13. Tranzistorlar
Tranzistorning sinflanishi
Download 1.89 Mb.
|
bipolyar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1.6. BTning statik xarakteristikalari
13.1.5. Tranzistorning sinflanishi
Tranzistor bu -uch elektrodli yarimo‘tkazgichli asbob bo‘lib signallarni tok, kuchlanish va quvvat bo‘yicha kuchaytirish qobiliyatiga ega.. Tranzistorlar quydagi ko‘rsatkichlarga (belgilariga) qarab sinflanadi. 1.Yarimo‘tkazgichni materiali bo‘yicha (germaniyli,kremniyli GT, KT). 2.Yarimo‘tkazgichyaning soha o‘tkazuvchanligi bo‘yicha (p-n-p yoki n-p-n) 3.Ishlash prinsipiga asosan ( bipolyar, maydoniy) 4.Chastotaviy xususiyatlariga ko‘ra, (past chastotali, o‘rta chastotali, yuqori chastotali va o‘ta yuqori chastotali). 5.Quvvat bo‘yicha (kichik quvvatli, o‘rta quvvatli, katta quvvatli). 13.1.6. BTning statik xarakteristikalari BTning statik xarakteristikasiga qarab uni asosiy parametrlarini aniqlash mumkin. Masalan kirish va chiqish qarshiliklari statik kuchaytirish koeffitsienti tranzistorning statik xarakteristikasi uning ulanish sxemasiga bog‘liq. 13.12 – rasm. BT ning UE ulanish sxemasi. UE ulanishdagi BTning kirish xarakteristikasi deb chiqish kuchlanishining o‘zgarmas qiymatida Uke=const, kirish tokining Ib kirish kuchlanishiga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi grafikga aytiladi. Tranzistorning kirish xarakteristikasi Ib= f (Ube) chizmasi 13.12 - rasmda keltirilgan. 13.12 - rasm. UE ulanishidagi BT ning kirish xarakteristikasi. BTning statik xarakteristikalarini o‘lchash sxemasi quyida keltirilgan. 13.14 - rasm. UE sxemasida BT ning statik xarakteristikalarini o‘lchash sxemasi. Mana shu sxema yordamida tranzistorning kirish va chiqish xarakteristikasini olish mumkin. Tranzistorning kirish xarakteristikani olish uchun kollektor-emitter kuchlanishini bir xil (o‘zgarmas) const qilib, qo‘yib olamiz. Baza tokining, emitter baza kuchlanishiga bog‘liqligi tranzistorning kirish xarakteristikasi hisoblanadi. BT ning kirish xarakteristikasi (kollektor kuchlanishi nol bo‘lganda) diodni VAX dan unchalik farq qilmaydi 13.15 - rasm. 13.15 – rasm. BT ning kirish xarakteristikasi. UE ulanishidagi BTning chiqish xarakteristikasi Chiqish xarakteristikasi deb, kirish tokining berilgan o‘zgarmas qiymatlarida chiqish toki bilan chiqish kuchlanishi orasidagi bog‘liqlikka aytiladi. 13.16 – rasm. UE ulanishdagi BT ning chiqish xarakteristikasi. UB ulanish sxemasidagi BTning statik elektrod xarakteristikalari 13.17 - rasmda BT ning UB ulanish sxemasi keltirilgan bo‘lib, bu yerda kirish kuchlanishi Ueb va kirish toki esa Ie bo‘ladi. Chiqish kuchlanishi esa Ukb va chiqish toki esa Ik bo‘ladi
Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling