O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus talim Vazirligi Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti


Download 234.82 Kb.
Sana28.09.2020
Hajmi234.82 Kb.
#131695
Bog'liq
Ishonqulova M bolalarni ijtimoiy moslashuvi


O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus talim

Vazirligi

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti

Maxsus sirtqi bo’limi”

Maktabgacha talim yo’nalishi “

3-bosqich 315-guruh talabasi

Ishonqulova Mavludaning

Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanidan

Mustaqil ishi

Mavzu: Oilaga ijtimoiy pedagogik yordam shakllari


Bajardi: Ishonqulova M



Tekshirdi: Avazova G






Reja:

kirish




1 Oila va uning asosiy vazifalari.

................................................................






2 Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari






3. Oilaning tipologiyasi
4 «Vasiylik qilish» va «g`amxo’rlik qilish» tushunchalari mohiyati.
5 Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

………………… 9








xulosa




Foydalanilgan adabiyotlar





KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Har jihatdan barkamol bo`lgan sog`lom avlodni shakllantirish muammosi bugungi kunda davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo`lib hisoblanadi. Chunki har qanday davlatning taraqqiyoti kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodga, ular tarbiya topayotgan oilaviy muhitning sog`lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog`liqdir. Istiqlol yo`lidan ildam odimlayotgan mamlakatimiz bolalarni samarali ijtimoiylashuvini ta`minlash maqsadida dastavval oilada salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillarni o`z vaqtida bartaraf etishga, har jihatdan sog`lom bo`lgan avlodni tarbiyalab o`stirishga e`tibor qaratmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatidan yangi bosqich, ya`ni ijtimoiy himoyalash vositasini chuqurlashtirish, uni o`zgarib borayotgan sharoitlarga moslashtirish zarurati chinakam yetildi”1.



Bugungi kunda himoyaga muhtoj bolalarni, jumladan ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalarga aylanib borayotgan bir davrda ularni ijtimoiy himoyalash vazifasi turli darajadagi tashkilot va muassasalarning diqqat e`tibori markazidagi masalalar qatoriga kirib bormoqda. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, mavzuning dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:

Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar soni ko`payib qoldi. Bunday holat jamiyatimiz, davlatimiz kelajagiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin, chunki barcha bolalar davlatning, 6
jamiyatning kelajagi hisoblanishadi. Ular voyaga yetishgach, o`sha davlatning, o`sha jamiyatning asosiy boshqaruvchilari bo`lishadi;

Ikkinchidan, ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash bugungi kunda Mehribonlik uylari rahbar hamda pedagog xodimlari faoliyatining asosiy mazmun va mohiyatiga aylanib bormoqda, ammo mazkur muassasa bitiruvchilari kelgusida mustaqil hayotga moslashish jarayonida muammolarga duch kelmoqdalar;

Uchinchidan, ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakllarining tashkillashtirilishi masalalariga oid jahon tajribasini o`rganish hamda mahalliy va milliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jahon tajribasi yutuqlarini amaliyotga keng joriy qilish zamon talabiga aylanib bormoqda.

1 Oila va uning asosiy vazifalari.

Oila – bu nikoh va (yoki) qon-qarindoshchilikka asoslangan kichik ijtimoyi gurux, uning a`zolari birgalikda yashaydilar va uy ishlarini bajaradilar, bir-biriga nisbatan o’zaro majburiyatlar bilan birlashganlar.

Oilabu ijtimoiy institut bo’lib, unda odamlar o’rtasida o’zaro munosabatlar barqaror mustahkam shaklda bo’ladi. Ana shu o’zaro munosabatlar doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlari, farzand ko’rish, bolalaning boshlang`ich ijtimoiylashishi, tarbiyalash, ta`lim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish va boshqalar.




Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi, u bilan bog`liqlikni inson o’zining butun hayoti davomida xis etadi. Oilada insonning ma`naviyligiga asos solinadi xulqi qoidalari yuzaga keltiriladi shaxsning ichki dunyosi va individual sifatlari ochib beriladi.


Oilaning asosiy vazifalari.


Reproduktiv vazifasi


Iqtisodiy va xo’jalik-turmush vazifalari


Boshlang`ich ijtimoiylashtirish vazifasi


Tarbiyaviy vazifasi


Relaksatsiya (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari

(productio lot, so’zidan - o’zini qayta ishlab chiqish, ko’payish, avlod ishlab chiqarish) inson zotini davom ettirish zaruriyatini sababini asoslaydi. Oila kattaligini qisqarishi quyidagi omillar sababli sodir bo’lmoqda: tug`ilishning kamayishi, yosh oilalarning ota-onalaridan ajralib chiqishlari, ajralishlarning o’sib borishi natijasida bir ota yoki onalik oilalar soni ortib bormoqda. Aholining sog`lig`i sifati va mamlakatda sog`liqni saqlash rivojlanish darajasi. Ekspertlarning baholashlari bo’yicha yomon ekologik sharoit, axloqsiz hayot kechirishi, kasalligi yomon ovqatlanish va boshqalar sababli yoshi katta aholining 10-15% sog`lig`i holati sababli bolaga ega bo’lishi mumkin emas.


Reproduktiv vazifasi




Iqtisodiy va xo’jalik-turmush vazifalari


Boshlang`ich ijtimoiylashtirish vazifasi


Relaksatsiya (qayta tiklash) va psixoterapevtik vazifalari

Buning mazmuni oila inson o’zini to’la himoyalangan deb xis etadigan, to’la qabul qilingan, uning mavqei, tashqi ko’rinishi, hayotdagi muvaffaqiyatlaridan moddiy ahvolidan qat`iy nazar, oila uni qabul qiladigan boshpana bo’lishidan iboratdir.

«Mening uyim – mening qasrim» iborasi sog`lom, tinch oila – dunyodagi hamma notinchliklardan vaqtinchalik bo’lsa ham yashirinishga, dam olib o’z kuchlarini to’plab olishga eng ishonchli va eng yaxshi boshpana degan ma`noni yaxshi ifoda etib beradi.

Rafiqasi o’z uyida o’zining hokimining hamma kamsitishlari va jahllariga indamay chidab kelgan an`anaviy modeli endi o’tmishda qolib ketmoqda. Ko’pchilik ayollar ham endi ishga boradilar va uyga charchab, toliqib qaytadilar. Oilaviy sharoitda, yaqinlari bilan munosabatlarda, bolalari bilan bo’lganida kuchlari ancha yaxshi tiklanadi.






Iqtisodiy-oilaning bir a`zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag`lar topilishi, voyaga etmaganlar va qariyalarni moddiy ta`minlash, pul mablag`larini to’plash. Zamonaviy bozor munosabatlari mulk to’plash, mulkka ega bo’lish, meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi



Oila bolaning shaxsi shakllanishiga faol ta`sir ko’rsatadigan birinchi va asosiy ijtimoiy guruxdir. Oila ijtimoy mikromuhitdir. Ijtimoiy ta`sir ko’rsatish omillaridan biridir. U bolaning jismoiny, psixik va ijtimoiy rivojlanishiga ta`sir ko’rsatadi. Oilaning vazifasi bolani u dunyoga kelgan mamlakat madaniyatiga va bola tabiatiga mos ravishda rivojlanib borishi uchun uni asta-sekin jamiyatga kiritib borishdan iboratdir.

Insoniyat to’plagan ijtimoiy tajribalariga, u tug`ilib o’sayotgan mamalakat madaniyatiga, uning ma`naviy-axloq qoidalariga, xalq an`analariga bolani o’rgatish – ota-onalarning majburiy vazifasidir





Tarbiyaviy vazifasi




Boshlang`ich ijtimoiylashish jarayonida bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilari bo’lganlar va shunday bo’lib qoladilar. Bolani oilada tarbiyalash murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayondir. Oiladagi muhit va sharoit bolaning shaxsi shakllanishiga ta`sir ko’rsatadi.

Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.



2 Oilaning ijtimoiy mavqei va uning turlari

Oila yaxlit sistemali tashkilotdir. Hozirgi zamonda oila oldida turgan muammolardan biri – bu oilaning jamiyatda moslashishidir (lotincha adapto - moslashtiraman), ya`ni oilaning zamonaviy muhitda (jamiyatda) hayot sharoitlariga moslashishi hisoblanadi. Moslashish jarayonining asosiy xarakteristikasi bo’lib, ijtimoiy mavqei ishtirok etadi, ya`ni oilaning jamiyatda moslashish jarayonidagi holati.




I.Nikohli sheriklarning mavjudligi

(to’la, rasman to’la, to’la emas).


II.Oilaning hayotiy tsikli bosqichi

(yosh, etuk, qari).


III.Nikoh tuzish tartibi

(birinchi, takroriy).




IV.Oiladagi avlodlar soni

(bitta yoki bir necha avlodlar).


Oilaning tuzilish xarakteristikalari




V. Bolalar soni

  1. (ko’p bolalik, kam bolalik).









3 Oilaning tipologiyasi

I. YUqori darajasi – mustahkam oilalar.
Oilaning ko’plab tipologiyalari mavjud bo’ladi: psixologik, pedagogik, sotsiologik. Ijtimoiy pedagogning faoliyati vazifalariga kompleks tipologiyasi javob beradi, u jamiyatda ijtimoiy moslashuvi darajasi bo’yicha farq qiladigan oilaning to’rt kategoriyadagi tiplarini ajratishni ko’zda tutadi.

II.O’rta darajali –xavfi bor oilalar guruxi.


III.Past darajali – notinch (baxtsiz) oila.

IV. Juda past –

asotsional oilalar.


Oilaga ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari.
CHet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqtli va qisqa vaqtli ishlar shakllaridan foydalanib ijtimoiy-pedagogik yordam ko’rsatish boy tajribalari to’plangan.

Oz vaqtli shakllari orasida olimlar inqirozintervent va muammoli-yo’naltirilgan modelni o’zaro aloqlarini ko’rsatadilar.

Inqirozintervent modelli oila bilan ishlashda bevosita inqirozli vaziyatlarda yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi. Bunday vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin yoki tasodifiy zarar etkazuvchi holat bo’lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar bolaning yoshi inqirozi bilan bog`liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi.


18-21 yosh ijtimoiy o’zini aniqlash davri



Uch yosh inqirozi

shaxsning asosiy individual-psixologik sifatlari shakllanishi jarayoni bilan

va

ijtimoiy-ma`naviy sifatlarining rivojlanishi

uchun shart-sharoitlar yaratish bilan

bog`liq bo’ladi.

7-8 yosh inqirozi maktab o’quvchisi yangi ijtimoiy mavqega moslashishi, hayotning yangi rejimini o’zlashtirishi, o’qituvchi bilan, bolalar jamoasi bilan munosabatlar o’rnatilishi bilan bog`liqdir.



12-17 yosh inqirozi o’zini tashkil toptirish, oila a`zolari, ota onalari bilan, umuman kattalar bilan munosabat-

larini

o’zgartirish davri.



«Vasiylik qilish» va «g`amxo’rlik qilish» tushunchalari mohiyati.


  • Vasiylikbu «balog`atga etmagan shaxslar shaxsi va mol-mulki huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota-onasiz olgan bolalar, ruhiy kasallar)».

  • Vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan shaxslar yoki tashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik.







Qaramog`iga olish - o’z mazmuni bo’yicha vasiylikka yaqin tushunchadir, qaramog`iga olish – bu balog`atga etmagan bolalar shaxsiy va mol-mulkka himoya qilish shakli (va boshqa kategoriyali odamlarning ham), ya`ni qaramog`iga olish deganda vasiylikdan farqli ravishda unga ancha keng kategoriyadagi bolalar kiradi. Hozirgi kunda kundalik nutqda va nazariy tadqiqotlarda ikki tushuncha keng qo’llaniladi: etim (hech kimi yo’qlik) va ijtimoiy etim (ijtimoiy hech kimi yo’qlik).

Etim bolalar – bu 18 yoshgacha bo’lgan ikkala ota-onalari yoki birortasi vafot etgan shaxslardir. Ijtimoiy etim – bu biologik ota-onalari bor bola, lekin ular qandaydir sabablarga ko’ra bola tarbiyasi bilan shug`ullanmaydilar va unga g`amxo’rlik ko’rsatmaydilar.




Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar kategoriyalariga quyidagilari kiradilar:




  • ota-onalari vafot etgan.

  • Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan.

  • Ota-onalik huquqlari cheklangan;

  • Noma`lum, daraksiz, yo’q hisoblangan.

  • Ishga yaroqsiz (nosog`lom, ish qobiliyati cheklangan);

  • Jazoni ijro etish kolonniyalarida jazo olayotgan.

  • Jinoyat qilganlikda ayblanadi va qamoqqa olingan.

  • Bolalarni tarbiyalashdan bosh tortadi.

  • Bola vaqtincha joylashtirilgan davolash, ijtimoiy tashkilotlardan bolani olib ketishdan bosh tortadilar.






  • Vasiylik va qaramog`iga olish – etim-bolalarni va ota-onasi qarovisiz qolgan bolalarni boqish, tarbiyalash, ta`lim berish va ularning huquq va qiziqishlarini himoya qilish uchun joylashtirish shaklidir. Vasiylik 14 yoshga etmagan bolalar ustidan o’rnatiladi, qaramog`iga olish 14 yoshdan 18 yoshgacha bolalar ustidan o’rnatiladi.

  • Etimlik – jamiyat oldida turgan juda jiddiy muammolardan biridir. Ota-onasini yo’qotgan bola – bu alohida juda ham fojeali dunyodir. Ota va onali

  • bo’lish talabi ehtiyoji bolaning eng kuchli talablaridan biridir.

  • Asrab olish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: asrab olgan oila, vasiylik qiluvchi oila, bolalikka olgan oila.



Etimlikning uchta sabablari

Ota-onalar (ko’pincha onalar) o’zining balog`atga etmagan bolasidan o’z ixtiyori bilan voz kechadi, shu bilan birga bu ko’pincha chaqaloqlik yoshida kuzatiladi: voz kechish, tashlab ketilgan chaqaloqlar.


  • Bolaning qiziqshlarini himoya qilish maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum etilganda bolani oiladan majburlab tortib olish.

  • Bu holat asosan ichkilikbozlikka berilgan, jamoatchilik, jamiyat qoidalariga zid ravishda hayot kechirayotgan, nosog`lom ota-onalari bo’lgan, notinch oilalarda yuz beradi.




  • Ota-onalari vafot etganda. Bunga aholini shoshilinch ko’chishga majbur etuvchi qandaydir tabiiy yoki ijtimoiy kataklizmlar (urush, er qimirlashi va shu kabilar) oqibatida yo’qolib qolgan bolalarni ham kiritish mumkin.

  • Har qanday jamiyat va davlatning asosiy vazifasi – bolaning oilada tarbiyalanish huquqini amalga oshirishdir. Bolaning bu huquqlari xalqaro hujjatlarda qayd etilgani kabi (BMTning bolaning huquqi haqidagi konventsiya va boshqalar), O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarda qayd etilgan.

  • Masalan, O’zbekiston Respublikasi oila kodeksida eng ustun va mustaqil sifatida quyidagi bolaning huquqlari ko’rsatiladi: oilada yashash va tarbiyalanish huquqi, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan aloqa qilish huquqi, o’zini himoya qilish huquqi, ismi, familiyasi, otasining ismiga huquqi. davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolishga va uni davlat muassasalariga tarbiyalashga berishni oldini olishga bor kuchi bilan intiladi. Agarda bolani oilada saqlab qolish mumkin bo’lmasa uning uchun yangi oila izlash afzal deb hisoblanadi.





Etim-bolalarga vasiylik qilish ikki yo’l bilan amalga oshirilishi mumkin – asrab olish yoki davlat qaramog`iga olish bilan.


Farzand qilib olish bu bolani himoya qilish maxsus chorasi, bunda bola va uning haqiqiy ota-onasi bo’lmagan odam yoki er-xotin o’rtasida qarindoshlik aloqalari yuridik o’rnatiladi. Bolaning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun bolani farzand qilib olganida u aynan oilaga ega bo’lishi, unga biror-bir o’rnini bosuvchi emas, oilaga ega bo’lishi muhim holat hisoblanadi. Bizning davrimizda ko’plab hamyurtlarimiz mehribonlik ko’rsatib ota-onasiz qolgan bolalarni oilalariga oladilar. Masalan, Nizomiy nomidagi TDPU padgogika kafedrasi katta o’qituvchisi Ishmuxamedov Ravshan Djuraevich etim qolgan bola – koreys bolani asrab oldi (2003). Ishmuxamedovlar oilasida o’zlarining to’rtta farzandlari bor. Bunday harakat haqiqiy insonparvarlik va begonalar baxtsizligiga g`amxo’rlik munosabatini bildiradi.



Davlat vasiyligi asrab olingan bolaga (etim bolaga) uning tarbiyasi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratib, uni bu maqsadda maxsus tashkil etilgan tashkilotga joylashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bola bolalar uyiga (maloletka), vaqtinchalik asrab olinadigan oilaga, mehribonlik uyiga (bolalar uyi) maktab-internatga joylashtirilishi mumkin.
5 Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

Asrab olingan bola har xil turdagi qabul qiluvchi oilaga tushishi mumkin: bu vasiylik qiladigan oila yoki bola qilib oldigan oila bo’lishi mumkin. Bular orasida farq birinchi holatda bola uchun unga qarindosh bo’lgan odamlar topiladi, ikkinchi holatda – bola bilan qarindoshlik aloqasi bo’lmagan odamlar oila vazifasini bajarishlaridan iborat bo’ladi.



  • Vasiyning vazifasi bolani tarbiyalash va rivojlantirish, uning huquqlarini himoya qilish hisoblanadi. Vasiy voyaga etmagan bolada mavjud bo’lgan mol-mulki va ko’chmas mulkini saqlash va foydalanishini nazorat qilishni amalga oshiradi, lekin o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas. Bola qilib olgan oila umuman olganda bolaning yangi yuridik va haqiqiy oilasi hisoblanadi, bu erda u o’z bolasi huquqiga ega bo’ladi.

  • Bola uni oilasiga olgan ota-onalarining familiyasini olishi mumkin, hatto yangi ism ham. Farzand qilib olingan bolaning hamma huquq va majburiyatlari haqiqiy o’z bolalari huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.

  • Asrab oluvchi oilaning yana bir turi - vaqtinchalik asrab olish oilasi. Vaqtinchalik asrab oladigan oila bolalikni himoya qilish usuli sifatida bir qator rivojlangan mamlakatlarda juda ham keng tarqalgan hisoblanadi.

O’zbekistonda asrab oladigan oilalar hozircha keng tadbiq etish va tarqalishga ega emas.


Agarda chet eltajribalariga murojaat etsak unda vaqtinchalik asrab oluvchi oilaning bir necha belgilarini ko’rsatish mumkin:





  1. Ota-onalarda ma`lum professional malakalari bo’lishi kerak;

  2. Oila kerakli professional-pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi kerak.

  3. Bunday oilaning xizmatlariga xizmat haqqi to’lanadi.

  4. Bolaning oilada bo’lishlari asrab olgan ota-onalarning ish staji sifatida hisobga olinadi.

  5. Asrab olgan ota-onalarning ish vaqtlari o’z shaxsiy uylarida o’tadi. Vaqtinchalik asrab olish oilasining faoliyati bolaning keyingi taqdiri hal etilgunga qadar bolaning oilada bo’lishini ko’zda tutadi: o’z oilasiga qaytishi; bolalar uyiga jo’natilishi, internat yoki boshqa muassasalarga yuborilishi.






Asrab olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat


Ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlari


Ijtimoiy pedagogning faoliyat vazifalari


Ijtimoiy-pedagogik faoliyati metodlari

  1. Asrab oladigan oilani izlash

Axborot-ma`lumotlar

Anketa tuzish, suhbat, intervyu, ma`lumotlarni o’rganish

  1. Bo’lajak asrab oladigan ota-onalarni o’rganish

Diagnostik (boshlang`ich diagnostika)

Anketa tuzish, suhbat

  1. Bola joylashtirilgan muassasalar va oialalarni borib ko’rish (inqiroz oila, bolalar uyi va boshqalar)

Vositachilik

Kuzatish,

suhbat


  1. Bo’lajak oilani va uning yaqinlarini o’rganish

Diagnostik

(chuqur diagnostika)



Anketa tuzish, test sinovlari, suhbat,ishontirish, hujjatlarni o’rganib chiqish

5.Kiritish o’qitishi, lektsiya, hikoya, suhbat, videofilmlar

O’qitish (boshlang`ich,dastlabki o’qitish)

Lektsiya, suhbat, kuzatish, ishonish, mashq qilish

6.Bolani asrab oluvchi oilaga joylashtirish, asrab oluvchi ota-onalarni chuqur o’qitish kursi

Patronaj qiluvchi.





Davlat vasiylik tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat.

Bolalar mehribonlik uylarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:




1.Bolalar sog`lig`ini saqlashni ta`minlash.



2.Bolaning rivojlanishiga yordam beruvchi uy vaziyatiga yaqinlashtirilgan qulay, maishiy sharoitlarni yaratish.



3.Bolalaning ijtimoiy himoyasini, uning tibbiy-pedagogik va ijtimoiy moslashishini ta`minlash.





4.Tarbiyalanuvchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.



5.Bolalar ta`lim dasturlarini olishlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarida munosib ta`lim olishlari.




6.Tarbiyalanuvchilar umumiy madaniyatini, ularning hayotga moslashishlarini shakllantirish.




7.Tarbiyalanuvchilarda o’zini rivojlantirishga va o’zini anglashga talablarini yuzaga keltirish.




8.Kasb-hunar ta`lim dasturlarini tushunib ongli ravishda tanlashi va keyinchalik o’zlashtirishi uchun sharoitlar yaratish.


Bolalar mehribonlik uylarida ijtimoiy-pedagogik faoliyati


Ijtimoiy pedagog masalasi

Ijtimoiy pedagogik faoliyat vazifalari

Faoliyatni tashkil etish

metodlari va shakllari

1.Bolaning

mavqeini

aniqlash

Diagnostik

Suhbatlar, anketa, test

sinovlari, intervyu, bola

hujjatlarini analiz qilish

2.Tarbiyalanuvchilar rivojlanishi individual dasturini tuzish

Prognoztik

Bola haqidagi to’plangan

ma`lumotlarni tahlil

qilish, bolani

psixologik pedagogik

reabilitatsiyalarini aniqlash

3.Bolani moslashtirish,

reabilititsiya integratsiyasi

Tuzatish- reabilitatsion

Kuzatish, suhbat, o’yin,

mashqlar, trening,

rag`batlantirish, jazolash,

yo’l ko’rsatish. Bolaning

shaxsiy ishlarini olib borish

ijtimoiy xizmatlar va tashkilotlar

bilan aloqalar olib borish.

4. Huquqni himoya qilish boshqaruv organlarida bola qiziqishlarini manfaatlarini himoya qilish

Vositachilik va patronajlik

O’qtirish, suhbat.


XULOSA

O`zbekiston Respublikasida ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi masalalarga aylanib borayotgan bir davrda ularni ijtimoiy himoyalash vazifasi turli darajadagi tashkilot va muassasalarning diqqat e`tibori markazidagi masalalar qatoriga kirib bormoqda. Bundan tashqari ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni qo`llab-quvvatlashning muqobil shakllarini izlab topish hamda ularni amaliyotga keng tadbiq qilish masalasi ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo`lib borayotgan bir davrda ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni oilaga tarbiyaga berish, ularni hayotga har tomonlama tayyorlash bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo`lib, mamlakatimizda tanglik vaziyatida qolgan oilalarga, farzandidan voz kechishni niyat qilib qo`ygan ota-onalarga yordam berish, bolalarni yangi oilalarga joylashtirish, bolalarni institutsional muassasadan oilaga qaytarish, bolalarni o`z tarbiyasiga oluvchi nomzodlarni o`rganish kabi amaliy harakatlar amalga oshirilmoqda. Bunday harakatlar ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni kelgusida sog`lom turmush tarzini ta`minlash, oilada tarbiya olishlarining muhim omili bo`lib xizmat qiladi.

Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash - bu davlat hokimiyati va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari tomonidan ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarning boshqa bolalar kabi teng huquqli ravishda rivojlanish va munosib hayot tarzini kechirish yuzasidan huquqi ta`minlanishini kafolatlovchi ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy choralar tizimidir.

Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarning huquqlarini himoya qilish borasidagi xalqaro va milliy darajada qabul qilingan me`yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy tamoyili butun dunyoda bolalar huquqini muhofazasining ta`minlanishi va umuman ijtimoiy yetimlik muammosini oldini olishga qaratilgan bo`lib, ota-ona qarqmog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo`llab-quvvatlash masalalari ularni yashash joylari bilan ta`minlash, ma`lum bir muassasa yoki shaxslar vasiyligiga berish, ta`lim va tarbiya olishga, sog`lom va barkamol shaxs sifatida shakllanishiga yo`naltirilgan. 67


Umuman olganda, O`zbekiston Respublikasida ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar manfaatlarini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshiriluvchi tadbirlarning qonunchilik asosi mavjud bo`lib, ular ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy himoyalashini kafolatlaydi.

Huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik, psixologik sharoitlar o`zaro muvofiqligini ta`minlash ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarning jamiyatda mustaqil hayotga to`la tayyorlanishini, jamiyatga samarali integratsiyalashuvini ta`minlashning garovi bo`lib hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishini yozish davomida shu narsaga amin bo`ldikki, ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni oila muhitida tarbiyalash eng maqbul yo`l bo`lib hisoblanadi, chunki oila - jamiyatning asosiy bo`g`ini, bola tarbiyasida eng yaxshi natija ko`rsatadigan muhit bo`lib hisoblanadi. Har bir oilaning farovonligi, oiladagi naslning sog`lomligi, barkamolligi jamiyat farovonligida, davlatning yuksalishida kafil bo`lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizdagi ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tiziminining o`ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi jarayonlar masalasi bo`yicha yanada ko`proq fikr-mulohazalar olish maqsadida o`tkazilgan “Mamlakatimizda vasiylik va homiylik organlarining ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashdagi o`rnini takomillashtirish” mavzusidagi sotsiologik so`rovnoma natijalarining tahlili ota-onalar oilaning muqaddasligini anglagan holda farzand tarbiyasiga mas`uliyat bilan yondashishlari, bolalarning ota-ona qaramog`isiz qolib ketishining salbiy oqibatlari haqida bahs-munozarali ko`rsatuvlar tayyorlash va uni OAV orqali ommaga yetkazish, ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar sonini imkoni boricha kamaytirish bo`yicha yanada ko`proq chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini ko`rsatmoqda.

Mazkur bitiruv malakaviy ishini yozish davomida o`rganilgan, tahlil qilingan tadqiqot natijalari quyidagi taklif va tavsiyalar berish imkonini berdi:

- Vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj bo`lgan shaxslar to`g`risida g`amxo`rlik ko`rsatayotgan oilalarni qo`llab-quvvatlash;

- Vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

- Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashning muqobil shakllarini izlab topish hamda ularni amaliyotga keng tadbiq qilish;

- Qiyin hayotiy vaziyatda qolgan oilalar, farzandidan voz kechishni niyat qilib qo`ygan ota-onalar bilan profilaktik tadbirlar olib borish;

- Oilalarga joylashtirilgan bolaning oilada yashashga bo`lgan huquqini ta`minlash tizimini takomillahtirish;

- Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar huquqlarini himoyalash borasida tutingan ota-onalar huquq va majburiyatlarini ta`minlash tizimini takomillahtirish;

- Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar hamda ularning biologik oilasi bilan olib boriladigan reabilitatsion yordamli tadbirlarni amalga oshirish;

- Farzandidan voz kechishni niyat qilib qo`ygan ota-onalarni bola manfaatlari hamda huquqlarini himoya qilishga o`rgatish va otalik, onalik mas`uliyatini his qilib o`z majburiyatini amalga oshirishga yordam berish;

- Patronat oilalarning bolalarni jamiyatga samarali integratsiyalashuvini ta`minlovchi ijtimoiy, pedagogik va psixologik resurslarini o`rganish hamda patronat oilada tarbiyalanayotgan bolani psixologik-pedagogik kuzatib borish ishini tashkillashtirish tizimini ishlab chiqish;

- Patronat tarbiyani amalga oshiruvchi va nazoratni olib borishda xayrixohlik qiluvch muassasalar tizimini tashkillashtirish;

- Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalovchi davlat va nodavlat tashkilotlarning o`zaro hamkorligini kuchaytirish;

- O`zbekiston Respublikasida patronat tarbiya tizimini tashkil etish bo`yicha yo`naltirilgan ishlarni amalga oshirish va bunda “Ijtimoiy ish xodimi” ning vazifalarini belgilash;

- Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni patronat tarbiyaga olishni istovchilar uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;

69

- Mahallalarda “Ijtimoiy ish xodimi” ish o`rnini yaratish va bu orqali qiyin hayotiy vaziyatda qolgan oilalar bilan ijtimoiy ish olib borish.


Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, jumladan ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalar o`sib-ulg`ayishlari va farovonlikka ega bo`lishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni o`z zimmasiga to`liq oladigan bo`lishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan ta`minlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi sog`lom va har tomonlama uyg`unlashgan holda kamoloti uchun u oila g`amxo`rligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida o`sishi, bola jamiyatda mustaqil hayotga to`la tayyorlanishi va tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozim. Chunki bolalar davlatning, jamiyatning kelajagi hisoblanishadi. Ular voyaga yetishgach, o`sha davlatning, o`sha jamiyatning asosiy boshqaruvchilari bo`lishadi. Shuning uchun ham nafaqat ijtimoiy ish xodimi, balki barcha insonlar bolalarning kamoloti uchun qayg`urishlari va ko`maklashishlari lozim. Zero, bolalarning begonasi bo`lmaydi!



















Foydalanilgan adabiyotlar




1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O`zbekiston, 2013.

2. O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. –T.: Adolat, 2010.

3. O`zbekiston Respublikasining Kodekslari. –Т.: Adolat, 2010.

4. “Bola huquqlari kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 2008-yil 7-yanvar.

5. “Vasiylik va homiylik to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni. 02.01.2014

6. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi. 10.12.1948.

7. Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya. 20.11.1989.
8. Aкимова M.Н. Организация работы с приёмными семьями. Самара. 1998.

9. Asqarova U. Mehribonlik uyi o`smirlarida milliy g`ururni tarbiyalashning pedagogik asoslari. ped.fan.nomz. …dis. –Toshkent, 2001.

10. Axmedov D.K. O`zbekistonda davlat ijtimoiy himoyasi: huquqiy asoslari va takomillashtirish muammolari. yur.fan.dok. …dis. –T.:TDYuI, 2007.

11. Дзенушкайте С.A. Наш дом. М., 1987.

12. Ganiyeva M.X. Ijtimoiy ish asoslari. Metodik qo`llanma. –T.: “CHASHMA PRINT”, 2010.

13. Ivanova N.P., Zavodilkina O.V. Дети в приёмной семье: Советы начинающим родителям. М., 1993.

14. Котли П. Новые приёмные родители (первый опыт). Новосибирск, 2000.

15. Nabiyev F.H. Ijtimoiy siyosat. O`quv-uslubiy qo`llanma. –Samarqand. SamDU, 2007.

16. Прихожан A.M. Дети без семьи. М., 1989.

17 Raxmonov D.A. Ijtimoiy xizmat. Uslubiy qo`llanma. –Samarqand. SamDU, 2007.

18. Saidov A.X. Bola huquqlari monitoringi. O`quv-uslubiy qo`llanma. -T.: Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, 2011.

19. Sobirova D.G`., Axundjanova S.A., Tadjiyeva S.X., Yuldasheva M.B. Bolalarni joylashtirishning muqobil shakllari kursi bo`yicha Xrestomatiya. –T.: “JAHON PRINT”, 2012.




20. To`xtamurodov E. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy va pedagogik asoslari. ped.f.n. …dis. –T., 1994.
Download 234.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling