O’zbek tilshunosligida unli fonemalar tavsifi


Download 67.79 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi67.79 Kb.
#1490982
Bog'liq
O’zbek tilshunosligida unli fonemalar tavsifi

O’zbek tilshunosligida unli fonemalar tavsifi.

Reja: 1. Unli fonemalar. 2. Undosh fonemalar. 3. Unli fonemalar tasnifi.


Unlilar. Tildagi unlilar sistemasi vokalizm deyiladi. Unlilar sof ovozdan iborat, ohangdorlik kuchli bo‘ladi, ovoz to‘siqqa uchramaydi, istagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin.
Nutq jarayonida undoshga nisbatat salmoqli o‘rin tutadi. Hozirgi o‘zbek tilida olti unli fonema bor: a,o,u,o‘,i,e. Ular tasnifida uch holat e`tiborga olinadi:
1.Tilning gorizontal holati:
a) til oldi: i, e, a.
b) til orqa: u, o‘, o.
eslatma: til orqa: qiliq.
Til oldi: o‘rdakuka.
2.Tilning vertikal holati:
a) tor unli: i, u.
b) o‘rta keng unli: e, o‘.
s) keng unli: a, o.
3.Labning ishtiroki:
a) lablashgan: u, o‘,o
b) lablashmagan: i, e, a.
O‘zbek yozuvida olti unli fonemadan tashqari yana to‘rtta yo-lashgan unli yoki grafema bor: e, yo, yu, ya.
Undoshlar. Undoshlar sistemasi konsonantizm deb ataladi.
O‘zbek adabiy tilida 25 ta undosh fonema bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, i, r, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, ғ, h, ng. Bu fonemalardan ikkitasi yozuvda alohida harflar bilan ifodalanmagan.
Undoshlarni xarakterlash va tasniflash unlilarga nisbatan murakkabroqdir. Tasnif printsipi boshqacharoq. Undoshlarning umumiy bo‘linishini ko‘rsatuvchi tomonlar asosan beshta:
1.Undoshlarning paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra xususiyatlari: a) lab undoshlari: b, m, p, v, f; b) til yoki til-tish undoshlari: t, d, s, z, sh, j, dj, ch, n, l, r, k, g, ng; v) bo‘ғiz tovushi: h.
2.Aytish usuliga ko‘ra: a) portlovchi: t, d, p, b, k, q, ch, dj, g, ts, m, n, ng; b) sirғaluvchi: v, s, z, sh, j, x, ғ, f, y.
3.Tovush paychalarining ishtirokiga ko‘ra: a) jarangli: b, v, z, d, j, dj, g, ғ, y, m, n, r, l, ng; b) jarangsiz: p, f, s, t, sh, ch, ts, k, q, x, h.
Ovozning ishtirokiga ko‘ra: a) sonorlar: m,n,ng,l,r; b) qolgan undoshlarning hammasi shovqinlilar hisoblanadi.
Tarkibiga ko‘ra: a) qorishiq: ch-tsh, dj -d-jts-ts (afrikat); b) qolganlari sof.
O'zbek tilshunosligida unli fonemalar quyidagi uch belgi asosida tasnif qilinadi: 1.Lablarning ishtirokiga ko'ra: a) lablashgan unlilar (u. o ', o). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shaklida biroz c h o 'z ila d i; b) lablashmagan unlilar (i. e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda lablar doira shakliga kirmaydi va cho'zilmaydi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «lablanish-lablanmaslik oppozitsiyasi» talablaridan kelib chiqadi.
2.Tilning vertikal harakatiga ko'ra: a) yuqori tor unlilar (i, u). Bu unlilarni talaffuz qilishda og'iz tor ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham tor bo'ladi; b) o'rta keng unlilar (e, o'). Bu unlilarni talaffuz qilishda og'iz o'rta darajada ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham o'rtacha kenglikda (yuqori ko'tarilish bilan quyi ko'tarilish orasida) bo'ladi; d) quyi keng unlilar (a, o). Bu unlilarni talaffuz qilishda og'iz keng ochiladi, til bilan qattiq tanglay orasi ham yuqoridagi ikki holatdan ancha keng bo'ladi. Tasnifning bu turi fonologik sistemadagi «tilning uch darajali ko'tarilishi» oppozitsiyasiga asoslanadi.
3.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko'ra: a) old qator unlilar (i, e, a). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiraladi (demak, oldinga cho'ziladi); b) orqa qator unlilar (u, o ', o). Bu unlilarni talaffuz qilishda tilning uchki qismi pastki tishlarga tiralmaydi (demak, biroz orqaga tortilgan bo'ladi).
kelayotgan havo oqimi un paychalariga urilib, uni tebratadi, tebranish esa ovozni yuzaga keltiradi, ovoz o'z navbatida og’iz bo'shIigkidagi to’siqda paydo bo'lgan shovqinga qo’shilib, tovushning jaranglashuviga sabab bokladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.


Download 67.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling