Matn yuzasidan topshiriqlar:
1-topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering: 1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi? 2. Til va madaniyat tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik ni- madan iborat? 3. «Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz 0 ‘tar) jum- lasini izohlang. 4. Bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi? 5. Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasidagi bogMiqlik va farqni tushuntiring.
1- mashq. Gaplami ko'chirib, ajratilgan so‘zlaming ma’nosini izohlang. 1. Наг bir millatning tili ikki xil ijtimoiy vazifani bajaradi: bir tomondan, jamiyat a’zolari orasida o‘zaro aloqa uchun xiz- mat qilib, ularni birlashtiradi, ikkinchi tomondan, bir millatni boshqasidan ajralib turishini ta’minlaydi. 2. Har bir millatning dunyoda borlig'in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabi- yotidur. Milliy tilni yo'qotmak, millatning ruhini yo‘qotmakdur {A. Avloniy). 3. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir, o‘sha tafakkur va tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K.D.Ushinskiy). 4. Ki har neni bilmish odamizot, Tafakkur birla qilrrush odamizot (Alisher Navoiy). 5. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N.Bualo).
2- topshiriq. Alisher Navoiyning til, so‘z haqidagi hikmatlarini daftaringizga ko'chirib, ularning mazmunini o‘z so‘z!aringiz bilan izohlang va hikmatlarni yod oling. 2- mashq. Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlar ishtirokida matn maz- muniga mos mustaqil gaplar tuzing. Kishilar bir-birlari bilan til orqali o‘zaro munosabatda bo‘ladilar, bir-birlariga fikr va istaklarini yetkazadilar. Alisher Navoiy tilning faqat insonlarga xos hodisa ekan- ligini ta’kidlab: Insonni so ‘ z ayladi judo hayvondin, Bilkim guhari sharifroq yo ‘ q ondin, - deganlar
Mavzu bo‘yichа sаvоllar:
1.0‘zbek adabiy tilining rivojiga, taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan mutafakkirlardan kimlami bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |