O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 29.44 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1721629
Bog'liq
Talabalar ilmiy konferensiyasi oxirgi variant





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
O‘zbekiston Milliy universitetining talabalari va ilmiy-tadqiqotchilari ilmiy konferensiyasi”


AXBOROT XATI
Hurmatli O‘zMU talabalari, magistrlar, yosh olim va tadqiqotchilar!
(Toshkent, 28-aprel, 2022-yil)
O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zbekiston Milliy universitetining talabalari va ilmiy-tadqiqotchilari ilmiy konferensiyasi” mavzusidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi miqyosida ilmiy-amaliy anjuman 2022-yil 28-aprel kuni universitetning axborot-resurs markazida o‘tkaziladi.
Anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi:

  1. Fizika-matematika (aniq) fanlarning dolzarb muammolari;

  2. Tabiiy fanlar sohasidagi innovasiyalar, ta’lim va fan integrasiyasi;

  3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish.

Ilmiy konferensiyada O‘zMU talabalari, magistr va tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin:
– tezis o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi;
– tezis mamlakat taraqqiyotining manfaatlariga mos keladigan, dolzarb mavzularga qaratilgan, yosh olim-tadqiqotchining ilmiy izlanishlari doirasidagi yangi natijalari aks ettirilgan, taklif va mulohazalari keltirilgan bo‘lishi;
– tezislarning umumiy hajmi (tezisning) 2-3 betni tashkil qilishi;
– matn formati A4-format qog‘ozda, MS Word dasturida (97-2003), Times New Roman shriftida, 14 kegel kattalikda, 1,5 intervalda, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 cm, yuqoridan va pastdan 2 sm joy qoldiriladi;
–tezisning yuqori qismi o‘rtasida tezisning nomi bosh harflar bilan beriladi. Keyingi qatorda o‘ng tomonida muallif haqida ma’lumotlar beriladi -ismi, otasining ismi, familiyasi to‘liq, tug‘ilgan yili, ilmiy daraja va unvoni (agar bo‘lsa), Oliy o’quv yurtining nomi va shaxsiy telefon raqami;
–foydalanilgan manba (snoska-ixtibos)lar tezisning oxirida keltiriladi;
Tezis tarkibi: o‘ng yuqori qismda muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, tezis nomi esa o‘rtada (qalin harflar bilan) yoziladi.
Tezislarni umumlashtirish va ilmiy bo‘limga topshirilishining nazorati barcha fakultet dekanlari tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir muallif bir ma’ruza yoki hammualliflikda tezis bilan qatnashishi mumkin.
Tezislar fakultet dekanlari tomonidan 2022-yil 30-aprelgacha yozma va elektron variantda universitetning Ilmiy-tadqiqot bo‘limiga topshiriladi.
Eslatma: Tahririyat kelib tushgan tezislarni tanlab olish huquqiga ega. Matnda keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga, orfografik va stilistik xatolarga shaxsan mualliflar javobgardir. Anjuman talablariga javob bermaydigan tezislar to‘plamga qabul qilinmaydi.
Tanlab olingan tezislarlar kengaytirilgan holda maqola sifatida O‘zMU xabarlarining, maxsus sonida chop etiladi.
Manzil: Toshkent shahar, universitet ko‘chasi 4-uy, asosiy bino O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy-tadqiqot bo‘limi 114-xona.
Anjumanning ochilish marosimi universitet axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun:
1. Biologiya fakulteti dekani T.Abduraxmonov - 90-920-09-58
2. Ekologiya fakulteti dekani R.Allaberdiyev - 33-876-69-62
3. Geologiya va geinformatsion texnologiyalar fakulteti dekani A.Umarov -90-799-30-10
4. Geografiya tabiy resurslar fakulteti dekani Sh.Sharipov - 90-359-14-59
5. Gidrometeorologiya fakulteti dekani K.Raxmonov - 90-952-24-83
6. Kimyo fakulteti dekani Sh.Qodirova - 97-422-72-98
7. Matematika fakulteti O.Zikirov - 97-746-03-28
8. Amaily matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti dekani Z.Raxmonov –99-848-33-27
9. Fizika fakulteti dekani G‘.Eshonqulov - 90-324 -26-04
10. Jurnalistika fakulteti dekani M.Mirsoatova - 94-658-10-42
11. Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Umarov - 99-818-65-47
12. Ijtimoiy fanlar fakulteti K.Inakov - 90-805-61-85
13. Tarix fakulteti dekani A.Mo‘minov - 99-793-19-85
14. Xorijiy filologiya fakulteti dekani X.Bakiyev - 97-440-05-06
15.Taekvando sport faoliyati V.Raximov - 99-435-49-59
16. O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti dekani N.Narziyev - 90-996-06-03
17.O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo ilmiy-tadqiqot instituti N.Samarxodjayeva - 90-315-39-49
Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling