13. Tranzistorlar
Download 1.89 Mb.
|
bipolyar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1. Bipolyar tranzistorlar
13. Tranzistorlar. Tranzistorlar tuzilish bo‘yicha ikki turga bo‘linadi: a) bipolyar tanzistorlar; b) maydoniy tranzistorlar. (13.1- rasm) 13.1 -rasm. Tranzistorlarning tavsiflanishi. O‘z navbatida bipolyar tranzistorlar ikki turga bo‘linadi, bular n-p-n va p-n-p turdagi tranzistorlardir. Maydoniy tranzistorlar to‘g‘risida keyingi paragraflarda batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 13.1. Bipolyar tranzistorlar Bipolyar tranzistor (BT) deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita r-n o‘tishdan tashkil topgan va signallarni tok, kuchlanish yoki quvvat bo‘yicha kuchaytiruvchi uch elektrodli yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi 13.2 va13.3 - rasm. 13.2 - rasm. Bipolyar tranzistorlar. BTda tok hosil bo‘lishida ikki xil (bipolyar) zaryad tashuvchilar–elektronlar va kovaklar ishtirok etadi. Bipolyar tranzistorlarni 1948 yilda amerikalik fiziklar Dj.Bardin, U Bratteyn va U.Shokli tomonidan yaratildi. Ular bu ixtirosi bilan Nobel mukofotiga sazovar bo‘lishdi. Yaratilgan yarimo‘tkazgichli triod tranzistor (elektr tokini o‘zgartiruvchi rezistor) deb nomlandi. 1952 yilda shu olimlardan biri Uilyam Shokli tomonidan yana boshqa yarimo‘tkazgichli uch elektrodli tranzistor yaratildi, faqat bu tranzistorning ishlash prinsipi avvalgisidan mutloq farq qilardi. Bu keyingi yaratilgan tranzistorni maydoniy tranzistor deb nomlashdi (keyingi paragraflarda to‘liq ko‘rib chiqamiz). Shundan so‘ng birinchi yaratilgan tranzistorni bipolyar tranzistorlar deb yuritila boshlandi. Yaratilgan ikkala tranzistorlarning ishlash pritsipi har xil fizik jarayonlardan tashkil topgan bo‘lsa ham, ikkala turdagi tranzistorlar elektr signallarni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Bipolyar tranzistorlar r-turdagi va p-turdagi yarimo‘tkazgichlarning qanday ketma- ketlikda ulanishiga qarab ikki turga bo‘linadi 13.3 - rasm. 13.3 - rasm. Bipolyar tranzistorlar, sxemada belgilanishi va strukturasi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling