O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim toshkent arxitektura -qurilish universiteti


Download 1.64 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1525806
Bog'liq
Axborot texnologiyalari


taqdimoti
  • O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA-MAXSUS TA`LIM
  • TOSHKENT ARXITEKTURA -QURILISH UNIVERSITETI
  • MUHANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURALARI FAKULTETI
  • “Axborot texnologiyalari” fanidan

Bajardi:Djumaniyozov .R
Gurux: 108-22 guruh
Qabul qildi:Azimdjonova.M
2022-2023
Reja
1.Python dasturlash tili kelib chiqish tarixi
2.Python dasturlash tilining o’ziga xosligi
3.Pythonda kiritish chiqarish operatorlari
Python dasturlash tilida ishlatiladigan operatorlar haqida ma’lumot
Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi. Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga olgandi.
1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi. Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo bo‘lguncha davom etdi.
Pythonning o‘ziga xosligi 1. Oddiy, o‘rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta’minot. 2. Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotiraniboshqarishni hisobga olish shart emas. 3. Ko‘plab platformalarda hech qanday o‘zgartirishlarsiz ishlay oladi. 4.Interpretatsiya qilinadigan til. 5. Kengayishga moyil til. Agar dasturni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasak shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodi orqali ishga tushirsa(chaqirsa) bo'ladi. 6.Juda ham ko'p xilma-xil kutubxonalarga ega. 7.xml/html fayllar bilan ishlash 8.http so`rovlari bilan ishlash 9. GUI(grafik interfeys) 10.Veb saytlarni yaratish 11.FTP bilan ishlash 12. Rasmli audio video fayllar bilan ishlash 13.Robot texnikada 14.Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlash Pythonni katta proyektlarda ishlatish mumkin. Chunki, uni chegarasi yo‘q, imkoniyati yuqori. Shuningdek, u sodda va universalligi bilan dasturlash tillari orasida eng yaxshisidir.
Ma’lumotni konsol ekraniga chiqarish – print() funksiyasi hisoblanadi. Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va x.k.) berilishi mumkin:
PYTHON da kiritish va chiqarish operatorlari
TAKRORLASH ОPERАTОRI FOR
Bir xil hisoblash bloklarining bir necha bor takrorlanuvchi jarayoniga takrorlanish (sikl) deyiladi. PYTHON tilida takrorlanish operatorining ikki xil turi mavjud: 1. for takrorlanish operatori; 2. while takrorlanish operatori; Yechilayotgan masalaga qarab, dasturchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan takrorlanish operatoridan foydalanishi mumkin. for takrоrlash оpеratоrining sintaksisi quyidagicha: for i in range(a, b, d): ; Bu yerda i takrorlanishlar soni, a takrorlanishning birinchi qiymati, b takrorlanishning oxirgi qiymati, d qadam qiymati., takrorlanish tanasi - bajariladi va охirida bajariladi, aks hоlda bоshqaruv takrоrlash оpеratоridan kеyingi оpеratоrga o‘tiladi. Takrorlanish tanasi – sifatida bitta оpеratоr, shu jumladan bo’sh оpеratоr, yoki оpеratоrlar blоki kеlishi mumkin. Takrorlanish takrorlanishi davomida bajarilishi lozim bo'lgan operatorlar majmuasi t a k r o r l a n i s h tanasi deyiladi. T a k r o r l a n i s h tanasi sifatida bir yoki bir nechta operatordan foydalanish mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar
  • Python dasturlash tili-2021. (Sh.A. MENGLIYEV, O.A. ABDUG‘ANIEV, S.Q. SHONAZAROV, D. Sh. TO‘RAYEV
  • Vikipedia.uz
  • TAQU kutubxonasi

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling