O‘zbekiston cho‘l tuproklar zonasi tuproklarini geografik tarqalishidagi omillar va qonuniyatlarni o‘rganish


Download 23.07 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi23.07 Kb.
#189891
Bog'liq
10 маъруза.Чўл зонаси тупроқлари



O‘zbekiston cho‘l tuproklar zonasi tuproklarini geografik tarqalishidagi omillar va qonuniyatlarni o‘rganish
CHul zonasi tuproklarining tarkalishi. Tabiiy sharoitlari, iklimi, relefi, ona jinsi, usimliklari. Sur kungir tusli tuproklar tarkalishi, kelib chikishi.klassifikatsiyasi. Tuzilishi, tarkibi va xossalari. Takirlar va takirli tuproklar.Tarkalishi va kelib chikishi klassifikatsiyasi. Morfologik tuzilishi. Kumli chul tuproklari tarkalishi,morfologik tuzilishi tarkib va xossalari. Kishlok xujaligida foydalanish.

1. CHul zonasi chala chullar zonasining janubida joylashgan bulib.Rossiya,Urta Osiyo va janubiy Kozogistonning Turon pasttekisligi deb ataluvchi nixoyatda katta tekislik maydonni egallaydi. Umumiy maydoni 130 mln/ga. Bu zonada asosan sur kungir tusli tuproklar.takir va takirli tuproklar,kumli chul tuproklari,kumlar va shurxoklar xam keng tarkalgan.

Uzbekiston respublikasi er maydoning asosiy kismi ya’ni 70 % i chul zonasida joylashgan bulib,Kizilkum.Ustyurt,Malikchul,SHerobod,Karshi chullari va boshka territoriyalarni uz ichiga oladi.

Tabiiy sharoitlari.

Iklimi. Iklimi nixoyatda kuruk. yoGin mikdori kam.125-200 mm. Asosiy kismi kish va erta baxorga tugri keladi. Buglanish yogingarchilikka nisbatan 10-20 barobar kup. Xavo namligi 20-30 % . Kor koplami 5-10 sm bulib,uncha uzok saklanmaydi. Zonaning shimoliy kismida urtacha xarorat 10-12 . iyul oyida 23-27 S. Ynvarda -10-12 S. Kishdagi eng sovuk temperatura - 30 S,sovuk bulmaydigan temperatura 180-200 kun.

Janubiy kismida urtacha yillik xarorat 13-17 ,iyul oyida +37+29 ,yanvarda -1-2 . YOgin mikdori 100-200 mm. Sovuk bulmaydigan davr 250 va undan kuprok.

Relefi. Juda murakkab va xilma-xil bulib,Turon pasttekisligi katta maydonni egallaydi. SHuningdek Sirdaryo,Amudaryo,Tajang,Turgay.Murgob va Atrek daryolarining kadimgi v axozirgi zamon deltalari Ustyurtning chul platosi xamda Betpakdala baland tekisligidan iborat.

Tuprok paydo kiluvchi ona jinslar. Turon past-tekisligida asosan xar xil mexanik tarkibli,xar xil shurlangan xamda karbonatli kadimgi v axozirgi zamon allyuvial va kul-allyuvial jinslar keng tarkalgan.

Betpakdala baland tekisligida palengen va neogen davri dengiz kum va gilli jinslarning ellyuviy v adellyuviysidan iborat.

Zaugnaz platosi va Kizilkumda oxaktoshlar,slanets,mergelli gillardan iborat chukindi jinslar.shuningdek magmatik jinslarning ellyuviyis,delyuviysi ancha skeletli jinslari xam uchraydi.

Usimliklari. Xar xil efemer va efemeroidlar,kungirbosh, kovrak,xar xil chala butalar.ok saksovul shuvoklardan iborat.

2). Sur-kungir tusli tuproklar uzok vakt aloxida tipcha ajratilmay.buz tuproklar bilan birga karab kelindi. S.S.Neustruev va N.A.Dimo uni dastlab strukturali och tusli buz tuprok,A.N.Rozanov esa kir buz tuprokni, B.V.Gorbunov primitiv (yosh) buz tuprok deb ataganlar.

Keyinchalik I.L.Gerasimov sur-kungir tusli chul tuproklarni aloxida mustakil tipga ajratishni tavsiya etdi. Fakatgina N.V.Kimberg,S.A.SHuvalov (1949) G.I.Dolenko (1953) va E.V.Lobova (1960) larning olib borgan tadkikotlari bu tuprokni aloxida tip sifatida ajratishda katta rol uynadi. Sur-kungir tusli tuproklar issik va kuruk iklimda xar- xil jinslarning karbonatli,kupincha shurlangan ellyuviysi va prolyuviysi ustida siyrak usadigan shuvok va shuralar ta’sirida paydo buladi.

Tuprokdagi biologik jarayonlar asosan baxor va kuzda buladi. YOZda usimliklar kurib ketadi,biologik jarayonlar mikroorgnaizmlar xayoti tuxtaydi. SHuning uchun bu tuproklarda organik moddalar kam tuplanadi.

Klassifikatsiyasi. Sur-kungir tusli tuproklar ikki ipchaga: karbonatli tipik sur-kungir tusli v aoz karbonatli sur-kungir tusli tuproklarga bulinadi.

Birinchi tipchasi - Turon past-tekisligining garbiy chullarida va Ustyurt baland tekisligida,ikkinchisi esa Betpakdala baland tekisligining sharkida va Balxash atrofida tarkalgan.

Termik rejimlari va rivojlanish sharoitiga kura xozirgi vaktda 3 tipchaga bulinadi.

1. Muzlaydigan juda ilik sur-kungir tusli chul tuproklari.

2. Kiska muddatli muzlaydigan subtropik sur-kungir tusli chul tuproklari.

3. Issik subtropiklarning muzlamaydigan sur-kungir tusli chul tuproklari.

Sur-kungir tusli tuproklar kuyidagi avlodlarga ajratiladi.

SHurxoksimon oddiy,shurxokli sur-kungir, gipsli sur-kungir,shurxokli sur-kungir tusli gipsli tuprok.

Morfologik tuzilish tarkibi va xossalari.

Sur-kungir tusli tuproklarning genetik katlamlari bir-biridan keskin fark kiladi. Tuprok yuzasi kalinligi 1-3 sm bulgan och tusli uvaloklanib ketadigan katkalok. Bu katkaloklarda ozmi-kupmi chagirtosh uchraydi. Katkalog tagida tangachasimon govak katlam joylashgan. Undan pastdagi V katlam och kungir yoki jigarrang tusda,zichlangan va uvokli strukturali karbonatlarning okish doglari uchraydi.

Undan pastda tarkibida gips xamda suvda oson eriydigan tuzlar bulgan tuprok paydo kiluvchi ona jins.

Sur-kungir tusli tuproklarda gumus nami 0,3-0,9 %. Usimlik bir muncha kalin usadigan joylrada ba’zan 1-1,2 % ga etadi. CHIrindi

katlam kalinligi 10-40 sm. CHIrindining kimyoviy tarkibida fulvokislota kuprok,umumiy azot 0,04-0,07 %,fosfor 0,07-0,15 %.

Kishlok xujaligida foydalanish.

Xozirgi davrda sur-kungir tusli tuproklarni uzlashtirib,dexkonchilikda keng foydalanilmokda.Jumladan Malikchul,Karshi chullari,Fargona vodiysida bu tuproklar uzlashtirilib paxta ekilmokda. Ekinlardan yukori xosil olish uchun mineral va maxalliy ugitlar bilan yaxshi ta’minlash lozim.

3. Takirlar Amudaryo va Sirdaryoning kadimgi allyuvial tekisli5klarida.Kizilkum,Zaujguz,Ustyurt,Betpakdala.Devxona kabi baland tekisliklarning melkozyomli pasliklarida kata maydonlarni egallaydi.

Geograf v ageologlar,ayrim tuprokshunos olimlar dastlab takirlarni chullardagi geologik protsesslar natijasida xosil bulgan deb xisoblaganlar. S.S.Neustruev takirlarni suv tuxtab kolishi va vaktlar utishi bilan loyka chukib kolishi natijasida xosil bulgan tuprok deb xisoblaydi.

I.P.Gerasimov takirlar er yuzasini davriy ravishda suv bosishi natijasida gox shurlanib,goxi shuri yuvilishi tufayli paydo bulgan zonal tuprok deb xisoblaydi. N.N.Volыshev, N.I.Bazilevich v aboshkalar,takirlar tuban usimliklar - suv utlari,lishaynik va boshkalar ta’sirida xamda er yuzasini vakti-vakti bilan suv bosishidan paydo bulgan chul tuprok deb xisoblaydilar.

Klassifikatsiyasi.

Takirlar shurlanish,namlanish xarakteriga va katkalogining rivojlanishiga kura ikki tipchaga: tipik takirlar va chullashgan takirlarga bulinadi. Tipik takirlar uz navbatida oddiy takirlar,shurxokli, shurtobsimon.shurtobsimon zich kuyma,takirlar yuzasini kum bosgan va eski partov takirlarga ajratiladi.

Tarkibi va xossalari.

Takirlar asosan ogir mexanik tarkibli gilli,soz tuproklar jumlasiga kiradi. Katkalogining pastki kismi ancha kum aralashgan engil mexanik tarkibli. Gumus mikdori 0,3-0,8 %. Gumus tarkibida fulvo kislota kuprok . azot 0,03-0,06 %. YAlpi fosfor mikdori 0,113-0,137 %, Singdirish sigimi 5-10 mg/ekv. Singdirilgan asoslar tarkibida Sa va Mg 65-80 %., Na esa 20-25 % muxit reaksiyasi kuchli ishkoriy rN=8-10.

Kishlok xujaligida foydalanish.

Takirlarning fizik,fizik-mexanik va agrokimyoviy xossalari nixoyatda yomon bulishiga karamay,ularni uzlashtirib,dexkonchilik maksadlarida foydalanish mumkin. Bunda erga gung xar xil organik ugitlar va kum solish yaxshi samara beradi.

4. Takirli tuproklar kurigan allyuvial va prolyuvial-allyuvial tekisliklarda,daryo vodiylarida xamda deltalarida keng tarkalgan. Takirli tuproklar chul zonasidagi yaxshi tuproklardan xisoblanadi. SHuning uchun bu tuproklar sur kungir,takir va kumli tuproklarga nisbatan kuprok uzlashtirilmokda.

Morfologiyasi.

Takirli tuproklar yuzasi darzlarga ajralgan 2-6 sm kalinlikdagi govak katkalogining usti kupincha kum bilan koplangan buladi. Katkalok tagida tangachasimon kungir rangdagi govak katlam yotadi. Undan pastda xar-xil mexanik tarkibli katlamlar joylashadi. CHIrindi katlamining kalinligi 30-60 sm. Gipsli,karbonatli katlamlar anik ifodalanmagan.

Tarkibi va xossalari.

Mexanik tarkibi turli xil bulib,kumok xillari eng kup tarkalgan,ularning sozmi,kumok va kumli ayirmalari xam uchraydi.

Takirli tuproklarda suvga chidamli strukturalar uncha kup bulmaydi. 0,25 mm dan katta agregatlar fakat 19-24 %, mikroagregatlar esa 76-81 %,sugoriladigan takirli tuproklarda esa yirik struktura agregatlari yana xam kamrok 4-9 %. Takirli tuproklarda chirindi 0,4-1,3 % Azot 0,02-0,05 %, fosfor 0,15 %,

kaliy 2 %.

Kishlok xujaligida foydalanish.

Takirli tuproklar respublikamiz er fondining asosiy rezervi xisoblanadi. Uning unumdorligini oshirish uchun kuyidagi agromeliorativ ishlarni amalga oshirish lozim.

1. Erga organik ugitlar solish va turli utlar ekish yuli bilan tuprokdagi organik moddalar mikdorini kupaytirish.

2. Azotli va fosforli ugitlardan keng foydalanish.

3. Takirli tuproklarning xaydalma osti katlamini asta-sekin chukurlashtirib borish yuli bilan,erga ishlov berish.

4. SHurlangan erlarni yuvish,kish va kuz mavsumida erga yaxob berish,kollektor-zovur sistemalarinit tartibga solish.

5. Kumli chul tuproklari Urta Osiyoda jumladan Korakum,Kizilkum.Karshi chullari,Mirzachul,SHerobod vodiysi,Buxoro voxasi,Fargona vodiysi,Garbiy Kopetdog togoldi tekisliklarda va boshka maydonlarda tarkalgan.

Kumli tuproklarni MDXda maydoni 64,7 mln.gektar Uzbekistonda esa 1572 ming gektarni tashkil etadi. Iklimi uta kuruk,yoginlar mikdori 80-120 mm, mayda zarrali kumli tuproklarda namlanish 40-50 sm,xarorat uta yukori 60-80 gacha, kiziydi,kechasi tez sovuydi.

Baxorda kum betini efemer va efemeroidlar koplab.kun isishi bilan kurishadi.

Morfologik tuzilishi va xossalari.

Eng ustki katlam 5-6 sm kalinlikda bulib,unda shamolda tuzgiydigan sochilma kum buladi. Undan pastda och kulrang tusli va noanik agregatli katlam buladi. YAna pastda koramtir zichlashgan katlam joylashgan bulib,bunda usimlik ildizlari bilan birga xasharotlarning inlari xam uchraydi. Undan pastda esa govak xolatdagi kum katlami yotadi.

Kumli tuproklarda gumus juda oz 0,2-0,5 %, bulgani sabab azot 0,01-0,03 % va fosfor 0,03-0,05 % xam kamdir. Birok umumiy kaliy ancha kup 1-2 %.

Mexanik tarkibi engil bulib,kum mikdori 72-98 % soz mikdori 1 m chukurlikda 11-28 %,patski katlamda esa 2-3 %. Suvli surim takribida sulfatlar kuprok gips tarkibidagi SO4 ,uncha kup ema (0,01-0,05 %). Uning maksimal mikdori 30-40 sm chukurlikda. Singdirish sigimi juda kichik 3-4 mg/ekv. Singdirilgan asoslar tarkibida kalsiy kuprok. Bu tuproklar tarkibida 50-70 % gacha kvars,kup mikdorda,dala shpatlari,slyudalar bor.



Kishlok xujaligida foydalanish.

Kumli tuproklardan asosan chorvachilikda foydalaniladi. Lekin xozirgi vaktda kumli chul tuproklari Karshi chuli,Mirzachul.Buxoro voxasi,Fargona va SHerobod vidoiylarida uxlashtirilib,paxtachilikda keng foydalanilmokda.
Download 23.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling