O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M. T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti


Download 46.01 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi46.01 Kb.
#1369658
  1   2   3
Bog'liq
Abduxamidov S. Тақдимнома хокимдан


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 01.02.05- Suyuqlik va gaz mexanikasi mutaxassisligi tayanch doktoranti
Abduxamidov Sardor Kaxarboyevichga
Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga talabgorligi uchun
TAQDIMNOMA

Abduxamidov Sardor Kaxarboyevich 1994-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Payariq tumani Ko‘paki mahallasida tug‘ilgan, millati – o‘zbek. U maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridanoq o‘zining intiluvchanligi, bilimi va zukkoligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va ustozlari oldida hurmatga sazovor bo‘la olgan. Maktab davrida matematika, fizika va tarix fanlariga qiziqishi yuqori bo‘lgan. Bu fanlardan bilimlar fan olimpiadalarida faol qatnashib yuqori o‘rinlarni egallagan. Maktabni a’lo baholarga tugatib Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyiga o‘qishga qabul qilindi. Litseyni muvaffaqiyatli tamomlab, Samarqand davlat universaitetiga bakalavriaturaga davlat grandi asosida o‘qishga qabul qilindi. Universitet bakalavr bosqichini a’lo baholarga tamomlab, Samarqand davlat universiteti Mexanika-matematika fakultetiga magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilindi. U o‘qish davrida namunali xulqi va a’lo baholarga o‘qishi sababli tengdoshlariga namuna bo‘la oldi. 2019-yilda Samarqand davlat universitetining “Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi” magistratura mutaxassisligini tamomlagan (diplom M№102887).


Abduxamidov Sardor Kaxarboyevich 2019-yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakultetida assistent lavozimida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktorining 2022-yil 22-dekabrdagi №105-I buyrug‘iga asosan 01.02.05- Suyuqlik va gaz mexanikasi mutaxassisligi tayanch doktoranti bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy va pedagogik ish staji - 5 yil bo‘lib, hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida tayanch doktorantura bosqichida ilmiy faoliyat yuritmoqda:
2009-2012 yy. – Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik liseyi o‘quvchisi;
2013-2017 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi;
2017-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti;
2019-2022 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti assistent o‘qituvchisi;
2022-2023 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti stajor tadqiqotchisi;
2023-h.v.- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida tayanch doktoranti.
S.K. Abduxamidov mashg‘ulotlarni zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda o‘quv materiallarini ko‘rgazmali namoyishi va uni ta’lim oluvchilarga tizimli yetkazib berishda ta’limning texnik vositalari (kompyuter, proyektor, stendlar) va yordamchi vositalar (modellar, grafik – diagramma, chizma va sxemalar)dan keng foydalanib, barcha mashg‘ulotlarini MS Power Point dasturida taqdimot shaklida olib boradi.

Download 46.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling