O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar insitituti huzuridagi kadrlar malakasini oshirish


Download 1.57 Mb.
bet1/2
Sana01.05.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1418956
  1   2
Bog'liq
Mamayev Zohidjon

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ANDIJON QISHLOQ XO’JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSITITUTI HUZURIDAGI KADRLAR MALAKASINI OSHIRISH VA ULARNI QAYTA TAYYORLASH MARKAZI Namangan viloyati Norin Tuman 1-son kasb-hunar maktabi maxsus fan o’qituvchisi Mamayev Zohidjon Hakimovichning “Yerga asosiy ishlov berish mashinalaridan foydalanishning energiya va resurs tejamkor texnologiyalari ” mavzusidagi MALAKA ISHI TAQDIMOTI Ilmiy raxbar: Dosent. Abduraxmonov R


Mundarija
Kirish
Asosiy qism
2.1. Yerga asosiy ishlov berishda energiya va resurstejamkor texnologiyalarni qo’llash zaruriyat
2.2. Yerga minimal ishlov berishning ahamiyati
2..3. Dehqonchilikda noan’anaviy usullar va ularning afzalliklar
III.TASHKILIY QISM
3.1. Takroriy ekin ekib etishtirish uchun energiya va resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish
3.2. Yerga asosiy ishlov berishning o’ziga xos xususiyatlari, texnologiyalari va agregatlari
3.3. Pluglar va korpuslar konstruksiyalarining takomillashib borishi, ulardagi yangi texnik echimlar
IV.XULOSA
Mavzuning dolzarbligi.
Dunyo qishloq xo‘jaligida etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tannarxini oshib ketishi, uni ishlab chiqarish jarayonlarini kamaytirish vazifasini qo‘ymoqda, shu bilan bir qatorda endilikda har bir texnologiya energiya tejash nuqtai nazarida qaralishi talab etilmoqda, ya’ni etishtirilgan mahsulot kam xarajatbop mahsulot bo‘lishi talab etiladi.
Dukkakli-don ekinlaridan keyin hamma qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi oshishini va mahsulot sifatiga yaxshi samara beradi. Fermer xo‘jaliklarida bedani o‘rnini qoplash vazifasini bemalol dukkakli-don ekinlari bajarishi mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, dukkakli-don ekinlari soya, loviya, moshni erta bahorda va yoz oxirida ya’ni bir yilda ikki marta ekish imkoni mavjudligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Ular birinchi navbatda tuproq unumdorligini yaxshilashga, ikinchidan aholini qimmatli, oqsilga boy mahsulotlar bilan hamda chorvachilikni qimmatli em-xashak bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Xitoy, Xindiston, Braziliya va boshqa dunyo tajribalariga asoslansak, fermer va shaxsiy xo‘jaliklarda almashlab va navbatlab ekishning asosiy muammolarini hal etish vazifasi dukkakli-don ekinlar zimmasiga yuklangan.
Har bir fermer olayotgan hosilni etishtirishda qanday qilib imkon qadar kamroq yonilg‘i sarflash, yuqori hosil olish uchun ajratilayotgan suvning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, undan oqilona foydalanish, uzoq yillar davomida bir xil yuqori hosil olib turish uchun tuproq holatini qay tariqa yaxshilash borasida bosh qotirishlari talab etiladi. Bu kabi dolzarb muammolarning echimi mavjud va bunday echim butun dunyoda keng targ‘ib qilinmoqda. Bu usul - tuproq holatini himoyalashga qaratilgan texnologiyalarga o‘tish usuli.
Erni shudgorlashdan tashqari tuproqqa bir vaqtning o‘zida ham yumshatish, ham borona- molalash, o‘g‘itlash va kerak bo‘lsa ekish ishlarini ham bajarishga qodir texnika va texnologiyalar qo‘llanilmoqda.
SHu o‘rinda resurs tejamkor texnologiya tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, yonilg‘i va boshqa energiya manbalari, xomashyo materiallari, texnika vositalari, suv va boshqa resurslarni minimal darajada sarflab, mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologiyalarga resurs tejamkor texnologiyalar deyiladi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga resurs tejamkor texnologiyalarni to‘la joriy etilishi, yonilg‘i sarfini 20-22 foizga, urug‘lik sarfini paxtachilikda gektariga 30-35 kg/ga va g‘allachilikda 60-70 kg/ga tejash imkonini beradi . Endilikda tuproqqa ishlov berishning yangi-minimal usullari ishlab chiqarishga kirib kelmoqda. Bu texnologiyaning e’tiborli tomoni shundaki erga har 3-4 yilda bir marta chuqur ishlov berilib, keyingi yillari er yuza ishlov berish qurollari bilan ishlanadi. Bu tartibda erga ishlov berishda tuproq zichlashmaydi, uning mikroflorasi uchun muhit yomonlashmaydi, tuproq zarrachalari maydalanib kukunlashmaydi va eng muhimi g‘ovaklik, zichlik, suv o‘tkazuvchanlik, havo muhiti, donadorligi hamda boshqa ko‘rsatgichlari yaxshi holda saqlanadi. So‘nggi 30-40 yillarda ekin dalalariga og‘ir texnikalarni kirishi va erni vegitatsiyasi davrida 8-10 martagacha ishlashi oqibatida erlar o‘ta qotirib yuborildi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling