O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi Reja


Download 0.7 Mb.
Sana28.09.2020
Hajmi0.7 Mb.
  • O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
  • Reja:
  • 1. Fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy strategik pirovard maqsadi
  • 2. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori bosqichi
  • 3. Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi
  • 4. O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi
  • 5. Fanning predmeti, ob’ekti, maqsadi, o’quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o’zaro bogliqligi hamda o’ziga xos xususiyatlari
  • JAMIYAT – insonlardan tashkil topgan ijtimoiy tuzum.
  • FUQAROLIK JAMIYATI – qonun ustu­vorligi va inson huquqlari qaror topadigan, ko’ppartiyaviylik, siyosiy mafkura va fikrlar xilma-xilligi ta’minlanadigan, o’zini o’zi boshqarish organlarining mavqei baland bo’lgan ijtimoiy tizim.
  • O’zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ular huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga va adolat prinslarini amal qilishiga erishish kabi ezguliklarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad sifatida e’lon qildi.
  • Shuning uchun ham birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqillikning ilk davridayoq «bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» degan g’oyani ilgari surgan edi.
  • 2016 yilning so’nggi choragidadan boshlab mamlakatimizga davlat rahbari sifatida o’z faoliyatini boshlagan Sh.M.Mirziyoyev mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi uchun muhim kuch-qudrat manbai - “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oyani ilgari surishi, unga monand bo’lgan huquqiy asoslar va jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirishi natijasida O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi yuksala boshladi.
  • “Fuqarolik jamiyati” tushunchasi – insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan tafakkurlash mahsuli bo’lib, u inson huquqlari va erkinliklarining ta’min darajasining naqadar yuksalganligi darajasi mezoni sifatida namoyon bo’ldi. Fuqarolik jamiyatining poydevori va asoslarini yaratish uchun avvalombor u haqdagi g’oyalarning genezisini va rivojlanishini bilishga zarurat tug’iladi. Fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilishi lozim. Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat:
  • iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko’p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari; jamiyatning har bir a’zosini o’z mulkiga ega, u bu mulkni o’z xohishi bilan tasarruf eta olish erkinligining mavjudligi, bu mulkdan foydalanish va uni sarflash huquqiga ega bo’lishi, xususiy mulk daxlsizligi, har bir shaxsning davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligi bilan ta’minlanganligi.
  • ijtimoiy-siyosiy asos – fuqarolik jamiyati qurilayotgan davlatning mustaqil va suveren ekanligi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatlarning bir-biridan ajratilganligi; fuqarolarning o’z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma’lum nodavlat tashkilotlarga birlashgan bo’lishi, hokimyatni uchga bo’lini prinsipi amalda o’z aksni topganligi, hokimiyatlarni turli markazlar, guruhlar yoki shaxslar qo’lida to’planib qolmasligi; siyosiy plyuralizmning mavjudligi; davlat hokimiyati vakolati funksiyalarining sekin-asta sekinlik bilan quyi vakillik organlari va o’zini o’zi boshqarish organlariga berib borilishi;
  • huquqiy asosi – jamiyatda insonning yashashi va rivojlanishi uchun muhim zarurat bo’lgan erkinlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topganligi, shaxslar va fuqarolar o’rtasida o’zaro tenglikning ta’minlanganligi, ularning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan to’liq ravishda e’tirof etilishi; adolat prinsiplariga amal qilinishi; bir shaxsning erkinligi ikkinchi shaxsning erkinligiga daxl etsa, uning erkinligi shu yerda to’xtalishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari o’zaro mushtarkligining shakllanishi;
  • ma’naviy asos – insonlar o’z qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan himoya qila olish qobiliyatini shakllanganligi, xalqning jamiyat qadriyatlari himoya qila olish salohiyatining mavjudligi, vijdon erkinligining amal qilishi, jamiyatda ahloqiy me’yorlarga amal qilish urf-odatlarining shakllanganligi, biron-bir mafkuraning yakka hokimlik qilishga urinishlarining cheklab qo’yilganligi, fuqarolarning ma’naviy va ijtimoiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlarning mavjudligi, har bir fuqaroning o’z mustaqil fikrlashi va qarashiga ega ekanligini namoyon qilish uchun barcha sharoitlarning mavjud ekanligi, ma’naviy jarayonlarni faqat jamiyat va fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi, har bir fuqaroning qanday dunyoqarash yoki dinga kirishi uning o’zi tomonidan hal etilishi, diniy erkinlik, barcha dinlar va mafkuralarning o’zaro hamkorlikda yashashlari uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarning yaratilganligi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling