O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti


Download 0.68 Mb.
Sana26.09.2020
Hajmi0.68 Mb.
#131487
Bog'liq
тадбиркорлик асослари




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI



Ro’yxatga olindi:

TASDIQLAYMAN”

№__________________

«____» _______ 20___ y.



O’quv ishlari bo’yicha prorektor

_______________ Sh.Xamdamova

«___»_____________2020 yil




«TADBIRKORLIK VA BIZNES ASOSLARI»

FANINING

ISHCHI O’QUV DASTURI (SYLLABUS)


Bilim sohasi:

200000

– Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

230000

–Iqtisod

Ta’lim yo’nalishi:

5230900

–Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)



O’qish davri

1-semestr

Fan kodi




Fan hajmi

4 kredit

Fanning umumiy soatlari, shu jumladan:

60

- auditoriya soatlari, shu jumladan:

30

  • ma’ruzalar

30

  • amaliy mashg’ulotlar

30

  • mustaqil ta’lim, shu jumladan:

60

  • O’RTMI

20

  • TMI

40

Nazorat shakli

ON, YaN

O’qitish tili

Uzb



FARG’ONA - 2020

Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil “___” _____dagi ___ -sonli buyrug’i (buyruqning ___ -ilovasi) bilan tasdiqlangan “Strategik boshqarish” fan dasturi asosida tayyorlangan.


Tuzuvchi: i.f.n. J.X.Kambarov _______________



Taqrizchilar: i.f.n. A.N. Achilov ________________

i.f.n. E. Mo’minova ________________


Ishchi o’quv dasturi (sillabus) «Menejment» kafedrasi yig’ilishida muhokama qilinib, 2020 yil «__» ___________ - sonli majlis bayonnomasi bilan ma’qullangan.

Menejment” kafedrasi mudiri:_______ Payazov M. 2020 yil “___” _______

(imzo) (F.I.SH.)

Fanning ishchi o’quv dasturi (sillabus) “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakul’teti kengashining 2020 yil _____________________ № son qarori bilan tasdiqlandi.



Kengash raisi: _______ Yormatov I.T. 2020 yil “___” _______

(imzo) (F.I.SH.)



Kelishildi:

Magistratura” bo’limi boshlig’i



2020 yil “___”_____ ____________ A.Ho’jayev

O’quv uslubiy

boshqarma boshlig’i: _________ Shaev A. «___» __________ 20__yil

(imzo) (F.I.SH.)


Institutning 20___yil “____” avgustdagi ___- son Ilmiy Kengashida muhokamadan etilgan va tasdiqlangan.

Fan o’qituvchilari haqida ma’lumot:

Kambarov Jamoliddin Xikmatillayevich – lektor, FarPI, “Menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.



________________________ – t’yutor, FarPI, “Menejment” kafedrasi assistenti.

Ofis: “Menejment” kafedrasi. Manzil: Farg’ona sh., Farg’ona ko’chasi, 86-uy.

Telefon: +998906311159

Email: jamol_qambarov@mail.ru

Sayt:

Intizomiy talablar:

Talabaning intizomi institutdagi “Talabalar uchun ichki tartib qoidalar”ga to’liq javob berishi shart.



1. Kirish

Fanning ahamiyati: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik va biznes sohalarini rivojlantirish, uning qonunuiy – me’yoriy asoslarini musthkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masala O‘zbekiston Hukumatining iqtisodiyot sohasidagi amalga oshirayotgan islohotlarining eng ustuvor, davlat va siyosat darajasida ko‘tarilgan masalalaridan biridir. O’zbekiston Mustaqillikka erishganidan so’ng, uning jahon hamjamiyatidagi mavqei va obro’si kun sayin oshib bormoqda.

Shuning uchun ham mustaqil ishbilarmon va tadbirkorlarga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda, ularning tashabbusi har tomonlama qo’llab quvvatlanmoqda. Mulkchilikning davlat, jamoa, xususiy ko’rinishlari tobora ijtimoiy hayotimizdan mustahkam o’rin olmoqda.

Bu borada  aynan shu maqsadlardan kelib chiqadigan vazifalarni yanada chuqurlashtirish va jadallashtirish maqsadida O’zbekiston yil 5 oktyabrda e’lon qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4848-son Farmoni tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Farmon asosida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo’naltirilgan davlat nazoratining printsipial jihatdan yangi qator mexanizmlari joriy etilgani deputatlar tomonidan alohida qayd etildi.



Faning qisqa mazmuni (summary).Ushbu fanni o`qishi davomida bugungi kun talabidan kelib chiqib tadbirkorlik va biznes faoliyatiga yoshlarni jalb etish va ularni shu sohani tashkil qilish va boshqarishga doir bilimlar bilan qurollantirish, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash Oliy o’quv yurtlari oldida tutgan muhim vazifadir. Bu oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari oldiga ham bir qator vazifalar qo’yadi. Ulardan biri iqtisodiyotni barcha sohalari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish, ularni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy bilimlar bilan qurollantirishdir. Bu yo’nalishda zarur bo’lgan moddiy-texnik baza respublikada bozor munosabatlari globallashyotgan bir vaqtda yaratilib, rivojlantirib borilmoqda.

Bozor sharoitida, mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishda va shu asosda jamiyat a’zolarining moddiy va mahnaviy farovonligini ta’minlashda tadbirkorlik, biznes alohida o’rin egallaydi. Bu muhim soha iqtisodiy asoslarining nazariy, amaliy mohiyati va ahamiyatini tushunadigan, bu boradagi barcha yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni his eta oladigan kadrlarni tayyorlashda “Tadbirkorlik va biznes asoslari” fani alohida ahamiyat kasb etadi.


2. Faning maqsadi va vazifalari.
Fanni o’qitishdan maqsad – «Tadbirkorlik va biznes asoslari» fanidan o’quv dasturshning maqsadi ushbu fan bo’yicha tahsil olayotgan talabalarda qator ijtimoiy - iqtisodiy bilimlar bilan bir qatorda ishbilarmonlik, tadbirkorlik va kichik biznes sohasidagi bilimlarni o’rgatish, u haqida umumlashgan tasavvurni shakllantirishdan, mamlakatimizda o’z kasbini egasi bo’lgan kadrlarni tayyorlashda o’z ulushini qo’shishdan, hamda ularni biznesda o’z o’rinlarini topish va o’zlari uchun biznesni topishda yordam berishdan iborat.

O’quv fanini o’rganishning asosiy vazifalari: «Tadbirkorlik va biznes asoslari» fanining asosiy maqsadi talabalarga talabalarga bozor munosabatlari davrida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlar harakatini, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojining cheksizligi va ularni qondirish zaruriyati to’g’risidagi iqtisodiy mushohadalar yuritish va ularni amalga tadbiq etish yo’llarini:

- insonlarni erkin, qiziqarli, maqsadli va foydali mehnat orqali ehtiyojini qondirish;

- jamiyat ehtiyojini qondirish va tanqislikka barham berish;

- yangi ishchi o’rinlarini tashkil etish;

- fan va texnika yutuqlaridan tezkorlik bilan foydalanish;

- jamiyat va kishilarni boyitish manbai;

- jamiyatni demokratik rivojlantirish va ma’naviy sog’lomlashtirish;

- ishlab chiqarishi va foyda olib sotish mumkin bo’lgan talablarni izlash;

- tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish;

- tovarlarni tayyorlash;

- o’z tovar va xizmatlarini sotish va shu kabilarni o’rgatishdan iborat.


3. Fan bo’yicha talabalarning malakasiga qo’yiladigan talablar
“Tadbirkorlik va biznes asoslari o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalar doirasida bakalavr:

-erkin bozor sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikning asosiy maqsadi va vazifalarini, menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishini, boshqarish usullari, funksiyalari, tamoyillarini boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini va ko’rinishlarini hamda ularning biznesdagi ahamiyatini bilish kerak;

- bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llarini qidirib topish, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini yangi va zarur axborot bilan ta’minlash, bozor konyukturasini o’rganish, prognozlash va uning asosida tegishli qarorlar qabul qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

- talaba kichik biznes va tadbirkorlik korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish, vaziyatdan kelib chiqib qaror qa’bul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish, jamiyatda ro’y berayotgan o’zgarishlarni yangiliklarni tez va puxta amaliyotda qo’llash hamda samarali faoliyat olib boorish malakalariga ega bo’lishi kerak;




  1. Fanni o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va

uslubiy jihatdan uzviyligi
“Tadbirkorlik va biznes asoslari” fani o’quv rejasidagi “Ish yuritish”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Makroiqtisodiyot”, “Mikroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Statistika” va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy bog’liqlikda o’rganiladi.


  1. Fanning ishlab chiqarish sohasidagi o’rni

Raqobatli muhit sharoitida tashkilotlar muvaffaqiyatini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarida iqtisodiyotni boshqarishni tutgan o’rni juda muhimdir.

“Tadbirkorlik va biznes asoslari” faoliyanitini tashkil etishning yo’nalishlari. Rahbarning ish vaqti va undan foydalanish. Boshqaruv mehnati madaniyatini yuksaltirish. Standartni davlat tizimi talablari asosida xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish.




  1. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Fanni o’qitishdagi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari. Dastur materiallarini o’zlashtirish Ma’ruzalarni interfaol usulda o’qitish, munozaralar jarayonida o’zlashtiriladigan bilimlar bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.



Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarining o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.



Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.

O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar, Grafik organayzerlar ( BBB jadval, Insert usuli, klaster sxemasi, venn diagrammasi, SWOT–tahlil. “Baliq skeleti” sxemasi, aqliy hujum usuli, esse).

Interfaol o‘qitish usullari (Activity) «Tushunchalar tahlili», «Zinama-zina», “Charxpalak», «Bumerang», «Rezyume», «Muammo» ,FSMU, «Muloqot», «Labirint» usuli..

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Tadbirkorlik va biznes asoslari” fanidan talabalar bilimini baholashda internet tarmog’i orqali bajariladigan interaktiv xizmatlardan foydalangan holda bajargan amaliy ishlari joriy nazorat reytingini asosiy qismini tashkil etadi.

Ta’lim natijalari (Learning Outcomes): Ma’ruza, grafik organayzerlar-test topshiradi, TMI (Research)-portfolio yig’adi, Amaliy mashg‘ulot, Activity- darslardagi faolligi hisoba olinadi, Q/A, Chart, Link, Review, SWOT, Google Apps, Interview-portfolio tayyorlaydi, ma’ruza, amaliy TMI-taqdimot topshiradi.

Ta’lim natijalari (Learning Outcomes)




Ta’lim natijalari

O’qitish usullari

Baholash usullari

1.

Korxona va tadbirkorlikni tashkil etishni o’rgatadi

Ma’ruza, grafik organayzerlar, TMI

Test

2.

Bozorni tadqiq etish va tadbirkorlik turini tanlash

Amaliy mashg’ulot, Activity

Darslardagi faolligi

3.

Tadbirkorlik faoliyatida mehnat resurslari bilan ishlash

Q/A, Chart, Link,

Review, SWOT,

Google Apps,

Interview



Portflio

4.

Tadbirkorlikning samarali faoliyatini baholash

Ma’ruza, amaliy,

TMI


Taqdimot









Prerekvizitlar. “Personal menejmenti”, “Menejment”, “Biznes reja tuzish”, “Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”, “Xalqaro menejment”

Postrekvizitlar. “Operatsion menejment”, “Tizimli menejment nazariyasi”.
2. Fan modullari

Fan soatlarining mashg’ulot turlari bo’yicha taqsimoti



Modullar

Mashg’ulot turlari bo’yicha soatlar

Jami

Ma’ruza

amaliy

Laboratoriya

O’RTMI

TMI

1.

Tadbirkorlik faoliyatiga kirish




4

4

-

-

-

2.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish




4

4

-

2

4

3.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash




4

4

-

2

4

4.

Tadbirkorlikda marketing




4

4

-

2

4

1-oraliq nazorat (portfolio)



















5.

Tadbirkorlik faoliyatining xarajatlari va mahsulot tannarxi




4

4

-

4

8

6.

Tadbirkorlik faoliyati aktivlarini boshqarish




4

4

-

4

8

7.

Tadbirkorlik etikasi va ish haqi




4

4

-

4

8

8.

Biznes reja tuzish




2

2

-

2

4

2-oraliq nazorat (portfolio)



















Yakuniy nazorat (taqdimot, attestatsiya haftasida o’tkaziladi)



















Jami

120

30

30

-

20

40


1-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatiga kirish

1-ma’ruza. Fanni olib borishning tashkiliy qismlarini tartibi. Tadbirkorlik va biznes tushunchalari va mohiyati hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat iqtisodiyotida tutgan o‘rni. Davlat va tadbirkorlik faolitini olib borishdagi yo‘nalishlar. Davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar. Tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi davlat siyosati.

1-amaliy mashg’ulot. Tadbirkorlik muhiti tushunchasi, tadbirkorlikning ijtimoiy asoslari, tadbirkorlikning iqtisodiy asoslari, tadbirkorlikning huquqiy asoslari, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar, tadbirkorlik muhitining salbiy va ijobiy ta’sirlari, tadbirkorlik muhitidagi boshqa faktorlar va muhitning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta’siri. Tadbirkorlikda mulkchilik masalalari, tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari, ishlab chiqarish tadbirkorligi, tijorat tadbirkorligi, moliyaviy tadbirkorlik, maslahat tadbirkorligi, tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari va barcha tadbirkorlik shakllarining mazmuni, qulay tadbirkorlik uchun mulkchilik shakllari, mulkchilik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari.

2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish

2-ma’ruza. Tadbirkorlik faoliyatini shakllantirishning muammolari, g‘oyani shakllantirishning mental xususiyatlari, g‘oyalarni topishning usullari va yo‘llari, innovatsiyalarni tadbirkorlik faoliyatidagi ahamiyati, g‘oyani texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, tadbirkorlikni tashkil etish.

2-amaliy mashg’ulot. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan birlamchi ma’lumotlar, ta’sis hujjatlari, korxona ustavi, ta’sis shartnomasi, yagona darcha, davlat xizmatlarini ko‘rsatishning soddalashtirilgan tizimi.
3-mavzu. Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslari

3-ma’ruza. Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional asoslari, tadbirkorlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatiga oid xalqaro indekslar.

3-amaliy mashg’ulot. “Doing business”reytingi, tadbirkorlik faoliyatiga oid muhim qonun hujjatlari, sanatsiya, subsidiya, dotatsiya, imtiyozli kreditlash, beg‘araz yordam, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari, ularni bajarilishi.
4-mavzu. Tadbirkorlikda marketing faoliyatini tashkil etish

4-ma’ruza. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketingning mohiyati, maqsadi, vazifalari va turlari, marketing tadqiqotlari, oldindan bilish va rejalashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida tovarlarni sotishni tashkil qilish usullari, tovarlarni sotishda, marketing byudjeti, marketingni korxona sotuvida tutgan o‘rni, reklamaning o‘rni. Sinxron marketing, qo‘llovchi marketing, marketing miks, 7P.

4-amaliy mashg’ulot. Tadbirkorlik infratuzilmasi uning mohiyati va mazmuni, tadbirkorlik sube’ktlariga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari, bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolari va ularni hal etish choralari, tijorat banklari, kommunal xo‘jalik korxonalari, issiqlik ta’minoti, moliya bozorlari, tovar xomashyo birjasi, kanalizatsiya va transport tizimlari, logistika tizimi, bandlikka ko‘maklashish markazi, ta’lim tizimi, aloqa va kommunikatsiya.
5-mavzu. Tadbirkorlikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi

5-ma’ruza. Xarajat, va ularning turlari, xarajatlarning qonunchilik asosida klassifikatsiyalanishi, tannarx xarajatlari, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar, relevant xarajatlar, nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan xarajatlar, o‘rtacha xarajatlar, moddiy xarajatlar, mehnat xarajatlari, moliyaviy xarajatlar, amortizatsiya xarajatlari, ijtimoiy sug‘urta xarajatlari, boshoqa xarajatlar, ishlab chiqarish tannarxini hisoblash usullari, ishlab chiqarish tannarxi kalkulyatsiyasida e’tiborga olish zarur bo‘lgan asosiy qoidalar.

5-amaliy mashg’ulot. Tahlil uchun zarur bo‘ladigan axborotlari, tahlil qilish maqsadi, vazifalari, rentabellik, sof foyda, asosiy faoliyatning foydasi, umumxo‘jalik faoliyatining foydasi, tahlil qilishda jadval va diagrammalar bilan ishlash qoidalari, moliyaviy tahlilda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi, moliyaviy faoliyatni tahlil qilish yo‘nalishlari, davr xarajatlari, tannarx xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlari, favqulodda foyda va zararlar.
6-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatida aktivlarni boshqarish

6-ma’ruza.Tadbirkorlik sub’eklarining aktivlari tushunchasi, uzoq muddatli aktivlar tarkibi va asosiy vositalar, asosiy vositalar qiymatini baholash, asosiy vosilalar eskirishi, asosiy vositalar amortizatsiyasi, amortizatsiyani hisoblash usullari, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, asosiy vositalarning qaytimi va sig‘imi, uzoq muddatli aktivlar tarkibida asosiy vositalarning ulushi, asosiy vositalarning qoldiq qiymati, uzoq muddatli investitsion qo‘yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari.

6-amaliy mashg’ulot. Tadbirkorlik sub’ektlarining joriy aktivlari, tadbirkorlik sub’eklari foaliyatida joriy aktivlar va aylanma mablag‘larning ahamiyati, aylanma mablag‘larning turlari, aylanma mablag‘larning samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi, tovar moddiy zahiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli investitsion qo‘yilmalar, pul mablag‘lari, muomala fondlari, dargumon qarzlar rezervi, joriy aktivlar va aylanma mablag‘larning aylanishi kunlarda, aylaman mablag‘larni o‘rganish, aylanma mablag‘larni jami aktivlardagi ulushi, aylanma mablag‘larni boshqarish.
7-mavzu. Tadbirkor(biznesmen) larning etikasi va madaniyati

7-ma’ruza. Tadbirkor shaxsi xususiyatlari, tadbirkorlik etikasi, tadbirkor amal qilishi lozim ahloqiy me’yorlar, korporativ madaniyat. Korporativ hulq-atvor kodeksi, tadbirkorning kommunikatsiyaga kirishi, shartnomalar tuzish, kelishuvlar o‘tkazish, biznes lanchlar o‘tkazish, kiyinish, muomala qilish qoidalari, vizitkalar berish tartib-qoidalari.

7-amaliy mashg’ulot. Ish haqining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ish haqi turlari, vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, ish haqining akkord tizimi, mukofotli ish haqi, kompensatsion to‘lovlar, ta’til to‘lovlari, ish haqini hisoblash tartibi, tadbirkorlikda ish haqini hisoblashning o‘ziga xos tomonlari, ish haqini to‘lash tartibi, ish haqi bo‘yicha qarzdorlik, naqd pul va naqd pulsiz ko‘rinishda ish haqini to‘lash, ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar, tarif stavkasi, tarif razryadi, tarif setkasi.
8-mavzu. Biznes-reja tuzish

8-ma’ruza. Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari, rejalashtirish turlari, kichik biznes korxonalarini rejalashtirish tartibi, kichik biznes faoliyatini rejalashtirish bosqichlari va ularni takomillashtirish, biznes-rejaning mohiyati, mazmuni va tuzish zaruriyati, tadbirkorlikda biznes-reja va uning tarkibi.



8-amaliy mashg’ulot. tadbirkorlikda biznes-rejani tuzish tartibi, marketing rejasi, moliya rejasi, qarzni uzish jadvali, ishlab chiqarish rejasi, mehnatni rejalash, xarajatlar rejasi, titul varag‘i.
Taqvimiy-mavzuli reja

Ma’ruza mashg’ulotlari



Ma’ruza mavzulari

soat

1.

Tadbirkorlik faoliyatiga kirish




2.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish




3.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash




4.

Tadbirkorlikda marketing




5.

Tadbirkorlik faoliyatining xarajatlari va mahsulot tannarxi




6.

Tadbirkorlik faoliyati aktivlarini boshqarish




7.

Tadbirkorlik etikasi va ish haqi




8.

Biznes reja tuzish





Amaliy mashg’ulotlar



Amaliy mashg’ulot mavzulari

soat

1.

Tadbirkorlik faoliyatiga kirish




2.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish




3.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash




4.

Tadbirkorlikda marketing




5.

Tadbirkorlik faoliyatining xarajatlari va mahsulot tannarxi




6.

Tadbirkorlik faoliyati aktivlarini boshqarish




7.

Tadbirkorlik etikasi va ish haqi




8.

Biznes reja tuzish





Grafik organayzerlar

Grafik organayzerlar ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg’ulotlarida talabalar o’quv materiallarini samarali o’zlashtirishlari uchun joriy etiladi. Quyida ularning ba’zilari keltirilgan.



  1. BBB jadvali. Barcha ma’ruza darslarida qo’llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o’zini kuzatishi, o’qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo’yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo’yadi. Dars so’ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo’yadi.

  2. Insert usuli. Bu usul matnni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o’z belgilarini qo’yib ularga munosabat bildiradi. Masalan: “v” – zarur; “–“ - xato; “+” - yangi; “!” – e’tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” - ko’chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k.

3) Klaster sxemasi

Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo’llaniladi. Masalan, talaba o’tilgan mavzu bo’yicha klaster tuzishi mumkin.

O’rtaga kalit so’z, tarmoqlarga unga bog’liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o’z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.



4) Venn diagrammasi

O’rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash, o’xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo’llaniladi. Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ularning o’xshash va bog’liq jihatlarini bildiradi.

Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o’zaro bog’liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.





  1. SWOT–tahlil. Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash, baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi inglizcha so’zlarning qisqartmasi hisoblanadi: Strengths – ob’ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities – tashqi imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib yoniga ob’ektning mos sifatlarini yozib chiqadi.

  2. Baliq skeleti” sxemasi. Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi.





  1. Aqliy hujum usuli. Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish maqsadida g’oyalarni jamlash va saralash uchun qo’llaniladi. Har bir talaba o’zining shaxsiy g’oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli vaziyat paydo qilish; yechimni topish uchun g’oya, fikr berish; yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish.

  2. Esse. Bu mavzu bo’yicha cheklangan hajmda yoziladigan insho hisoblanadi. Esseda talaba o’quv materiali bo’yicha o’zining shaxsiy fikrini erkin ifoda etadi.

Interfaol o’qitish usullari (Activity)

Amaliy mashg’ulotlarda interfaol o’qitish usullari qo’llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan.



  1. «Tushunchalar tahlili» usuli. Talabalar tushunchalarni dastlab yakka tarzda va keyin jamoada muhokama qilishadi. O’qituvchi jamoaning fikrini yo’naltirib turadi va oxirida ekranga atamalarning izohini chiqaradi. Talabalar o’z fikrlarini taqqoslashadi, baholashadi va bilimlarini mustahkamlashadi.

  2. «Zinama-zina» usuli. Talabalar mavzu bo’yicha yakka tarzda fikrini grafik ifoda etishadi, keyin guruhda muhokama etishadi. Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi va grafik materiallar doskaga mantiqiy pog’onalar tarzida ilib boriladi.

  3. CHarxpalak” usuli. Kichik guruhlar o’z tarqatma materiallaridagi vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo’ylab birbiriga uzatishadi, har bir guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o’zlariga qaytib keladi. Guruhlar o’z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda taqdimot qilishadi.

  4. «Bumerang» usuli. Talaba bajargan ishini avval o’z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so’ng yana o’z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.

  5. «Rezyume» usuli. Kichik guruhlarda muammolar o’rganilib, tahlil qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko’rsatilmaydi, boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi.

  6. «Muammo» usuli. Dastlab muammoli videolavha ko’rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin ularning yechimlarni o’zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida muammo bo’yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi.

  7. «Labirint» usuli. O’qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa bo’lib undan chiqish yo’li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa muammoli vaziyatlar o’rganiladi va taqdimot o’tkaziladi.

  8. FSMU usuli. Talabadan o’z fikrini quyidagi tartibda ifodalash talab qilinadi: F - fikrini bayon qilish; S – fikriga sabab ko’rsatish; M – sababni asoslovchi misol keltirish; U - fikrini umumlashtirish.

  9. «Muloqot» usuli. Kichik guruhlarda alohida mavzular o’rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o’rtasida muloqot bo’lib o’tadi. O’qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo’naltirib boradi va oxirida o’z munosabatini bildiradi.

Mustaqil ta’lim shakllari

Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo’yicha o’qituvchi rahbarligida (O’RTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi.



O’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi (O’RTMI)

Ushbu fanda me’yorlashtirilmaydigan O’RTMI shakllari rejalashtirilgan bo’lib, ular har bir amaliy mashg’ulot bo’yicha yakuniy hisobot shaklida qabul qilinadi. O’RTMI amaliy mashg’ulotda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Har bir amaliy mashg’ulotdan so’ng masofaviy ta’lim platformasida O’RTMI uchun o’qituvchining maslahat darslari tashkil etiladi.



Ushbu fanda quyidagi O’RTMI shakllarini qo’llash nazarda tutilgan:

  1. Q/A (savollarga cheklangan hajmda javob yozish).

  2. Chart (jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish).

  3. Link (Internet-havolaga annotatsiya yozish).

  4. Review (berilgan manbaga sharh yozish).

  5. Google Apps (Google ilovalarda guruh bo’lib hujjat, jadval, prezentatsiya va testlar tayyorlash).

  6. Interview (boshqalarning muammoga nisbatan fikrini o’rganish).

  7. Ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilish

  8. Ilmiy tezis va maqolalar chop etish

  9. O’quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish


O’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari hajmi

.

shakli

Amaliy mashg’ulot mavzulari bo’yicha O’RTMI mazmuni

soat

1.

Q/A

“Tadbirkorlikni tashkil etish” mavzusi bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan variantlardagi savollarga 50-70 so’z hajmida javob yoziladi. Javobni baholashda javobning to’liqligi va so’zlar soni e’tiborga olinadi.

1

2.

Link

Talaba “Tadbirkorlikda marketing” mavzusi bo’yicha berilgan variantlardagi havolalarni ochib ularga fikr bildiradi. Javobni baholashda talabaning to’g’ri javob berishi va bayon qilishi inobatga olinadi.

1

3.

Chart

“Tadbirkorlikning huquqiy asoslari” mavzusi bo’yicha variantlardagi jadvallarni 200 gacha so’z ishlatib izohlash talab etiladi. Javobni baholashda so’zlar soni, atamalardan foydalanish, gapning tuzilishi, bog’lovchi so’z va iboralardan foydalanish, taqqoslashlar, o’zgarish dinamikasi va izohning to’g’riligi hamda to’liqligi inobatga olinadi.

1

4.

Link

Talaba “Tadbirkorlikning infratuzilmasi” mavzusi bo’yicha berilgan variantlardagi havolalarni ochib ularga fikr bildiradi. Javobni baholashda talabaning to’g’ri javob berishi va bayon qilishi inobatga olinadi.

1

5.

Review

“Tadbirkorlik faoliatida foydalaniladigan aktivlar” mavzusi bo’yicha berilgan manba belgilangan shaklda va hajmda sharhlanadi.

1

6.

Interview

Talaba Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish mavzusi bo’yicha o’zgalarning shu muammoga nisbatan fikrlarini o’rganadi va audio, video yozuvlar shaklida taqdim etadi. Talabaning ishini baholashda uning vaqt reglamentiga rioya qilganligi, suhbatdoshini to’g’ri tanlashi, savollarni suhbatdoshining javobidan kelib chiqib berishi va uni yo’naltirishi, original javob olishi, tashqi ko’rinish va fon, mulozamat elementlari inobatga olinadi.

1

7.

Google Apps

Talabalar “Bozor ” mavzusi bo’yicha hamkorlikda Googleprezentatsiya tayyorlashadi.

1

8

Ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilish

Fanga oid ilmiy tadqiqot mavzusi bo’yicha OTM, Respublika va xalqaro miqyoslarda o’tkaziladigan ilmiy-texnikaviy anjumanlarda ma’ruza qilish;




9

Ilmiy tezis va maqolalar chop etish

Ilmiy anjumanlarning to’plamlarida tezislar va ilmiy jurnallarda ilmiy tadqiqot mavzusi bo’yicha maqolalar chop qilish;

1

10

O’quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish

Darslik, o’quv qo’llanma, uslubiy qo’llanma, uslubiy ko’rsatma va boshqa o’quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;

1







Jami

10



Talabaning mustaqil ishlari (TMI)

Ushbu mustaqil ish shakllariga o’qituvchi tomonidan hech qanday ko’rsatma berilmaydi va baholanmaydi, balki talabaning o’zi qiziqishlaridan kelib chiqib ularni amalga oshiradi. Fanni o’qitishda quyidagi TMI shakllari qo’llaniladi.



Talabaning mustaqil ish mashg’ulotlari hajmi



TMI shakllari va mazmuni

soat

1.

Darsga tayyorlanish – ma’ruza matnlari, vodkastlar, video materiallar, amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya ishlari bayonlarini o’rganish

5

2.

Axborot izlash – o’z qiziqishlaridan kelib chiqib taqdim qilingan dayjest orqali internet materiallarini o’rganish;

6

3.

Nazorat ishiga tayyorlanish – fan bo’yicha kutilayotgan oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko’rish

4

4

FAQ (ko’p beriladigan savollar forumi). Talaba o’z muammosi bo’yicha maslahat olish uchun masofaviy ta’lim platformasida maslahat tizimiga (glossariyga) yoki o’qituvchiga murojaat qiladi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi

5




jami

20


Talabalar bilimini baholash

Kirish nazorati. Bu nazorat turi modulga kirish maqsadida anketa so’rovnomasi shaklida o’tkaziladi. Bunda talabalarga fanning kelajakdagi talabalar bilan faoliyatida tutgan o’rni, ahamiyati, fan mazmuni, fanni o’qitish usullariga oid so’rovlar o’tkaziladi, talabalarning fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan dastlabki bilimlari aniqlanadi, taklif va tavsiyalar olinadi. Ushbu so’rovlar natijasi chuqur o’rganilib fanni o’qitishni tashkil qilish jarayonida zarur o’zgartirishlar kiritiladi.

Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida 2 marta o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi va 1-4 va 5-8 modullar bo’yicha talabalarning bajargan ishlari portfolio shaklida jamlanib tahlil qilib baholanadi.

Jami 7 ta amaliy mashg’ulot va TMIning (Q/A, Link, Chart, Link, Review, Interview, Google Apps, darsga tayyorlanish, axborot izlash, nazorat ishiga tayyorlanish, FAQ) har bo’yicha o’zlashtirish natijalari 5 ballik tizimda baholanadi va jami 65 ball to’planadi, ilmiy anjumanlarda ma’ruza qilish, ilmiy tezis va maqolalar chop etish, o’quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda ishtirok etish natijalari 10 ballik tizimda baholanadi va jami 95 ball to’planadi talabaning darslardagi faolligi va ishtirokiga umumiy 5 ball qo’yiladi. Umumiy hisobda oraliq nazorat topshiriqlari 100 ballik tizimda baholanadi.



Talabaning oraliq nazorat bo’yicha o’zlashtirgan ballari quyidagi jadval asosida kredit ballariga va harfli tizimga o’giriladi.





Harfli tizimdagi baho

Ballarning raqamli ekvivalenti

Foiz ko’rsatkichi

An’anaviy usuldagi baho




A

4,0

95-100

A’lo

A–

3,67

90-94

V+

3,33

85-89

Yaxshi

V

3,0

80-84

V–

2,67

75-79

S+

2,33

70-74

S

2,0

65-69

Qoniqarli

S–

1,67

60-64

D+

1.33

55-59

Qoniqarsiz

D

1,0

50-54

F

0

0-49









O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to’g’risidagi Nizom” ga muvofiq oraliq nazoratda fan bo’yicha A-S darajasiga erishgan talabalar yakuniy nazoratga qo’yiladi. Yakuniy nazorat (chiqish nazorati).

Yakuniy nazorat taqdimot (yoki hamkorlikdagi taqdimot) shaklida o’tkaziladi. Talabaning yakuniy nazoratdagi o’zlashtirishi 100 ballik tizimda baholanadi va yuqoridagi jadval asosida uning baholash ko’rsatkichi aniqlanadi. Yakuniy nazorat bahosi fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini belgilaydi.




Asosiy adabiyotlar

Adabiyotlar mualliflari, nomi, nashri, yili, betlari

Kutubxona mudirasi

imzosi va muhri



  1. William M. Pride, Robert J. Hughes, Jack R. Kapoor. Business. - 12th ed. Cengage Learning, 2018. – 650 Pages.

  2. Боброва О. С. Основы бизнеса: учебник и практикум для академического бакалавриата / О. С. Боброва, С. И. Цыбуков, И. А. Бобров. — М.: Издательство Юрайт, 2016. — 330 с. — Серия: Бакалавр. Академический курс.




Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. – 4-е издательство, доп. – М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 с.

  2. Самадов А.Н., Останақулова Г.Н. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик. Т.: Молия-иқтисод, 2008.

  3. Ходиев Б.Ю., Қосимова М.С., Самадов А.Н. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик. Т.: ТДИУ, 2011.


Internet saytlari:



  1. www.prezident.uz- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.

  2. www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasining hukumat portali.

  3. www.wco.uz- Jahon Bojxona tashkilotining sayti.

  4. www.wto.uz- Jahon Savdo tashkilotining sayti.

  5. www.soliq.uz- Davlat Soliq Qo’mitasining rasmiy sayti.

  6. www.stat.uz- O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining sayti.

  7. www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

  8. www.norma.uz- O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi.

  9. www.mfa.uz- Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sayti.

  10. www.mfer.uz- Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligining rasmiy sayti.

  11. www.edu.uz- Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligining rasmiy sayti.

  12. www.uza.uz-O’zbekiston Milliy Axborot agentligining rasmiy sayti.

  13. www.uz-daily.uz- O’zbekiston yangiliklari: biznes, moliya, birja, statistika.

  14. www.uzreport.com- O’zbekiston biznes yangiliklari.

  15. www.ziyonet.uz- Axborot ta’lim tarmog’i.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling