O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi


Download 25.99 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi25.99 Kb.
#1523793
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu (1)


1-amaliy mashg`ulot
Mavzu: “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi ” fanini o`quv fani sifatida o`qitishning maqsad va vazifalari.
REJA:
1.O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti.
2. O‘zbek tilining sohalarda o‘rganilishiga bo‘lgan ehtiyoj.

3.O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Tayanch so‘zlar: ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog’liqligi, “Devonu lug’otit-turk”, sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo’llari, o’zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinadigan keyingi o’zgarishlar, dubletlar, paralellar, o’rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so’z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari,gilamchilik, kashtachilik, to’qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinatsiya.
Mavzuning qisqacha bayoni
Ushbu fan talabalarni mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga oid masalalar, Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun mohiyati; o‘zbek adabiy tili me’yorlari, oʻzbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, sohaviy leksika va uning xususiyatlari, o‘zbek tilida soha terminlarining qo‘llanilishi, nutq uslublari, sohalarda rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari; mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish masalalari bo‘yicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.
Ushbu fan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmoni hamda “O‘zbek tilini 2020-2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi.

Download 25.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling