O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasining navbatdagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasidan k o‘ chirm a samarqand sh


Download 20.73 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi20.73 Kb.
#1045439
Bog'liq
kafedra qaroridan ko\'chirma


O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Aniq fanlar kafedrasining navbatdagi 3-sonli yig‘ilish bayonnomasidan


K O‘ CH I R M A
Samarqand sh.
26.10.2022 y.


Qatnashdilar: kafedra mudiri N.Raximov kafedra dotsentlari: T.Ochilov, M.Abduraxmonov, Z.Ashurova, kafedra katta oʼqituvchisi A.Ibragimov, kafedra assistentlari: A. Ikramov, F.Toʼgʼizboev, H.Aktamov, M. Abduraxmonov, U.Rasulov, G.Muminova, Sh.Qarshiboyev, J.Sulaymanov, S.Muradov, O Sulaymanov, Q. Xoliqov, S. Zoirov, T. Sharapova, A.Shermatov, M.Sanaev, U.Mansurov, I.Abdullaev, E.Xayrievlar, M.Xakimova, M.Muhammadiyeva, U.Mansurov, Ch.Xamdamova, M.Aliyeva, G‘.Baxriddinov, J.Buriyev.
K U N T A R T I B I :
1. Har xil masalalar.
Aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchilari. Abduraxmanov Muxtor Xujayarovich, Baxriddinov G‘olib Kamoliddin o‘g‘li hamda Aliyeva Maxsuda Xalilovnaning bajargan ilmiy pedagogik faoliyati haqidagi hisoboti muhokamasi.
Ushbu masala yuzasidan kafedra mudiri N.Raximov so‘zga chiqib, kafedra o‘qituvchilari M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevalarga bajargan ilmiy pedagogik faoliyati haqida hisobot berishi uchun so‘z berildi.
Eshitildi: Kafedra o‘qituvchilari M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevaning - 2019-2022 yillarda bajargan ilmiy pedagogik faoliyati to‘g‘risida to‘liq hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.
M.Abduraxmanov: Men 2019-2022 yillarda bajargan ilmiy pedagogik faoliyatim davrida jami 18 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shulardan, OAK tamonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola, jumladan, 2 tasi xorijiy jurnallarda, 3 tasi respublika jurnallarida, 7 ta respublika, 4 ta xalqaro konferensiyalarda nashr qilingan. O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi guvohnomasi 1 ta hamda Axborotni himoyalash nomli 1 ta o‘quv qullanma chop qilingan.
G‘.Baxriddinov: Men 2019-2022 yillarda bajargan ilmiy pedagogik faoliyatim davrida jami 10 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shulardan, OAK tamonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 4 tasi xorijiy jurnallarda, 2 tasi respublika jurnallarida, 3 ta respublika, 1 ta xalqaro konferensiyalarda nashr qilingan.
M.Aliyeva: Men 2019-2022 yillarda bajargan ilmiy pedagogik faoliyatim davrida jami 12 ta ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan, shulardan, OAK tamonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 5 tasi xorijiy jurnallarda, 1 tasi respublika jurnallarida, 4 ta respublika, 2 ta xalqaro konferensiyalarda nashr qilingan. Dasturlash asoslari va tillari nomli 1 ta uslubiy qullanma chop qilingan.
So‘zga chiqdi: kafedra dotsenti: T.Ochilov, katta o‘qituvchisi A.Ibragimovlar nomzodlarning bajargan ishlari, uning shaxsiy fazilatlari ham kafedra katta o‘qituvchisi lavozimiga munasibligi alohida ta’kidlab, M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevalarni qo‘llab-quvvatlash fikirini bildirdilar.
Bu masala yuzasidan kafedra mudiri N.Raximov so‘zga chiqib M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevalarning pedagogik faoliyatiga doir ma’lumotlar, nashr ettirgan ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari, faoliyati davomidagi bir qator yutuqlari bilan tanishtirdi. Kafedra mudiri yig‘ilish a’zolaridan ushbu masalaga munasabat bildirishini so‘radi. Shundan so‘ng nomzodlarni ovozga qo‘yish tartibi bilan tanishtirdi va ovoz berishning yashirin yoki ochiq shakllaridan birini tanlashni ovozga qo‘ydi. Kafedra a’zolari bir ovozdan ochiq ovoz berish tartibini ma’qullashdi va nomzodlar ovozga qo‘yildi. Ochiq ovoz berish natijalari quyidagicha bo‘ldi: M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevalarni yoqlab 27 ta ovoz berildi. Qarshi, betaraflar yo‘q.
QAROR QILINDI:

1) Kafedra o‘qituvchisi M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevalarning 2019-2022 yillar uchun hisoboti inobatga olinsin va shu davrdagi pedagogik faoliyati talab darajasida deb hisoblansin.


2) Kafedra assistentlari M.Abduraxmanov, G‘.Baxriddinov, M.Aliyevalarni kafedradagi pedagogik faoliyati davrida ilmiy tadqiqot ishlarini inobatga olgan holda katta o’qituvchilikka tavsiya etilsin.
3) Ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlash fakultet ilmiy kengashidan so‘ralsin.
.

Kafedra mudiri: N. Raximov




Kabinet mudiri: J. Buriev
Download 20.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling