13. Tranzistorlar


BT larning h parametrlari


Download 1.89 Mb.
bet4/6
Sana29.04.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1401504
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
bipolyar

13.1.3. BT larning h parametrlari
Bipolyar tranzistorning to‘rtta h parametrlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Tranzistorning umumiy emitter ulanishida

  1. h11 - parametri , tranzistorning o‘zgaruvchan tok bo‘yicha kirish qarshiligi hisoblanadi. Bu xolat chiqish kuchlanish ya’ni Uke o‘zgarmas bo‘lganda (Uke=const ) , OM qonuniga asosan kirish kuchlanishining kirish tokiga nisbatiga aytiladi.

(13.1)

  1. h12 parametri, tranzistorning kuchlanish bo‘yicha teskari aloqa koeffitsienti deb ataladi. Ya’ni tranzistorning kirish toki Ib o‘zgarmas bo‘lgan holatida (Ib =const), tranzistorning kirish kuchlanishini Ube , chiqish kuchlanishi Uke nisbatiga aytiladi.

(13.2)

  1. h 21 parametri , tranzistorning tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti hisoblanadi, bu parametr tranzistor tok bo‘yicha necha marta kuchaytirganligini ko‘rsatadi. Ya’ni chiqish kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda Uke=const , chiqish tokini Ik , kirish tokiga Ib, nisbatiga aytiladi .

(13.3)

  1. h 22 parametri, tranzistorning chiqish o‘tkazuvchanligi hisoblanadi. Ya’ni kirish toki o‘zgarmas bo‘lganda (Ib =const), chiqish tokining Ik , chiqish kuchlanishiga Uke nisbatiga aytiladi.

(13.4)
Demak tranzistorning chiqish qarshiligi Rchiq= 1/h22 bo‘ladi.

13.1.4. Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari

Amaliyotda BTlarning uch xil ulanish sxemalari mavjud:


-Umumiy emitter (UE)
-Umumiy baza (UB)
-Umumiy kollektor (UK)

13.11 -rasm. Bipolyar tranzistorlarning ulanish sxemalari.

Umumiy emitter ulanishda tranzistorning emitter elektrodi, o‘zgaruvchan tok uchun kirish va chiqish uchun umumiy bo‘ladi bunda BT elektrodlaridan biri sxemaning kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy, uning o‘zgaruvchan tok (signal) bo‘yicha potensiali esa nolga teng qilib olinadi.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling