I-bob badiiy obraz va obrazlilik


Download 90.25 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi90.25 Kb.
#1531865
  1   2   3
Bog'liq
OBRAZLILLIK VA BADIIYLIKNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI


MAVZU: OBRAZLILLIK VA BADIIYLIKNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
KIRISH
I-BOB BADIIY OBRAZ VA OBRAZLILIK.



  1. Obrazli tafakkur (obrazlilik) san`atning spetsifik xususiyati sifatida.

  2. Badiiy obraz tushunchasi.

  3. Badiiy obraz xususiyatlari.

  4. Inson obrazi va uni yaratish vositalari.

  5. Badiiy obraz turlari.



II BOB. BADIIY TASVIRNING ÒZIGA XOS XUSUSIYATI.

2.1. Obrazlilik va obraz.


2.2. Badiiy obraz vauning asosiy xususiyatlari.
2.3. Obraz yaratish usullari.
2.4. Obrazlar tasnifi.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
San`atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya`ni, tur sifatida belgilovchi xususiyatidir. San`atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o`zi anglagan mohiyatni va o`zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma`noda obraz adabiyot va san`atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san`atga xos fikrlash tarzi "obrazli tafakkur" deb yuritiladi.
Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqi nimada? Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko`rish mumkin. Misol uchun, bir xil masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko`raylik. A.Oripovning "Ayol" she`ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag`ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so`z boradi. Shoir ko`z oldimizda konkret ayolni, uning foje taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og`ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo`p, xuddi shu she`rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: "Ikkinchi jahon urushi janggohlariga ...-, ...-yillarda tug`ilgan yigitlar to`la safarbar etildi. Urush harakatlarida sho`ro hukumati insonni tejash yo`lidan bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo`ldi. Buning natijasida urushdan so`ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko`plab ayollar yolg`iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo`ldi. Jamiyatda "yolg`iz ayol" toifasi yuzaga keldi". Ko`rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo`ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim konkret inson taqdiri haqida emas, undan o`zini chetlashtirgan (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma`lum bo`ldiki, mohiyat e`tibori bilan shoir va olimni o`ylantirayotgan muammo bitta. Biroq, shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo`lib qoladi. YA`ni, olim ko`plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar v.h.) o`rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san`atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi.
"Obraz" termini rus tilidan olingan bo`lib, o`zbekcha tarjimada "aks" degan ma`noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham "obraz" deb aytiladi. Biroq, bilasizki, so`zning lug`aviy ma`nosi bilan istilohiy ma`nosi farqlanadi: lug`aviy ma`no bilan istilohiy ma`no orasida tutash nuqtalar bo`lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkret ma`noni tushunmog`i lozim bo`ladi. Shunga ko`ra, biz "obraz" deganda adabiyot va san`atning tafakkur shakli bo`lmish badiiy obrazni nazarda tutamiz.
Badiiy obraz borliqning(undagi narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o`sha borliqning oddiygina aksi emas, yo`q, u borliqning san`atkor ko`zi bilan ko`rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko`plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o`zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir. 1

Download 90.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling