Hokim va tobe sozlarning birikish usullari


Download 212 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi212 Kb.
#227273
Bog'liq
2-taqdimot. Tillarning tasnifi

DUNYO TILLARI VA ULARNING TASNIFI

  • REJA:
  • 1.Dunyo tillari haqida ma’lumot.
  • 2. Dunyo tillari tasnifi:
  • geneologik tasnif ;
  • 2) Morfologik tasnif.
  • 3. Tilshunoslik fanining bo‘limlari.

Dunyo tillari

  • 5600 ta tildan 200 tilning har birida 1 milliondan ortiq, 70 tilning har birida 5 milliondan dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 milliondandan ortiq kishi gaplashadi. Qolgan tillarining har birida 1 milliondan kam kishi muloqotga kirishadi.

Dunyodagi eng yirik tillar

  • Xitoy tili (1 mlrd. odam gaplashadi), ingliz (400 mln.), hind tili va unga yaqin urdu tili (300 mln.), ispan tili (280 mln.), rus tili (220 mln.), indoneziya tili (160 mln.), arab tili (160 mln.), portugal tili (140 mln.), yapon tili (120 mln.), nemis tili (100 mln.), fransuz tili (95 mln.).

BMTNING RASMIY ISHCHI TILLARI

  • ingliz tili;
  • fransuz tili;
  • rus tili;
  • ispan tili;
  • arab tili;
  • xitoy tili.

DUNYO TILLARI TASNIFI

  • GENEOLOGIK
  • TASNIF
  • Tillarning kelib chiqishi, ya’ni qarindoshligi asos qilib olinadi.
  • MORFOLOGIK
  • TASNIF
  • Dunyo tillari tarkibidagi so‘zlarning tuzilishi asos qilib olinadi.
  • GENOLOGIK TASNIF
  • Hind-yеvropa oilasi
  • Turkiy tillar oilasiga
  • Fin-ugor tillar oilasi
  • Som-xom tillar oilasi
  • Kavkaz oilasi
  • Xitoy-tibеt oilasi
  • Samodiy tillar oilasi
  • Mo‘g‘ul tillar oilasi
  • Tungus-manjur oilasi
  • Dravid tillari
  • Malay-polinеz oilasi
  • Avstraliya tillari
  • XIII. Papuas tillari
  • XIV. Afrika tub aholisi tillari
  • XV. Paleoafrika tillari oilasi
  • XVI. Paleoosiyo tillari oilasi
  • XVII. Eskimos tillari oilasi
  • XVIII. Shimoliy Amerika tillari oilasi
  • XIX. Markaziy Amerika tillari oilasi
  • XX. Janubiy Amerika tillari oilasi
  • XXI. Uzoq Sharq tillari oilasi.
  • XXII. Avstraosiyo tillari oilasi. XXIII. Bask tili.
  • XXIV. Burjask tili.

MORFOLOGIK TASNIF

  • AMORF TILLAR
  • AGGLYUTINATIV TILLAR
  • FLEKTIV TILLAR
  • POLISINTETIK TILLAR

AMORF TILLAR

  • Tarkibidagi so‘zlar hech qanday so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri birikib, bog‘lanib keladi. So‘zlar o‘rtasidagi grammatik munosabatlar so‘z tartibi, urg‘u va ohang orqali amalga oshiriladi. Bu tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo‘lgan boshqa tillar misol bo‘la oladi.

AGGLYUTINATIV TILLAR

  • Qo‘shimchalar o‘zgarmas asosga qo‘shilib keladi va shu tariqa so‘zlar o‘zaro bir birlariga bog‘lanadi. Bularga turkiy tillar, shu jumladan, o‘zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu tillari, yapon va koreys tillari kiradi: kitob-lar-ning.

FLEKTIV TILLAR

  • Bular grammatik ma’nolar o‘zak ichidagi tovush almashinuvlari asosida yasaladigan tillardir. Bu tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi.

POLISINTETIK (MUJASSAMLANTIRUVCHI) TILLAR

  • Ularda butun bir gap bir so‘z holida yoziladi va talaffuz qilinadi. AQSHning Yuta shtatida yashovchi hindularning payyut tilidan misol keltiramiz: “vii-to-kuchum-punku-ryugani-yugvi-van-tyum” “so‘z-gap” so‘zma-so‘z quyidagicha tarjima qilinadi: “pichoq-qora-bizon-qo‘lga o‘rgatilgan-bo‘laklamoq-o‘tirmoq”. Ma’nosi: Pichoq bilan qo‘lga o‘rgatilgan qora bizonni bo‘laklab o‘tirishibdi”.

TILSHUNOSLIK FANINING BO‘LIMLARI

  • 1. Lеksikologiya:
  • 1) semasiologiya;
  • 2) onomasiologiya;
  • 3) onomastika:
  • a) antroponimika;
  • b) toponimika.
  • 4) etimologiya;
  • 5) lеksikografiya.
  • 2. Frazеologiya.
  • 3. Shеvashunoslik.
  • 5. Fonеtika.
  • 6. Fonologiya.
  • 7. Orfoepiya.
  • 8. Grafika.
  • 9. Orfografiya.
  • 10. Morfеmika.
  • 11. So‘z yasalishi.
  • 12. Grammatika:
  • 1) morfologiya;
  • 2) sintaksis.
  • 13. Punktuatsiya.
  • 14. Uslubiyat (stilistika) .
  • UYGA VAZIFA
  • Tegishli adabiyotlardan mavzuni konspektlashtirish.
  • “Ona tilidan mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling