O`zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi toshken t axborot texnologiyalar universiteti hisoblash tizimining axborot asoslari fanidan


Download 1.04 Mb.
Sana10.01.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1086665
Bog'liq
surxondaryo

Ikkinchi jahon urushi yillarida Surxondaryo viloyati sanoati

TAQDIMOT ISHI


Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekistonning iqtisodiy va mehnat resurslari frontga safarbar etildi. Bu davrda O'zbekistonda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ya'ni ish kuni uzaytirildi, dam olish kunlari va mehnat ta'tillari bekor qilindi. O'zbekiston sanoatchilari 1941 yil oxirigacha 300 ga yaqin korxonani jangovar texnika, qurollar, o'q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar o'rnini keksalar, xotin-qizlar egalladi.
Urushning dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni shaxtalarida ishlashga yo'l oldi. Ishlab chiqarishni ishchi va mutaxassislar bilan ta'minlash choralari ko'rildi. Respublika oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod ta'limi maktablarining faoliyati urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga yo'naltirildi. YAkka tartibda va brigada tariqasida hunar o'rgatish ishlari yo'lga qo'yildi. Respublikamiz qishloqlarining aholisi frontni va front orqasini oziq-ovqat, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash uchun oyoqqa turdi.
Xususan, Surxondaryoda 1942 yil 6 ta maxsus ayollar va qizlar bo‘linmalari tuzildi. Bir yil ichida 246 nafar o‘quvchi qiz tayyorlandi. 1942 yil Termiz shahridan 20 injenerlik qo‘shinlarida xizmat qilish uchun frontga jo‘natildi. Qizil xoch va yarim oy jamiyatlari ko‘rsatmasi bilan 25 ta sanitar drujinalari tuzildi. Ularda 260 nafar hamshira va feldsherlar tayyorlandi.

Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, to‘rt yil davom ikkinchi jahon urushi davrida 53 365 nafar surxondaryoliklar frontga jo‘natilgan. Shulardan 11 000 nafari jangda halok bo‘lib, yaqinlari qora xat oldi.

Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, to‘rt yil davom ikkinchi jahon urushi davrida 53 365 nafar surxondaryoliklar frontga jo‘natilgan. Shulardan 11 000 nafari jangda halok bo‘lib, yaqinlari qora xat oldi.


Urushning boshlarida viloyatning 18-harbiy o‘quv punktida mutaxassislar armiya uchun jangchilar tayyorladilar. Harbiy-o‘quv punktida 5000 ortiq pulemyotchilar, minamyotchilar, tankka qarshi qiruvchilar tayyorlandi. Bir vaqtda mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilot yo‘l-yo‘rig‘i bilan 18000 harbiy mutaxassis tayyorlangan.
Frontga ketganlarning joyini ularning onalari, turmush o‘rtoqlari, qizlari va o‘spirin o‘g‘illari egallashdi. O‘quv kurslarida 135 nafar qiz traktorist qilib tayyorlandi. Yurtdoshlarimizning ko‘pchiligi shaxsiy jamg‘armasini samolyot, tank qurilishi uchun topshirdi.
Shunday insonlardan biri Qorayev frontdagi yetishmovchiliklar uchun bergan pul miqdori aytib o‘tilgan. Bundan tashqari Surxondaryoliklar begona bolalarga g‘amxo‘rlik qilishda ham o‘z hissalarini qo‘shishgan. Sherobodlik Egamberdi Quvvatov urush yillarida ota-onasiz qolgan 5 nafar bolani o‘g‘il qilib olgan. DEPO ishchisi Zakiya Sodiqova 2 nafar yetim bolani o‘z tarbiyasiga oldi. Evakuasiya qilingan 20000 fuqaro Surxondaryo viloyatiga joylashtirildi.
Urushning eng og‘iri birinchi kunlarida bo‘ldi. Masalan, Brest qal’asini mudofaa qilishda Surxondaryolik Tanya Pankratova halok bo‘ldi. Ushbu urushning birinchi kunlari fojiasi, talofatlarini va hujumga o‘tish voqealarini hikoya qiluvchi eksponatlar Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida mavjud.
O‘sha davrda ko‘pgina rassomlar o‘z asarlarini yaratdilar. Kozlovning “Oxirgi granata”, O.Kravanogovning “Kursk yoyi” ko‘chirma nusxa asarlari yaratildi. Surxondaryoliklar Stalingrad ostonalaridagi janglarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Shulardan R.Zokirov, V.Novikov Riga yonidagi janglarda, A.Qaysarov Kursk yonidagi, J.To‘rayev va boshqalar janglarda halok bo‘lishdi. B.Eshonqulov, A.Gogoleva-Karchenko, YU.Normurodov Berlinni shturm qilishda qatnashdilar.
Viloyat aholisi front uchun issiq kiyim, meva, go‘sht, bug‘doy va boshqa mahsulotlarni yig‘ib, yetkazib turdi. Qizil armiyaga 9 ming juft po‘stin, 64 ming mo‘ynali nimcha, 100 ming juft mo‘ynali junli qo‘lqop, 20 mingdan ko‘proq piyma, million rubl pul yig‘ib yuborilgan.
Viloyat urush davrida 210 ming tonna paxta, 15 ming sentr go‘sht, 50 ming sentr guruch, 1700 dona qorako‘l teri, 360 tonna pilla topshirdi. Shuningdek, 6 ming bosh qoramol, 800 ming tonnadan ortiq bug‘doy va yorma, 20 tonna moy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. Viloyat teatrlari konsertlar qo‘yib, mudofaa uchun mablag‘ yiqqan. O‘zbek artistlari frontlarga borib konsertlar qo‘yishgan
Urush davrida hamma sanoatlar qaytadan qurilib, frontga yo‘naltirilgan. Viloyatning neft bo‘yicha mutaxassislari ishlab turgan Xaudak, Uchqizil neft konlaridan tashqari, yangidan topilgan Kokaydi va Lalmikor neft konlarini o‘zlashtirgan. 1942 yildagi neft ishlab chiqarish 1941 yildagi bilan taqqoslansa 25 foiz, 1943 yilda esa 57 foiz ko‘paygan. Surxondaryo viloyati Respublikamizda ishlab chiqarilgan neftning 70 foizini bergan. Urush davrida Sharg‘unda ko‘mir qatlamlari koni ochilib, ko‘mir qazib chiqarilgan. Surxondaryo sanoati va qishloq xo‘jaligi 1941-1945 yillar qoloqlashib qolmay, rejalarni yuqori darajada bajarganlar.
Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling