O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 360.32 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi360.32 Kb.
#1107482
Bog'liq
K-5-sem Sillabus Umumiy fizika 3-kurs oxirgi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI







TASDIQLAYMAN”
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori
G.I. Muxamedov
______________________

2022 yil “___”___________





UMUMIY FIZIKA (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi)
O’QUV DASTURI (SILLABUS)

Bilim sohasi:

100000 – Ta’lim

Taʼlim sohasi:

110000 - Ta’lim

Taʼlim yoʻnalishi:

60110700 – Fizika va astronomiya taʼlim yo‘nalishi


Chirchiq-2022
O’quv dasturi (sillabus) Chirchiq davlat pedagogika universiteti kengashining 2022-yil “___” __________dagi ____-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:

I.G.Tursunov

CHDPU “ Fizika ” kafedrasi professori



H.Sh.Abdullayev

CHDPU “ Fizika ” kаfеdrаsi o’qituvchi

U.A.Eshniyozov

CHDPU “ Fizika ” kаfеdrаsi o’qituvchi



Taqrizchilar:






B.Nurillaev


K.R.Nasriddinov



-TDPU “Fizika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.n.


- Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Fizika” kafedrasi professori





O’quv dasturi (sillabus) Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika va kimyo fakulteti “Fizika” kafedrasining 2022 yil “___” ________ dagi ______- sonli majlisida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlashga tavsiya qilindi.


Kafedra mudiri: A.M.Tillaboyev

O’quv dasturi (sillabus) Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika va kimyo fakulteti kengashining 2022 yil “ ___ ” _______dagi ___ - sonli majlisida muhokamadan o’tkazilgan.


Fakultet dekani: I.G.Tursunov






O‘QUV DASTURI (SILLABUS)
Fizika va kimyo fakulteti
60110700 – Fizika va astronomiya taʼlim yo‘nalishi







Umumiy ma’lumotlar

Fan nomi: Umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi)

Fan kodi: Phys 1136

Kredit miqdori: 6

Semestr: 5

Kafedra nomi: Fizika

Fan o’qituvchisi:

Email: habibabdullayev04@gmail.com

Fan turi: Majburiy

Ta’lim shakli:

Kunduzgi

Baholash shakli:

Imtihon

Fan tili:

O‘zbek







Fanning qisqacha mazmuni

Umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi) mazmuni talabalarda fanining taraqqiyot bosqichlari, yutuqlari, issiqlik nurlanishi, elektromagnit nurlanishning korpuskulyar xususiyatlari, zarralar va to‘lqinlar, vodorod atomining Bor nazariyasi, kvant mexanikasining asoslari, bir elektronli va ko'p elektronli atomlar, rentgen spektrlari, atom tashqi kuchlar maydonida, molekulalar xususiyatlari va ularning tatbiqlarini o’rganadilar.




Ta’lim natijalari:

Kursni tugatgan talabalar:

  • Umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi) tushunchalari va tamoyillarini chuqur tushunishini namoyish etadi;

  • Umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi) metodlarining mohiyatini chuqur tahlil qiladi;

  • Kasbiy faoliyatda muammolarni hal qilish uchun mos umumiy fizika (mexanika) vositalarini qo‘llay biladi;

Kurs natijasiga ko‘ra ega bo‘ladigan kompetensiyalar (KK-1):

  • Kelajakdagi kasbiy faoliyatda umumiy fizika fani sohalari bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarga ega bо‘ladi.


Fan mazmuni

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)


Umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi) faniga kirish.


Issiqlik nurlanishi. Muvozanatli nurlanish. Absolyut qorajism modeli


Mikrozarralarning korpuskulyar xususiyatlari


Mikrozarralarning to‘lqin xossalari.


Atom tuzilishi modellari


Bor postulatlari. Atom tuzilishining Bor nazariyasi


Rentgen nurlanishi.


Vodorodsimon atomlar.


Ko‘p elektronli atomlar


Lazerlar.


Yadro kuchlari.


Yadro modellari.


Kvant sonlari


Radioaktivlik.




Oraliq nazorat


Gamma nurlanish.


Termoyadro reaksiyasi.


Yadro nurlanishlarining moddalar bilan ta’siri.


Yadro nurlanishlarini qayd qilish usullari.


Elementar zarralar fizikasi tarixi va tushunchalari.


Elementar zarralar fizikasi tarixi va tushunchalari.


Elementar zarralar xarakteristikalari.


G‘alati zarralar sinfi, xususiyatlari.

Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg‘ulot (A)


Issiqlik nurlanishi. Muvozanatli nurlanish.


Issiqlik nurlanishi. Muvozanatli nurlanish.


Vodorod atomining spektral seriyalari.


Mikrozarralarning korpuskulyar xususiyatlari


Mikrozarralarning to‘lqin xossalari.


Foton energiyasi, impulsi va massasi.


Mozeli qonuni.


Tormozlanish rentgen nurlanishi.


De-Broyl to‘lqinlari.


Fotoyeffekt. Kompton effekti.


Fotoyeffekt. Kompton effekti.


Geyzenberg noaniqlik prinsipi.


Bor postulatlari. Atom tuzilishining Bor nazariyasi


Yadro tuzilishi.


Radioaktiv parchalanish qonuni.


Radioaktiv parchalanish qonuni.




Joriy nazorat – 1


Yadro reaksiyalari.


Yadro reaksiyalari.


Termoyadro reaksiyalari.


Elementar zarralar.


Zarralar jarayonida energiya saqlanishi.


Barion zaryadi saqlanish qonuni.


Lepton zaryadi saqlanish qonuni.


O‘qitish va o‘rganish usullari
Modul ma’ruzalar va amaliy auditoriya mashg‘ulotlari hamda talabalarning mustaqil ta’lim faoliyati orqali tashkil etiladi. Ma’ruzalarda umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi) kursi mavzularini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar beriladi. Amaliy auditoriya mashg‘ulotlarida umumiy fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi) kursi muammolari (misol va masalalari) taqdim etiladi va talabalarga ularni hal qilish uchun zarur fizik usullar va metodlarni qo‘llash bo‘yicha mashq qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ta’lim faoliyatida talabalar mavzularni chuqur o‘rganib, adabiyotlar va ilmiy jurnallar hamda manbaalardan foydalangan holda mavzularni tahlil qilishi lozim.



Mashg‘ulot turi

Ajratilgan soat

Ma’ruza

44

Amaliy mashg‘ulot

46

Mustaqil ta’lim

90

Talabalarning jami o‘quv va o‘qitish soatlari

180



Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat xamda mustaqil ta’limni baholash orqali amalga oshiriladi.

  • Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 20 foizi.

  • Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, xulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to’liq ochib beriladi. Umumiy baholashning 50 foizi.

  • Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 30 foizi.

Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.



Asosiy adabiyotlar

1.

G. Axm edo va, O. B. Mamatqulov, I. Xolbayev. “Atom fizikasi” «Istiqlol» Toshkent — 2013.

2.

T.M. Mo‘minov, A.B. Xoliqulov, SH.X. xushmurodov “Atom yadrosi ya zarralar fizikasi”. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti toshkent—2009.

3.

А. Г. Чертов, А. А. Воробьев., “Физикадан масалалар тўплами” Тошкент «Ўзбекистон» 1997

4.

U. Orifjonov, A. Yusupov, B. Mirzaahmedov, N. G‘ofurov., “Fizikadan savol va masalalar to’plami ” Toshkent Turon-iqboli 2007 y

5.

K.A.Tursunmetov, A.A. Uzoqov, I. Bo‘riboyev, A.M. Xudoyberganov, “Fizikadan masalalar to’plami ”., Toshkent O’qituvchi 2005y.

Tavsiya qilinadigan qo‘shimcha adabiyotlar

1.

Рахматуллаев М.. Физика курси. Механика. Тошкент, “Ўқитувчи”, 1996.

2.

М.Исмоилов, П.Хабибуллаев, М.Халиулин “Физика курси” Тошкент, “Ўзбекистон”, 2000.

3.

В.С.Волкенштейн. Сборник задач по общему курсу физика. Москва, "Наука", 1992.

4.

Детлаф А.А., Яворский Б.М.. Курс физики. I-III том. Москва, “Высшая школа”, 1994.

Internet manzillari
1. www.cspi.uz
2. www.edu.uz
3. http://ziyonet.uz
4. www.pedagog.uz
5. http://qr.natlib.uz/
6. https://www.kitob.uz/


Download 360.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling