O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat pedagogika instituti


Download 15.68 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.68 Kb.
#1578586
Bog'liq
AMALIYOT TITUL



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

O’ZVEK TILI VA ADABIYOTI YO’NALISHI 2-BOSQICH MAGISTRANTI
OLIMJONOVA KIBRIYONING
ILMIY AMALIYOT YUZASIDAN TAYYORLAGAN

YIG‘MA JILD HUJJATLARI

Amaliyot ob’ekti haqida ma’lumot (pasporti)

Magistr tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar

O‘tkazilgan ma’naviy ma’rifiy tadbirlar bayonnomalari
Amaliyot davomida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot

Andijon Davlat pedagogika instituti
70111401 – O’zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 2-bosqich magistranti
Olimjonova Kibriyoxon Erkinjon qizining amaliyot davomida olib borilgan ishlar yuzasidan
HISOBOTI
Biz ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) bo‘yicha 1-kun  ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, tajriba orttirish o‘tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari, faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishdik, tajriba orttirish rahbari bilan kelishgan holda tajriba orttirish o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha reja jadval tuzdik. 2-kun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha DTS, o‘quv rejalari bilan (kurslar kesimida) tanishib chiqdik.
Amaliyotning 2-haftasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun fan dasturlari bilan yaqindan tanishdik. 2-kun bakalavriat ta’lim yo‘nalishida oʻquv mashgʻulotlarini kuzatidik va tahlil yozdik. 3-kun bakalavriat ta’lim yo‘nalishida oʻquv mashgʻulotlarini kuzatdik va tahlil yozdik.
Ilmiy amaliyotning 3-haftatasining 1-kunida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun fanlardan ishchi dastur (sillabus) bilan tanishdim va tahlil qildim. Amaliyotning 2-3 kunida Pedagog-xodimlar tomonidan tayyorlangan O‘UM bilan tanishib, tahlillar yozdim.
Ilmiy amaliyotning 4-haftasida ta’lim oluvchilarni baholashning reyting (baholash) nizomi bilan tanishib chiqdim. 2-kun pedagog-xodimlarning darslarni kuzatib, tahlil qilib xulosalarimni yozdim. 3-kun tadqiqot doirasida maqola va tezislar tayyorladim. Tayyorlagan maqolamni xalqaro jurnalga jo’natdim.
Amaliyotning 5-haftasining 1-kunida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotga dars ishlanmasini tayyorladim. 2-kun tashkilotning o’zbek tili va dabiyoti bo‘lim (kafedra) Nizomi bilan tanishib chiqdim. 3-kun Muassasaning axborot resurs markazida ishlash orqali o’z ilmy ishim doirasida kerakli ma’lumotlar to’pladim.
Ilmiy amaliyotning 6-haftasining 1-kunida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tyutorning ishchi rejasini bilan tanishib chiqdim. Xulosalarimi asosida tahlil yozdim. 2-kun Pedagog-xodimlarning darslarni kuzatdim, tahlil qildim. 3-kun ma’ruza mashgʻulotlarini olib borishga tayyorgarlik ko’rdim va o’tkazdim.
7-haftaning 1-kunida institutda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdim. 2-kun muassasaning yig‘ilishlar rejasi bilan tanishin chiqdim va tahlil yozdim. 3-kun muassasaning axborot resurs markazida ishladim.
Ilmiy amaliyotning 8-haftasining 1-kunida pedagog-xodimlarning darslarni kuzatdim va xulosalarim asosida tahlilar yozdim. 2-kun maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdim va tadbir bayyonnomalarini shakllantirdim.
9-hafta 1-kun Pedagog-xodimlarining lavozim vazifalari bilan tanishdim. 2-kun fanlarning o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanish darajasini o‘rganib chiqdim.
Amaliyotning 10-haftasining 1-kunida to‘garaklar ishi bilan tanishib chiqdim. 2-kun amaliy va seminar mashgʻulotlarini olib bordim. Til tarixi fanidan amaliy mahsgulotlarni o’tkazdim. 3-kun iqtidorli yoshlar bilan ishlash rejasini o‘rganib chiqdim.
Ilmiy amaliyotning 11-haftasining 1-kunida pedagog-xodimlarning darslarni kuzatib, tahlil yozdim. 2-kun kafedra pedagog-xodimlarining O‘UMlari bilan tanishib chiqib, taqriz yozdim. 3-kun soha bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rgandim va tahlil etib, yozma bayon qildim.
Amaliyotning 12-haftasida fanlar bo‘yicha kalendar tematik rejalar bilan tanishib chiqdim va tahlil yozdim. 2-kun 4-maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdim. 3-kun Tadqiqot doirasida maqola va tezislar tayyorladim.
13-haftada 1-kun kurs ishiga taqriz yozdim. 2-kun kafedraning umumta’lim maktablari bilan hamkorlik ishlarini o‘rganib va bu xususida ma’lumotnoma tayyorladim. 3-kun ob’ektlardagi ilmiy-amaliy anjuman, seminar trening va uchrashuvlarda ishtirok etdim.
14-haftada 1-kun soha bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganib va tahlil etdim. 2-kun amaliyotda olib borilgan ishlar yuzasidan materiallarni institutning hemis.adpi.uz axborot tizimiga joylashtirdim. 3-kun magistrlik dissertatsiyasiga ichki va tashqi taqrizchilarni belgiladik.
Ilmiy amaliyotning 15-haftasida mutaxassislik kafedrasida magistrlik ishini mukomaga qo’ydim va tadqiqot bo’yicha ma’lumotlarni taqdim etdim. 2-kun ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) bo‘yicha yozma hisobot, yigʻma jild tayyorladim, ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) himoyasini oʻtkazuvchi komissiyaga taqdim etish uchun tayyor holga keltirdim. 2-kun ilmiy amaliyot bo’yicha himoyada qatnashdim.

Magistrant: Olimjonova K.E


Ilmiy amaliyot rahbari: Nurmonova D.A
Download 15.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling