O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyari va
Download 344.74 Kb. Pdf ko'rish
|
Dehqonov Javohir 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axmedova M.
- Bayonnoma Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Dasturiy Injinering fakulteti
- Shaxsiy_____________________________________________________________________________ Tug’ilgan kuni
- Mehnat tajribasi____________________________________________________________________
- O’quv__kurslari_____________________________________________________________________
- Qobiliyatlari________________________________________________________________________
- Qiziqishlari_________________________________________________________________________
O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Fan: Akademik nutq
Guruh:AWR001 Bajardi:Dehqonov J. Tekshirdi:Axmedova M.
Toshkent-2019 MUSTAQIL ISH
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injinering fakulteti 1- kurs talabasi Javohir Valijonovich Dehqonovga
Javohir Dehqonov 2008-yil Navoiy viloyati Zarafshon shahar 8-umumiy o‘rta maktabi 1-sinfga qabul qilindi. U barcha fanlardan a’lo baholarda o’qiy boshladi. 2012-yilda boshlang’ich ta’limni tamomlab Davlat Attestatsiya imtihonlarini a’lo baholarda topshirib , 5 sinfga qabul qilindi. U yoshligidan ilmga chanqoq, zukko, hamma narsaga qiziquvchan bola edi. U barcha fanlardan a’lo baholarga o’qiganligi sababli 2014-yil Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-DIUMga imtiyoz asosida qabul qilindi.U muntazam ravishda matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning tuman,shahar,viloyat bosqichlarida faxrli o’rinlarni egallab kelgan va 2012-2013-o’quv yilida matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning shahar bosqichida 1-o’rin,viloyat bosqichida 3-o’rinni, 2014-2015-o’quv yilida matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning shahar bosqichida 1-o’rin,viloyat bosqichida 2-o’rinni, 2017-2018-o’quv yilida matematika fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning shahar bosqichida 1-o’rin,viloyat bosqichida 1-o’rinni,respublika bosqichida esa faxrli 3-o’rinni egallagan. 2019-yilda maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti Dasturiy Injinering fakultetiga hujjat topshirdi va test savollaridan 172.1ball to‘plab to’lov shartnomasi asosida o‘qishga qabul qilindi.O‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet «Yoshlar Ittifoqi» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlami o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha oladi. Bu tildagi ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan bir necha anjumanlarda qatnashdi. Uning kompyuter sohasiga qiziqishi baland edi. U o’zining 4 ta kompyuter loyihasi bilan “Computer science” tanlovida qatnashdi va faxrli 3-o’rinlarni egalladi. Uning Java dasturlash tilidagi qilgan loyihasi hakamlar hay’atining alohida olqishiga loyiq deb topildi va munosib rag’batlantirildi. U - yaxshi sportchi.Sportning Futbol ,TaekwondoWTF turlari bilan esa muntazam shug’ullanib keladi va bir necha bor shahar ,viloyat,respublika miqyosida o’tkazilgan musobaqalar sovrindori. Javohir Dehqonov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega. U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va ilmiy salohiyatini oshirish ustida qat’iyat bilan ishlaydi. Javohir Dehqonov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon. Tavsifnoma O’zbekiston Respublikasi Prezident Devoni kadrlar bo’limiga taqdim etildi. Dekan B.Akbaraliyev (imzo)
Kasaba uyushmasi raisi S.Boboqulov (imzo) . (muhr) (sana) Bayonnoma Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Dasturiy Injinering fakulteti talabalari yig‘ilishining 1- bayonnomasi 2019- yil 10.09
Toshkent shahri RAIS – Umarov Xayrulla Payzullayevich KOTIB – Abdumalikov Akmal QATNASHDILAR: 200 ta TALABA KUN TARTIBI 1.
2019-2020 o’quv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalarga yangi o’quv yizimi “Kredit tizimi” haqida ma’lumot berish.“Kredit tizimi” haqida Farhod Alisherovning axboroti. 2. 1-oktyabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida M.Norboyev axboroti.
1. ESHITILDI: Xayrulla Umarov 1-kurs talabalarini talabalikka qabul qilinganliklari bilan tabrikladi va majlisni boshlab berdi. SO‘ZGA CHIQDILAR: Xayrulla Umarov, Farhod Alisherov. QAROR QILINDI: 1) Universitet qonun- qoidalariga rioya qilinsin; 2)
“Kredit tizimi “ haqidagi barcha ma’lumotlarga asoslanib o’qishni davom ettirishsin; 3)
Talabalaming galdagi vazifalari belgilab berilsin. 2.
ESHITILDI: M.Norboyev 1-oktyabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga tayyor¬garlikning borishi to‘g‘risida axborot berdi. SO‘ZGA CHIQDILAR: Akmal Abdumalikov, Xurshidbek Jiyanov. QAROR QILINDI: 1) 1-oktyabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramiga tayyorgarlik kuchaytirilsin. 2) 1-oktyabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni”bayramini tayyorgarlikning borishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin; 3) 1-oktyabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayramini tashkillashtirish bo’yicha barcha zaruriy ishlar amalga oshirilsin; Rais (imzo) Xayrulla Umarov Kotib (imzo)
Dehqonov Javohir Valijonovich
javokhirofficial461@gmail.com +998934610973
2008-2014-yy. Navoiy viloyati Zarafshon shahar 8-umumiy o‘rta maktabi 2014-2019-yy. Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-DIUM 2019-y-hozirgi vaqtga qadar Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti (bakalavr) Mehnat tajribasi____________________________________________________________________ Sentyabr 2019- hozir “Erudit” nomli xususiy maktab Toshkent Kompyuter sohasida amaliy yordamchi (provayder) O’quv__kurslari_____________________________________________________________________ Iyun-avgust 2019 “British council” o’quv markazi Toshkent Oktyabr 2019-hozirgi vaqtga qadar “ICT Academy” o’quv markazi Toshkent Java dasturlash kursi
Kirishimli, mas’uliyatli va maqsad sari intiluvchan. Kompyuter dasturlash tillarini mukammal biladi ( C++; Java; Microsoft Office va Windows ilovalari, Adobe photoshop, HTML markerlash tili.)
Kompyuter ishi bo’yicha chuqur bilimga ega.
So’zlashadigan tillari: 1.O’zbek tili (ona tili). 2.Rus tili (ravon)
3.Ingliz tili (yaxshi)
Nano-Texnologiya Sport (futbol, shaxmat, boks)
Siyosat Bog’lanish__________________________________________________________________________ Telefon: +998934610973. E-mail: javokhirofficial461@gmail.com Download 344.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling