O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Tayyorladi: Mengboyeva M


Download 140.7 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi140.7 Kb.
#1099090
Bog'liq
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Tayyorladi: Mengboyeva M

Qishloq xo'jaligi va sanoat sohasidagi o'zgarishlar REJA: 1. Xalq xo’jaligiga umumiy ta'rif. 2. Sanoati va uning yetakchi tarmoqlari. 3. Qishloq xo'jaligidagi islohotlarning yangi bosqichi belgilanishi

1. Xalq xo’jaligi, uning umumiy ta'rifi. Tarixiy taraqqiyotning turli osqichlarida O’zbekiston xalq xo’jaligi, uning iqtisodiy rivojlanish darajasi zigzaksimon yo’lni bosib o’tgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, O’zbekiston o’tmishda Yer kurrasidagi aholi xo’jalik faoliyatig`oyat qizІin kechgan eng qadimiy o’lkalardan biri bo’lgan.

Bundan ming yil burun Sharqning buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniy tomonidan Ma'mun akademiyasining ochilishi, hamda o’sha davrda tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan Abu Ali ibn Sinoning jahonshumul kashfiyotlari va boshqalar xalqimizning boy madaniy merosidan guvohlik beradi.

Mamlakatimiz xalq xo’jaligi mustaqillik yillarida yangi bosqichga qadam qo’ydi. Bozor iqtisodiyotining birinchi bosqichidayoq (1991-1994) iqtisodiy islohotlarga oid qonunlar qabul qilindi, uning huquqiy negizi yaratildi. Islohotlar hayotning barcha jabhalarini qamrab oldi. 1995 yildan boshlab O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning ikkinchi bosqichiga qadam qo’ydi.

2. Sanoat va uning yetakchi tarmoqlari. O’zbekistonda sanoatni rivojlantirishning qator imkoniyatlari, geografik va iqtisodiy omillari mavjud. Geografik omillar jumlasiga yer sirti tuzilishining holati, iqlimning nisbatan yumshoqligi, tabiiy resurslar (M.: foydali qazilma: ma'dan mineral va yoqilІi resurslari), suv resurslari va ular bilan ta'minlash darajasi kiradi.

Mamlakatimiz yer usti va yer osti boyliklari zahiralarining ko’p va xilma-xilligi, mehnat resursining kattaligi, transport tarmoqlarining yaxshi rivojlanganligi, shuningdek, mamlakatda yagona temir yo’l tizimini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda barpo qilinayotgan yuzlab qo’shma korxonalar ana shu istiqboldan darak beradi.

Ayrim tabiiy resurslarga nazar tashladik. Sanoatni rivojlantirishda tabiiy resurslar (va ayniqsa foydali qazilmalar) bilan ta'minlanganlik alohida o’rin tutadi. Chunki yoqilІi-energetika va metallurgiya sanoatining xomashyo (neft, gaz, ko’mir rudasi)larsiz sanoatning undurivchi tarmoqlarini rivojlantirib bo’lmaydi.

Suv resurslari ham sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishda alohida omil hisoblanadi. U sanoatni hududiy joylashtirish va rivojlantirishda qatnashadi.Har qanday sanoat tarmoІi (va hattoki, alohida olingan sanoat korxonasi) ozmi ko’pmi suv iste'mol qiladi. Ayni bir paytda mamlakatimizda suv zahiralari chegaralangan. Buning respublika qihloq xo’jaligi asosan suІorishga tayanadi


3.Qishloq xo'jaligidagi islohotlarning yangi bosqichi belgilanishi
Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi bo'yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to'kin, xalqimiz rizqi mo'l-ko'l bo'lishidan
tortib eksportdan qo'shimcha daromad topishgacha bo'lgan juda ko'p masalalar shu soha bilan bog'liq.

Keyingi yillarda qishloq xo'jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko'paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g'allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi. Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to'qimachilik klasterlari tashkil etildi

Joriy yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo'yicha sa'y-harakatlar boshlandi. Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar – islohotlarning birinchi bosqichi.

Etiboringiz uchun Rahmat.


Download 140.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling