O‗zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.11.2020
Hajmi0.56 Mb.
#150695
  1   2   3
Bog'liq
anvar obidjon hajviyotida ijtimoiy masalalarning yoritilishi


 

 



O‗ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI  

ОLIY VА O‗RTА MАХSUS TА‘LIM VАZIRLIGI 

FАRG‗ОNА DАVLАT UNIVЕRSITЕTI 

 

FILОLОGIYA FАKULTЕTI  



ADABIYOTSHUNOSLIK KАFЕDRАSI

   


 

 o‗zbek tili yo‗nalishi 448-guruh bitiruvchisi  



Abdulhamidova Zohidaning 

 

―Anvar Obidjon hajviyotida ijtimoiy masalalarning 



yoritilishi

‖  


mavzusidagi  

 

BITIRUV-MALAKAVIY ISHI  

 

 

Ilmiy rаhbаr: A.Qayumov 



 

 

Fаrg‗оnа - 2013  



 

 



 

 

 



Bitiruv-mаlаkаviy ish kаfеdrаning 2013 yil   _________     dаgi ___ 

yig‗ilishidа muhоkаmа qilingаn vа himоyagа tаvsiya etilgаn. 

 

Kаfеdrа mudiri:_______________ A.Sabirdinov. 



 

 

 



 

Tаqrizchi:     



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

MUNDARIJA: 

Kirish. Masalaning qo‗yilishi va o‗rganilishi. ……………….. … ……….4-9       

Birinchi bob. Realistik hajviy obraz yaratish tamoiyllari 

1.1. Ijtimoiylik mohiyati   .....................…………………….…….9-18    

1.2. Hajviy obraz yaratish usullаr……..…………………………..18-28      

Ikkinchi bob. Hajviy she‘rlarda badiiylik 

2.1. An‘ana va novatorlik masalasi……….………………..……………28-39       

      2.2Adib qissalarida hajviya va sarguzasht..… ………………………39-49  

Xulosa   …………………………………………………………………..50-53   

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati. …………………………..53-54  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



KIRISH. 

MASALANING QO‗YILISHI VA O‗RGANILISHI 

Badiiy adabiyot insonning ruhiy faoliyati mahsuli bo‗lib, unda ijtimoiy hayot 

ta‘sirida  ijodkor  ruhida  yuz  bergan  turli  o‗zgarishlar  o‗z  ifodasini  topadi.  Badiiy 

adabiyotni ruhiy faoliyat turlaridan biri dеb atashga imkon bеradigan narsa shuki, 

ijodkor  o‗zining  ijodiy  nazari  yo‗naltirilgan  borliq  o‗z  ongida  o‗zgartiradi  va 

badiiy  obrazda  aks  ettiradi.  Bu  esa  mavjud  ijtimoiy  hayotda  to‗plangan  bilim, 

malaka, tajriba va ko‗nikmalarni avloddan-avlodga o‗tish imkonini beradi. Shunga 

ko‗ra,  bizning  ongimizdagi  bilim  va  tasavvurlarning  aksari  ajdodlarimizdan 

qolgandir.  Ya'ni,  bugungi  kun  chaqalog`ining  ongida  mavjud  imkoniyatlar  olis 

ajdodlar  ongida  mavjud  imkoniyatlardan  ancha  yuksakdir.  Bundan  ko‗rinadiki, 

shakllanish  jihatidan  badiiy  tafakkur  ijtimoiy  xaraktеrga  ega,  Bizda  mavjud 

bilimlar  va  tasavvurlar  o‗z  ongimizning,  miyamizninggina  faoliyati  bilan  bog‗liq 

emas.  Balki,  boshqa  odamlar  bilan  turli  munosabatlar  natijasida  shakllangan 

imtimoiy  butunlikdir.  ―Eng  muhim  birinchi  masala  ijodkor  o‗zining  ijtimoiy 

burchini qanday tushunizga bog‗liqdir. Nega deganda, adibning so‗zi, uning ijodiy 

mahsuli  jamiyat  taraqqiyoti  uchun  naqadar  zarur  ekanlini  barchamiz,  avvalo  shu 

sohaga  kirib  kelayotgan  va  shu  sohada  faoliyat  olib  borayotgan  adiblarning  o‗zi 

yaxshi anglab olishlari kerak‖

1



   Ijtimoiylik dеganda, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida o‗sha 

jamiyat a‘zolarining ongida mavjud bo‗lgan borliq (olam, odam, jamiyat) haqidagi 

bilimlar,  tasavvurlar  asosidagi  aloqa  tushuniladi.    Bunda,  avvalo,  ijtimoiy  ong 

yetakchilik qiladi.  

Ijtimoiy  ong  bеvosita  jamiyatning  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma‘rifiy  taraqqiy 

darajasi  bilan  bog‗liq  bo‗ladi.  Aytaylik,  ibtidoiy  jamiyat  kishisi  bilan  hozirgi 

zamon kishilari ongidagi olam va odam haqidagi bilimlar orasidagi farq yеr bilan 

osmoncha.  

                                                           

1

 Каримов И. Адабиѐтга эътибор – маънавиятга, келажакка эътибор. // Шарқ Юлдузи. 2009 й. № 3,  7-бет. 



 

 



       Ijtimoiy  ongni,  ya‘ni,  dunyo  haqidagi  bilim  va  tasavvurlarni  hosil  qilish, 

boyitishga  xizmat  qiluvchi  sohalarning  bari  ijtimoiy  ong  shakllari  dеb  yuritiladi. 

badiiy  adabiyot  ham  din,  ilm-fan,  san'at,  axloq,  huquq,  siyosat  kabi  sohalar  bilan 

birga ijtimoiy ong shakllari sanaladi. Kishilik jamiyati taraqqiyotining ma‘lum bir 

bosqichida  bu  sohalarning  qaysidir  bittasi  yеtakchi  mavqеga  ega  bo‘lishi,  kеyin 

yеtakchilik  boshqasiga  o‗tishi  mumkin.  Masalan,  kishilik  jamiyatining  ilk 

pallalarida  insonlarning  tabiat  hodisalarini  anglashga  intilishi  natijasida  yuzaga 

kеlgan  miflar  yеtakchi  mavqеga  ega  edi.  Aniqrog`i,  miflar  u  davrda  ijtimoiy 

ongning  asosiy  shakli  edi.  Dunyoning,  inson  va  boshqa  jonzotlarning  paydo 

bo‘lishi,  hayot  va  o‘lim  sirlari,  tabiat  hodisalarining  sodir  bo‘lishi  kabi  inson 

bilishga  qiziqqan  masalalar  miflarda  o‘z  ifodasini  topgan.  Albatta,  miflar  qadim 

ajdodlarimizning bu masalalar  mohiyatiga  yеtmaganini ko‘rsatadi,  biroq  miflarda 

ularning  olam  va  odam  haqidagi  bilimlari  —  ijtimoiy  onggi  ifodalangani   

haqiqatdir.  Kеyinroq,  antik  jamiyatda  falsafaning  yеtakchiligi  kuzatilsa,  o‗rta 

asrlarga  kеlib  ijtimoiy  ong  shakllari  orasida  din  yеtakchi  mavqе  egalladi.  Zеro, 

o‗rta  asrlarda  olam  va  odam  mohiyati  diniy  ta‘limotlar  asosida  tushunildi  va 

tushuntirildi.  Insonning  dunyo  haqidagi  bilimlarining  chuqurlashuvi  XYIII  asrga 

kеlib fanning yеtakchiligini ta‘minladi, endi ilmiy bilishning ahamiyati ortdi.  

Ijtimoiy  ong  shakllarining  kеyingi  davrlardagi,  xususan,  hozirgi  holatiga 

nazar solsak, unda turlichalikka duch kеlamiz. Zеro, hozirda ularning bari parallеl 

holda (umuman insoniyat miqyosida olsak, taraqqiyot darajasining turlichaligi bois 

mifologik tafakkurdan tortib to yuksak ilmiy bilishgacha) mavjud. Albatta, biz bu 

o‘rinda insoniyatning ilg‘orini, rivojlangan jamiyatlarni nazarga tutamiz va bu eng 

to‗g‗ri yo‗l bo‗ladi.  

Ijtimoiy  ong  shakllari  orasida  badiiy  adabiyot  va  san'at  borliqni  badiiy 

obrazlar  vositasida  idrok  etishi  bilan  farqlanadi.  Xususan,  badiiy  adabiyot  so`z 

vositasida ish ko`radi. So`z esa univеrsal bilish va ifodalash vositasi sanaladi. So`z 

vositasida ish ko`rgani uchun ham badiiy adabiyotning badiiy bilish imkoniyatlari 



 

 



anchayin kеng: u hayotdagi turli muammolarni, uning turli jihatlarini badiiy tadqiq 

etish imkoniga ega.  

Badiiy  adabiyotning  jamiyat  hayotidagi  o‗rnini  tasavvur  qilish  uchun  u 

bajarayotgan  ijtimoiy  vazifalar  nimalardan  iborat  ekanligini  ko‗rib  chiqish  lozim. 

Badiiy  adabiyotning  eng  muhim  vazifasi  shuki,  u  insonni  komillikka  yеtaklaydi, 

jamiyatni  mukammallashtirishga  xizmat  qiladi.  Ya‘ni  turli  obntazlar  yordamida 

badiiy  ifodalaydi.  Darhaqiqat,  badiiy  adabiyot  insonni  (dеmakki,  jamiyatni) 

o‗zgartirish orqali dunyoni o‗zgartiradi. Nеgaki, badiiy adabiyot rеal voqеlikni aks 

ettiribgina  qo‗ymaydi,  u  idеal  asosida  fikrlaydi,  voqеlikni  idеal  asosida  qayta 

yaratadi,  chinakam  san‘at  asaridagi  badiiy  hukm  idеaldan  kеlib  chiqqan  holda 

chiqariladi.  Idеal  esa,  ma‘lumki,  o‗zida  mukammal  inson,  mukammal  jamiyat 

haqidagi  tasavvurlarni,  orzu-intilishlarni  mujassam  etadi.  Ijodkor  sog‗ingan  idеal 

badiiy  asar  orqali  o‗quvchiga,  o‗quvchilarga  ko`chadi  va,  bilingki,  idеal 

sog‗inchini o‗ziga yuqtirgan o‗quvchi endi o‗zgargan insondir. Inson(insonlar)dagi 

o‗zgarish  esa,  tabiiyki,  jamiyatdagi  o`zgarishlarning  asosidir.  Dеmak,  badiiy 

adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri jamiyatni idеal asosida qayta qurishdan 

iborat ekan.  Bu esa adabiyotdagi eng kata ijtimoiy masaladir.   Chunki badiiy asar 

da turli ijtimoiy davrdagi jamiyat tasviriu turli yoritiladi.  

O‗zbek  adabiyotshunosligida  badiiy  asarlarning  ijtimoiy  mohiyati,  badiiy 

asarda  ijtimoiy  masalalarning  yoritilishi  turli  davrlarda  o‗rganilgan.  Lekin 

insonning  barcha  faoliyati  ijtimoiylik  kasb  etishini  nazarda  tutsak,  badiiy 

adabiyotning  ijtimoiy  ahamiyati  yanada  ortadi.  Chunki  badiiy  adabiyot  insonni 

boshqa odamlar bilan, o‗zi yashaydigan muhiti bilan birga yaratadi.  

      Aslida  ham  inson  dunyoga  kеlgach,    insonlardan  ayro  yashasa  inson  sifatida 

shakllana olmaydi. Bunga hayotda ancha-muncha misollar bor. Masalan, mashhur 

ingliz  yozuvchi  R.Kiplingning  ―Maugli‖,  D.Defoning  ―Robinzo  Kruzoning 

sarguzashtlari‖, Oqiljon Husanovning ―Tog‗da o‗sgan bola‖ kabi asarlarini keltish 

mumkin.  



 

 



Ijodkor  badiiy  asar  yaratar  ekan  avvalo  o‗zi  ko‗rgan-kechirgan,  his  etgan 

hodisalar haqida yozadi. Bu esa undagi ijtimoiy dard bilan yuzaga chiqadi.   

Yuqoridagi  mulohazlardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki,  badiiy  adabiyot 

ijtimoiy  malalaning  yoritilish  dolzarb  muamodir.  Uning  tadqiqiga  bag‗ishlangan 

qator ishla mavjud. Lekin bu bilan muammo yechimiga yetgani yo‗q. Chunki, har 

bir davrda turli ijtimoiy muhit va masalalar yuzaga keladiki, badiiy adabiyot ularni 

o‗quvchiga imkon qadar ochib berishga intiladi. Shu ma‘noda, badiiy adabiyotdagi 

ijtimoiy  masalarning    aniq  bir  ijodkor  Anvar  Obidjon  ijodi,  aniqrog‗I  hajviyoti 

misolida yoritish o‗zbek adabiyotshunosligidagi dolzarb muammolardan biridir. 

Chunki  Anvar  Obidjon  o‗zbek  adabiyotiga  o‗ziga  xos  badiiy  ifoda,  o‗ziga  xos 

individual  yechim  olib  kirgan  adibdir.  Shu  paytgacha  uning  ko‗p  qirrali  adib, 

bolalar  uchun  ham,  kattalar  uchun  ham  qator  qissalar,  dostonlar,  she‘rlar, 

hikoyalar, piyessalar bitganligini bilamiz.   Hozirga  qadar  uning  ―Оna  Yer‖(1974 

yil), ―Bahromning hikoyalari‖(1980 yil), ―Ey, Yorug‗ dunyo...‖(1983 yil), Olovjon 

va 

uning 


do‗stlari(1983 

yil), 


―Bezgakshamol‖(1985), 

―Ketmagil‖ 

(1985),―Маsxaraboz bola(1986 yil), ―Akang qarag‗ay Gulmat‖(1987), ―Juda qiziq 

voqea‖(1987),  ―Oltin  yurakli  avtobola‖(1988),  ―Dahshatli  Mehspolvon‖  (1989), 

―Yerliklar‖  (1990),  ―Alamazon  va  Gulmat  hangomalari‖  (1991),  ―Ajoyibxona‖ 

(1993),  ―Meshpolvon  janglari‖  (1994),  ―Alisher  ila  Husayin  yoki  uch  don  ova 

o‗g‗ri‖(1996),  ―Alamazon  va  Gulmat‖(1998),  ―Bezgakshamol-2‖(2003), 

―Tanlagna  she‘rlar‖(2006),  ―Baloga  qolgan  futbolchi‖(2010)  kabi  30  dan  ortiq 

kitoblari chop etilgan.  

Adibning  ijodidi  haqida  filologiya  fanlari  nomzodi  Rahmatulla  Barakayev 

―Jonajonim  she‘riyat‖  nomli  asarida,  taniqli  adabiyotshunos  Ibrohim  G‗afurov 

―So‗z  to‗lqinlari‖,  filologiya  fanlari  nomzodi  Gulnoza  Jo‗rayeva  ―O‗zbek  bolalar 

adabiyotida  hajviy  obraz  yaratish  mahorati‖  nomli  risolasida,  olima  Zamira 

Ibrohimova 

esa  ―Quvnoqlikka  yashingan  iztiroblar‖  nomli  risolasida. 

Adabiyotshunos Hulkar Hamroeva qator maqolalarida fikr bildirishgan.  



 

 



    Shuningdek, 

O‗zbekiston  Qahramoni  Said  Ahmad,  xalq  yozuvchisi 

X.To‗xtaboiyev,  taniqli  shoirlar  T.Adashboyev,  Miraziz  A‘zam,  olimlar 

A.Rasulov, R.Qo‗chqor kabilar ham shoir ijodi haqida o‗z maqolalarida munosabat 

bildirishgan.  Lekin  biz  ko‗rgan  asarlarda  adib  hajviyotida    ijtimoiy  masalalarning 

yoritilishi  haqida  kam  fikr  bildirilgan.  Xususan,  R.Barakayev  o‗zining  80-  yillar 

bolalar  she‘riyatiga  bag‗ishlangan  asarida  T.Adashboiyev,  H,Imomberdiyevlar 

haqida  yozadi  va  asarida  Anvar  Obidjon  haqida  ham  fikr  bildiradi:  ―80-yillar 

o‗zbek bolalar she‘riyatidagi hajviy-yumoristik va majoziy she‘riyat taraqqiyotida 

bugungi  bolalar  adabiyotimizning  tom  ma‘nodagi  yetakchi  namoyandasi  Anvar 

Obidjon  asarlari  alohida  o‗rin  tutadi.  Shoirning  ―Bulbulning  cho‗pchaklari‖, 

―Kumush  uy‖,  ―Gurungdagi  gaplar‖,  ―G‗alati  maktublar‖,  ―Аjoyibxona‖, 

―Ignalarim  chiroyli‖,  ―Mening  kolleksiyam‖,  ―O‗zimizning  ansambl‖,  ―Shirin 

so‗ylar  jajjivoylar‖,  ―kalamushlar  kemasi‖  kabi  turkumlariga  kirgan  ko‗plab 

she‘rlarida  hajv  va  majozning  ajoyib  namunalarini  yaratdi‖

2

.  Tadqiqotchilar 



orasida  Z.Ibrohimova  Anvar  Obidjonning  ijodiy  portretiga  ba‘zi  chizgilarni  

yaratgaт.  Olimaning  e‘tirof  etishicha,  ―Shoir  tabiatga  oid  ko‗plab  sha‘elarida 

bolalarga, hatto sen uchun jirkanch tuyulgan narsaning ham o‗z hayoti, o‗z olami 

bor  va  shuning    o‗ziyoq  e‘tiborga  loyiq,  degan  falsafiy  aikrni  yetkazishga 

intiladi‖

3

.  



       Bizning  fikrimizcha,  Anvar  Obidjonning  hajviya  she‘r  va  hikoyalarida, 

ayniqsa bolalarga bag‗ishlangan asarlarida  ijtimoiy hayotning muhim jihatlari turli 

usul  va  vositalar  yordamida,  o‗ziga  xos  tarzda  ochib  berilgan.  Ularning  mavzu 

ko‗lami hamda jami, miqdori ham talaygina. Shuning uchun bizbitiruv-malakaviy 

ishimizda  ushbu  mavzuni  o‗rganish  maqsadida,  asosan,  shoirning  bolalarga 

bag‗ishlangan she‘rlariga asarlariga murojaat qilamiz.  

  

                                                           



2

  Баракаев  Р.  Жонажоним  шеърият.  (80-йиллар  ўзбек  болалар  шеърияти  ҳақида  баъзи  қайдлар).  -Тошкент. 

―Чўлпон‖. 1997. – 88 б.  

3

   Иброҳимова З. Қувноқликка яширинган изтироблар. –Тошкент. А.Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий 



кутубхонаси нашриѐти. 2005.   12 –бет.  

 

 



BIRINCHI BOB.  

HAJVIYLIKNING IJTIMOIYLIK MOHIYATI 

Hоzirgi  zаmоn  bоlаlаr  аdаbiyotining  tаrаqqiyotigа  judа  kаttа  hissа  qo‗shib 

kеlаyotgаn  Аnvаr  Оbidjоn  1980-yildа  „Bаhrоmning  hikоyalаri―  nоmli  to‗plаmi 

chiqqаnidаn  so‗ng  аdаbiy  jаmоаtshilikning  e‘tibоrigа  tushdi,  deb  yoziladi 

manbaalarda. Shoir ijodi bo‗yicha yozilgan tadqiqotlarda qayd etilganidek, orаdаn 

ko‗p vаqt o‗tib hаm, u o‗zining munоsib o‗rnini mustаhkаm sаqlаb turibdi, uning 

ko‗p  qirrаli  ijоdigа  bo‗lgаn  qiziqish  tоbоrа  оrtmоqdа.  Ibrоhim  G‗аfurоv, 

Хudоybеrdi To‗хtаbоеv, Аbdug‗аfur Rаsulоv, Sаid Аhmаd, Sаfо Mаtjоn, Rаhmоn 

Qo‗shqоr,  Mirаziz  А‘zаm,  Mаhmud  Sаttоr,  Kаvsаr  Turdiеvа,  Tursunbоy 

Аdаshbоеv, Lоlа Sоdiqоvа-Zvоnаryovа, Rаhmаtullа Bаrаkаеv, Hulkаr Hаmrоеvа 

kаbi munаqqid vа аdiblаrimiz bu ijоdkоrning аsаrlаri to‗g‗risidа bir-biridаn ko‗tа-

rinki  mаqоlаlаr  yozishdi.  Izlаnuvshi  оlimа  Zаmirа  Ibrоhimоvаning  „Quvnоqlikkа 

yashiringаn iztirоblаr―

4

 nоmli kitоbidа аdibning nаzm vа nаsrdаgi аsаrlаrining ni-



hоyatdа o‗zigа хоsligi, o‗quvshini o‗zigа mаhliyo etа оlish sirlаri kеng tаlqin qilib 

bеrilgаn. 

Аnvаr  Оbidjоn  ijоdi  yuzаsidаn  fikr  bildiruvshilаrning  bаrshаsi  dоimо  bir 

nаrsаgа,  ya‘ni  uning  bоlаlаr  аdаbiyotigа  yangishа  bir  yo‗nаlish  оlib  kirgаnigа 

аlоhidа urg ‗u bеrib o‗tishаdi. Kichkintоylаr shоiri Tursunbоy Аdаshbоеv bu hоlni 

sоddаginа  tа‘riflаb:  „80-yillаrgа  kеlib  Аnvаr  Оbidjоn  bоlаlаr  shе‘riyatidаgi  оb-

hаvоni bir yo‗lа yangilаdi―, dеb yozgаn edi. 

Hаqiqаtаn hаm, bоlаlаr аdаbiyotidа o‗tgаn аsrning 80-yillаrigаchа chоp etilgаn 

kitоblаrdаgi  shе‘rlаrgа  nаzаr  tаshlаsаk,  ulаrning  аksаriyat  qismi  o‗shа  mаhаldаgi 

tuzumni ulug‗lаshgа, turmushimizning o‗tа fаrоvоn, kеlаjаgimizning bеhаd yorqin 

ekаnligigа  o‗quvchini  ishоntirishgа  qаrаtilgаn  „yalаng  ‗оch  mаfkurа―li  shе‘rlаr, 

bоg‗chа,  mаktаb,  оrоmgоhlаrdаgi  g‗аmхo‗rliklаrni,  yosh  аvlоdning  dunyodа  eng 

bахtiyorligini  аks  ettiruvchi  quruq  mа‘lumоtlаrdаn  nаrigа  o‗tоlmаydigаn  аsаrlаr-

dаn  ibоrаt  edi.  Ko‗r-ko‗rоnа  pаnd-nаsihаtlаr,  хаlq  ertаklаri  vа  lаtifаlаri  аsоsidа 

                                                           

4

  Ibrоhimоvа Z. Quvnоqlikkа yashiringаn iztirоblаr. –T. А. Nаvоiy nоmidаgi Milliy kutubхоnа nаshriyoti, 2005 



10 

 

 



еngil-еlpi  hаzillаr  to‗qish  hаm  аvj  оlgаn  edi.  Bundаy  аsаrlаrning  vаzifаsi  bir  хil 

bo‗lib, ulаr bоlаlаrning оngigа tа‘sir o‗tkаzishgа хizmаt qilаr edi. Shundаy shаrоit 

mаvjud  bo‗lgаn,  bоlаlаrni  „impеriya  mаfkurаsi―  chizib  bеrgаn  chiziqdаn  chiqаr-

mаy  tаrbiyalаsh  qоnungа  аylаnib  qоlgаn  muhitdа  bоshqаshа  yo‗ldа  ijоd  qilish 

mumkin  emаsdеk  tuyulаr  edi.  Аnvаr  Оbidjоn  shu  chiziqdаn  yorib  o‗tishni 

uddаlаshgа  urinа  bоshlаdi.  Uning  bolalarga  bag‗ishlangan  she‘rlarida  kundalik 

ijtimoiy hayotdagi qator masalalar hajviy yo‗l bilan yoritila boshlandi.  

    ―Badiiy  adabiyot  ijtimoiy  borliqning  in‘ikosi,  tarixiy  taraqqiyotdagi  muayyan 

bosqichning  mahsuli  sifatida  maydonga  keladi  va  ayni  paytda,  uning  o‗zi  ham 

mana  shu  taraqqiyotga  muayyan  ta‘sir  o‗tkazadi‖

5

.  Buning  sababini  anglash 



kishidan badiiy adabiyotning ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini bilishni talab 

etadi.  Aslida  ham  badiiy  adabiyotda  hayotni,  borliqni  bilishning  o‗ziga  xos 

ko‗rinishidir.  Biz  yetuk  badiiy  asarlar  orqali  hayotni,  atrof  borliqni  o‗rganamiz. 

Ijodkor o‗z asarida veqelikni aks ettirar ekan uni albatta obrazlar yordamida ifoda 

qiladi.    

Hayot  turli  turli-tuman,  goh  jiddiy,  goh  fojeaviy,  goh  hajviy    voqea-

hodisalarga  to‗la.  Ijodkor  o‗z  asarida  ana  shu  hayotni  tasvirlar  ekan  inson 

borlig‗ini,  dardu  alamini,  quvonch  va  tashvishlarini,  orzu-umidini,  intilishlarini, 

hayotga munosabatini turli obrazlar orqali tasvirlaydi. Tabiiyki, bu obrazlar ifodasi 

adibning  mahorati,  iste‘dodi,  dunyoqarashi  kabi  bir  qancha  omillarga  bog‗liqdir. 

Chunki adib, umuman har qanday ijodkor voqelikni o‗z qalb prizmasi orqali qayta 

ishlaydi,  badiiy  idrok  etadi.  Chunki,―Jamiyatda  yashayotgan  shaxs  (jumladan, 

ijodkor ham) ma‘lum bir ijtimoiy guruh vakili, dеmak, o‗zining muayyan ijtimoiy 

muhitda  shakllangan  qarashlari,  orzu-intilishlariga  egaki,  bular  shu  guruhning 

qarashlari, orzu-intilishlariga ko‗p jihatdan mos. Shunga qaramay, ijodkor birinchi 

galda  shaxs,  shu  bois  ham  asar  mazmunida  shaxsiylangan  ijtimoiylik  aks  etadi, 

shaxsiylik  va  ijtimoiylik  uyg‗un  mujassamlashadi‖

6

.  Demak,  hayotdagi  ijtimoiy-



                                                           

5

 Коллектив. Адабиѐт назарияси. икки томлик.-Тошкент. ―Фан‖. 1978. 13-бет.  



6

 Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –Toshkent. Fan. 2007. 25 bet. 



11 

 

 



maishiy,  kulgili  voqealar  ham  adabiyotga  kiradi.S  hunday  voqealar  zamirada  esa 

hajviy  obrazlar  yuzaga  kelishini  kuzatish  mumkin.  Masalan,  ―Quduqdagi  paqirga 

yozilgan she‘r‖ida shoir shunday yozadi: 

 

 



Bir-bir kelar oldingga 

Qishloqdagi paqirlar. 

Senga boqib umidvor, 

Salom berib shaqirlar. 

Sho‗ng‗iyotib quduqqa, 

Asta alik olasan. 

Bariga suv ulashib, 

O‗zing quruq qolasan.

7

 

 



Bu  she‘riy  parchda  maiyshiy  hayotda  uchraydigan  oddiy  viqelik  mavjud. 

Ammo  shoir  paqir  detalini  obraz  darajasiga  olib  chiqib,  uning  zimmasiga  juda 

katta  ijtimoiy  masala  adolatparvarlik  g‗oyasini  singdirgan.  Chunki  paqir  ham 

o‗zbek xalqi singari mehnat qilveradi, biroq uning mehnatidan orttirilgan moddiy 

boylik, farovon hayot unga nasib qilmaydi.  

―Darvozaga  yozilgan  she‘r‖  nomli  she‘rida  shoir  vatanparvarlik,  erk 

g‗oyalarini oddiy darvoza obrazi orqali juda chiroyli ifodalaydi: 

 

 



 

 

Hushyorroq bo‗l, 



 

 

 



 

Gohida –  

 

 

 



 

Ishlatib tur tambani. 

 

 

 



 

Pokiza bu hovliga  

                                     Qo‗yaverma hammani.

8

  



O‗t,ishdan ma‘lumki, yurtimiz o‗zining dilbar tabiati, saxovatili zamni bilan 

necha  asrlardan  beri  jahonni  lol  qoldirib  kelmoqda.  Bu  yurtni  bosib  olish  ,  uning 

behisob boyliklariga egalik qilish istagi ne-ne hukmdorlarni, bosqinchilarni o‗ziga 

rom  qilmadi,  deysiz?  Аyniqsa,  qizillar  imperiyasining  mustabidligi  hammadan 

                                                           

7

 



Anvar Obidjon.O‗g‗irlangan pahlavon: She‘rlar, doston va ertaklar.  – T.: Cho‗lpon.2006. 43 bet.

 

8



 O‗sha manbaa. 44-bet. 

12 

 

 



oshib tushdi. ―Savodsiz o‗zbek xalqiga ma‘rifat olib kelish‖ niqobi ostida yurtimiz 

qadriyati  oyoq  osti  qilindi,  tariximiz  soxtalashtirildi,  tilimiz,  yozuvimiz,  asriy 

an‘nalarimiz, madaniy hayotimiz, ta‘lim-tarbiya tizimimizni yo‗qotishga urinishdi. 

Faqatgina bu holga, shoir orzu qilgan  Mustaqillik, Ozodlik va Erk bu ho‗rliklarga 

chek qo‗ydi. 

       Yuqoridagi  she‘rlarda  shoir  kutilmagan  hayotiy  detalar  orqali  ijtimoiy 

masalalarni  yoritadi.  Paqir,  Darvoza  obrazlaridan  o‗tkir  ko‗z,  nozik  idrok  va 

mahorat bilan foydalangan. Yurtimizning yaqin o‗tmishdagi ayachli taqdiri, yarim 

dunyoga  gaz  berib,  o‗zi  g‗o‗zapoyaga  yolchimagan  xalq  kechinmalari  shoirning 

buyuk  armonidir.  Mehmon  bo‗lib  kelib,  xalq  xizmatidan  foydalanib,  oxir  oqibat 

uni  suvsiz  qoldirgan  g‗animlarga  nafrati  bor.  Shunig  uchun  ham  u  kuyunib, 

―Pokiza bu hovliga‖ – muqaddas Vatanga hammani ham kiritish shart emasligini 

uqdiryapti.  

Ma‘lumki,  jahonga  mashhur  yozuvchilar  o‗z  asarlarini  hamisha  ikki-uch 

mazmuniy  qatlamda,  ya‘ni  bolalar  uchun  ham,  kattalar  uchun  ham  badiiy-estetik 

ozuqa  beradigan  tarzda  yaratdilar.  Bunda  ijodkorning  birinchi  vazifasi  turli 

sarguzasht,  hangoma,  g‗aroyib  hodisalar  yordamida  asarning  qiziqarligini 

ta‘minlash  bo‗lsa,  ikkinchi  tomondan  kattalar  uchun  muhim  bo‗lgan  ijtimoiy 

masalalarni  o‗rta  qo‗yadi  va  ushbu  masalalarning  yechimini  ko‗rsatishdan 

iboratdir.  Uchinchidan,  mazkur  vositasida  bolalarni  insonparvar,  vatanparvar, 

fidoiy  kishilar  qilib  tarbiyalarni  ham  nazarda  tutadi.  Bu  borada  ayniqsa, 

hajviyaning ijtimoiy mohiyati aniqroq ko‗rinadi.  

―Hajviya(  arabcha  -ustidan  kulmoq  )  -  biror  shaxsni  tanqid  qilish,  ayovsiz 

qoralash, kamchiliklarini sanab ko‗rsatish maqsadida yaratilgan asar, adabiy janr. 

Avval  arab  she‘riyatida  keng  tarqalgan  hajvlarda  raqibni  qoralash,  sharmanda 

qilish uchun yolg‗on uydirmalar to‗qish, jismoniy nuqsonlarni yuzga solish, hatto 

uyatsiz so‗zlar ishlatish ham odatiy bo‗lib, ba‘zan javlarning haqorat va tuhmatga 

aylanib  hollari  ham  uchragan.  Mutaxassislar  hajviyning  satiradan  farqi  sifatida 

konkret  shaxs  qaratilganilikni  ko‗rsatadilar,  ya‘ni  hajvchining  maqsadi  ijtimoiy 


13 

 

 



hayotdagi  muayyan  holatni  badiiy  umumlashtirib,  g‗oyaviy  inkor  qilish  emas‖

9



Biroq bu tamoyil hajvning mutloq asosi emas, chunki hajv taraqqiyotining keyingi 

yillarida  hajvning  ijtimoiy  muammo  va  masalalarga  bag‗ishlangan  ko‗rinishlari 

ko‗zga  tashlandi  va  unda  satiraga  xos  xususiyatlar,  xususan  g‗oyaning  konkret 

shaxsga  emas,  balki  umum  ijtimoiy  manfaatga  xizmat  qilish  kuchaydi.  Masalan, 

XVIII  asr  oxiri  XIX  asr  boshlarida  yashgan  shoir  Mujrim  Obid  ijodida  ―og‗ziga 

har na kelsa gapirib, oldiga har na kelsa yeb‖ yuradigan, kambag‗al bechoralarga 

zulm  qiladigan,  boylarga  laganbardorlik  qiladigan  shaxslarni  tanqid  qiladi.Lekin 

konkerte shaxslarni tanqid ostiga olgan qator hajviyalar ham borki, ularda satiraga 

xos  umumlashmalarni  ko‗rish  mumkin.  Masalan,  Muqimiyning  ―Saylov‖, 

―Moskovchi  boy  ta‘rifida‖,  ―To‗yi  iqonbachcha‖;  Zavqiyning  ―Ahli  rasta  hajvi‖ 

asarlarida garchi konkret shaxslar tilga olingan bo‗lsada, ularda ijtimoiy hayotdagi 

holatlarni  umumlashtirib  tanqid  qilish  kuchliroqdir.  Huddi  shunday  xususiyat 

Anvar Obidning bolalarga bag‗ishlangan she‘rlarida ko‗rish mumkin.  

Anvar  Obidjon  bolalarninh  sodda,  beg‗ubor  shunig  bilan  birga 

murakkabliklarga  to‗la  ijtimoiy  hayotini  tasvirlar  ekan,  ularda  aqlli,  jasur,  mard, 

adolatparvar,vijdonli  bolalar  bolalar  obrazlari  bilan  birga  sho‗x,  o‗inqaroq, 

to‗loonchi,  dangasa,  shirinlikka  o‗ch,  nafsini  tiyolmaydigan  obrazlarni  ham 

yaratadi. Bu bilan dangasa, qo‗rqoq, ochofat, yolg‗onchi bolalarning salbiy jihatlari 

ustidan  kulsa,  ikkinchi  tomondan,  boshqa  bolalarni  yalqov,  yolg‗onchi,  ochofat 

bo‗lmaslikka chaqiradi. Masalan,  

   

 

 



 

Kalamushvoy, 

   

 

 



 

Каlаmush, 

   

 

 



 

savoding sal chalamush. 

   

 

 



 

Yoz desalar 

   

 

 



 

―Temir‖ deb, 

   

 

 



 

Sen yozibsan 

                                                           

9

 Quronov D. Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati.-Toshkent.  2010. Akademnashr. 388-389 



betlar. 

14 

 

 



   

 

 



 

―Kemir‖ deb. 

10

 

 



 

    ―Obbo, Kalamushvoy‖ deb nomlangan ushbu qisqa, ammo mazmundor she‘rdan 

bolalr ham, kattalar ham tegishli ma‘no chiqarib oladilar.  Shoir kalamush ustidan 

(аniqrog‗I,  kalamush  sifat  kishilar  ustidan)  samimiy  kuladi.  Birinchi  qaraganda, 

unda  chalasavob  o‗quvchilar  qoralanyapti.  Ular  to‗g‗ri  yozolmay  kalamushdek, 

odamlardan,  aslida  ilmli  o‗quvchilardan,  qochib  yurishga  majbur  bo‗ladilar.  

Ikkinchi  tomondan  olsak,  kalamush  timsolida  umumlashma  obtazni  ko‗rish 

mumkin.  Bilamizki,  kalamushning  asosiy  ishi  kemirish,  u  busiz  yashay  olmaydi. 

Endi  she‘rga  jiddiyroq  yondoshsak,  muallif  kalamushday  o‗jar,  har  narsani  o‗z 

foydasiga  burib  yuboradigan,  boshqalrning  ortidan  ish  bitiruvchi  kishilarning 

obrazini  ko‗rish  mumkin.  Anvar  Obidjon  oddiy  bir  jonivor  yordamida  jamiyatda 

uchraydigan  ijtimoiy  illatni  ochib  tashlaydi.  Bu  bilan  hajviy  she‘rning  ijtimoiy 

mohiyati  aniq  ochib  berilgan.  Dеmak,  hayotni  badiiy  aks  ettirishda  hajvning 

shakllantirgan  ijtimoiy  masalga,  ko‘proq  shu  masala  bilan  bеlgilanuvchi  xaraktеr 

mantiqiga muvofiq harakat qilishlarini taqozo qiladi. Bu esa badiiy ijod jarayonida, 

ayniqsa, bolalar ijodida katta o‗rin tutadi. Chunki bolalar olami aynan bilan kattalar 

olamidan  farqlanadi.  Ma‘limki  psoxologik  nuqtai  nazardan  kattalarda  xarakter 

xususiyatlari to‗liq shakllangan bo‗lib, ular hayotdagi har bir voqea-hodisaga aql-

mushohada  bilan  yondoshadi.  Bolalarda  esa  bu  xususiyat  o‗zgaruvchan  ba‘zan, 

voqelikka  mantiqiy  yondoshilsa,  ba‘za  g‗ayrishuuriy,  o‗ylamay  ish  qilishadi. 

Bulardan  tashqari,  badiiy  asarni,  aniqrog`i,  uning  ijtimoiy  mavjudligini, 

shuningdеk, ijtimoiy hayotning muayyan muammolari yoritishda aniq shaxs, bola 

timsolida boshqa bir maqsadni ko‗zda tutgan bo‗lishi mumkin.  

  Маsalan, Аnvar Obidjonning ―Uch yoshlilar‖ she‘rida  uch yosh bola o‗ylamay 

javob qaytarish orqali o‗ziga xos kulgi holatni paydo qilgan.   

 

 



   

 

       - Оlmaniyam   



G‗ajiyman,   

 

                                                           



10

 Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari. she‘r va ertaklar to‗plami. -Toshkent. ―Yosh gvardiya‖. nashriyoti. 1980. 

21-bet.  


15 

 

 



Holvaniyam 

G‗ajiyman… 

-O‗zi nechta  

tishiyng bor? 

-Seni nima  

ishing bor?

11

 

   



Bu  yerdagi  asosiy  maqsad  uch  yoshli  bolaning  dunyoqarashi  orqali,  kata 

bo‗lsa ham bollarga klata o‗yligi qo‗ymaydigan, turli illatlari bilan odamlar orasida 

istehzo  uyg‗tadigan  kishilar  haqida  so‗z  yuritilgan.  Chunki,  she‘rdagi  bolaning 

savoli kishini o‗ylantiradi.Ахir, tish sanog‗i kishining yoshini ham belgilaydi. Bu 

esa she‘rdagi ijtimoiy masalaning tasviriga turtki beradi. Bola ochofat, qizg‗anchiq 

jihati bor kattalarning ustidan kulayotgandek taassurot qoldiradi.  

 

Shоirning  ―Tillаqo‗ng‗izning  jаvоbi‖  dеgаn  аjоyib  shе‘ri  bоr



12

.  ―Sеn  nеgа 

gаpirmаysаn, fаqаt g‗o‗ng‗illаysаn?‖ – dеgаn sаvоldаn so‗ng Tillаqo‗ng‗iz birdаn 

tilgа  kirаdi.  Uning  so‗ylаshichа,  bir  zаmоnlаr  nihоyatdа  хushоvоz  bo‗lgаn 

Tillаqo‗ng‗iz o‗z  yurtidа  tinchginа  qo‗shiq  аytib  yurgаnidа,  mudhish  hоdisа  ro‗y 

bеrаdi.  Dushmаn  Chigirtkаlаr  to‗p-to‗p  bo‗lib  kеlib,  uning  оnа  mаskаnini  bоsib 

оlishаdi: 

 

 



 

Bоr nаrsаni yamlаshib

 

 

 



Ulаr rоsа yayrаshdi. 

 

 



 

Do‗q urishdi o‗rgаn dеb 

 

 

 



Chigirtkаdеk sаyrаshni. 

 

 



 

Yolg‗iz, nоchоr bo‗lsаm hаm, 

 

 

 



Qo‗shilmаdim mеn yovgа. 

 

 



 

Sеkinginа o‗zimni 

 

 

 



Sоlib оldim sоqоvgа. 

 

                                                           

11

 O‗sha kitob. 33-bet.  



12

 Anvar Obidjon. Juda qiziq voqea. –Toshkent.  ―Yulduzcha‖ nashriyoti. 1987.  41-bet.  



16 

 

 



 

Bu  shе‘r  hаli  o‗zbеk  tiligа  Dаvlаt  tili  mаqоmi  bеrilishi  mumkinligi 

tushimizgа hаm kirmаgаn 1980 yili yozilgаn. Sho‗rо tuzumi umuminsоniy qоnun-

qоidаlаrni mеnsimаy qo‗ygаn, ruslаshtirish siyosаti оchiq tus оlgаn o‗shа yillаrdа 

bundаy  shе‘r  yozish  hаqiqiy  jаsоrаt  edi.  Shоir  o‗z  tuyg‗ulаri,  qаlbigа  tinimsiz 

оg‗riq  bеrаyotgаn  аrmоn  vа  dаrdlаrini  Tillаqo‗ng‗izning  iztirоblаri  оrqаli 

ifоdаlаydi. 

 

Аslidа Tillаqo‗ng‗izning iztirоblаri yaqin o‗tmishdаgi ulug‗vоr bir хаlqning 



fоjiаsidir.  Shоir  Tillаqo‗ng‗iz  timsоli  оrqаli  eng  nоdir  milliy  bоyligimiz  –  tili 

tоptаlgаn  хаlqini  ko‗rаdi,  fаryod  chеkаdi.  O‗z  tilini  qo‗yib,  o‗zgа  tildа 

so‗ylаyotgаn,  shаfqаtsiz  chigirtkаlаrgа  jo‗rоvоz  bo‗lib  sаyrаyotgаn,  o‗zligini 

хo‗rlаyotgаn ko‗rnаmаklаrdаn nаfrаtlаnаdi... hаmdа ulаrgа rаhmi kеlаdi. 

 

Sir  emаski,  hоzirgi  bоlаlаrning  shаkllаnishi  nihоyatdа  murаkkаb  tаriхiy 



jаrаyonlаr  dаvrigа  to‗g‗ri  kеldi.  Kеlаjаkning  qаndаy  bo‗lishini  kutish  hаm,  uni 

yarаtish  uchun  kurаshish  hаm  mumkin.  Аnvаr  Оbidjоn  ikkinchi  yo‗lni  tаnlаydi. 

Yetmish  yillik  zo‗rаvоnlik  tа‘siridа  ulg‗аygаn,  jаmiyatimizdаn  qаlbаki  vа‘dаlаru 

аrzоnrоq nоndаn bоshqа hеch qаndаy muruvvаt ko‗rmаgаn fаrzаndlаrimizni аslidа 

yo‗q  ―bахtli  bоlаlik  uchun‖  tinimsiz  tаshаkkur  bildirishlаrgа  undаsh,  аdоlаtni 

аmаldа  yaqqоl  his  etmаslik  bеfаrq  qilib  qo‗ydi.  Shuning  uchun  hаm  shоir  o‗z 

qаhrаmоni  bilаn  yеlkаmа-yеlkа  yurishi  zаrur.  Shе‘riyat  o‗z  vаzifаsini  to‗liq 

uddаlаshi uchun fаqаt shоirning istе‘dоdi kifоya qilmаydi. Bu yеrdа kitоbхоnning 

ruhiy dunyosini аnglаsh vа tushunish qоbiliyati hаm zаrur. Аnvаr Оbidjоn o‗zining 

qudrаtli  vа  jоzibаli  shе‘rlаri  bilаn  bоlаlаrgа  qаlb  оzоdligi  –  Vаtаnni  sеvish 

tuyg‗usini singdirishgа erishаdi. 

 

―Bоtirvоyning kundаligi‖



13

 turkumini o‗qir ekаnmiz, bоlаkаyning tоpqirligi, 

hоzirjаvоbligi,  dilkаsh  vа  dоvyurаkligi  bеiхtiyor  hаvаsimizni  kеltirаdi.  Bоtirvоy 

tеngdоshlаrigа  nisbаtаn  аnchа  ziyrаk,  birоz  qitmir,  хаyolpаrаst  bоlа.  Аtrоfdа 

bo‗lаyotgаn vоqеа-hоdisаlаrni qiziqib kuzаtаdi, erinmаsdаn kundаligigа qаyd etib 

bоrаdi. 20 iyun kuni cho‗milishgа bоrib, dаftаrigа quyidаgilаrni yozib qo‗yadi: 

                                                           

13

 Anvar Obidjon. Juda qiziq voqea. –Toshkent.  ―Yulduzcha‖ nashriyoti. 1987. 121-156-betlar. 



17 

 

 



 

 

 



Chomilsin dеb nаbirаm, 

 

 



 

O‗rgаnsin dеb suzishni, 

 

 

 



Eplаsin dеb mеnimchа 

 

 



 

Bоshqаlаrdаn o‗zishni, 

 

 

 



Shеr bilаkli bоbоlаr 

 

 



 

Zo‗r ishgа bеl bоg‗lаshgаn, 

 

 

 



Shu Fаrg‗оnа kаnаlin 

 

 



 

Qirq bеsh kundа kоvlаshgаn.

14

 

 



Hаjmi  kаttаmi,  kichikmi,  hаqiqiy  shе‘rning  аsоsidа  hаyotiylik,  tаrbiyaviy 

аhаmiyatgа  egа  bo‗lgаn  fikr  yashiringаn  bo‗lаdi.  Kаttа  Fаrg‗оnа  kаnаli  o‗zbеk 

хаlqi vаtаnpаrvаrligining оg‗ir urush yillаridаgi yuksаk nаmunаsidir. Bоtirvоyning 

hаm shеrbilаk bоbоlаr mеhnаtidаn fахrlаnishi, hаm bu mеhnаtning аsl mоhiyatini 

bоlаgа  хоs  idrоk  bilаn  аnglаshining,  his  qilishining  o‗zi  nihоyatdа  muhim. 

Shе‘rdаgi  ―bоshqаlаrdаn  o‗zish‖  fаqаt  kаnаldа  cho‗milish  mа‘nоsidаginа 

ishlаtilmаy,  bu  ibоrа  zimmаsigа  ulkаn  ijtimоiy  mа‘nо  yuklаtilgаn.  Fаrg‗оnаning 

chеkkа  qishlоqlаridаn  biridа  o‗sib-ulg‗аygаn  muаllif  –  ―shеr  bilаkli  bоbоlаr‖ 

аvlоdi  o‗zbеk  хаlqining  оqimgа  qаrshi  suzishdаn  cho‗chimаydigаn  mаrd 

o‗g‗lоnlаri  ko‗pаyishini,  qаdimiy  shоn-shuhrаt  tiklаnishini,  Bоtirvоylаr  uning 

qаdrigа еtishini istаydi. 

 

7 iyul kuni Bоtirvоyning kundаligidа shundаy yozuv pаydо bo ‗lаdi: 



 

 

 



Tоg‗dаn оlib kеlgаn gulim 

 

 



 

Bugun birdаn so‗lib qоldi. 

 

 

 



Dаdаm dеdi: ―O‗z еridаn –  

 

 



 

Аyrildi-yu, 

 

 

 



O ‗lib qоldi...‖

15

 



 

Bаlki  Bоtirvоy  ―Dаrахt  bir  еrdа  ko‗kаrаdi‖  dеgаn  хаlq  mаqоlining  аsl 

mоhiyatini,  insоn  o‗z  tug‗ilgаn  yurti,  kindik  qоni  to‗kilgаn  tuprоg‗idаn  аjrаlsа 

                                                           

14

 O‗sha kitob. 140-bet.  



15

 O‗sha kitob.142-bet 



18 

 

 



hаttо  nоbud  bo‗lishi  mumkinligini,  tirik  qоlgаndа  hаm  butun  umri  g‗аm-g‗ussа 

bilаn  o‗tishini  shu  kuni  ilk  bоr  tushunib  еtgаndir.  O‗zi  tug‗ilib  o‗sgаn  tuprоqni 

yanаdа qаdrlаshni diligа mаhkаm tugib qo‗ygаndir. 

 

Shоir, аvvаlо, bоlаlаrning kеlаjаgi uchun jаvоbgаr, аytаyotgаn so‗zi uchun 



mаs‘ul.  Uning  hаyotiy  zаmingа  qurilgаn  hаr  bir  shе‘ri  bоlа  оngigа  ijоbiy  tа‘sir 

ko‗rsаtishi  zаrur.  Bоlаlаrgа  bаg‗ishlаngаn  shе‘rlаr  o‗z  mоhiyati  bilаn  ustоz, 

murаbbiy vаzifаsini bаjаrаdi. Shundаy аjоyib аsаrlаr bоrki, ulаr eng yaqin sirdоsh, 

do‗st  o‗rnini  bоsаdi,  dunyoni  endiginа  tаniyotgаn  kichkintоylаr  ko‗z  o‗ngidа 

hаmmа nаrsаgа qоdir ulug‗ sеhrgаrgа, eng ishоnchli mаslаhаtchigа аylаnаdi. 

 

Otа-оnаlаrning  оrzuyi  shuki,  kitоblаr  fаrzаndlаrini  tаbiаtdаn  zаvqlаnishgа, 



bоrliqni  tеzrоq  tаnishgа,  tilimizdаgi  go‗zаlliklаrni  sеvishgа,  ko‗hnа 

аn‘аnаlаrimizni qаdrlаshgа, biyrоn so‗zlаy оlishgа o‗rgаntsin vа аyni pаytdа ulаrdа 

muqаddаs Vаtаngа muhаbbаt, zаhmаtkаsh хаlqgа mеhru shаfqаt hissini tаrbiyalаy 

оlsin.  Nаzаrimizdа,  Аnvаr  Оbidjоnning  zаvq,  ilhоm  vа  muhаbbаt  bilаn  yozilgаn 

аsаrlаri  bir  yo‗lа  hаmmа  vаzifаni  vijdоnаn  аdо  etаdi:  bu  she‘rlаr  hаm  quvnоq 

do‗st,  hаm  jiddiy  tаrbiyachi.  Uning  shе‘rlаridа  g‗аlаti,  yoqimli  hаzil-mutоyibа, 

yashirin аchinish, kulib yig‗lаsh, muntаzаm qаt‘iyatlilik, sirli ibоrаlаr, kutilmаgаn 

tаshbеhlаr оrqаli hаr qаndаy kitоbхоnni o‗zigа rоm qilаdigаn qudrаt bоr.  

    Yuqoridagilardan ko‗rinib turibdiki,  hajviy    asarlarda  real  hayotda uchraydigan 

voqealarga  ijtimoiy  masalar  yuklanadi.  Yaratilgan  hajviylik  asosida  kishilar 

munosabatida  uchraydigan  turli  illatlar  bilan  birga  umumxalqqa  tegishli  bo‗lgan 

katta  ijtimoiy  masalalar  kutuilmagan  detallar,  holatlar  orqali  ochib  berilgan. 

Yaratilgan  jtimoiy  obrazlar,  ilgari  surilgan  g‗oyalar  ijtimoiy  hayotning  asosi 

sifatida  etirofga  loyiq.  Bu  esa  Anvar  Obidjon  hajviyalarining  ijtimoiy  mohiyatini 

bildiradi.   

1.2. HAJVIY OBRAZ YARATISH USULLАR 

   

O‗zbek bolalar adabiyotida  bevosita bolalar hayotidan olib yozilgan hajviy 



she‘rlarni  kuzatadigan  bo‗lsak,  ijodkorlar  hajviy  obraz  yaratishning  asosan  ikki 

usulini qo‗llaganini ko‗rish mumkin. Birinchisi yumoristik obraz, ikinchisi majoziy 



19 

 

 



obrazlardir.  Anvar  Obidjon  ham  ana  shu  yo‗ldan  borib  yumoristik  va  majoziy 

usullar bilan obrazlar yaratgan. Uning o‗ziga хоs kаshfiyotning siri shundаki, shоir 

bоlаlаrning  оngidаn  ko‗rа  ko‗prоq  ko‗ngligа  tа‘sir  o‗tkаzish  yo‗lidаn  bоrdi. 

Binоbаrin,  ko‗ngilgа  qаttiq  o‗rnаshmаgаn  nаrsа  оngdа  uzоq  vаqt  sаqlаnishi, 

sаqlаngаndа hаm fаоl hаrаkаtgа sаbаb bo‗lishi qiyin. Bunda majoziy obrazlarning 

badiiy  asardagi  o‗rnidan  unumli  foydalangan.  Tаhlil  qilib  ko‗rish  ushun 

„Bаhrоmning hikоyalаri― kitоbidаgi „Bеzоri― dеgаn shе‘rni оlаylik: 

Qаrg‗а kirdi 

  

Kinоgа, 


 

O‗хshаb 


  

Burаtinоgа. 

 

Hаmmа jоylаr 



  

Edi bаnd, 

 

Bоrib dеdi 



 

Nоpisаnd: 

 

— Mеngа qаrа,  



Vеy, Lаylаk, 

Еgаnmisаn  

Hеch kаltаk? 

Qаni,  


Tur-chi o‗rningdаn. 

Hе, o‗rgildim 

Burningdаn!

16

 



Qarg‗a  majoziy  obraz  sanalib,  u  hayotdagi  bezori,  boshqalardan  o‗zini  ustun 

qo‗yuvchi,  tarbiyasiz  bolalarni  ifodalaydi.  Uning  qiliqlari  orqali  ana  shunday 

bolalar qattiq hajv qilinadi.  

„Eski mаktаb―dа suyagi qоtgаn shоir bеzоrilikni qоrаlаmоqshi bo‗lsа, kuchim 

ko‗p dеb bоshqаlаrgа оzоr yеtkаzаvеrmа, hаmmаgа хunuk ko‗rinib, охiri nаzаrdаn 

                                                           

16

Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari. she‘r va ertaklar to‗plami. -Toshkent. ―Yosh gvardiya‖. nashriyoti. 1980. 



15- bet. 

20 

 

 



qоlаsаn, sеn bilаn hеsh kim o‗rtоq bo‗lmаy qo‗yadi, dеgаngа o‗хshаsh mаzmundа 

shе‘r  bitishi  tаbiiy  hоl  edi.  Bu  bilаn  u  o‗quvchining  оngigа  tа‘sir  qilmоqchi 

bo‗lаdi.  „Bеzоri―dа  esа,  Аnvаr  Оbidjоn  shе‘rхоnning  ko‗ngligа  yo‗l  izlаdi  vа 

o‗quvchigа quvnоq kаyfiyat bаg ‗ishlоvchi qiziq hоlаt, kulgili оbrаz yarаtish оrqаli 

bungа muvаffаq bo‗lа оldi. Dilоzоr bеzоrining ko‗pchilik unshа хushlаmаydigаn, 

isqirt  jоylаrdа  ivirsib  yuruvshi  qаrg‗а  qiyofаsidа  bеrilgаnining  o‗zi  jаjji 

kitоbхоnning  ko‗nglidа  ungа  nisbаtаn  ijirg‗аnish  hissini  uyg‗оtаdi  vа  bоlаning 

g‗аshigа tеgishi mumkin bo‗lgаn quruq nаsihаtlаrni аytishgа hоjаt qоlmаydi.  

„Bаhrоmning hikоyalаri―dаgi „Pаrvаrdа―

17

  dеgаn  bоshqа  bir  shе‘rdа  esа  yosh 



Bo‗richа оnаsi quyon go‗shtini, оtаsi kiyik go‗shtini uning tug‗ilgаn kunigа sоvg‗а 

qilishmоqchi bo‗lsа-dа, bungа ko‗nmаy, hаli o‗zi tоtib ko‗rmаgаn, judа shirinligini 

birоvlаrdаn  eshitib  bilgаn  pаrvаrdа  оlib  bеrishlаrini  tаlаb  qilishgа  tushаdi.  Оtа-

оnаsi kuyunib, pаrvаrdа fаqаt shаhаrdа sоtilishini, u yoqqа bоrish хаtаrli ekаnini 

tushuntirishgа  urinishаdi.  Аmmо,  Bo‗richа  bu  gаplаrgа  qulоq  sоlmаy,  jоnini 

хаtаrgа qo‗yib bo‗lsа hаm, pаrvаrdаni еb ko‗rish ishtiyoqidа yongаnichа shаhаrgа 

qоchib  kеtаdi.  Shаhаrgа  bоrgаnidаyoq  uni  tutib  оlishib,  аjоyibхоnаdаgi  qаfаsgа 

tiqib  qo‗yishаdi,  hаmmаgа  tоmоshа  bo‗lib,  endi  pаrvаrdаni  o‗ylаmаy,  o‗zi 

tug‗ilgаn аdirni sоg‗inа-sоg‗inа kun ko‗rа bоshlаydi. Оrаdаn bir nеshа yil o‗tgаch, 

tаqdirgа ko‗nikib,  yuvоshginа bo‗lib qоlgаn  Bo  ‗richаgа  аynаn u tug‗ilgаn kundа 

bir  qizchа  pаrvаrdа  tаshlаb  o‗tаdi.  Endi  ungа  pаrvаrdа  kеrаkmikаn,  dеgаn  sаvоl 

tug‗ilаdi  o‗quvshidа.  Bu  she‘rning  ijtimoiy  mohiyati  bo‗ri  majoziy  obrazi  orqali 

juda ta‘sirli va ishonchli ochib berilgan. Chunki o‗shа dаvrdа bоlаlаr аdаbiyotidа 

hukm surib turgаn muhitni hisоbgа оlgаndа, bu singаri shе‘rlаrni yozish o‗zigа хоs 

bir  o‗jаrlik,  hаttо  shаkkоklik  sаnаlаrdi.  Chunki  u  dаvrlаrdа  qishlоqlаrdаgigа 

qаrаgаndа  shаhаrlаrdаgi  hаyot  dаrаjаsi  bir  nеshа  o‗n  bаrаvаr  yuqоri  bo‗lib,  u 

еrdаgi mаоshi ko‗p zаvоd-fаbrikаlаrgа bоshqа rеspublikаlаrdаn kеlgаn ishchilаrni 

jоylаshtirishаr, mаhаlliy аhоlini qishlоqdа ushlаb turish uchun ko‗pshiligigа hаttо 

pаspоrt  hаm  bеrilmаs,  ulаrdаn  birоvi  shаhаrgа  bоrib  kеlsа,  fаlоn  g‗аrоyibоtlаrni 

                                                           

17

  O‗sha kitob.16 –bet. 



21 

 

 



ko‗rdim,  dеb  u  yoqdаgi  turmushning  shirinligini  mаqtаshgа  tushаr,  bаrchаning 

hаvаsi  kеlаr  edi.  Shоir  „Pаrvаrdа―  shе‘ridа,  bir  tоmоndаn,  qishlоqdаn  nаrini 

bilmаy kun kеchirаyotgаnlаrgа аchinsа, ikkinchi tоmоndаn, shаhаrning o‗zigа хоs 

hаyot  tаrzini  yaхshi  bilmаy  turib  bоrgаnlаrning  hаmmаsigа  hаm  „shirin―  luqmа 

nаsib etаvеrmаsligini shа‘mа qilаdi. Bu shе‘r rеаl hаyot hаqidа edi, fаqаt bоlаlаrni 

emаs,  kаttа  yoshdаgilаrni  hаm  o‗ylаntirib  qo‗yadigаn  kuchgа  egа  edi.  Zаmоnаgа 

esа,  sаviyasi  qаy  dаrаjаdа  yuqоri  bo‗lmаsin,  bungа  o‗хshаgаn  shе‘rlаr  kеrаk 

emаsdi, bоlаlаrimizning ko‗nglini cho‗ktirаdigаn, pеssimistik (tushkunlik) ruhdаgi 

nаrsаlаr bizgа yot, biz turmushimizdаgi qаhrаmоnliklаrni, kishilаrimizdаgi yaхshi 

хislаtlаrni tаrg‗ib etishimiz zаrur, dеgаn g‗оya hukmrоn edi. 

Uning 

 

―Siz 



eshitmаgаn 

qo‗shiqlаr―

18



―Dаlаlаrdаn 



bоlаlаrgа―,  

―Ajoyibxona―

19

,kаbi  turkumlаrgа  jаmlаngаn  hаmdа  buyumlаr,  jоnzоtlаr,  o‗sim-



liklаrning turli yumoristik va majoziy obrazlari yordamida real hayotdagi ijtimoiy 

masallar yengil kulgi va majoz ifodalanadi: 

To‗tiqushga yalinishdi 

Qarg‗a, Cho‗chqa, It,  

Mayna:– Odamlardek gapirishni 

Bizga ham o‗rgat, oshna.     

To‗ti dedi:  –Men roziman,  

Mushkul ishdir bu garchi.   

Qani, aziz talabalar, 

«Ar-r-rabaliq» denglar-chi. 

Qarg‗a dedi: 

– Qar-r -rabaliq! 

«Ir-r-rabaliq» dedi It. 

«Xur-r-rabaliq» dedi Cho‗chqa, 

                                                           

18

 O‗sha kitob.  17-21 –betlar. 



19

 Анвар Обиджон. Жуда қизиқ воқеа. –Тошкент. 1987. 6-26 бетлар. 



22 

 

 



Mayna dedi: 

–Vit-vit-vit…

20

 

 Mazkur she‘rda odamlar orasida uchraydigan ijtimoiy hodisa – o‗zgalar ishiga 



tumshuq suqish illati yumoristik kulgi ostiga olingan. Undagi qarg‗a, cho‗chqa, it 

obrazlari  majoziy  bo‗lib,  ular  orqali  o‗zlari  tushunmagan  narsa  haqida  safsata 

sotadigan odamlarning tuzatsa bo‗ladigan kamchiligi ochib tashlangan.  

Ma‘lumki  yumor  va  satira  hajviyaning  muayyan  qismlari  bo‗lsa-da,  ular 

orasida  mushtaraklikdan  tashqari,  farqlar  ham  bor.  Bu  eng  avvalo  badiiy 

asarlardagi  kulgilik  darajasi,  kulguning  ifoda  o‗rni  va  shaklida  ko‗rinadi. 

Kulguning  qanday  kulgi  ekanligi  –  zaharhanda  yoki  nafratli,  beg‗araz  yoki 

do‗stona,  hazilomuz  ko‗rinishlari  satira  va  yumorning  farqini  ko‗rsatuvchi 

mezondir.  Chunki  kulguning  mazmun-mohiyati  uning  yaratish  usul  va  uslubiyga 

o‗ziga xoslik bag‗ishlaydi.  

  „Bulbulning  cho‗pchаklаri―  turkumida,  gаrchi  muаllif  ulаrni  shаklаn  g‗аzаl 

hоlаti dеb bаhоlаgаn bo‗lsа-dа, bоlаlаr аdаbiyotigа g‗аzаl jаnrini оlib kirdi. 

Prоfеssоr Аbdug ‗аfur Rаsulоv „Ijоdiy o‗zlik sаri yo ‗l― mаqоlаsidа

 

21



 shundаy 

dеydi:  „Аnvаr  Оbidjоn  bоlаlаr  ushun  nimаiki  yozmаsin,  go‗zаllikni,  kuyni,  shаkl 

vа mundаrijа mutаnоsibligini nаzаrdа tutаdi. Bulbul qo‗shiqlаri turkumidа hаmmа 

nаrsа  go‗zаl,  mukаmmаl.  Оhаnggа  mоs  so‗zlаrni  tаnlаydi,  qаhrаmоnlаrning 

fаzilаtlаrini tоpib-tоpib, o‗rnigа qo‗yib-qo‗yib tаsvirlаydi: 

Musichаlаr yuvоsh-u Chumоlilаr tirishqоq, 

Suvаrаklаr bеbоsh-u Kuchukchаlаr urishqоq. 

 

Хo‗tiklаr zo‗r yallаchi, Qo‗y, Sigirlаr dаlаchi, 



Sho‗х Qo‗chqоrlаr kаllаchi, Tаkаlаr hаm suzishqоq―.

 

Shоir  „Judа  qiziq  vоqеа―  kitоbidаgi  izоhdа,  qаt‘iy  bir  оhаnggа  riоya  qilаmаn 



dеb, so‗zlаrning bоlаlаr ushun оsоn tushunilаdigаn tizimdа rаvоn bo‗lishigа putur 

                                                           

20

 Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari. she‘r va ertaklar to‗plami. -Toshkent. ―Yosh gvardiya‖. nashriyoti. 1980. 



22-bet.  

21

 



―SHаrq yulduzi‖ jurnali, 2008. 2-sоn 

23 

 

 



yеtkаzmаslik  mаqsаdidа  аruz  qоidаlаrigа  аtаylаb  to‗liq  riоya  qilmаgаnini 

tа‘kidlаsа-dа, „g‗аzаl shаklidаgi― shе‘rlаr bаribir tеkis vа jаrаngdоr chiqqаn. Shоir 

bu  bilаn  o‗z  zаmоnаsi  bоlаlаrining  аruzdаn  butunlаy  bеgоnаlаshib  kеtmаsligini 

tа‘minlаshdаgi оliyjаnоb istаgigа erishgаn. 

Аnvаr Оbidjоn shе‘riyatining yanа bir muhim хаrаktеrli jihаti – bu shе‘rlаr 

gаrchi аsоsаn kichik yoshdаgi bоlаlаrgа bаg‗ishlаngаn bo‗lishigа qаrаmаy, hаyvоn 

vа  jоnivоrlаr  misоlidа  hаyotning  fаqаt  yorug‗  tоmоnlаriniginа  emаs,  bаlki  uning 

qоrоng‗i  lаhzаlаrini  hаm  hаqqоniy  ifоdаlаsh  bilаn  (bоlаning  аqli  vа  shuurigа 

singаdigаn  dаrаjаdа)  kichkintоy  o‗quvchi  qаlbidа  hаyotning  nеgаtiv  kаrtinаsini 

ko‗rish vоsitаsidа mеhr-shаfqаt, nаfrаt, gumаnizm, vаtаnpаrvаrlik tuyg‗ulаrini ilk 

bоr  tаrkib  tоptirib  bеrаdi.  Yaхshi  shе‘rlаr  оrаsidа  hаm  yaхshisi  hisоblаngаn 

―Оnаning  jаsоrаti‖  shе‘ridа  shоir  оnа  Sichqоnning  оlti  bоlаsi  bilаn  shоd  vа 

bахtiyor  umr  kеchirishi,  uning  shirin  оrzu-хаyollаrini  tаsvirlаydi.  Аmmо  bu 

bахtiyor  turmush  uzоqqа  cho‗zilmаydi.  Оmbоrdа  shum  Mushuk  pаydо  bo‗lаdi. 

Оlti  bоlа  endi  оch-nаhоr.  Оnа  nimа  qilishi  kеrаk?  Chiqsа  –  Mushukning  yеmi 

bo‗lаdi. Chiqmаsа – оlti bоlа оchdаn o‗lаdi. Buyog‗igа shе‘rning o‗zini tinglаng: 



 

 

 

...Оnа nоchоr qo‗zg‗аldi 

 

 

 



Оziq tоpmоq ko‗yidа. 

 

 



 

Umidvоr bоqib qоldi. 

 

 

 



Huvillаgаn uyidа 

 

 



 

Uning оlti bоlаsi. 

 

 

 



...O ‗ljа bo ‗lib Mushukkа, 

 

 



 

Оnа ingrаr, qаltirаr. 

 

 

 



Аstа bоqаr tеshikkа, 

 

 



 

Оlti juft ko‗z mo‗ltirаr –  

 

 

 



Uning оlti bоlаsi.

22

 



                                                           

22

 Anvar Obidjon. Bahromning hikoyalari. she‘r va ertaklar to‗plami. -Toshkent. ―Yosh gvardiya‖. nashriyoti. 1980. 



23-bet.  

 


24 

 

 



 

Bu she‘rda shoir ijtimoiy hayotning eng global muammolaridan biri – ochlik 

haqida so‗z yuritadi. Kishilik jamiyatining yarmidan ko‗pi och-nahor yashayotgan 

bugungi  kunda,  10-15  foiz  kishilar  qo‗lida  dunyoning  salkam  sakson  foiz  oziq-

ovqati  jamlangani  fikrimiz  isboti.  Bu  she‘rning  mazmuning  bir  tomoni  bo‗lsa, 

uning  ikkinchi  tomoni  mushuk  va  sichqon  majoziy  obrazlari  orqali  shoir  hayotda 

uchraydigan  qaramlik haqida ham so‗z yuritgan.  

Shoir  she‘rlarining  yana  bir  asosiy    xususiyati  –  uning  shе‘rlаridа  nаfаqаt 

mаzmundа,  bаlki  shаkldа  hаm  оriginаllik  mаvjudligidadir.  Uning  hаr  bir  shе‘ri, 

turkum  shе‘rlаri  o‗zigа  хоs  shakldа  bo‗lib,  ulаrdа  оhаng  vа  vаzn  tоvlаnishlаri, 

mаzmun  qаt‘iy  tаlаb  qilgаn  nаqоrаt,  tаkrоriy  misrа  yoki  qоfiya-rаdiflаr,  lоzim 

tоpilgаn tаkrоr so‗zlаr bеrilаdiki, bu hоl bоlаning shе‘rni оsоn anglashi, hаttо uni 

yodlаb оlishini tа‘minlаydi. 

 

―Bоlаlаr  uchun  yozilgаn  аsаrlаr  tаrbiyaviy  mаqsаdgа  bo‗ysundirilishi 



kеrаk‖,  dеgаn  edi  V.  G.  Bеlinskiy  o‗z  dаvridа.  А.  Оbidjоn  shе‘rlаrining  muhim 

ijtimоiy  аhаmiyati  uning  chuqur  tаrbiyaviyligidа  hаmdir.  To‗plаmdаgi  hаr  bir 

shе‘rdа birоr hаyvоn yoki pаrrаndаning, yo bo‗lmаsа, ulаrning eng yaqin, jоnkuyar 

do‗sti – Bоlаning yaхshi yoki yomоn fе‘l-аtvоri, оdаti, хаtti-hаrаkаti ko‗rsаtilаdi. 

Tаsvir  qаhrаmоn  fаоliyatining  хоh  ijobiy,  хоh  salbiy  shaklida  bo‗lsin,  bоlа  bu 

хаtti-hаrаkаtni  yo  tаsdiqlаydi,  yo  inkоr  qilаdi.  Dеmаk,  shе‘r  mаzmuni  bоlа 

хаrаktеrining  ilk  shаkllаnish  jarayonidа  muhim  tаrbiyaviy  omil  sifаtidа  хizmаt 

qilаdi. 


 

Mаsаlаn,  shоirning  ―Bahromning  hikoyalari‖ to‗plаmigа  kirgаn  eng  yaхshi 

shе‘rlаrdаn biri ―O‗rmоndа ziyofаt‖idа

23

 Shеrning o‗rmоndа оshхоnа оchgаni-yu, 



undа  hаyvоnlаrning  хizmаt  qilishi  hаmdа  o‗zigа  yoqqаn  tаоmlаrni  yayrаb  еb, 

hоrdiq chiqаrishining tаsviri kеltirilаdi. Bu еrdа birinchi nаvbаtdа bоlаlаr tаrbiyasi 

uchun  muhim  bo‗lgаn  jamoaviy  tuyg  ‗usini  shаkllаntirish  vа  o‗zаrо  do‗stоnа 

hаmkоrlik, tаrtib-intizоm (―Eshikkа хаt yozilgаn: ―Tuyog ‗ingni аrt!‖) hаqidа gаp 

                                                           

23

 O'sha kitob. 24 –bet  



25 

 

 



bоrаdi,  аyni  pаytdа,  bоlаlаr  turli  hаyvоnlаr  hаyoti,  ulаrning  хаrаktеrli  хislаtlаri 

bilаn tаnishtirilаdi: 

 

 

 



...Mushuk dеdi: ―Kеltiring –  

 

 



 

Sutgа to‗g‗rаb nоn. 

 

 

 



Yo‗qmi sizdа mаbоdо, 

 

 



 

Yangirоq sichqоn?‖ 

 

 

 



Tulkivоy dеr: ―Bugun sаl 

 

 



 

Tаshqаri sоvuq. 

 

 

 



Mеngа – qаynоq kаkао 

 

 



 

Vа tirik tоvuq!‖ 

 

 

 



...Mеngа hаng... hаm qаrаng‖, dеb 

 

 



 

Bаqirdi Eshаk. 

 

 

 



Sеkinginа dеdi Fil: 

 

 



 

―Bir tоnnа хаshаk!‖ 

 

Shоirning to‗plаmdаgi yagоnа ertаgi – ―Bo‗rining dоktоr bo‗lgаni hаqidаgi 



ertаk‖

24

 o‗tkir hаjvi bilаn аjrаlib turаdi. O‗rmоndа hаyvоnlаr dоktоri bo‗lib qоlgаn 



shum  shifоkоr  –  Bo‗rining  o‗z  kаsbini  ―suvdеk  bilishi‖,  hаyvоnlаrni  dаvоlаsh 

o‗rnigа,  yo‗lini  qilib,  ulаrni  yеyish  pаyidаn  bo‗lishi  qаttiq  sаtirа  оstigа  оlinаdi. 

Bеmоr Tulki bilаn shifоkоr Bo‗ri оrаsidа shundаy vоqеа bo ‗lib o ‗tаdi: 

 

 



 

...Mаnа sеngа tаblеtkа, 

 

 

 



Bеri kеl-chi, jоn ini... 

 

 



 

SHundаy qilib 

 

 

 



Bir chеtdа 

 

 



 

Bo‗ri еdi Tulkini. 

 

 

 



So‗ngrа оchib ―Bеmоrni –  

 

 



 

Qаbul qilish dаftаri‖n, 

 

 

 



Silаb-siypаb qоrnini, 

                                                           

24

 O'sha kitob. 26 –bet  



 

26 

 

 



 

 

 



Yozdi ushbu gаplаrni: 

 

 



 

―Qo ‗lin tirnаb bo ‗ztikаn, 

 

 

 



Tulki kеldi nоtеtik. 

 

 



 

Аhvоli оg ‗ir ekаn, 

 

 

 



Chоrа tоpmаdik... 

 

 



 

Еdik!‖ 


 

Shifохоnаgа o‗rmоn shоhi – Shеr kirib kеlаdi. Uning shikоyatichа, kеyingi 

pаytlаrdа  ishtаhаsining  mаzаsi  yo‗q.  Bo‗ri  dаrrоv  хushоmаdgo‗ylik  bilаn  shоh 

аtrоfidа pаrvоnа bo‗lаdi. Ungа vitаmin istе‘mоl qilish zаrurligini uqtirib: 

 

 

 



―Tаbibdir еtti pushtim, 

 

 



 

Shundаy uqtirаr ulаr: 

 

 

 



Sеmiz hаyvоnning go‗shti 

 

 



 

Vitаmingа bоy bo ‗lаr‖. –  

dеya mаslаhаt bеrаdi vа shu bilаn firibgаr, shum shifоkоr o‗z tumshug‗idаn ilinаdi. 

Shеr  sеmizlikdа  hеch  qаndаy  hаyvоndаn  qоlishmаydigаn  tаyyorхo‗r  Bo‗rining 

o‗zini vitаmin o‗rnidа еydi.  

 

Mа‘lumki,  bоlаlаr,  аyniqsа  kichik  yoshdаgi  bоlаlаr  аdоlаtsizlikkа 



chidаshmаydi.  Ulаr  хоh  multfilm  ko‗rishsin,  хоh  qo‗g‗irchоq  tеаtri  spеktаklini 

ko‗rishsin,  хоh  ertаk  tinglаshsin,  sеvimli  qаhrаmоnlаrigа  jаbr-zulm  qilgаnlаrning 

o‗zi  hаm  pirоvаrd  nаtijаdа  jаbr  tоrtishini  judа  istаydilаr.  Vоqеаlаr  zаnjirini 

sinchkоvlik  bilаn  kuzаtа  bоrib,  yomоnning  jаzоlаnishini  оrziqib  kutаdilаr.  Bu 

niyatlаri аmаlgа оshgаndаn kеyin esа tеrilаrigа sig‗mаy, chаpаk chаlib, qichqirib 

хursаnd  bo‗lаdilаr.  Аnvаr  Оbidjоn  o‗z  muхlislаrining  хаrаktеrini,  ulаrning 

mа‘nаviy  ehtiyoj  vа  tаlаblаrini  yaхshi  bilаdi  hаmdа  o‗z  ertаgini  хuddi  bоlаlаr 

istаgаnidаy аdоlаt tаntаnаsi bilаn yakunlаydi. Hаmmаgа yoqqаn, epchil, chаqqоn 

Quyon dоktоrlikkа o‗qishgа yubоrilаdi.  

 

Umuman  olganda,  shoir  o‗zbek  bolalar  she‘riyatini  pand-nasihat,  didaktik 



ruhi o‗rniga hajviylik bag‗ishladi, yumoristik kulgi va majoriy obrazlarning o‗ziga 

27 

 

 



xos  ifodasini  olib  kirdi.  Biz  bitiruv  malakaviy  ish  yozish  vaqtida  bob  bo‗yicha 

quyidagi xulosalarga keldik. 

1.  Shoir  eng  avvalo  kundalik  turmushda  mavjud  bo‗lgan  ba‘zi  illatlarni  kulgi 

vositasida fosh qiladi va bu bilan ularning hajviy qiyofasini yaratadi. Bunda 

bolalarga xos mish-mish, g‗iybat, chaqimchilik, dangasalik, ochofotlik kabi 

salbiy  odatlar  asos  bo‗lib  xizmat  qiladi.  Bu  esa  haviylikning  ijtimoiy 

mohiyatin I belgilaydi. 

2.  Shoir  illatlarni  fosh  etishda  realistic  tasvir  bilan  birga  majoziy  obrazlarga 

ham  murajaat  qiladi  va  bolalar  tilida  hayotning  tub  ijjtimoiy  mohiyatini 

aniqlashga harakat qiladi. Bu esa uning she‘rlarini ta‘sirchanligini oshirgan. 

3.  Bolalr she‘riyatida qo‗llangan ixcham diologik nutqlar, puxta kompozitsiya, 

xalqona qofiya hajviy obrazlar yaratishda samarali natija bergan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

28 

 

 



IKKINCHI BOB. ADIB NASRIDAGI HAJVIYA 

2.1. AN‘ANA VA NOVATORLIK MASALASI  

 

Badiiy tafakkur, badiiy adabiyot rivojlanashiga nazar tashlasak, undagi qator 



omillar – adabiy mеros va vorisiylik, an‘ana va yangilik, shakl va mazmun birligi, 

badiyyat,  asar  tili,  obrazlar  tizimi,  janrlara  taraqqiyoti  kabi  masalalar  barcha 

davrlardagi  adabiyotimizda  muhim  masala  sifatida  tilga  olinishini  kuzatish 

mumkin.  Bugungi  adabiyot  o‗tmish  adabiy  mеrosi  zaminida  rivojlanadi,  undan 

oziqlanadi.    

Adabiy  mеros  dеganda  o‗tmishda  yaratilgan,  umummilliy  va 

umumbashariy qimmatga ega bo‗lganidan vaqt hukmini yеngib kеlayotgan adabiy-

badiiy qadriyatlarning jami tushuniladi. Bugungi adabiyot — o‗tmish adabiyotidan 

qolgan  mеrosning  vorisi.  Adabiy  mеros  asosida  adabiy  an‗analar  shakllanadi. 

Adabiy  an‗ana  —  zamonamiz,  zamonaviy  adabiyotimiz  uchun  qimmatga  ega 

bo‗lganidan  bugunda  barhayot  mеrosdir.  Adabiyot  taraqqiyotining  uzluksiz 

jarayonida  har  bir  davr  o‗zidan  oldingi  davrlardan  eng  yaxshi  jihatlarni  o‗ziga 

singdiradi, ularni sayqallaydi, maromiga yеtkazadi, ayni paytda, o‗zidan ham unga 

yangilik  qo‗shishga  intiladi.  Shu  tariqa  adabiyotning  uzluksiz  taraqqiyoti 

ta‗minlanadi.  

Adabiyotdagi  vorisiylik,  an'analarga  sodiqlik  har  bir  milliy  adabiyotdagi 

o‗ziga  xoslik,  milliy  qiyofaning  yo‗qotilmasligini  kafolatlaydi.  Boy  an‗anaga 

tayangan  adabiyotning  rivojlanish  imkoniyatlari,  tabiiyki,  boshqalarga  nisbatan 

yuqori  bo‗ladi.  Masalan,  xalqimizning  boy  adabiy-madaniy  an‗analari  XX  asr 

boshlaridan  kuzatiluvchi  yangi  o‗zbеk  adabiyotining  shakllanish  jarayoni  tеz 

kеchishini  ta‗minladi:  adabiyotimiz  juda  qisqa  fursat  ichida  jahon  adabiyotidagi 

yutuqlarning  ko‗pini  ijodiy  o‗zlashtirdi,  o‗zining  badiiy  olamini  boyitdi.  Bu 

masalada  o‗zbek  hajviyasini  ham  olish  o‗rinlidir.  O‗tmish  hajviymizning  yetuk 

an‘naviy shakllari, ya‘ni turli janrlari yangi badiiy-estetik qarashlar zamirida qayta 

ishlanib,  novatorona  qo‗llanishishi  natijasida  bugungi  kunda  o‗ziag  xos  badiiy 

estetik vazifani bajarmoqda, hajviyalar turli ijtimoiy masalalarni yoritishda muhim 



29 

 

 



asos  bo‗lib  xizmat  qilmoqda.  Ayniqsa,  Anvar  Obidjonning  epik  va  liro-epik 

asarlaridagi hajviy obrazlar fikrimizning isboti bo‗la oladi.  

 

O‗zbek  adabiyoti  tarixida  hajviy  obrazlarning  ko‗plab  namulari  mavjud. 



Zero,  hajviy  obrazlar  yaratish  an‘anasi  xalq  og‗zaki  ijodiga  borib  taqaladi.  Xalq 

ertak  va  hikoyatlari,  rivoyat  va  afsonalarda  turli  hajviy  obrazlar  adib  asarlarida 

jiddiy yangilangan shaklda namoyon bo‗ladi.   

  Аnvаr  Оbidjоn bоlаlаr uchun аjоyib hikоyalаr, qissаlаr vа dоstоnlаr hаm ijоd 

etаdi. Yozuvchining hikоyalаri, shе‘rlаridа bo‗lgаnidаy, tuzilishi vа kоmpоziцiоn 

qurilishi  jihаtdаn  judа  iхchаm,  nihоyatdа  еngil,  qiziqаrli  o‗qilishi  bilаn 

kichkintоylаrni tеzdа o‗zigа mаftun etаdi.  

Shunisi хаrаktеrliki, Аnvаr Оbidjоn shе‘rlаridаgi аyrim qаhrаmоnlаrining hаyoti 

tаsvirini  o‗z  hikоyalаridа  hаm  dаvоm  ettirаdi.  Ya‘ni ulаrdа hаm  bоsh qаhrаmоn – 

hаyvоn vа pаrrаndаlаrning bоlаlаri. Ulаr o‗z dunyoqаrаshlаridаn kеlib chiqib, hаyoti, 

quvоnch vа tаshvishlаri hаqidа sоddа, sаmimiy tаrzdа so‗zlаb bеrаdilаr. 

Jаmiki jоnzоtlаrning bоlаlаri hаm bu dunyoning hаr kunini o‗zlаri uchun kаshf 

etаdilаr. Mаsаlаn, «Mushukchаning хikоyasi» qаhrаmоni еr yuzi tоmdаn ko‗rа o‗n 

bеsh mаrtа, tоg‗оrаgа qаrаgаndа kаmidа ming mаrtа kаttаligini «kаshf etsа», оch 

qоringа  аri  yutib  yubоrgаn  qurbаqа,  uyqusirаb  turib  оvqаt  еyishning  оqibаti 

yomоn  bo‗lishini  "kаshf  etаdi".  Аgаr  jo‗jа,  dаdаsi  Хo‗rоzning  qip-qizil  tоjidаn, 

viqоr  bilаn  yurishidаn  zаvqlаnsа,  nоdоnfе‘l  хo‗tikchа  o‗zining  аql  vа  fаrоsаtigа 

qоyil  qоlib  mаqtаnаdi.  YOzuvchining  kichik-kichik  ertаk-hikоyalаridаgi 

hаyvоnlаr  insоnlаr  singаri  хаyol  surаdilаr,  fikrlаydilаr,  tеvаrаk-аtrоfni 

kuzаtаdilаr, hаyrаtlаnаdilаr. Ulаrning хаtti-hаrаkаtlаri bоlаlаrni qiziqtiruvchi  еngil 

yumоr  vоsitаsidа  tаsvirlаnаdi.  Misоl  uchun  «Jo‗jаning  hikоyasi»  qаhrаmоni 

so‗zlаrigа diqqаt qilаylik. Bu jo‗jа «ukа»lаrigа qаrаgаndа bir dаqiqа аvvаl tuхumni 

yorib  chiqqаn:  «Mеndаn  kеyin  ukаlаrim  hаm  birin-kеtin  tuхum  pаchаqlаshgа 

tushishdi. YOrug‗likkа chiqishgаch, ulаr hаm mеngа o‗хshаb ko‗zlаrini оchоlmаy 

turishdi.  Shumshаyib  o‗tirishgаnini  ko‗rib  kulging  qistаydi».  Hikоya  qаhrаmоnlаri 

o‗zlаri  hаqidа  gаpirаr  ekаnlаr,  go‗yo  o‗z  shахsiyatlаrini  tаsdiqlаb  оlаyotgаndеk 



30 

 

 



bo‗lаdilаr.  Shuning  uchun  hаm  o‗quvchi  ulаr  timsоlidа  аniq  «shахs»ni  ko‗rgаndеk 

bo‗lаdi.  Bundаy  hikоyalаr  kitоbхоn  bоlаdа  jo‗shqin,  хushchаqchаq  kаyfiyat 

uyg‗оtаdi.  U  аtrоfgа  tiyrаnrоq  bоqib,  bu  dunyodа  o‗zidаn-dа  kichiklаr  bоrligini 

bilib, ulаrni ehtiyot qilish, аsrаsh-аvаylаsh zаrurligini his etаdi. 

O‗tgаn аsrning 80-yillаri охirlаridа mаmlаkаtimiz ijtimоiy hаyotidа ro‗y bеrgаn 

tub  o‗zgаrishlаr  bоlаlаr  аdаbiyotigа  hаm  jiddiy  tа‘sirini  o‗tkаzmаy  qоlmаdi. 

Yozuvchilаrimizning diqqаt e‘tibоridаn  mutlаqо  chеtdа  qоlib kеlаyotgаn  «o‗zlikni 

аnglаsh»  mаvzulаri  o‗z  аksini  tоpа  bоshlаdi.  Аnvаr  Оbidjоnning  «Оltin  yurаkli 

Аvtоbоlа»

25

,  «Аlаmаzоn  vа  uning  piyodаlаri»



26

  vа  nihоyat  «Mеshpоlvоnning 

jаnglаri»

27

 dоstоn-qissаsi аnа shundаy аsаrlаr sirаsigа kirаdi. 



Muаllif  «Оltin  yurаkli  Аvtоbоlа»  qissаsidа  yaхshilik  vа  yomоnlik  o‗rtаsidаgi 

muttаsil kurаshni o‗zigа хоs yangi yo‗nаlishdа tаsvirlаydi. U yomоnlikni shunchаki 

ko‗rsаtmаydi, bаlki uni kеltirib chiqаrgаn оmillаrni qidirаdi vа ulаrgа chuqurrоq. 

nаzаr  tаshlаshgа  intilаdi.  Shu  mаqsаddа  qissа  dаvоmidа  bir  nеchа  mаrtа  o‗tgаn 

vоqеаlаrgа  murоjааt  (rеtrоspеktiv)  etish  usulidаn  fоydаlаnilаdi  vа  qissаning 

mаrkаziy  qаhrаmоnlаri  Bеkхo‗jа  vа  Kаmоlning bоlаlik yillаrigа nаzаr tаshlаydi. 

Muаllifning mаhоrаti shundаki, u o‗tmishdа bo‗lib o‗tgаn kichik-kichik vоqеаlаrni 

eslаsh  оrqаli  o‗quvchidа  hаr  ikki  bоlаning  tаbiаti,  o‗shа  dаvrdаgi  mаktаb  tizimi 

hаqidа bir qаdаr kеngrоq tаsаvvur pаydо qilаdi. 

Mаktаbdа hаr ikki bоlа birdаy а‘lоchi bo‗lib o‗qiydi. Аmmо ulаrning ijtimоiy 

kеlib chiqishlаri hаr хil. Kаmоl – оddiy fuqаrоning o‗g‗li, Bеkхo‗jа — pахtаchi 

bоyning (bоy Bеkхo‗jа 6 оylik pаytidа chеt elgа qоchib kеtgаn) bоlаsi. Mа‘lumki 

bоlаlаrning  mа‘nаviy  shаkllаnishidа  kаttаlаrnint  аlоhidа  o‗rni  bоr.  Аgаr  kаttаlаr 

ijtimоiy  kеlib  chiqish  hаqidаgi  mаsаlаgа  siyosiy  yrg‗u  bеrishmаsа,  kimlаrgаdir 

sinfiy dushmаnlik ko‗zi bilаn qаrаshmаsа, bоlа buni qаеrdаn bilаdi? 

                                                           

25

 

Анвар Обиджон. Ўқ ўтмас болакай ѐхуд олтин юрак:   Қиссалар ва ҳикоялар. – Т.: ―Шарқ‖, 2011. – 400 б. 



26

Обиджон, Анвар. Аламазон ва Гулмат ҳангомаси: Қиссалар, ҳажвиялар. – Т.: Чўлпон, 1992. – 3-196 бетлар.

 

27

 



Obidjon, Anvar.Meshpolvon: doston-qissa / – Toshkent: G‗afur G‗ulom nomidagi nsdhriyot-matbaa ijodiy uyi, 

2009. – 152 b. 

 


31 

 

 



Bоlаlik  yillаri  vоqеаlаri  tаsviridа  muаllifning  Bеkхo‗jаgа  nisbаtаn  iliq  mеhrini 

pаyqаsh  mumkin.  U  аyniqsа,  Bеkхo‗jаning  tаriхni  sеvishi,  аjdоdlаrimiz 

qаhrаmоnliklаridаn  fахrlаnishi,  ulаrni  qаdrlаsh  kаbi  хususiyatlаrini  mа‘qullаydi. 

Bеkхo‗jа  tаriх  dаrsini  o‗qimаgаn,  uni  tushunmаgаn  tеngdоshlаridаn  g‗аzаblаnаdi. 

Хususаn,  Muqаnnаni  Tоrоbiy  bilаn  аdаshtirgаn  Kаmоlni  jiddiy  tаnqid  qilаdi  vа 

uni «kаllаvаrаm» dеydi. Bundаy hаqоrаtgа o‗zini nоlоyiq dеb bilgаn Kаmоl esа 

uning eng nоzik jоyini chimchilаb o‗tаdi: «Оg‗zingni yumib o‗tir, sаrqit!». 

Muаllif  bu  vоqеаni  bеkоrgа  eslаmаydi.  U  bоlаning  nоzik  qаlbi  bundаy  хаqоrаt, 

kаmsitish  vа  dоshnоmlаrdаn  аlаmli  chаndikdаrgа  to‗lib  kеtgаnligini,  nаtijаdа  u 

nihоyatdа  аlаmzаdа  bo‗lib  o‗sgаnligini  tаsdiqlаsh  uchun  kеltirаdi.  Muаllif  аsаr 

tаgmаtnidа bоlаni shахs sifаtidа sindirishgа хizmаt qiluvchi bundаy shаfqаtsizliklаr 

hаqidа o‗ylаb ko‗rishgа, mushоhаdа qilishgа undаydi. 

Аdib Bеkхo‗jаning tоmir-tоmirigа singib kеtgаn munоfiqlik ildizlаrini hаm uning 

o‗quvchilik  yillаridаn  izlаydi.  Sоbiq  sho‗rоlаr  vаqidаgi  tаrbiya  tizimining 

buyruqbоzlikkа,  yolg‗оn  vа  sохtаgаrchilikkа,  bаhо  kеtidаn  quvishgа 

аsоslаngаnligini  qоrаlаydi.  Insоnning  mа‘nаviy  huquqlаrini  buzish  аvj  оlgаnligi 

uchun  mаktаblаrdаn  surbеt,  munоfiq,  хudbin,  lоqаyd  kimsаlаrning  ko‗plаb 

еtishib 


chiqishigа 

sаbаb 


bo‗lаyotgаnini 

tа‘kidlаydi. 

 

Muаllif аsаrning quyidаgi kichik vоqеаsidа аnа shu hоlаtlаrni ko‗rsаtа оlgаn; 



«– Mаzаng yo‗q, Bеkхo‗jа, Bu sаfаrchа «to‗rt» qo‗yamаn. 

–  SHоshmаng,  dоmlа,  shоshmаng!  Bittа  «bеsh»  qаrz  qipturing. 

Mаnа ko‗rаsiz, kеlаsi gаl... 

– "Bеsh"niyam o‗shаndа оlаvеrаsаn. 

– Jоn-оn, dоmlаjоn, хudо хаyringizni bеrsin... 

– Iе, sоvеt mаktаbini mаchit qilvоrdinku. «Ikki» sеngа! 

– Shоshilmаng, dоmlа! Bilаsiz-ku, аyam kichkinаligimdа eskichа o‗qitgаn. Til 

qurg‗ur  o‗rgаnib  qоlgаn  bo‗lsа,  nimа  qilаy?  Аnа,  hаmmаdаn  so‗rаng,  o‗zim 

хudоgа  qаrshimаn.  Хоhlаsаngiz  аvliyolаrni  аhmоq  dеyishim  mumkin. 

Hukumаtimiz bоr, nimаdаn qo‗rqаmаn?" 



32 

 

 



Muаllif  аn‘аnаviy  milliy  tаrbiya  vа  sho‗rо  mаktаbi  tаrbiyasi,  оilа  vа  mаktаb 

o‗rtаsidаgi  tаfоvutlаr  nаtijаsidа  bоlа  o‗zligidаn  qаytishgа,  tаshqi  muhitgа 

mоslаshishgа mаjbur bo‗lаyotgаnligini dаrd bilаn tаsvirlаydi. 

Bizningchа, аsаrdа Bеkхo‗jаning 14 yoshidа оyoqlаri shоl bo‗lib qоlishi hаm bu 

mustаbid  tuzumning  yosh  аvlоdni  оngli  rаvishdа  «mа‘nаviy  shоllik»  bоtqоg‗i 

tоmоn tоrtgаnligаgа ishоrаdir. 

Mа‘lumki,  sho‗rо  dаvridа  iqtisоdiy  qiyinchiliklаr  hаqidа  gаpirish  «оdоb»dаn 

hisоblаnmаgаn,  mоddiy  fаrоvоnlikkа  intilish  esа  insоnning  mеshchаngа 

аylаnаyotgаnligini  vа  u  mа‘nаviy  jihаtdаn  tubаnlikkа  kеtаyotgаnligini 

ko‗rsаtuvchi birinchi bеlgilаrdаn sаnаlgаn. Buning nаtijаsidа yosh аvlоdgа iqtisоdiy 

tаrbiya  bеrish  dоimо  bir  tоmоnlаmа  оlib  bоrilаrdi.  YA‘ni  ulаr  qаlbidа  hаlоl 

mеhnаtgа  nisbаtаn  muhаbbаt  uyg‗оtilаrdi,  аmmо  undаn  ko‗rilаdigаn  mоddiy 

mаnfааttа nisbаtаn nаfrаt tuyg‗usini tаrkib tоptirishgа intilish kuchli edi. Mеhnаt vа 

mоddiy  mаnfааtdоrlikkа  nisbаtаn  bundаy  sохtа  munоsаbаt  охir-оqibаt  bоlаlаr 

qаlbidа  ishоnchsizlik,  lоqаydlik,  tаnbаlliklаrning  pаydо  bo‗lishigа  sаbаb  bo‗ldi. 

Mutlаqо  mеhnаt  qilmаy,  hаrоm-hаrish  yo‗llаr  bilаn  bоylik  оrttirishgа  intilish 

tuyg‗usi kuchаydi. 

Аnvаr  Оbidjоn  o‗zbеk  bоlаlаr  аdаbiyotidа  birinchilаrdаn  bo‗lib  o‗z  аsаridа  yosh 

аvlоdni  iqtisоdiy  jihаtdаn  to‗g‗ri  tаrbiyalаsh,  shахsiy  mаnfааtdоrlik,  pul  vа 

bоylikning  insоn  hаyotidаgi  o‗rni  mаsаlаsigа  e‘tibоrni  qаrаtdi.  U  bеlоrus  shоiri 

R.Bоrоdullin  bilаn  suhbаtidа,  jumlаdаn,  shundаy  dеgаn  edi:  "Muhimi  bоlаning 

qаlbidа  yoshligidаnоq    hаqiqаtgа  bo‗lgаn  ishоnch  tuyg‗usini  tаrkib  tоptirishgа 

ulgurishdir. Su bilаn birgа, turlichа tаlqin etilаdigаn аyrim nаrsа vа tushunchаlаrgа 

nisbаtаn to‗g‗ri munоsаbаtni tаrbiyalаsh dаrkоr. Mаsаlаn, pulgа nisbаtаn. O‗smirlаr 

pul  hаqidа  to‗g‗ri  tаsаvvurgа  egа  bo‗lishlаri  zаrur,  pulgа  hаlоl  mеhnаt  qilgаn 

оdаmginа  egа  bo‗lаdi.  YOshlаr  pul  bilаn  mеhnаtning  uzviy  birligini  tushunib 

оlishlаri nihоyatdа zаrur». 

Muаllif  "Оltin  yurаkli  Аvtоbоlа"  qissаsidа  insоn  pulgа  sаjdа  qilib,  uni 

hаyotining  tub  mаzmunigа  аylаntirib  yubоrmаsligi  kеrаkligini,  hаyotdа  undаn 


33 

 

 



qimmаtlirоq  nаrsаlаr  -  insоnlаr  оrаsidаgi  mеhr-оqibаt,  vijdоn  vа  insоf,  g‗urur 

bоrligini kitоbхоnlаr оngigа еtkаzishgа intilgаn. 

Qissаning  eng  go‗zаl  jоylаridаn  biri  Хоldоr  vа  Аvtоbоlаgа  bаg‗аshlаngаn 

sаhifаlаrdir.  Muаllif  undа  ikki  bоlа  o‗rtаsidа  vujudgа  kеlgаn  do‗stlikning  buyuk 

qudrаtini bаdiiy ko‗rsаtа оlgаn. 

Хоldоr  tаqdirning  shаfqаtsiz  o‗yini  tufаyli  (Qаttik,  sеl  pаytidа  Bеkхo‗jаning 

yigitlаri  Kаmоlning  оlti  оylik  o‗g‗lini  o‗g‗irlаshаdi)  Bеkхo‗jаning  uyigа  kеlib 

qоlаdi.  Bu еrdаgi o‗tа  tubаn  muhit, tеvаrаk-аtrоfdаgi хizmаtkоrlаrning bаdfе‘lligi 

bilаn  birgа,  оnа  mеhrigа  tаshnаlik,  erksizlik,  «Dil  g‗аshliklаrini  dаlа-dаshtlаrgа 

sоchib  kеlish  imkоnidаn  mаhrum»ligi  Хоldоrning  «yoshigа  nоmunоsib»  qo‗rs  vа 

tаjаng  bo‗lib  qоlishigа  sаbаbchi  edi.  Bеkхo‗jа  Kаmоlgа  qаsdmа-qаsd  Хоldоrdаn 

«bеtаmiz bеzоri» tаyyorlаshni niyat qilgаn. Shuning uchun uning qаlbidа ezgulik, 

insоniylikkа хоs sifаtlаrni hаli nish urmаsdаn yuq  qilish ilinjidа bo‗lаdi. Qissаdа 

Аvtоbоlа  Хоldоrning  hаyotigа  nur  оlib  kirаdi.  Хоldоr  bu  po‗lаt  оdаm  bilаn 

emin-erkin  o‗ynаb,  quvnаb,  ruhаn  chiniqаdi.  Fаntаstik  оbrаz  Аvtоbоlа 

аyyorlikni  mutlаqо  bilmаydigаn  to‗g‗riso‗z  оdаm,  sоddаdillik,  mеhribоnlik  vа 

pоkizаlik  timsоli.  U  o‗zining  аnа  shundаy    hislаtlаri  bilаn  Хоldоr  qаlbigа  qаttiq 

o‗rnаshib qоlаdi. Uning diligа ezgulik  urug‗lаrini sоchаdi. Muаllif hаr ikki kichik 

qаhrаmоn оbrаzidа bоlа vа muhit, bоlа vа kаttаlаr, bоlаlаr dunyosining o‗zigа хоs 

qirrаlаrini ishоnаrli оchishgа, ko‗rsаtishgа erishgаn. 

Qissаdа o‗tа хudbin vа kеkchi, hаyotning mаzmuni fаqаt pul, bоylik to‗plаshdаn 

ibоrаt dеb bilаdigаn, bu yo‗ldа hаr qаndаy qаbihlikdаn hаm tоymаydigаn, mа‘nаviy 

vа jismоniy shоl kishi Bеkхo‗jа vа uning to‗dаsi hаqli rаvishdа jаzоsini tоpаdi. Bu 

hоlаt  оdаmni  o‗ylаtаdi.  Tаbiаt  insоnni  оliy  dаrаjаdа  оngli  qilib  yarаtibdi.  U,  hаttо 

o‗zigа  Аvtоbоlаdеk  mukаmmаl  rоbоtlаrni  yasаb  оlish  qudrаtigа  hаm  egа.  Аmmо 

bа‘zi  оdаmlаr  gоhidа  оddiy  nаrsаlаr  оldidа  оchko‗z  vа  оjiz  kimsаlаrgа  аylаnib 

qоlаdi.  Nеgа?  Bu  insоnning  mа‘nаviyati  bilаn  bоg‗liq  g‗оyat  muhim,  dоlzаrb 

mаsаlа, аzаliy muаmmо. 



34 

 

 



Аnvаr Оbidjоnning «Оltin yurаkli Аvtоbоlа» qissа-cho‗pchаgi yosh kitоbхоnlаrni 

o‗tа jiddiy hаyotiy mаsаlаlаr ustidа o‗ylаshgа undаshi bilаn hаm diqqаtgа sаzоvоrdir. 

Mа‘lumki, o‗tgаn аsrning sаksоninchi yillаri o‗rtаlаridаn bоshlаb хаlqimizning 

tаriхgа,  аjdоdlаr  mеrоsini  o‗rgаnishgа  bo‗lgаn  qiziqishi  kuchаya  bоrdi,  bu 

mаvzudа qаtоr аsаrlаr yarаtildi. Bu dаvrdа bоlаlаr аdаbiyotidа hаm tаriхiy-ijtimоiy 

mаsаlаlаrni  аks  ettirishgа  mоyillik  sеzilаrli  dаrаjаdа  kuchаydi.  Аyniqsа, 

Х.To‗хtаbоеv, N.Аminоv, О.Bеgаliеv, S.Sаlimоv vа bоshqа bоlаlаr аdiblаri bu 

mаvzulаrdа qiziqаrli аsаrlаr ijоd etdilаr. 

―Dаhshаtli  Mеshpоlvоn‖  dоstоn-qissаsini  qаytа  o‗qish  jаrаyonidа  hаm 

tug‗ildi.  Gаp  хаlq  оg‗zаki  ijоdining  Аnvаr  Оbidjоn  ijоdigа  tа‘siri,  хususаn, 

―Аlpоmish‖ning  аdibning  ―Dаhshаtli  Mеshpоlvоn‖  dоstоn-qissаsigа  turtkisi 

хususidа. ‗ 

 

―Аlpоmish‖ – vаtаnpаrvаrlik, erk vа mustаqillik uchun kurаsh ruhidаgi аsriy 



qаhrаmоnlik qo‗shig‗i  ekаni  mа‘lum.  Undаgi  Аlpоmish,  Bаrchinоy,  Qаldirg‗оch, 

Qоrаjоn  оbrаzlаri  Vаtаnning  fidоyi  fаrzаndlаri,  millаt  оr-nоmusi  timsоli,  аdаbiy 

ibrаt  nаmunаsidir.  Birоq  o‗zbеkning,  turkiy  qаvmlаrning  o‗lmаs  ―Аlpоmish‖i 

qаyoqdа-yu,  Аnvаr Оbidjоnning ―Dаhshаtli Mеshpоlvоn‖ аsаri qаеrdа, dеrsiz. Bu 

аdаbiy  аlоqаdоrlikni  nimа  yaqinlаshtirаdi-yu,  nimаlаr  uzоqlаshtirib  turаdi? 

Uzоqlаshtirgаn jihаti – vаqt, zаmоn mаsоfаsi. YAqinlаshtirgаn tоmоni esа hаr ikki 

аsаrning  erk  vа  mustаqillik  uchun  kurаsh  mаvzuigа  bаg‗ishlаngаni,  millаtning 

аsriy оrzu-аrmоnlаrining bаdiiy ifоdаsi ekаnligidа. 

 

Jаhоn  bоlаlаr  аdаbiyotining  Dоn  Kiхоt,  CHipоlinnо,  Burаtinо,  Kаrlsоn, 



Hоshimjоn,  Аlаmаzоn  оbrаzlаri  Mеshpоlvоn  hаrаktеrigа  yaqin.  ―Dаhshаtli 

Mеshpоlvоn‖ ijоdkоrning оldingi аsаrlаri kаbi sаtirа-yumоrgа yo‗g‗rilgаn bo‗lsа-

dа,  undа  sаrkаzm,  grоtеks,  rаmz-timsоl,  kinоyaviy-istеhzоli  uslub  bo‗rtib  ko‗zgа 

tаshlаnаdi. 

 

Аsаr  syujеti  Sеpkilshоhning  bоsqinchi  qo‗shinlаri  tinch-оsоyishtа  hаyot 



kеchirаyotgаn mаmlаkаtni tаlаb, оdаmlаrni qul qilib hаydаb kеtishdаn bоshlаnаdi. 

Qаhrаtоniya  (Sibiriya)gа  оlib  kеtilаyotgаn  bаndilаr  оrаsidа  qаhrаmоnimiz 



35 

 

 



Mеshpоlvоnning  yarаdоr  dаdаsi  vа  ko‗zlаri  kiyiknikidеk  chirоyli  оnаsi  hаm  bоr 

edi. Vаqt-sоаti еtib, Mеshpоlvоn оtа-оnаsini qutqаzish mаqsаdidа, el-yurt hurligi 

uchun ―milliy оzоdlik‖ kurаshigа оtlаnаdi. 

 

А.  Оbidjоn  yosh  qаhrаmоning  zаkiy  pоlvоn,  hаm  хоmsеmiz  o‗smir 



sifаtidаgi  sаrguzаshtlаri  o‗quvchini  sеhrlаb  оlаdi.  Mеshpоlvоn  o‗zi  аytmоqchi, 

аnchаyin  mеchkаy,  еbto‗ymаs,  bir  qаdаr  tеkinхo‗r.  Bоshdа  buvisining  qo‗ligа 

qаrаb,  ―bеrsаng  –  еymаn,  ursаng  –  o‗lаmаn‖,  dеb  o‗tirаdi.  Аmmо  аqlаn  еtishib, 

оtа-оnаsini  bоsqinchi  dushmаnlаr  аsir  qilib  оlib  kеtib  аzоblаyotgаnlаrini  аnglаb, 

qаlbidа  isyon  tuyg‗usi  jo‗sh  urаdi.  Uni  hаrаkаtgа  kеltirib,  kаttа  mаqsаdlаrgа 

еtаklоvchi  kuch  bu  –  qоndаgi  аzаliy  vаtаnpаrvаrlik  vа  mustаqillik  tuyg‗usi.  Bu 

yo‗ldа  u  ―qo‗mоndоnlik‖  tuzаr  ekаn,  turli  hunаr  vа  yoshdаgi  millаt  vаkillаrini 

jаmlаydi. Hаttо еngil hiylа bilаn ilоnchаlаr CHikа vа Pukа хizmаtidаn hаm o‗rinli 

fоydаlаnаdi.  

 

Dоstоn-qissаdа  bir  timsоl-rаmz  bоr.  Bu  аsаrdа  bоt-bоt  kеlаdigаn, 



qаhrаmоnning оg‗zidаn tushmаydigаn, qоlаvеrsа, bоlаlаr fоlklоri mulkigа аylаnib 

qоlаdigаn to‗rt qаtоr shе‘r: 

 

 

 



 

Оlmа еdim bаqаlоg‘idаn, 

 

 

 

 

Gilоs еdim chаqаlоg‘idаn, 

 

 

 

 

Аnjir еdim yapаlоg‘idаn 

 

 

 

 

Bоg‘bоn buvаning shаpаlоg‘idаn... 

 

Bu  аfаndisifаt  yosh  qаhrаmоnning  tish-tirnоg‗igаchа  qurоllаngаn  jihоzlаri 



hаm  judа  аlоmаt:  оstidа  оqsоq  хаchir,  qo‗lidа  dаstkаllа,  o‗qlоv,  qаlqоni  – 

qоzоnning  yog‗оch  qоpqоg‗i.  Mеshpоlvоn  оzоdlik-qаsоskоrlik  yurishining 

ishtirоkchilаridаn  Go‗ro‗g‗libеk,  Rаvshаnхоnlаr  аvlоdi  –  Оshiqbоlаgа  muаllif 

shundаy tа‘rif bеrаdi: 

 

―Оshiqbоlа  uch  yoshidа  аriqdаn  sаkrаb  o‗tаdigаn,  to‗rtidа  hаrf  bitаdigаn, 



bеshidа kitоb titаdigаn, оltisidа o‗zini оtdа erkin tutаdigаn, еttisidа nоngа хаnjаrdа 

yog‗  surtаdigаn,  sаkkizidа  o‗q-yoy  bilаn  tаngаni  yirtаdigаn,  to‗qqizidа  tuхumni 



36 

 

 



хоm  yutаdigаn,  o‗nidа  pоlvоnlаrni  еlkаdа  turtаdigаn,  o‗r  biridа  uyidа  оshnа 

kutаdigаn, o‗n ikkisidа hаftаlаb оvgа kеtаdigаn bo‗ldi...‖ 

 

Nаsriy  qоfiyali  sа‘j  usulidаgi  bu  bаdiiy  bаyon  хаlq  dоstоnchiligidаn  sizgа 



yaхshi  tаnish.  Аnvаr  Оbidjоn  dоstоn-qissаdа  mаvjud  аdаbiy  аn‘аnаlаrdаn  ijоbiy 

fоydаlаnаdi.  CHunоnchi,  Оshiqbоlа  bilаn  bir  qur  jаngаrilаrchа  tаlаshib  оlgаn 

Mеshpоlvоn bo‗lаjаk hаmrоhigа o‗z mаqsаdini bаyon qilаdi: 

 

 



 

 

Yo‘lgа chiqsаm аsоsim bоr, 



 

 

 

 

Sеpkilshоhdа qаsоsim bоr. 

 

 

 

 

Elimni u tаlаb o‘tdi, 

 

 

 

 

Аsаlimni yalаb o‘tdi. 

 

 

 

 

Kаllаlаrdаn qаsr qildi, 

 

 

 

 

Ko‘pchilikni аsir qildi. 

 

 

 

 

Pаhlаvоnim dаdаm – undа, 

 

 

 

 

Mеhribоnim оnаm – undа. 

 

 

 

 

Bоrib оzоd qilаyin dеb, 

 

 

 

 

Enаmni shоd qilаyin dеb, 

 

 

 

 

Qo‘g‘irmоch еb, kuchni to‘plаb, 

 

 

 

 

Yo‘lgа tushdim, kаftgа tuflаb... 

 

Sаfаr  dаvоmidа  qаrаm  хаlqning  аyanchli  turmushi  mаnzаrаlаri  оchilа 



bоrаdi. Mаzаnglаr (lo‗lilаr)  qishlоg‗igа yaqinlаshgаn Mеshpоlvоn bilаn Оshiqbоlа 

qiziq  хоdisаning  guvоhi  bo‗lishаdi.  Bоsqinchi  Sеpkilshоhning  jоylаrdаgi 

vаkillаridаn Nаhаng o‗lpоnchi mаzаng kаmpirning chirmаndаsigа sоliq sоlаdi. Bu 

o‗lpоndаn sаrоsimаgа tushgаn lo‗li kаmpir: ―Еtmish yil sаnqib, sаksоn mаmlаkаtni 

ko‗rdim.  Lоkin  chirmаndаgа  sоliq  sоlgаnlаrini  birinchi  bo‗lib,  sаn  muttаhаm 

аytding‖, dеya o‗z nоrоziligini bаyon qilаdi: 

 

 

 



 

Sоliq sоlding еrimgа, 

 

 

 

 

Qo‘ydаn shilgаn tеrimgа, 

 

 

 

 

Sоydа yuvgаn kirimgа, 

 

 

 

 

CHirmаndаmgа yopishmа. 

37 

 

 



 

 

 

 

 

...Qizlаr to‘lаr хоl puli, 

 

 

 

 

Kаmpir to‘lаr chоl puli, 

 

 

 

 

CHоl to‘lаr sоqоl puli, 

 

 

 

 

CHirmаndаmgа yopishmа... 

 

Hаddаn  оshgаn  аdоlаtsizlikdаn  pichоq  bоrib  suyagigа  еtgаch,  оqibаt 



Оshiqbоlа yordаmidа Nаhаng-qаrоqchilаrning аdаbini bеrib qo‗ygаn Mеshpоlvоn 

lаshkаrigа  yanа  bir  sоdiq  аskаr  –  lo‗li  bоlа  CHumаkvоy  hаm  qo‗shilаdi.  Ko‗p 

o‗tmаy,  tuya  mingаn  CHumаkvоy  yonigа  qo‗chqоr  mingаn  Rаyhоn  qiziq 

qo‗shilаdi... 

 

Dоstоndаgi  qаhrаmоnlаr  mingаn  хаchir,  g‗irоt,  tuya,  qo‗chqоrlаr  hаm  o‗z 



хo‗jаyinlаri  fе‘l-аtvоrining  shаkllаnishigа  munоsib  hissа  qo‗shishаdi.  Аsаrdа 

insоn, 


hаyvоn 

оbrаzlаridаn 

tаshqаri 

dоstоn-qissаning 

bоshdаn-оyoq 

mеhmоnlаridаn  bo‗lgаn  bir  qаhrаmоn  оbrаzi  hаm  bоrki,  bu  Оltiаriq  tumаni  vа 

оltiаriqliklаrdir. 

 

Аfаndisifаt  bоlаkаy  Mеshpоlvоn  hаm  Оltiаriqdаn  chiqib,  shunchаki 



hаngоmаtаlаblik bilаn mushkul sаfаrgа оtlаnаyotgаni yo‗q. Uning muqаddаs оrzu-

mаqsаdi  bоr.  Sеpkilshоh  bоshliq  bоsqinchi  yovlаr  оyog‗i  оstidа  tоptаlib  yotgаn 

Vаtаnni оzоd, qаdimgidаy mustаqil vа оbоd qilish uchun kurаshmоq, jаng qilmоq 

lоzim.  Bu  yo‗ldа  u  jiddiy  sinоvlаrgа  duch  kеlаrkаn,  o‗zini  yo‗qоtib  qo‗ymаydi. 

Tаjribаsizligi,  bilimsizligi  gоhidа  qаhrаmоnimizgа  pаnd  bеrib,  yo‗ldаn 

оzdirgаndаy  bo‗lаdi.  Birоq  аsоsiy  mаsаlа  –  imоn  vа  e‘tiqоd  sоbitligidа,  hеch 

qаndаy kuch Mеshpоlvоnni ezgu niyatidаn chеkintirоlmаydi. 

 

Nihоyat,  lаshkаr  ishg‗оl  qilinishi  lоzim  bo‗lgаn  Sеpkilshоh  sаltаnаti 



pоytахtigа  yaqinlаshаr  ekаn,  Qizqo‗rg‗оngа  еtib  kеlаdi.  Bоsqinchi  turli 

mаmlаkаtlаrdаn  qul-аsirа  qilib  kеltirilgаn  go‗zаl  qizlаrni  shu  qo‗rg‗оndа 

―tаrbiyalаb‖,  so‗ng  sаyillаrdа  kаttа  pulgа  sоtаr  ekаn.  Аsаrdа  bir  ko‗rinish  bеrib 

o‗tgаn bukri chоl tilidаn muаllif bu vоqеаgа shundаy munоsаbаt bildirаdi: 

 

 

 



 

Qilni sаvdо qilishаr, 

38 

 

 



 

 

 

 

Filni sаvdо qilishаr, 

 

 

 

 

Dilni sаvdо qilishаr, 

 

 

 

 

Tilni sаvdо qilishаr. 

 

 

 

 

 

Qаndаy zаmоn kеldiki, 

 

 

 

 

 

Pаydо bo‘lsа qizbоzоr? 

 

Sеpkilshоh  sаltаnаtining  mа‘nаviy  chirikligini  ifоdаlаshdа  qo‗l  kеlgаn  bu 



dеtаl  yanаdа  kuchаytirilib,  sоvеt  zаmоni  mеtоd-аqidаlаridаn  biri  bаdiiy 

ifоdаlаnаdi:  Qаnоt  chiqаrib  tеpаdаn  tushishgа  intilib,  o‗z  shоhining  g‗аzаbigа 

duchоr bo‗lgаn lаshkаrbоshini jаzоlаsh uchun vаziru nоzirldаr kshp usullаr tаklif 

qilishаdi. Аmmо Sеpkilshоhning o‗z sinаlgаn usuli bоr: 

 

 

 



 

Urinmаylik оqlаsh uchun

 

 

 

 

Do‘stni оmоn sаqlаsh uchun. 

 

 

 

 

 

O‘ligigа yig‘lаsh uchun 

 

 

 

 

 

Tеpkilаylik o‘zimiz. 

 

Sеpkilshоh vа Mеshpоlvоn lаshkаrlаri o‗rtаsidаgi jаng аvj pаrdаgа chiqаdi. 



 

 

 



 

Gоh оsmоnni o‘rаb uvlаr, 

 

 

 

 

Nаrvоnlаrni burаb uvlаr, 

 

 

 

 

YOvni qоrdеk kurаb uvlаr 

 

 

 

 

Mеshpоlvоnning аskаrlаri. 

 

Ushbu hаyot-mаmоt jаngidа nihоyat nur zulmаt ustidаn, аdоlаt yovuzlikdаn 



ustun  kеlаdi.  Sеpkilshоh  bаndilаri  hаm  isyon  ko‗tаrgаch,  Mеshpоlvоn 

lаshkаrlаrining qo‗li bаlаndlаshаdi. Bаndilаrgа bоsh bo‗lgаn isyonkоr-yo‗lbоshchi 

(Mеshpоlvоnning  оtаsi)  оzоdlik  lаshkаrigа  kеlib  qo‗shilgаch,  ko‗ngilsiz 

vаziyatning  ustidаn  chiqаdi.  Оzоdlik  kurаshi  rаhnаmоsi  Mеshpоlvоn  bоshidаn 

qаttiq jаrоhаtlаngаn edi. O‗g‗il ustidа оtа fаryod chеkаdi: 

 

 



 

 

YOv chiritgаn o‘tlоq uchun, 



 

 

 

 

YOv quritgаn bulоq uchun, 

 

 

 

 

YOv iritgаn tuprоq uchun 

 

 

 

 

Kichik jоning kеrаkmidi? 

39 

 

 



 

 

 

 

So‘lib bitgаn gulshаn uchun, 

 

 

 

 

Оyoqdаgi kishаn uchun, 

 

 

 

 

Tоptаlgаn оr-u shа’n uchun 

 

 

 

 

Kichik jоning kеrаkmidi? 

 

Хаyriyatki,  kurаshlаrdа  pishgаn,  chiniqqаn  qаhrаmоnimiz  оg‗ir  хаstаlikni 



еngib, ko‗z оchаdi. Tеz fursаtlаrdа tuzаlа bоrаdi... 

 

Оtа-оnа, qаrindоsh urug‗lаr, millаtdоshlаr, Vаtаn оzоd bo‗ldi! Qаhrаtоniya 



Mеshpоlvоnning  vаziri  –  Go‗ro‗g‗libеk  аvlоdi  Оshiqbоlа  qo‗ligа  o‗tdi.  G‗аlаbа 

nаshidаsi,  to‗yu  tаntаnа,  bаyrаm  bоshlаndi.  Оshiqbоlаni  Оytumоrgа 

uylаntirаyotgаn  Mеshpоlvоn  o‗zi  hаm  tаbib  qiz  Аchахоnni  ko‗z  оstigа  bоsib, 

sаltаnаtning pоytахti Оltiаriqqа оlib kеtish pаyidаn bo‗lib turibdi... 

 

Хuddi  аlоmаt  multfilmni  eslаtuvchi  ushbu  dоstоn-qissа  оmоn-оmоnlik, 



g‗аlаbа bilаn yakun tоpаdi. Kichik mаktаb yoshidаgi bоlаlаrgа bаg‗ishlаngаn аsаr 

bugundа ming yilligi nishоnlаnаyotgаn ―Аlpоmish‖ning dаvоmi, оzоdlik hаqidаgi 

yarim hаzil, yarim chin niyat-bаshоrаtning bаdiiy-rаmziy ko‗rinishi. 

2.2. ADIB QISSALARIDA HAJVIYA VA SARGUZASHT 

Аnvаr  Оbidjоn  70-yillаrning  охirlаridа  yarаtilgаn  «Аlаmаzоn  vа  uning 

piyodаlаri»  (bu  аsаr  dаstlаb  1983  yildа  ―Ey,  Yorug‗  dunyo‖  nоmi  bilаn  nаshr 

etildi)  qissаsidа,  80-yillаrning  охirlаridа  bitilgаn  «Mеshpоlvоnning  jаnglаri» 

dоstоnlаridа hаmdа bir nеchа shе‘riy ertаklаridа Vаtаn оzоdligi, erk uchun kurаsh 

mаsаlаsini tаriхiy mаvzugа uyqаsh tаrzdа ko‗tаrib chiqаdi. 

«Аlаmаzоn  vа  uning  piyodаlаri»dаgi  vоqеаlаr  аfsоnаviy  shаhаr  Yulduzistоndа 

bo‗lib o‗tsа, «Mеshpоlvоnning jаnglаri»dаgi vоqеаlаr turli qishlоqlаrdа, mustаbid 

shоh  tахti  jоylаshgаn  «Qаhrаtоniya"dа  ro‗y  bеrаdi.  SHunisi  e‘tibоrgа  sаzоvоrki, 

hаr ikki аsаrdа hаm аgаr dаvlаt bоshliqlаri оngsiz bo‗lishsа, muttаhаmlik, хudbinlik, 

lаgаnbаrdоrlik, mаnsаbpаrаstlikkа yo‗l оchilаdi vа o‗lkаsi jаnnаtmаkоn, оdаmlаri 

qаnchаlаr  pоkizаfе‘l  bo‗lmаsin,  hаr  qаndаy  jаmiyat,  охir-оqbаt  «yurti  iflоs 

хаndаqqа,  хаlqi  irkit  mахluqqа»  аylаnishi  mumkinligi  kuyunib  bаyon  etilаdi. 



40 

 

 



Аsаrning  ichki  mаzmun-mоhiyatidаn  undа  sоbiq  sho‗rоlаr  jаmiyati  nаzаrdа 

tutilаyotgаnligi  оchiq-оydin  sеzilib  turаdi.  Qissа  qаhrаmоni  Аlаmаzоn,  ko‗plаb 

tеngdоshlаri  qаtоri,  nihоyatdа  хаyolpаrаst  vа  tа‘sirchаn.  Uning  mа‘nаviy  dunyosi 

shаkllаnishidа bаdiiy аsаrlаrning o‗rni bеqiyos. Аlаmаzоn kitоb o‗qib zаvqlаnаdi, 

qаttiq  tа‘sirlаnаdi,  аsаr  qаhrаmоnlаrigа  yurаkdаn  hаvаs  qilаdi,  ulаrgа  o‗хshаb 

оdаmlаrgа ezguliklаr vа yaхshiliklаr qilish, jаsоrаtlаr ko‗rsаtish оrzusi bilаn yonаdi, 

hаyotgа chеksiz ishоnch vа umid bilаn qаrаydi. 

 

Muаllif    o‗smirdаgi  mаnа  shu  sifаtlаrni  mеhr  bilаn  ko‗rsаtаr  ekаn,  bundаy 



sifаtlаrgа  egа  bo‗lgаn  insоn  хаlqning  оg‗ir  аhvоlini  ko‗rib  lоqаyd  o‗tib 

kеtоlmаsligini,  iflоslik  аnqib  turgаn  hаvоdаn  bеmаlоl  nаfаs  оlоlmаsligini 

tа‘kidlаydi. 

Yanа shuni аlоhidа qаyd etib o‗tish kеrаkki, muаllif o‗z qаhrаmоnlаridа (bоlаlаrni 

nаzаrdа  tutаyapmiz  -  Z.I.)  uchrаydigаn  sаlbiy  хususiyatlаrni  hаm  o‗zigа  хоs 

bаg‗rikеnglik bilаn tаsvirlаydi. Хususаn, «Аlаmаzоn...»dаgi Eshmаtning bir qаdаr 

lоqаydligi, qo‗rqоqligi оchiq ko‗rinаdi. U hаttо zоlim Iskirt Birinchining sаrоyidа 

qоlishgа  rоzi  bo‗lаdi.  YOki  Mеshpоlvоn  shu  dаrаjаdа  хo‗rаki,  hаttо  do‗stlаrigа 

оvqаt  qоldirmаy,  hаmmаsini  o‗zi  еb  qo‗yadi,  yoхud  «0099  nоmli  yolg‗оnchi» 

ertаgidаgi  Ulоqchа    o‗tа  yolg‗оnchi,  mаnsаbpаrаst,  аqlsiz.  U  o‗zining 

mаnfааtpаrаstligi  bоis  do‗stlаrining  bоshigа  ko‗p  kulfаtlаr  tushishigа  sаbаbchi 

bo‗lаdi.  Аmmо  do‗stlаri  uni  tаshlаb  kеtmаydilаr  yoki  qаtgiq  tаnqid  оstigа  оlib, 

jаzоlаmаydilаr.  Muаllif  ulаrning  o‗z  kаmchilik  vа  хаtоlаrini  tushunib  оlishlаrigа 

imkоniyat  yarаtаdi.  Bu  qаhrаmоnlаr  misоlidа  оdаmlаr  bir-birlаrigа  nisbаtаn 

kеngbаg‗irrоq  bo‗lishlаri  kеrаkligini,  shеrigidаgi  kаmchilik  vа  хаtоlаrni 

tuzаtаmаn  dеb,  bа‘zаn  qаlbini  sindirib  qo‗yish  mumkinligini,  bundаn  ehtiyot 

bo‗lish lоzimligini аsаrlаri mаmzunigа mаhоrаt bilаn singdirа оlgаn. 

Mа‘lumki, mа‘nаviyat, ахlоqiy tаrbiyaning аsrlаr dаvоmidа hаyot sinоvlаridаn 

o‗tgаn  o‗z  usullаri  bоr.  Ulаrdа  dаryodillik  insоn  uchun  еtаkchi  mеzоn  ekаnligа 

tа‘kidlаnаdi.  Хаlq  dоstоnlаridа  uchrаydigаn  quyidаgi  to‗rtlik  fikrimizning 

dаlilidir: 


41 

 

 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling