13. Tranzistorlar


p-r-p turdagi tranzistorlar uchun asosiy zaryad tashuvchilar elektronlar hisoblanadi. r-p-r


Download 1.89 Mb.
bet2/6
Sana29.04.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1401504
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bipolyar

p-r-p turdagi tranzistorlar uchun asosiy zaryad tashuvchilar elektronlar hisoblanadi. r-p-r turdagi tranzistorlar uchun asosiy zaryad tashuvchilar kovaklar hisoblanadi. Amaliyotda ikki turdagi BT ham qo‘llaniladi, lekin kremniy elementida elektronlarni kovaklarga nisbatan harakati ko‘proq bo‘lganligi sababli ko‘pincha p-r-p turdagi tranzistorlar ko‘proq qo‘llaniladi.
BT lar uchta elektroddan tashkil topgan (shuning uchun ham ayrim hollarda yarimo‘tkazgichli triod deb ataladi). Tranzistorning o‘rta sohasi baza deb, ikki chekka sohasi esa emitter va kollektor deb nomlanadi. Baza sohasining qalinligi juda kichik bo‘ladi, hatto bir necha mikrondan oshmaydi. Kollektor sohasi emitter sohasiga nisbatan kattaroq bo‘ladi, hamda emitter kollektorga nisbatan ko‘proq legirlangan bo‘ladi, ya’ni tranzistor p-r-p turdagi bo‘lsa, emitterdagi elektronlar konsentratsiyasi kollektordagi elektronlar konsentratsiyasiga nisbatan ko‘proq bo‘ladi 13.4- rasm. Shuning uchun ham tranzistorning struktura chizmalaridagi emitter sohasiga “+” ishorasi qo‘yiladi.


13.4 - rasm.tranzistorning struktura chizmasi.

Baza bilan emitter orasidagi r-p o‘tishga emitter o‘tish deb, kollektor bilan baza o‘rtasidagi o‘tishga kollektor o‘tish deb ataladi.


Tranzistorlarning struktura chizmasi simmetrik bo‘lganligi bilan (13.5-rasm) real (haqiqiy) tranzistorlarni strukturasi nosimmetrik bo‘ladi.


13.5 -rasm. Tranzistorning struktura chizmasi.

Tranzistorlarning har bir r-p o‘tishi manbaga ulanganligiga qarab, to‘g‘ri va teskari siljigan bo‘ladi, ya’ni r-sohaga manbaning “+” musbat tomoni p-sohasiga manfiy “-” tomoni ulansa, to‘g‘ri siljigan hisoblanadi.



13.1.1 . BT ning ishlash prinsipi.
Tranzistorning emitter va kollektor elektrodlarini manbaga ulansa, tranzistordan tok oqib o‘tishini barcha sharoitlari mavjud bo‘ladi. Lekin zaryad tashuvchilarning erkin xarakatiga baza yo‘l qo‘ymaydi (qarshilik qiladi), bu holatni yo‘qotish maqsadida tranzistorning baza qatlamiga kichikroq kuchlanish berilsa, tranzistorning kollektor – emitter yo‘nalishi ochiladi (13.6-rasm).

13.6 - rasm. BT da toklar yo‘nalishi.

Tranzistorning baza qatlamida kimyoviy - fizik, elektron kovak rekombinatsiya jarayonlari sodir bo‘ladi va bu hodisa tufayli baza orqali kichik miqdordagi tok oqib o‘ta boshlaydi. Natijada p-n o‘tish ochilib zaryad tashuvchilarning emitter kollektorga qarab oqimiga yo‘l ochiladi. Demak kollektordan emitterga tomon elektr toki oqib o‘tadi (13.7 - rasm).



13.7 - rasm. Bipolyar tranzistordan tok oqib o‘tish chizmasi.

Agar, baza orqali oqayotgan tok qanaqadir qonun bo‘yicha o‘zgarsa, emitter va kollektor o‘rtasidagi oqib o‘tayotgan kattaroq tok ham xuddi shu qonun asosida o‘zgaradi. Natijada, bipolyar tranzistor chiqishida bazaga kirayotgan signalni quvvat bo‘yicha bir qancha kuchaytirilgan xolatdagisini olamiz 13.8 - rasmlarda ko‘rsatilgan.


Mana shu holat tranzistorning kuchaytirish funksiyasi hisoblanadi.


13.8 – rasm. BT dan tok oqib o‘tishi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling