[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya to‘lovlari / 06.07.01.00 Nafaqalar / 06.07.01.11 Nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash va to‘lash. Boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
BUYRUG‘I
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YIChA NAFAQALAR TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kundan keyin amalga kiritilsin.
3. Mazkur Nizomning kuchga kirishi munosabati bilan 1998-yil 9-aprelda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 430-son Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazir O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2002-yil 1-aprel,
21-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining 2002-yil 1-apreldagi
21-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-fevraldagi 71-son “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar to‘lash chegarasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son, 1997-yil 20-martdagi 153-son, 1997-yil 6-iyundagi 286-son, 2000-yil 15-noyabrdagi 444-son, 2000-yil 23-dekabrdagi 498-son, 2001-yil 13-fevraldagi 75-son, 2001-yil 6-apreldagi 162-son, 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |