O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi angren universiteti


Download 108.5 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1755459
Bog'liq
So’zning o’z va ko’chma ma’nosi S’oz tanlash va qo’llash


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH
Fan: _____________________________________
MAVZU: So’zning o’z va ko’chma ma’nosi. S’oz tanlash va qo’llash
Guruh: PPS-23/1
Bajardi: Matxoliqov Yòldoshali
Qabul qildi: Mirzakarimova Z


Angren-2023
So’zning o’z va ko’chma ma’nosi. S’oz tanlash va qo’llash

Reja:


1. So’zning ma’nosi. Grammatik ma’no.
2. So’zning o’z va kochma ma’nosi.
3. Ma’no kochishi.

So’z va ma’no . Leksiyakologiyaning o’rganish manbai,ya’ni obyekt bo’lgan so’zni tushuncha va manosiz tasavvur qilib bo’lmaydi. So’z tovush orqali iddrok qilinishi va ma’no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmet voqea va hodisani muhim belgisi asosida boshqa barcha narsa predmet, voqea va hodisadan ajratadigan fikr shakli. U ana shu narsa va hodisa uning xususiyatiga orasidagi ma’lum bog’lanish ongda aks ettiradi. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma’noda, so’z-tushunchaning tildagi ifodasi.


So’z orqali predmet va hodisa bir-biriga qiyos qilinadi va shu yo’l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi.
Masalan, hozirgi o’zbek tilda daraxt so’zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi.Ayni zamonda bu so’z mevali va mevasiz daraxtni, mevaldaraxtdan olma, o’rik shaftolini shaftolidan chillaki shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchani ham ifodalash ham mumkin.
Misoldan ko’rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengay sari, predmet haqidagi tasavvur ham kengayib boradi,Shu predmetni anglatgan so’z manosida ham kengayish yuz beradi.
So’z ma’nosi nima?
Narsa va predmet, voqea hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so’zda aks etishi so’zning ma’nosi deyiladi. Boshqacha aytganda u so’zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa – shaxs, belgi,miqdor, harakatni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo’lishidir).
Odatda, predmet yo hodisaga duch kelinganda dastlab u tanish predmet bilan qiyoslanadi va shu asosida yangi predmet yoki hodisaning biror muhim belgisi (xususiyati) ajratiladi. Ana shu muhim belgi narsa va predmetga nom berish uchun asos bo’ladi,
Bu nom so’zning ma’nosini tashkil qiladi. Buni ayniqsa, tildagi barcha yasama so’zda yaqqol ko’rish mumkin! ishchi - “ishlaydigan”, tomchi-“tomadigan”, guliston-“gul o’sadigan”, qumtepa-“qum uyumi” kabi.
So’z gapdagi vazifasini grammatik shakllanganda ro’yobga chiqaradi. Biz litseyda o’qiymizgapi grammatik shaklsiz(Biz, litsey,o’qi) holida fikr ifodalay olmaydi. Demak, so’zning mohiyatini tushinmoq uchun uning fonetik, sematik, grammatik tomoniga e’tibor berish kerak.
Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, so’zga quydagicha
ta’rif beriladi:tugal shaklangan ma’lum ma’no bilan bog’langan tovush yoki tovush birikmasidagi iborat til birligi so’z sanaladi.
So’zning ma’nosi murakkab bo’lib, uning bir
necha tipi mavjud. Eng avvalo ma’noning lug’aviy (leksik), grammatik va qo’shimcha ma’no turini farqlash kerak.
So’zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishni uning lug’aviy
(leksik), atash ma’nosi deyiladi.
Masalan: non-“ oziq-ovqat”, keldi-“harakat”, so’zning leksik ma’nosi uning o’zak, negizida bo’ladi.Ba’zi bir so’zda lug’aviy ma’no bo’lmaydi:
Lekin, bilan, va, ammo, uchun so’zi kabi. Faqat mustaqil so’zgina atash ma’nosiga ega bo’ladi.
Olmosh bundan mustasno. U o’zi almashtiradigan mustaqil so’zning atash ma’nosiga ishora qiladi.
Grammatik ma’no. So’zning biror so’z turkumiga xos belgisi, so’z birikmasi va gapdagi vazifasini ko’rsatuvchi xususiyati grammatik ma’no deyiladi.
Masalan: biror so’z ot turkumiga, uning turdosh, aniq, yakka turiga, biror kelishikda va ma’lum bir egalik qo’shimchasini olgan shuningdek, so’z birikmasida, ergash so’z, gapda toldiruvchi bo’lib kelgan. Sanalgan xususiyatning barchasi ot turkumiga mansub bu so’zning grammatik ma’nosidir. Demak, so’zning morfologik va sintaktik xususiyati uning grammatik ma’nosini tashkil etadi.
Grammatik ma’no juda ko’p so’z uchun bir xil,ya’ni umumiy bo’ladi. Shuning uchun uni umumiy ma’no deyishadi. Bir xil grammatik ma’noli so’z juda ko’p. Lug’aviy ma’no har bir so’zda alohida.
O’z ma’no atamasi darslikda turli sinonimiga ega:
bosh ma’no, denotative ma’no, asos ma’no, tog’ri ma’no, genetic ma’no va hokazo. So’zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki, real, nutqdan tashqarida anglatgan ma’nosi o’z ma’no deyiladi. Masalan: ko’z-“ ko’rish a’zosi”, paxta-“oq mayin tola beruvchi o’simlik”,to’qimoq-“gazmol yoki buyum yasamoq, tayyorlamoq” kabi.So’zning o’z ma’nosidan tashqari, o’xshatish, mubolag’a, kinoya kabi usul bilan boshqa ma’noda qo’llanishi natijasida ko’chma ma’no hosil bo’ladi:ko’z- 1)” yog’ochning qavariq joyi”, 2) uzukning yaltiroq dumaloq qismi”, to’qimoq-“yo’q yerdan o’ylab chiqarmoq” kabi. Ko’chma ma’no ham o’z ma’no kabi har xil manbada turlicha atalgan:yasama ma’no, hosila ma’no, erkin ma’no va hakazo.Ko’chma ma’no gap tarkibidagi boshqa so’z yordamida anglatiladi. Masalan:U bu gaplarni o’zi to’qigan jumlasidagi to’qimoq so’zining “yo’qyerdan o’ylab chiqarmoq” ma’nosi undagi gaplarni so’zi yordamida almashiladi.Derazaning ko’zi sindi gapidagi ko’z so’zining “shisha ma’nosi deraza va sindi so’zi yordamida yuzaga chiqmoqda.
Bir so’zda o’nlab ko’chma ma’no bo’lishi mumkin.
So’zning ko’chma ma’nosi faqat matn orqali, gapdagina aniqlanadi.
Aytilganidek, o’z va ko’chma ma’no deganda qoshimcha ma’noni tushunmaslik kerak.
Bir so’zning o’z va ko’chma ma’nosining alohida-alohida qoshimcha ma’nosi bo’lishi mumkin.
Masalan, yuqorida aytib o’tilgan to’qimoq so’zining
o’z ma’nosida (gazmol to’qimoq) qo’shimcha ma’no yo’q, lekin ko’chma ma’nosida esa salbiy ma’no borligini anglash qiyin emas.
So’zning ko’chma ma’nosi til taraqiyyoti mah’suli.
Har qanday so’z vaqt o’tishi bilan ko’chma ma’noli bo’lib keta oladimi? Ko’chma ma’no qanday hosil bo’ladi?
Borliqdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat-holatning nomi ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida ham qo’llanadi. Bunday vaqtda bitta so’z bir necha narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat- holatning nomi sifatida xizmat qiladi. Masalan: burun so’zi “tirik organizmning yuz” qismida bo’rtib chiqgan nafas olish a’zosi ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning dengiz yoki okean tomon bo’rtib chiqan qismi” ma’nosini ham ifodalaydi. Bunda narsa orsidagi o’xshashlik sirining nomini ikkinchisi o’rnida qo’llashga asos bo’lgan.
Nazorat savollari:
1.So’z nima?
2.Ma’no deganda nimani tushunasiz?
3. Umumiy ma’no haqida gapiring?
4. Qo’shimcha ma’no haqida gapiring?
5.Ma’no ko’chishi nima?
6. O’z (bosh) ma’no qandoy ma’no?
7.Ko’chma ma’no nima?
Adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.

  2. Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23

Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996

  1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.

  2. Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2

  3. Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986

  4. www.ziyonet.uz

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling