O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining davlat kadastrlari palatasi jizzax viloyati boshqarmasi buyru q


Download 85.91 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi85.91 Kb.
#1755277
Bog'liq
Buyruq







OZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI KADASTR AGENTLIGINING DAVLAT KADASTRLARI PALATASI JIZZAX VILOYATI BOSHQARMASI
B U Y R U Q
2023 yil “____” ____________ ___________-son Jizzax sh.
Kadastr agentligining 2023 yil 25 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12-iyuldagi 18-son xizmat yig’ilishi bayoni ijrosini ta’minlash haqida”gi 189-01 sonli buyrug’i ijrosini taʼminlash to’g’risida

Kadastr agentligining 2023 yil 25 iyuldagi 189-01 sonli buyrug’ida yuklatilgan vazifalar hamda topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, tizimda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni maqsadida buyuraman:


1. Kadastr agentligining 2023 yil 25 iyuldagi 189-01 sonli buyrug’ida yuklatilgan vazifalar hamda topshiriqlar maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Boshqarmaning bo’lim boshliqlari, shahar va tumanlar filiallari rahbarlari jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo’yilsin;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan har bir murojaatga qonunchilikda belgilangan tartibda aniq, sifatli va asosli javob berilishini shaxsiy nazoratiga olsinlar.
3. Murojaatlar bilan ishlash sho’basi (A.Gulboyev) murojaatlarni ko’rib chiqish holati bo’yicha har hafta juma kuni o’tkaziladigan muhokamalarga tahliliy materiallar tayyorlasin;
har chorakda kamida bir marta filiallarda murojaatlar bilan ishlash holatini o’rganib, tanqidiy muhokamalar o’tkazsin;
murojaatlarni bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan intizomiy chora ko’rish bo’yicha taklif berib borsin.
4. Shahar va tumanlar filiallari rahbarlari:
Murojaatlarni atroflicha, xolisona, qonuniy va o’z muddatida ko’rib chiqish hamda vakolat doirasida ijobiy hal etish choralarini ko’rsin;
Murojaatlardagi har bir vajlarga asoslantirilgan javoblar berilishi, 2017 yil 11 sentabrdagi O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O’RQ-445-sonli Qonuni talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin;
Filiallarga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish holati bo’yicha haftalik, choraklik hisobotlarni tayyorlab, belgilangan muddatda tasdiqlangan holda boshqarmaning Murojaatlar bilan ishlash sho’basiga taqdim qilinishini ta’minlasin.
5. Murojaatlar bilan ishlash sho’basi (A.Gulboyev) mazkur buyruqni Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasining tegishli bo‘limlari hamda shahar va tumanlar filiallariga yetkazilishini taʼminlasin.
6. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish boshqarma boshligʼi oʼrinbosari M.Raxmatov zimmasiga yuklatilsin.


Boshqarma boshligʼi v.v.b: S.Kodirkulov

Kelishildi:


M.Raxmatov

A.Nazarov


A.Gulboyev

Tayyorladi: Sh.Omanov
Download 85.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling