2. Qatlamga “Quruq gaz” haydash. Saykling jarayon. Gazberaoluvchanlik va kondensat beraoluvchanlikni oshirish usullari texnologiyasi. Tayanch so’zlar
Download 17.27 Kb.
|
21-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazberuvchanlik va kondensat beruvchanlikka ta’sir qiluvchi asosiy omillar.
21-Ma’ruza: Gaz (kondensat) konlarida uyum ish tarzlarining o’ziga xosligi Reja: 1.Gazberuvchanlik va kondensat beruvchanlikka ta’sir qiluvchi asosiy omillar. 2.Qatlamga “Quruq gaz” haydash. Saykling jarayon. 3.Gazberaoluvchanlik va kondensat beraoluvchanlikni oshirish usullari texnologiyasi. Tayanch so’zlar: Gaz rejimi, suv siquvchi rejimi, erigan gaz rejimi, gaz siqiluvchanlik koeffitsienti, qatlam bosimi, qatlam harorati, gazlar tarkibi, ideal gaz, real gaz magistral gaz uzatgich, qatlamning to'yinganlik koeffitsienti, qoldiq gaz, gaz beruvchanlik koeffitsienti, yoriqli kollektor, qovakli kollektor Gazberuvchanlik va kondensat beruvchanlikka ta’sir qiluvchi asosiy omillar. Ma'lumki gaz va gazkondensat konlari aksariyat ikki tarzda: gaz tarzi va gaz tarzi bilan suv siquvi tarzining aralashmasi bo'lgan aralash tarzda qazib chiqariladi. Bunday tarzni aksariyat suv siquvi tarzi deb ham yuritiladi, chunki qaqiqatdan ham uyum suv siquvi tarzi qukm surgan gidrogeologik qavzaga joylashgan bo'ladi. Lekin shunga qaramasdan uyumni ishlatishning dastlabki davrida albatta gaz uyumi tashqi suvlarga nisbatan faolroq bo'lganligi sababli o'z qukmini uyumda o'tkazadi. ya'ni Mahsulot quduq tubiga qatlam bosimining kamayishi qisobiga undagi gazlarning kengayish qisobiga keladi va yuzaga chiqariladi. qatlam bosimining kamayishi ( pasayishi) davom etgan sari chekka suvlar bilan uyum o'rtasida depressiya ( bosim farqi) qosil bo'lganligi tufayli qatlam suvlari uyumning gaz qismiga kirib kela boshlaydi va suv siquvi tarzi qatlamdagi jarayonga o'z qissasini qo'sha boshlaydi hamda qatlamda ( uyumda) aralash tarz qosil bo'ladi. Gaz tarzida ishlovchi gaz va gazkondensat - uyumlari hususida fikr yuritadigan bo'lsak, bunday uyumda chekka suvlar passiv bo'lganliklari uchun uyumdagi bosim qar qancha pasaysa ham qatlamga tashqaridan suv kirib kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun qatlam bosimi to'qri chiziq bo'yicha kamayaberadi va olingan gaz miqdoriga proporcional bo'ladi. Bunday holatdagi uyumga oluvchi quduqlarni bir tekis qazish va ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunday uyumlarda gaz beruvchanlik kollektorning bir tekis va yuqori ko'rsatgichlari mavjud bo'lganda eng maksimal ko'rsatgichga etadi, ya'ni uning miqdori 0,9-0,95 qatto 0,98 ga etadi. qatlamning kollektorlik ko'rsatgichlari past bo'lganda bu miqdor 0,85-0,9 atrofida bo'lib qolishi ham mumkin, lekin baribir bu ko'rsatgich eng yuqori qisoblanadi. Cuv siquvi ( yoki aralash) tarzda ishlovchi- gaz va gazkondensat konlarining o'ziga hos hususiyatlari to'qrisida fikr yuritadigan bo'lsak ularda ma'lum bosim ko'rsatgichidan so'ng gaz (gazkondensat) uyumi hududiga chekka suvlarning kirib kelishi va uyumning bir qismini suv bosishi qisobiga gaz beruvchanlik koeffitsienti pastroq ko'rsatgichga ega bo'ladi. Kollektor yahshi ko'rsatgichlarga ega bo'lgan hollarda gazberuvchanlik koeffitsienti 0,8-0,85 darajasiga etish mumkin, lekin kollektor past ko'rsatgichlarga ega bo'lgan hamda chekka suvlar ancha faol bo'lgan hollarda qatlamning gaz beruvchanlik koeffitsienti 0,6-0,7 atrofida bo'lishi mumkin. Bunday uyumlarda gaz quduqlarini uyumning markaziy qismiga zichlashtirib qazilsa va ishlatilsa maqsadga muvofiqroq bo'ladi. Chunki ishlatuvchi (oluvchi) quduqlarni tezlikda suv bosmaydi va ular uzoq muddat uyumdagi gazni olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Download 17.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling