O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi Urganch Davlat universiteti San`atshunoslik fakulteti


Download 1.66 Mb.
bet1/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1174674
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nodirbek tex ijod


O`zbekiston Respublikasi
Oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi
Urganch Davlat universiteti
San`atshunoslik fakulteti
5112100-texnologik ta’lim yo`nalishi 201-guruh talabasi
Sadullayev Nodirbekning
Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash”
fanidan bajargan



KURS ISHI
Mavzu “O’quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish.
Avtomobilni loyihalash va modellashtirish”
Urganch - 2021
MUNDARIJA.
Kirish. …………………………..……………………………………….. 3
Mavzu bo`yicha umumiy malumоt……………………………………….. 5
O’quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish………………………. 11
Avtomobilni loyihalash va modellashtirish………………………………. 22
Tayyorlanish tехnоlоgiyasi (texnologik xaritalar)……………………..…. 26
Tayyor buyumning sifatiga qo`yiladigan talablar………………………….. 28
Хulоsa……………………………………………………………………… 29
Fоydalanilgan adabiyotlar………………………………………………… 30
Ilоva……………………………………………………………………….. 31

Kirish
Mavzu bo‘yicha o‘quv ishining dastlabki ikki bosqichi bizning maktablarimizda muammosiz amalga oshiriladi. Muammolar oxirgi ikki bosqichda. Birinchidan, ko‘pchilik o‘qituvchilarda har bir mavzuni o‘rganish borasida o‘quv ishining bu bosqichlari umuman yo‘q. Ikkinchidan, ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanishi o‘qituvchining ixtiyorida alohida masalalarni emas, balki ijodkorlik masalalari tizimini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Uchinchidan, ijodkorlik masalalarini yechish jarayonida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatining zamonaviy metodlarini egallashi zarur. Afsuski, bu metodlarning ko‘pchiligi nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘qituvchilariga ham ma'lum emas. To‘rtinchidan, ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, shuningdek, murakkab bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni bajarishni taxmin etadi. Fan bir joyda turmaydi, u doimo rivojlanadi. Darsliklardagi ma'lumotlar tez eskiradi. Ilmiy va ilmiyommabop adabiyot bilan ishlash o‘quvchilarni rivojlantirish, to‘ldirish va to‘g‘rilashni tahmin qiladi. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘quvchilarga nafaqat darslik muammolari – matematik, fizik, tarixiy va boshqalar, balki fanlararo, masalan: LEP qo‘yilmasi, to‘g‘on qurilishi, parfyumeriyaning yangi kolleksiyasini yaratish, yangi dorilar, avtomobilning yangi modelini ishlab chiqarish, san'atda yangi yo‘nalishlar, janrlar va mavzularni izlashni taklif etish zarur. Fanlararo masalalar real hayotda ko‘p uchrasada, maktabda hozircha juda kam qo‘llaniladi. Shunday qilib, o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatining elementar asoslariga o‘qitishda yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning hammasi bajarilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilarning ishida o‘zgarishlar kamlik qiladi, bunda ta'lim mazmunini: standartlar, dasturlar, darsliklarni o‘zgartirish zarur. Ammo bu ish tez orada qilinmaydi. Shuning uchun muallif o‘quvchilarga ilmiy adabiyotlar va ijodkorlik masalalarini qo‘llab, har bir mavzuni o‘rganishning oxirgi ikki bosqichini mustaqil bajarishni tavsiya qiladi.

Har qanday fan bo‘yicha har qanday mavzuni o‘rganish bilish faoliyatining umumiy strukturasiga muvofiq 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:



  1. Tasavvurlarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar yangi tizimning umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o‘rganadilar.

  2. Bilimlar va reproduktiv ko‘nikmalarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko‘nikmalar – ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash ko‘nikmalari shakllanadi.

  3. Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarining shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.

  4. Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi.

Alohida ta'kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan bilish jarayoni strukturasi o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu har qanday mavzuni o‘rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik topshiriqlarini qo‘llash mumkin va zarurligini bildiradi.



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling