Kiyim haqida umumiy ma'lumot


Download 1.54 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1413524
Bog'liq
pdf 20221124 195747 0000 (1)


2
Kundalik Kiyim, odatda, xalqning madaniyati, kishining didiga mos boʻlib, turli modada, turli xil matolardan tikiladi; unda kasb, etnik va ijtimoiy guruhga mansublik oʻz ifodasini topadi. Dam olish paytida kiyiladigan Kiyim yumshoq va mayin matodan, erkin harakat uchun qulay qilib tikiladi. Bayram, marosim (kishilik) Kiyimlari milliy uslubda, qimmatbaho matolardan tayyorlanadi, turli bezaklar (kashta, munchoq va b.) bilan boyitiladi. Ish Kiyimi (jomakor) oddiy matolardan mehnat jarayoniga mos qilib tikiladi (mas, oʻt oʻchiruvchining ish Kiyimi oʻtga chidamli brezentdan, baliqchilarning Kiyimi suv oʻtkazmaydigan matodan tikiladi, traktorchining ish Kiyimi kombinezondan, tibbiyot xodimi, sartarosh, oshpazlarning ish Kiyimi asosan, oq xalatdan iborat va h.k.). Sport Kiyim jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun qulay qilib tikiladi. Rasmiy Kiyim (forma) harbiy Kiyim, matros, militsioner, aloqachi va rasmiy kishilar (prokuror va b.)ning maxsus nizomda belgilangan Kiyimlari. Maxsus Kiyim homilador ayollar, bemorlar va b. kiyadigan Kiyimlar. Bolalar K . i rang-barang pishiq matodan qulay qilib tikiladi, ular turli qoʻshimchalar bilan uqa, jiyak, kashta tikib, quroq usulida bezatiladi. Kiyim ixcham, iqlim va faslga, jins, yoshga moslashtirilgan, eng muhimi qulay boʻlishi, kishiga yarashib turishi lozim. Kiyimni bichish va tikish katta sanʼat. Kiyim tikish uchun oldin tabiiy (paxta, jun, jut, ipak) yoki sunʼiy (sintetik) matolardan tanlanadi, tikuvchilar uyda, atelyelar va fabrikalarda Kiyim tikishadi. Buning uchun avval matoni bichib olish kerak. Bu ishni bichiqchi bajaradi. Oʻnga modelyer rassom Kiyim rasmi (modeli)ni chizib beradi. Xullas Kiyim
bitib magazinga tushguncha bir necha kishi mehnat qiladi.
Yubkalar silueti bo'yicha to'g'ri , etakka qarab kengaygan va toraygan bo'ladi.Har bir siluet bir necha variantlardan iborat bo'lishi mumkin. Yubka konstruksiyasini chizishda avval siluet tanlanadi, so'ng shaxsiy figura to'laligi hisobga olinib zamonaviy moda yo'nalishiga mos model aniqlanadi.
To'g'ri yubka va uning vazifalari ixcham bo'ksali ayollar figurasini kelishgan qilib ko'rsatadi. Uning etak qismi bo'ksa qismiga nisbatan 5-8 sm ga kengroqdir.
Etagi kengaytirilgan yubka beli ixcham (ingichka belli) va bo'ksador ayollarga yarashadi. Yubkani kengaytirish bel vitochkalarini etak chizig'iga o'tkazish yo'li bilan hal etiladi.2
To'g'ri yubka
Etak tomon toraygan yubka

Etak tomon kengaygan yubka


MODA TENDENSIYA YO'NALISHI
Tendensiya- yo'nalmoq,intilmoq degan ma'nolarni anglatadi. Moda tendensiyasi deganda insonlar uchun tikilachak kiyimlarning tobora qulaylik yaratib borishi, yanada hashamdor bo'lishligi,milliylik va zamonaviylikning uyg'unligi,ko'pchilik tomonidan kiyilib urfga kirishi tushuniladi. Yuqorida "Dubai - 2020" expo doirasida O'zbekiston delegatsiyasi tasvirlangan.

2020 - yil modalari

2022 - yil modalari


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling