O`zbek tilidagi fitonimlarning leksik xuxsiyatlari annotatsiya


Download 17.35 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi17.35 Kb.
#1625397
  1   2
Bog'liq
Mamadiyeva Yulduz.maqola


O`ZBEK TILIDAGI FITONIMLARNING LEKSIK XUXSIYATLARI
ANNOTATSIYA
Maqolada o`zbek tilidagi o`simlik nomlari, shuningdek, ularning o`sishi, tarqalishi, hudud bilan bog`liq bo`lgan xillari o`rganiganildi. O`zbek tili fitonimlarining ayrimlari tahlilga tortilib, ularning lisoniy xususiyatlari ochib berildi. O`simlik olamining sistemasini tuzish, o`simliklarning shakl tuzilishiga ko`ra, ma`lum guruhlarga ajratish va bir- biridan farq qilish maqsadida ularga nom berish masalalriga e`tabor qaratildi.
Kalit so`zlar: O`zbek tili, fitonimlar, dorivor o`simliklar, omonimlik, turlar
ANNOTATION
The article studied the names of plants in the Uzbek language, as well as their growth, distribution, species associated with the region. Some of the phytonyms of the Uzbek language were analyzed and their linguistic features were revealed. Attention was paid to the formation of a system of flora, the division of plants into specific groups according to their structure and naming them in order to distinguish them from each other.
Keywords: Uzbek language, phytonims, medicinal plants, synonyms, species
DİPNOT
Makale, Özbek dilindeki bitkilerin adlarını, büyümelerini, dağılımlarını ve bölge ile ilişkili türlerini inceledi. Özbek diline ait bazı fitonimler incelenmiş ve bunların dil özellikleri ortaya konulmuştur. Bir flora sisteminin oluşmasına, bitkilerin yapılarına göre belirli gruplara ayrılmasına ve birbirlerinden ayırt edilmeleri için isimlendirilmesine özen gösterilmiştir.
Anahtar Kelimeler: Özbek dili, fitonimler, şifalı bitkiler, eş anlamlılar, türler
O`simlik olamining sistemasini tuzish, o`simliklarning shakl tuzilishiga ko`ra, ma`lum guruhlarga ajratish va bir- biridan farq qilish maqsadida ularga nom berish bo`lsa,hozirgi kunga kelib bu vazifa yanada murakkablashgan.
Hozirgi kun talabiga muvofiq keladigan o`simliklar olamining sistemasida har bir tur, turkum, oila va boshqa oliy tabaqadagi birliklarning har birini, filogenetik sistemada o`z o`rni bo`lmog`i lozim.
Hozirgi kunda yer yuzida tarqalgan o`simliklarni birliklari sifatida 23 umumiy (taksionomik) birlik qabul qilingan. Xususan: Gegnum vegetabile- buning so`zma- so`z tarjimasi o`simliklar olami; Devisio-bo`lim; Subdevisio-kenja bo`lim; Klassus- sinf; Subklassus-kenja sinf; Ordo-qabila; Subordo-kenja qabila; Familia-oila; Subfamilia-kenja oila; va boshqalar.
O`simliklar sistemasidagi taksionomik birliklarning asosiylari bo`lim, sinf, qabila,oila, turkum, tur bo`lib, har bir o`simlik turi shu taksonomik birliklarga tobe (mansub) hisoblanadi. O`simliklar olamining eng kichik va asosiy taksonomik birligi tur hisoblanadi. O`simliklar olamini turli- tumanligini o`rganish, ularni bir- biridan tafovut qilish va lotin nomi yonida o`z turkiy nomlarini aniq belgilash va to`liq tavfsifini berish,ayniqsa, 420 dan ortiq o`simlik turi o`sadigan O`zbekistonda nihoyatda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Narsa va predmetlarning nomi ularni ifodalovchi shunchaki belgi emas. Nominatsiya masalasi aniqlik, konkretlikni talab etadi. Narsa va hodisalarga nom qo`yish hodisasi dialektik qonuniyat bilan bevosita bog`liq va aloqador. Biror narsaga nom qo`yish uchun oldin uni tasavvurimizda joylashtiramiz, ongimizda uning ramzi- obrazi namoyon bo`ladi. shu obrazning to`liq yoki ma`lum bir jihatlarini ifodalay oladigan nom, predmet yoki hodisaning atamasi yuzaga keladi.
O`simliklarning nomi, bajaradigan vazifasi va yashash muhitini o`zida aks ettiradigan tashqi tuzilshi, uning sistemadagi o`rnini ifodalabgina qolmay, balki tarixiy taraqqiyot davomida shakllanishi, o`zgara borishi va rivojlanish darajasini ham belgilaydi.
O`simlik nomlarining leksik xususiyatlarini o`rganish muhimdir.
Quyida ba`zi o`simlik nomlarining leksik xususiyatlarini hamda har bir tur, turkum, oila va boshqa oliy tabaqadagi birliklarning nomini, shuningdek, ularni bir- biridan tafovut qiluvchi o`zbek, rus va lotin nomini aniq va to`liq tavfsifini berishga harakat qilamiz.

Download 17.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling