Ozbekiston neft va gaz qazib olish sanoati rivojlanishi bilan sanoatda ishlovchilar oldiga yuksak va ilgor vazifalar qoyib kelmoqda
Download 9.84 Kb.
|
neft gaz
Ozbekiston neft va gaz qazib olish sanoati rivojlanishi bilan sanoatda ishlovchilar oldiga yuksak va ilgor vazifalar qoyib kelmoqda. Ushbu kasb egalari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishishi, oz bilimlarini doimiy ravishda toldirishda, er qaridan zaxiralarni olishda kelajak avlod uchun zamin yaratishda va davr talablaridan kelib chiqan holda oz dunyo qarashlarini shakillantirishda ishchi sinfning oldi qatorida kelmoqda. Ozbekiston Respublikasi neft va gaz qazib olish sanoatida eng zamonaviy, ilgor texnika, qurilmalar va inshoatlar mavjud bolib, ularning asosiy vazifasi neft va gaz olish suratini oshirish, maxsulot tannarxini kamaytirish va maxsulotni jahon talablariga javob beradigan holatga keltirish. Songi vaqtda, neft va gaz qazib olish texnologiyasi xilma xil jixozlarni ishlatib kelishga va texnologik jarayonlarni doimiy takomillashtirishga undaydi. Qatlamdagi neft va gaz xom ashyolarni er yuzasiga qazib chiqarishda koplab murakkab jixozlar va inshoatlarni ishlatishga togri keladi. «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fani «Neft va gaz ishi» yonalishidagi asosiy mutaxasislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni oqitishdan maqsad bolajak bakalavrlarni neft va gazni qazib olishda qollaniladigan zamanoviy texnologiya va texnikalar bilan tanishtirib orgatishdan iborat. «Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi» fanida neft va gaz uyumlari tasnifi, qatlam energiya manbalari, uyumlarni ishlatish rejimlari, quduq tubi atrofiga tasir etish usullari, neft va gaz quduqlari va qatlamlarini tadqiqot etish, neft va gaz quduqlarini ishlatish usullari, favvora, gaz kutargich va mexanizasiyalashgan usullarda neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi, quduqlarda tamirlash ishlarini olib borish texnologiyasi va texnikasi bilan tanishib chuqur bilimga ega boladilar Malum texnologik jarayonga bolgan barcha talablarni inobatga olgan holda, tegishli jixoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob kitoblarni bajarishda fanning yordami beqiyosdir. Ayniqsa jixozlarni ishlatish qoidalrini orgatish, ularni ozvaqtida kozdan kechirish, lozim bolgan xolda, tamirlash bilan bogliq bolgan masalalarni echish va jixozlarni xizmat davrini uzaytirishga asos boladi. Neft va gaz konlarining geologik tuzilishi asosan chо‘kma jinslaridan iborat. Oraliq moddalar va jonli tanalardan ham chо‘kma jinsi paydo bо‘ladi. Chо‘kma tog‘ jinslari kristalik va maydalangan turlar ajratilgan. Kristalik tog‘ jinslari tog‘ jinslarining 25% ini tashkil etadi. Qolganlari esa maydalangan tog‘ jinslaridan iborat. Kimyoviy birikma natijasida hosil bо‘lgan mineral va agregatlar ham chо‘kma tog‘ jinslari hisoblanib, ular xemogen tog‘ jinslari deb ataladi. Kristalik chо‘kma tog‘ jinslari suv tarkibidagi kimyoviy moddalarning reaksiyasi natijasida yuzaga kelgan minerallarning birikmasi (agregati) dan tashkil topgan (bular tuzlar, ohaktosh, dolomit , mergel, gips, angidrit, kremniy). Tog‘ jinslarining yemirilishidan chaqiq tog‘ jinslari yuzaga keladi. Ular о‘lchami bо‘yicha tо‘rtga bо‘linadi: dag‘al chaqiqli (2 mm dan katta); qumtoshli (0,1 dan 2 mm gacha); mayda qumli (0,01 dan 0,1 mm gacha) va gilli (0,01 mm dan kichik). Neft-gaz skvajinalarining geologik kesimining kо‘p qismini chaqiq tog‘ jinslari tashkil etadi. Gilli tog‘ jinslari suvli muhitda mujassamlanadi . Gilning tarkibidagi suv miqdori uning xossalariga ta’sir qiladi. Gil tarkibida suv kо‘p bо‘lsa, u yumshoqlanadi; aksincha, suv kam bо‘lsa, gaz qattiqlashadi va toshga (argillitga) aylanadi. Download 9.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling