Ozbek tilining leksik qatlamlari Mo’minov Muxammadqodir leksika


Download 5.11 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi5.11 Kb.
#1697458
Bog'liq
Ozbek tilining leksik qatlamlari Mo’minov Muxammadqodir leksika


Ozbek tilining leksik qatlamlari

ozbek tilining leksik qatlamlari

Mo’minov Muxammadqodir

leksika

Leksika (yun. lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi. L. maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til L.si toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa lugʻat tarkibida yangi soʻzlarning paydo boʻlishi, mavjud soʻzlardan ayrimlarining eskirib, isteʼmoldan chiqishi, leksik maʼnosini uzgartirib, yangi maʼno kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda L. boyib boradi.

Leksika tarixi

20-asrda barcha xalqlar qatori oʻzbek xalqi L.si ham tezlik bilan oʻsib, taraqqiy etdi. Oʻzbek tili L.siga baynalmilal soʻzlar keng koʻlamda kirib keldi. Buning ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham toʻxtovsiz oʻsib bormoqda. Oʻzbek tili L.sida oʻz va oʻzlashgan qatlam, shuningdek, oʻz qatlam tarkibida umumturkiy suzlar va ulardan yasalgan oʻzbekcha suzlar mavjud. Oʻzlashma qatlam tarkibida forscha, arabcha, ruscha-baynalmilal soʻzlar bor.

O’ZBEK LEKSIKASI

 Oʻzbek tili L.si zamonaviyligi jihatdan 3 asosiy qatlamga bulinadi:

1) zamonaviy qatlam — eskilik va yangilik boʻyogiga ega boʻlmagan soʻzlar. Shu qatlamga oid soʻzlar oʻzbek tili L.sining asosini tashkil qiladi;

2) eski qatlam — hozirda ham isteʼmolda boʻlgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi;

3) yangi qatlam — yangi L. deb ham yuritiladi.

 

Lug’aviy birikmalar

Lugʻaviy birliklar ishlatilish doirasi jihatdan 2 qatlamga ajratiladi

1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan soʻzlar. Maʼnosi shu tilda soʻzlovchilar uchun tushunarli va umumqoʻllanish xususiyatiga ega boʻlgan suzlar umumisteʼmoldagi chegaralanmagan L. sanaladi;

2) ishlatilish doirasi chegaralangan soʻzlar — til lugʻat tarkibining ajralmas qismi boʻlib, uning tarkibiga dialektal, terminologii kasb-hunar L.si, ilmiy atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. 

Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:


  • Hozirgi o`zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:

  • 1. O`z qatlam.

  • 2. O`zlashgan qatlam.

O`z qatlam. 


  • O`z qatlam.

  • 1. Umumturkiy so`zlar. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar umumturkiy so`zlar deyiladi. Bu so`zlar turkiy qabilalarning goh qo`shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so`zlardir. Oltoy tillar oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o`zbek, qozoq, uyg`ur, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no`g`oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, shor, qoraim, qo`miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy turklari tillari mavjud.

O’ZLASHGAN QATLAM

O`zlashgan qatlam

. Hozirgi o`zbek tilining lug`at tarkibiga tarixiy sabablarga ko`ra boshqa tillardan ko`plab so`zlar kirib kelgan. O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlar o`zlashgan so`zlar (olinma so`zlar) deb yuritiladi. O`zlashgan so`zlar uyg`ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.O`zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so`zlarni quyidagi qatlamlarga bo`lish mumkin:

FRAZEOLOGIYA

Frazeologiya Nutqda ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`lanishidan tuzilgan birikmalar qo`llaniladi.Bunday birikmalarning ayrimlari nutq jarayonida tuziladi, ayrimlari esa tilda tayyor birikma shaklida mavjud bo`ladi. Ular bir-biridan o`ziga xos belgilari bilan farq qiladi.

Frazeologiya turlari

Tilda ikki yoki undan ortiq so`zdan tarkib topib, ko`chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so`zga teng keladigan turg`un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi.

Birikmalargina emas, ayrim gaplar ham ibora holiga kelib qolishi mumkin: Ishtahasi ochildi. Dili siyoh bo`ldi.

Iboralarning barchasi ko`chma ma’no ifodalaydi va ularda emotsionallik so`zga nisbatan kuchli bo`ladi. SHuning uchun iboralar nutqning ifodalaligini va ta’sirchanligini oshiradi.

LEKSIKORAFIYA

Leksikografiya Tilshunoslikning lug`at tuzish ishi bilan shug`ullanadigan bo`limi leksikografiya deyiladi. Lug`atlar tilning lug`aviy boyligini to`plovchi kitobdir. Lug`atlar muayyan mavzularda tuzilib, unda so`zlar alfavit tartibida joylashtiriladi. Lug`at tuzish ishi bilan lug`atshunoslar qadimdan shug`ullanib kelishgan. Masalan, XVI asarda usmonli turk tilida «Abushqa» lug`ati yaratilgan.



http://fayllar.org
Download 5.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling