13. Tranzistorlar
Download 1.89 Mb.
|
bipolyar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv ish rejimi
- Invers (teskari) rejimi
- To‘yinish rejimi
- Berk rejimi
13.1.2. BT ning ish rejimlari
BTda to‘rtta ish rejimi mavjud bo‘lib bular: 1.Aktiv ( faol) ish rejimi; 2. Berk rejimi; 3. To‘yinish rejimi; 4. Invers rejimi. BT ni bu ish rejimlari quyidagi jadvalga keltirilgan. Va p-r-p tranziztor uchun Aktiv ish rejimi - tranzistorning aktiv ish rejimida (UE ulanishini olsak) tranzistorning EO‘ (emitter o‘tishi) to‘g‘ri siljitilgan (ulangan) KO‘ (kollektor o‘tishi) esa teskari ulangan bo‘lishi kerak (13.10-rasm). 13.9 -rasm. BT ni umumiy emitter ulanish sxemasi. Bu rejimda tranzistor signalni kuchaytiradi, ya’ni tranzistor o‘zining asosiy vazifasini bajaradi. Baza emitter elektrodiga, baza emitter p-n o‘tishi ochilishi uchun kuchlanish beriladi. Natijada baza toki hamda kollektor toki oqib o‘ta boshlaydi. 13.10 - rasm. Bipolyar tranzistordan tokning oqib o‘tish chizmasi. Invers (teskari) rejimi - bu rejimda BTning EO‘ teskari, KO‘ esa to‘g‘ri siljigan bo‘ladi. Bu yerda tranzistor, qarshilik bilan ketma-ket ulangan diod singari ishlaydi. Buning uchun baza to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki kichik Omli qarshilik orqali kollektorga ulanadi. Bu rejimda tranzistor yuqori chastotali uskunalarda yaxshi ishlaydi. To‘yinish rejimi – bu rejimda tranziztorning EO‘ ham KO‘ ham to‘g‘ri siljitilgan bo‘ladi va ikkala o‘tish ham to‘liq ochiladi. BTdan oqib o‘tayotgan tok miqdori, kollektor yuklamasiga va manba miqdoriga bog‘liq bo‘ladi, va bu rejimda signal kuchaytirilmaydi. Kollektor toki, baza tokining o‘zgarishiga bo‘ysinmaydi. BTning bu xolati raqamli texnikada qo‘llaniladi. Ya’ni BT kalit rejimida ulangan holatida bo‘ladi. Berk rejimi – Bu rekjimda tranzistorning EO‘ va KO‘ lari ham tekskari siljigan bo‘ladi. Bu xolatda tranzistorning baza emitteriga berilayotgan kuchlanish miqdori 0,6 V ham bo‘lsa, baza emitter o‘tish yopiq bo‘ladi, baza toki oqib o‘tmaydi. Demak, tranzistor yopiq bo‘lganligi sababli kollektor toki ham oqib o‘tmaydi.Ya’ni tranzistorning baza qatlamida erkin elektronlar bo‘lmaydi. Shu sababli tranzistor berk rejimda bo‘ladi va signalni kuchaytirmaydi. Bu rejim raqamli texnologiyalar sxemalarida qo‘llaniladi. Kalit sifatida ishlatiladigan BT o‘chgan holatida (kalit uzilgan) bo‘ladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling