O'zbekiston "Qizil kitob" iga kiritilgan endemik o'simliklar va ularga ta'rif. Mundarija: kirish asosiy qism: I bob. “Qizil kitob” va unga kiritilgan o'simliklar


Download 0.94 Mb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1493997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ABROR o


O'zbekiston "Qizil kitob" iga kiritilgan endemik o'simliklar va ularga ta'rif.
MUNDARIJA:
KIRISH.....................................................................................................................2
ASOSIY QISM:
I BOB. “Qizil kitob” va unga kiritilgan o'simliklar..............................................3

    1. . Qizil kitob...........................................................................................................3

1.2. O’simliklarning “Qizil kitob” ga kiritilish sabablari..........................................11
1.3. “Qizil kitob” ga kiritilgan o'simlik turlariga tavsif............................................15
II BOB. O’simliklar dunyosini muhofaza qilish..................................................18
2.1. O'simliklar dunyosini ahamiyati......................................................................18
2.2. . O'rmon resurslari ularning qisqarishining salbiy oqibatlari...........................22
Xulosa......................................................................................................................24
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati..........................................................................26

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Qizil Kitobning sahifalarini qisqartirish uchun inson madaniyati va hulqini doim oshira borish kerak, bu olimlar oldida qo’yilgan muhim muammolardan biridir. Kurs ishi mavzusining maqsadi. Tabiatni asrash va boyliklaridan tejamkorona foydalanish insoniyat oldidagi eng muhim muammolaridan biri. Qaysikim, tabiat ehson - tuhfalarini ko’r - ko’rona sarflash va uning boyliklarini talon-taloj qilishga hech kimning haqqi yo’q. Tabiat haqida qayg’urish - insoniyat o’zi haqida qayg’urishdir, chunki inson tabiatning farzandidir. Tabiat uchun yetkazilgan zarar insonning o’ziga qaratilgan zarardir. Texnika va ilmiy taraqqiyotning rivojlanishi insonning tevarak atrofga bo’lgan ta'sirini kuchaytirdi, bu esa hayvon va o’simlik dunyosining qashshoqlanishiga olib keldi. Bizning bu xatolarimizni kelajak avlod kechirarmikan? Yo’q. Bizdan oldingi qadimgi avlodlarimiz flora va fauna dunyosini tarixiy va madaniy yodgorliklarni shafqatsizlarcha qirishgan, qaysikim, endi ular haqida biz faqatgina rasmlar, qo’lyozmalar, arxeologik topilmalar orqali bilamiz. Lekin bu bilan biz ularni qattiq qoralay ham olmaymiz, chunki ularning ongi - bilimlari yetarli darajada emas edi. Ammo bizning zamonamiz insonlarini kelajak avlod kechirmaydi - sababi, biz ixtisoslashgan, takomillashgan va mukammal insonlardirmiz. Kurs ishi mavzusining vazifasi: O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob” iga kiritilgan o’simlik turlarini asrab-avaylash, ularni muhofaza qilib, yo’qolib yoki turlar soni kamayib ketayotgan o’simlikni ko’paytirish va ularni inson hayotidagi ahamyatini ochib berishdan iboratdir. Ishning hajmi. Kurs ishi 2 bobdan iborat bo’lib, unda “Qizil kitob” ga kiritilgan o’simlik turlari haqida ma’lumotlar va ulardan amaliyotda foydalanish haqida tushintirishlar berilgan. Tushintirishda rasm va jadvallardan foydalanilgan.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling