O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 505-guruh talabasi O’rolov Suhrobning “Ona tili o’qitish metodikasi ”


Download 47.93 Kb.
bet1/8
Sana22.04.2023
Hajmi47.93 Kb.
#1379855
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
100% O\'rolov S Ona tilidan o’quv ishlarni taskil qilish shakllari

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat Pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim Boshlangʻich taʼlim
yo‘nalishi 505-guruh talabasi O’rolov Suhrobning “Ona tili o’qitish metodikasi ” fanidan

KURS ISHI






Mavzu: Ona tilidan o’quv ishlarni taskil qilish shakllari
Jizzax - 2022
Ona tilidan o’quv ishlarni taskil qilish shakllari
Kirish
I:Bob. Ona tilidan o’quv ishlarni taskil qilish shakllari hamda vazifalari

    1. Maktabda ona tili fanidan o’quv ishlarini tashkil qilishning mazmuni hamda ahamiyati

    2. Maktablarda ona tilini o’qitishda o’qituvchilarning vazifalari.

II:Bob. Ona tili samarali o’quv ishlarini tashkil qilish vositalari
2.1. Ona tilini o’qitishda samarali darslarni tashkil qilish.
2.2. Ona tilini o’quv ishlarini tashkil etish texnologiyalari
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Ona tili darslari fan o’qituvchilari tomonidan puxta o’ylangan, ma’lum tizimga solingan, o’quvchilar aqliy bilimlarini charxlaydigan bo’lishi lozim. Zotan, “Milliy dastur”da ko’zda tutilgan asosiy masala – O’zbekistonning kelajagi bo’lgan barkamol avlod, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatning oldida turgan muhim vazifadir.
“To’qqiz yillik (1-9- sinflar) o’qishdan iborat umumiy o’rta ta’lim majburiydir. Ta’limning bu turi boshlang’ich ta’limni (1-4-sinflar) qamrab oladi hamda o’quvchilarning fanlar asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlari, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mehnat ko’nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni shakllantiradi” 1
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlod bilim egallashda boshlang’ich ta’limda o’tiladigan fanlarni chuqur, ongli tarzda o’zlashtirishlari muhim sanaladi. Shunday ekan, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda boshlang’ich ta’limdagi fanlarni o’tishda jahon andozalariga mos va xos bo’lgan o’qitish usullaridan foydalanish muhimdir.
Bugungi kunda o’qituvchilik kasbiga nihoyatda yuksak mas’uliyatlar qo’yilmoqda, chunki biz o’qituvchi-murabbiylar qo’liga farzandlarimiz taqdirini ishonib topshiramiz. Shu jihatdan tanlangan mavzu hozirgi vaqtda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarining eng dolzarb mavzularidan sanaladi.

Download 47.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling