asbobsozlik soxasida ko`zga ko`ringan yirik olimdir. Uning ilmiy ishlari kimyoviy tehnologiya jarayonlarida o`lchash tehnikasi, uning usullari va asbobsozlikni rivojlantirishga bag`ishlangan.

ABDUVALI ABDUSAMADOVICH ABDUVAHOBOV


A. A. Abduvahobov 1941-yilda tug`ilgan. A. A. Abduvahobov rahbarligida O`rta Osiyo mintaqisida birinchi bo`lib feramonlar komponentlarining sintez usullari ishlab chiqildi. Litiy , magniy, natriy, kabmiy va boshqalarning element organik birikmalarini qo`llash – bu sinovlarning ajralmas va muhim qismi hisoblanadi.

Mahsumov A. G.


Mahsumov A.G. 1936-yilda tug`ilgan. Kimyo fanlari doktori, professor. Ilmiy ishlari propargil spirti hosilalari va geterot-siklik birikmalar asosida yangi fiziologik faol moddalar sintez qilishga bag`ishlangan bo`lib, organik kimyo sohasida o`z maktabini yaratgan taniqli olim. Kimyoviy tuzilish nazariyasini mikrozarrachalar asosida zamonaviy talqinini taklif etgan.
Download 174.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling