O’zbekiston respublikasi Oliy Ta’lim Fan va Inovatsiyalar vazirligi


Download 204.08 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi204.08 Kb.
#1727129
Bog'liq
Abbos

O’zbekiston respublikasi Oliy Ta’lim Fan va Inovatsiyalar vazirligi

Toshkent Moliya instituti Andijon fakulteti BHA 71/22-guruh talabasi Sharipjonov Abbosning Moliya fanidan mustaqil ishi

Reja; 1.Moliyaning mohiyati 2.Moliyaning funksiyalari 3. Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyot

Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati

 

1.Moliyaning mohiyati


Moliya
Arabcha so’z bolib,o’zbek tilida “pul mablag’lari” Ma’nosini anglatadi
Arab tilidagi ‘’mol”,ya’ni”boylik,mulk,pul jamg’armasi”,shuningdek,”moliyat”,ya’ni “pul mablaglari,soliq”so’zlari ham moliyaga daxldor.
Moliya
Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo‘llar qurish kabi vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag‘lari ham bo‘lishini taqozo eta boshladi.
Moliya
markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. 
Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi.
Moliyaning funksiyalari
Taqsimlash
Nazorat
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.

Moliyaning taqsimlash funksiyasi

  • xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga;
  • • xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek‚ ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
  • • xo‘jalik subyekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.

Istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat

  • • ijtimoiy iste’mol fondlari;
  • • shaxsiy iste’mol fondlari.
  • Davlatlarda ijtimoiy va shaxsiy iste’mol fondlari o‘rtasidagi nisbat hokimiyat tuzilmasiga, an’analarga va h.k.larga bog‘liq. Yaqin o‘tmishda kommunistik yoki sotsialistik partiyalar hukmronlik qilgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy o‘rinni egallagan. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etgan.

Moliyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti


Iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘z navbatida, yangi ishlab chiqarish munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi.
Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida olingan davlatda o‘zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va bog‘liqlikda sodir bo‘lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy qonuniyatlar xususiy holatlarga bog‘liq bo‘lmaydi.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosabatlari bir-biridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo bo‘ladi:
• har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o‘z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
• har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya davlatning maqsadlari va vazifalariga bo‘ysunadi;
• ishlab chiqarishning yangi usuli xo‘jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallik tuzumlarga natural munosabatlar xos bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo‘jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;
• agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi; • faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya ham bir davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 204.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling