O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilishining ahamiyati Reja


Download 15.16 Kb.
bet1/2
Sana11.01.2023
Hajmi15.16 Kb.
#1089508
  1   2
Bog'liq
Davlat tili haqida ma\'ruza


O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilishining ahamiyati


Reja:

1. Davlat till to'g'risidagi qonun sharhi.


2. "O'z ona tilimni bilamanmi?" mavzusida bahs-munozara.
3.Tilimiz taraqqiyotiga hissa qo’shgan olimlar.
4. O'zbek tili imlosi haqida.

O'zbek tili o'zbek millatining tilidir: uni respublikamizda 14 mln. dan ortiq xalq ona tilim deydi


(aholining 71,4 ). O'zbek millatiga mansub kishilar Afg'onistonda , Qoshg'arda, Saudiya Arabistonda,Turkiya va AQSH da , Germaniyada, Xitoyda, Tojikistonda, Eron va boshqa joylarda ham yashaydi.
O'zbek till qadimiy tillardan bo'lib, dastlabki yozma yodnomalar VI-VII asrlarga oiddir^O'rxun-Enasoy). Arablar istilosi davrida (VII) tilimizga arab tilining ta'siri kuchli bo'ldi, lekin xalqimiz o'z lug'ati va grammatik qurilishini saqlab qoldi. Ayni vaqtda arablardan ko'p so'zlar olindi. O'zbek tili o'z ichki imkoniyatlari bilan ham boyib bordi.
O'zbek tili XI asrdan mustaqil til sifatida shakllandUBu davrda Maxmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib, Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Rabg'uziylar o'zbek tilining rivojlanishiga katta xissa qo'shdilar. XIV asrda umumxalq o'zbek adabiy tili vujudga keldi. XV asr o'zbek tilimizning gullash davri hisoblanadi. Bu davr Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq.
XIX-XX asrda sanoat va savdoning rivojlanishi, madaniy aloqalar tufayli o'zbek tili boyib bordi.
XX asrning 20 - yiilaridan maktab-maorif soxasida, madaniyat va adabiyotda ancha o'zgarishlar ro'y berdi. O'zbek tilining lug'at boyligi ortdi, Grammatik qurilishi silliqlashdi. Arab, fors ,tojik, rus tili ta'sirida f tovushi paydo bo'ldi. Tovush almashinishi sodir bo'ldi:yog'mir(yomg'ir), yochdi(o'rgat), ev-o'y, adoq-ayoq, adg'u-ezgu. Lug'atimizning boyish bilan birga unga turg'unlik izlari sezila boshladi. Bu hoi ona tilimizning qadr-qimmatini tushirdi. Jamoa ana shu turg'unlikka qarshi e'tiroz bildirdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1989 yil 21 oktabrda bo'lib o'tgan sessiyasida ona tilimizga davlat till maqomi berildi.
O'zbek till O'zbekiston Respublikasining Davlat tili, degan qonun qabul qilindi.
Konstitutsiyada yozilishicha, "O'zbekiston Respublikasi o'z xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”. Qonunda "O'zbekiston davlati idoralarida barcha korxona va o'quv muassasalarida tashkilot va nashriyotlarda ish o'zbek tilida yuritiladi va ish qog'ozlari ham o'zbek tilida yuritiladi ", deyilgan. Oliy Kengashning 1995 yil dekabr oyidagi majlisidagi bu qonun qayta ko'rilib, uning yangi qarori tasdiqlandi. Bu o'zbek xalqining madaniy va siyosiy hayotida eng yirik voqealardan biri bo'ldi.
O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgach, ism-shariflarni tarixiy-milliy imkoniyatlarga muvofiq qo'llash va yozish imkoniyati tug'ildi: "O'zbekistonda yashovchi fuqarolar millatidan qatiyan nazar o'z ismini, ota ismi va familyasini tarixiy-milliy ananalarga muvofiq shaklda yozdirish xuquqiga egadir "deb yozilgan O'zbekiston Respublikasi Davlat tili to'g'risidagi qonuning 25-moddasida. Masalan: Ahmad Hodiy Maqsudiy, Botirbek Hasan, Abdul Aziz Mansur, Muhammad Yusuf, Akbar Ali Mirzo Qosim o'g'li, Barno Mahkam qizi. O'zbek tiliga to'rt marta davlat tili maqomi berilgan. Birinchi marta XIV asrda Amir Temur davrida berilgan edi.
1993-yil 2 sentabrda "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida" Qonun qabul qilindi. Yangi alifbgsa kiritilgan o'zgarishlar asosida "Ozbek tilining asosiy imlo qoidalari" ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24 avgustda tasdiqlandi.
Davr taqozosi bilan "davlat tili haqida"gi Qonunga ham ayrim o'zgartirishlar kiritildi va 1995 yilning 21 dekabrida O'zbekiston Respublikasining yangi tahririda qonun e'lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iboratdir.
O'zbek till o'zbek xalqining milliy tilidir. Har bir milliy til odatda, so'zlashuv tili va yozuv tili ko'rinishida bo'ladi.
So'zlashuv tili kishilarning o'zaro munosabatlarida ishlatiladigan tildir. Xalqning jonli tilida adabiy tilidagidan farq qiladigan bar xil so'zlar va har xil Grammatik shakllar ishlatiladi. "Ona" so'zi xalq shevalarida turlicha ishlatiladi. Masalan: oyi,aya, buvi, ena, momo, bibi kabi. "Kelyapti", "kelyapmiz" kabi soz'lar she'valararo, so'zlashuv tilida kevotti, kevobmiz, kelutti, keluttimiz kabi shaklida ishlatiliadi.
O'zbek adabiy tili ishlatiladin qoidalashgan, sayqal berilgan-meyorlangan, maromlashgan tildir. Adabiy til me'yorlari barcha uchun umumiy bo'lib, undan ta'lim-tarbiya sohasida, radio va televedeniya eshtirishlarda, keng foydalaniladi.
Har bir yuksak madaniyatli kishi to'g'ri yoza bilishi va to'g'ri so'zlay olishi kerak. To'g'ri yozish muayyan qoidalarga asoslanadi. Bu qoidalarga unli va undoshning yozilishi, o'zak va negizlarning, qo'shimchalarning yozilishi, bosh xarflarning qo'llanishi, bo'g'in ko'chirish, qo'shimcha va juft so'zlarning yozilishi, tinish belgilarining qo'llanishi o'rinlari kabilar kiradi. Bu qoidalar yozuv uchun muhim bo'lib, u yoki bu xalqning yozuv birligini saqlashga xizmat qiladi. Mana shunday to'g'ri yozuv qoidalar to'plami
Download 15.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling