Bipoyar tranzistorning struktur sxemasi


Download 0.88 Mb.
bet1/6
Sana30.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1411629
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish ELEKTRONIKA


Bipolyar tranzistorlar
REJA:
  1. Bipoyar tranzistorning struktur sxemasi


  2. Elektr maydonli tranzistorlar
  3. Tranzistorlarning tuzilishi


Bipolyar tranzistorlar
Bipolyar tranzistor (yoki tranzistor) deb, bitta. yoki bir nechta elektrik p-n- o’tishlari bo’lgan elektr uzgartirgichli yarim o’tkazgichli asbobga aytiladi. Bular elektrik tebranishlar quvvatini kuchaygirishga mo’ljallangan. Bipolyar tranzistorlarda ham ikkita p-n o’tishdan foydalaniladi, bunday o’tishlarning ikki xil varianti, ya’ni p-n-p va n-p-n bo’lishi mumkin. Tranzistorda asos bo’lib p germaniy kristali olinadi va uni baza deb yuritiladi. Bazaga ikki tomondan indiy eritilib kiritiladi. Bu holda baza chegarasida qotishtirish jarayonida o’tkazuvchanlikli qatlam hosil bo’ladi. Asbobda tok hosil qiluvchi va zaryad manbai bo’lib xizmat qiladigan tashqi qatlamlardan biri emitter deb ataladi. Tashqi qatlamlarning ikkinchisi, ya’ni bazadagi asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilarni qabul qiluvchisi kollektor deyiladi. Emitter bilan baza orasidagi p-n- o’tish emitter o’tish va baza kollektor orasidagi n-p- o’tish kollektor o’tish deb ataladi.
Tranzistorlar ikki tipga bo’linadi: p-n-p va n-p-n. Ularning ikkalasining ham ishlashi bir xil bo’lib, faqat qutblariga beriladigan ish kuchlanishi bilan farqlanadi. rpr tipli tranzistorning ishlash prinsipi bilan tanishish maqsadida 5.14-rasm, a da kursatilgan tranzistorning soddalashtirilgan struktur sxemasidan foydalanamiz. Tashqi kuchlanpsh manbalari bulmaganda ikkala o’tishlarning chegarasida 5.14- rasm, b da sxematik uzluksiz chiziq bilan kursatilgan potensial tusiqlar hosil bo’ladi. Bu tusiklar bazaning asosiy zaryad eltuvchilariga (elektronlarga) emitter va kollektor sohalari tomon harakatlanishiga qarshilik kursatadi. SHu sabablarga ko’ra, emitter sohasidagi asosiy zaryad tashuvchilar (kovaklar) ham baza sohasiga kira olmaydi. Demak, tranzistordan tok utmaydi. Bu boshlangich jarayonlarni, quyidagi mexaniq uxshashlikni hosil qilib yaxshi kuzatish mumkin.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling