O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 114.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.11.2020
Hajmi114.1 Kb.
#151342
Bog'liq
jadidchilarning marifatparvarlik harakatlari va ularning xalq manaviyatini yuksaltirishdagi orni


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 

MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 

 

 

QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI  

 

 

 

 

 SANOAT TEXNOLOGIYASI FAKULTETI 

OOT- 

279 guruh talabasi  Ulasheva Nigoraning 



Ma’naviyat asoslari fanidan “Jadidchilarning ma‘rifatparvarlik  

harakatlari va ularning xalq ma‘naviyatini yuksaltirishdagi 

o’rni

” мavzusi da



 yozgan 

 

 



 

 

 

 

 

Topshirdi:                     Ulasheva Nigora 

 

Qabul qildi:                   Sh. Jumayeva 

 

 

QARSHI-2013 

 

Mavzu: Jadidchilarning ma‘rifatparvarlik  harakatlari va ularning 

xalq ma‘naviyatini yuksaltirishdagi o’rni 

  

Reja: 

 

Kirish 

1.Jadidchilik harakatining mazmuni va uning     umumxalq ma‘naviyatini 

ko’tarishdagi o’rni.  

2.Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy harakatlari va 

tarixiy   taqdirlari to’g’risida.  

3.Jadidchilik harakatining o’zbek milliy-ma‘rifiy taraqqiyotidagi ahamiyati. 



Xulosa 

 

 Turkiston xalqining boy ijtimoiy –  falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy 

taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o’zining nihoyatda 

sermazmun va inqilobiy suronliligi, g’oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat 

shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning 

o’ziga xos yo’nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya 

tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi.   

Jadidchilikning asosiy g’oya va maqsadlari  Turkistonni  o’rta  asrchilik,  

feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim» ni inkor etgan holda 

o’lkani, xalqni, millatni zamonaviy mutaraqqiy yo’lga olib chiqish, milliy davlat 

bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi  ozod va  

farovon jamiyat ko’rish, turkiy tillarga davlat tili makomini berish, milliy pul 

birligi, milliy kushin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma‘rifatchilarining Turkiston 

o’lkasida ma‘rifatparvarlik g’oyalarini  tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. 

Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining  vujudga kelishi asta-sekin bo’lsada 

milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o’lkadagi  maxalliy 

xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda 

mustaqillik, milliy  taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib 



borishga milliy –  ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo’ldilar. 

Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g’oyalari tarkala 

boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy 

targibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda 

ko’plab ma‘rifatchilar yetishib chiqdi.  

Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko’rsatdi. Bular  – 

maorif (yangicha maktablar ochish, ta‘lim usulini yangilash), san‘at (badiiy 

adabiyot, teatr) va matbuot.  

Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma‘rifatli qilish bo’lsa, ikkinchi 

tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning 

uyg’unlashuvi natijasida, uzligini, o’z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga 

yetkazish edi. Turkiston  jadidchilari tomonidan  ana shu maqsadni amalga oshirish 

yo’lida katta ishlar qilindi. 

Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan 

birga,  XIX asrning so’nggi choragida uyg’ongan ma‘rifatchilik, ma‘rifatparvarlik 

qarashlarining ta‘siri katta bo’ldi.      



        XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va 

madaniy hayotiga e’tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-

vatanparvarlik harakatlarining g’oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko’ramiz. 

Mamlakatimizda marifatparvarlik g’oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab

birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo 

bo’lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g’arbdan kirib kelayotgan 

demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo’gib qo’yilishi, uchinchidan, 

millatparvar  -  fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning 

qatl etila boshlaganligi edi. 

 

Jadidchilik harakati vakillari o’zlarining ma‘rifatparvarlik mafkurasiga  bir 



tomondan o’sha davr uchun dolzarb bo’lgan demokratik

 g’oyalarni: ilm o’rganish, 

fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo’lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, 

so’z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat q’urilishiga asoslangan 

milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g’oyalar qatlamini shakllantirish, 


adabiyot va san‘atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan 

mustamlakachilik siyosati ta‘siri ostida o’z milliy qiyofasini yo’qotayotgan turkiy 

til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma‘naviy-axlokiy takomillarni yanada 

kuchaytirish, milliy o’zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy 

e’tiqodlarni mustaxkamlash kabi g’oyalarni asos qilib oladilar. Albatta bu 

vazifalarni amalga oshirishda an‘anaviy islom dini, shariat asoslari va xadislar ham 

o’z ta‘sir kuchini saqlab turgan ta‘limotga suyanadilar.  

Jadidchilar o’zlarining ilg’or g’oyalarini Xalq o’rtasida tarqatish uchun milliy 

matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta‘lim sistemasini joriy qilish, 

ilg’or g’arb mamlakatlariga maxalliy yoshlarni o’qishga junatish yo’li bilan amalga 

oshirishga harakat qildilar.  

Umuman olganda,  XIX asr oxiriga kelib mahalliy ziyolilar birinchidan, Xalqni 

ilmli-ma‘rifatli  qilish orkali milliy ong va tafakko’rni o’yg’otishga, ikkinchidan, 

milliy davlatchilikni tiklash, turkiy til birligiga erishish, diniy va ma‘naviy 

qadriyatlarni mustaxkamlash, uchinchidan, Markaziy Osiyo xalqlarini zamonaviy 

va demokratik taraqqiyot yo’liga olib kirishga harakat qiladilar.  

Jadidchilik aslida ma‘rifatparvarlik harakatining ko’rinishidir. Ma‘rifat 

tushunchasining lug’aviy ma‘nosi bilish, tanish, bilim demakdir, yoki kishilar 

bilimi, ma‘naviyatini oshirishga karatilgan ta‘lim-tarbiya jarayonidir. Maorif 

tushunchasi esa, tabiat, jamiyat va inson  mohiyati haqidagi turli tuman bilimlarni 

aks ettiradi.  Demak, ma‘rifatli kishi deganda fanning bir yoki turli soxalaridan 

ma‘lum bilim yoki yo’nalishlarni egallagan  degan mazmun kasb etadi. Ma‘rifatni 

hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak, ma‘rifat bilim va 

madaniyatning qo’shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish 

vositasidir. Ma‘rifatparvar  ma‘rifat uchun kurashuvchi, bilim tarqatuvchi va 

beruvchidir. 



 

 

 

1. Jadidchilik harakatining mazmuni va uning umumxalq ma‘naviyatini 

ko`tarishdagi o’rni.  

Insoniyat jamiyati taraqqiyotida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tish 

ma‘rifatparvarlikdan boshlanib, zamonaning yetuk, ongli, bilimli kishilari 

ma‘naviyat va ma‘rifat tarqatadilar. Natijada ma‘rifatli kishilar ma‘naviy qaramlik, 

qo’rquv va xadiksirashni bartaraf etib, beqiyos  kuch-qudrat, saloxiyat egasi 

bo’ladilar.  

Ma‘rifatli kishilar millat va Vatan ozodligi, Xalqning ma‘rifiy o’yg’oqligi  va 

ma‘rifati uchun ko’rashadilar. Aynan shu nuqtai nazardan bizning Xalqimiz 

hamisha ma‘rifatga intilib kelgan. Shu boisdan dunyoviy va diniy ilmlarni 

uyg’unlashtirib, jaxon sivilizatsiyasiga buyuk xissa qo’shib kelganlar. Ular 

Forobiy, Ibn Sino, Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Buxoriy, Moturudiy, Mirzo 

Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalardir.  

Shu nuqtai nazardan Turkiston ma‘rifatchilik maktabi boy o’tmish va ulkan 

merosga egadir. Masalan: Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar kori Abdurashidxon 

o’g’li, Abdukodir Shakuriy, Ashurali Zoxiriy, Saidrasul Said Aziziy, Axmad 

Donish, Chulpon, Avloniy, Tavallo, Ayniy kabilar  XIX asrning ikkinchi yarmida, 

mamlakatni milliy zulm va qoloklikdan yagona qo’tqarishning yo’li Xalqni 

ma‘rifatga erishishtirish deb tushunib, shu yul orqali ozodlik uchun ko’rash olib 

bordilar. Ular dunyo mamkatlarini ko’rib kelib, mustamlaka zulmidan ilm-ma‘rifat 

chirogini yoqish bilangina ozod bo’lish mumkinligini tushunib yetdilar. Shuning 

uchun ham yangi maktablarda nazariy va amaliy ishlarni qildilar. Bularni jadidlar 

deb atadilar. Demak, jadidchilik millatni ma‘rifat va ma‘naviyatga erishtirishga 

qaratilgan o’z zamonasidagi harakatdir. 

Jadidchilik  -   yangilanish, yangi zamonaviy maktab-maorifni targib kiluvchi 

g’oya  bo’lib, u Turkistonni feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, millat va 

Vatanni zamonaviy taraqqiyot yo’liga olib chiqib, milliy davlat barpo etish, 

Konstitutsiya, parlament va Prezident boshqaruvi asosida ozod va farovon  jamiyat 

qurish, turkiy tillarga davlat maqomini berish, milliy armiya to’zish kabi 

maqsadlardan iborat edi. Demak, Turkistonda jadidchilik  milliy-ozodlik harakati 



sifatida tarixga kirgan bo’lib, ular dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, 

ma‘rifat va taraqqiyotga erishish g’oyalari mavjud edi. Ular erkinlikka erishish 

yo’lida milliy ong va o’zlikni bilishni o’stirish zarur, deb ta‘kidlaganlar.  

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston jamiyatida ma‘naviy inqiroz 

chuqurlashgan bo’lib, milliy madaniyatni ko’tarmay, umumsoni qadriyatlardan 

baxramand bo’lmay, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni keng yo’lga qo’ymay, ijtimoiy va 

iqtisodiy taraqqiyotga erishib bo’lmas edi. Shu sababli jadidlar millatning 

 

ma‘naviy kamoloti ma‘rifatga erishuvida deb to’shundilar. Buning uchun 



maktablarda dunyoviy bilimlar berish bilan isloh qilish zaruriyatini ta‘kidlab, 

milliy uyg’onish va milliy ong shaklanishida muhim rol uynaganlar. 

Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Shuning uchun 

biz bu o‘rinda masala bayonini ma’rifat va ma’rifatparvarlik tushunchalari va 

uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik. 

Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha 

aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga 

qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘pchilikdagi ma’nosi 

maorifdir. Ma’rifat atama sifatida –  tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi 

turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani – bilimli, 

muayyan sohada ma’lumoti bor,  demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib 

borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan 

namoyondasi ilmning, ya’ni ma’rifatning ma’lum sohasinigina egallashga erisha 

oladi. Masalan, kimyoning ma’lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, 

biologiya, medisina va boshqalarning ham ma’lum yo‘nalishlarini egallaydilar. 

Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak 

ma’rifat  -  bilim va madaniyatning qo‘shma mazmuni bo’lib, maorif esa ana shu 

mazmunni yoyish quroli, vositasidir. 

Ma’rifat asosan umumiy va o‘rta maxsus bilim beruvchi maktab va o‘quv 

yurtlarida tarqatiladi. Ma’rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo‘lib, 

bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va 

sohalarini o‘z ichiga oladi. 



Jamiyatda ma’rifat, ya’ni bilim ma’rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma’rifatparvar 

– ma’rifat uchun ko’rashuvchi; ilm, bilim chirog‘ini yoquvchi; ma’rifat homiysi va 

tarafdori demakdir. 

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir 

tarixiy davrga o‘tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, 

ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi 

ma’naviyatli kishilari ma’rifatparvarlik bilan shug‘ullanadilar. Ma’rifatparvarlar 

odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi 

uchun muhim g‘oyalarni ilgari suradilar, shu g‘oyalarni amalga oshirish uchun 

kurash olib boradilar. 

Ma’rifat ma’naviy qaramlik, qo‘rquv va hadisni bartaraf etadi, insonga beqiyos 

ilohiy qudrat, mislsiz salohiyat bahsh etadi. Shuning uchun ozodlik uchun 

kurashchilar mamlakat, millat ozodligini xalqning ma’rifiy uyg‘oqligida deb 

biladilar va ma’rifat uchun kurashadilar. Bizning xalqimiz azal-azaldan ma’rifatga 

intilib yashagan. Bu o‘lkadan dunyo ilmi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar 

yetishib chiqqan. Ular ham dunyoviy, ham diniy ilmlar sohasida dunyo ilmi ahlini 

hayratga solganlar. Bunga 1998 yilda Ahmad al Farg‘oniy tavalludining 

1200 yilligi va hadis ilmi sultoni Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi keng 

nishonlanganligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. 

O‘tmishda ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, al Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, 

Mirzo Ulug‘bek va boshqalar nafaqat ilm cho‘qqilarini egallab qolmay, uni - ya’ni 

ma’rifatni keng targ‘ib etganlar, shogirdlarni tarbiyalaganlar. 

Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. 

Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir 

Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad 

Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va 

qoloqlikdan xalos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar 

mustabid tizim va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm-zo‘ravonlikka qarshi bor 

kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, 

dunyo xalqlarining ilm fan madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning 



kishanlarini ilm chirog‘i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin 

ekanini chuqur his etdilar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif 

ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat 

namunasini ko‘rsatdilar. 

Ko‘rinadiki, jadidchilik, ma’rifatchilik ham millatni ma’rifatli qilish, 

ma’naviyatini yuksaltirish maqsadlarida yo’zaga kelgan buyuk tarixiy harakatdir. 

Jadidchilik  -  yangilanish, yangi usul ma’nosini anglatadi. U yangi zamonaviy 

maktab, matboa, milliy taraqqiyot usullari, yo‘llari tarafdorlarining umumiy nomi. 

Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari: Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal 

qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, «Usuli qadim»ni inkor etgan holda o‘lkani, 

xalqni, millatni zamonaviy taraqqiyot yo‘liga olib chiqish, milliy davlat bunyod 

etish, konstitusion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat 

qurish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy qo‘shin to’zish va 

boshqalardan iborat. 

Turkistonda jadidchilik milliy-ozodlik kurashi jarayonida yo’zaga kelgan, 

o‘zbek xalqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo‘lganligi 

bilan ajralib turadi. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, 

ma’rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g‘oyalar yetakchilik qilgan. O‘lkani 

mustamlaka zulmidan ozod qilishni jadidlar hamma narsadan ustun qo‘ydilar. 

Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o‘stirish zarurligini 

payqadilar. Shu orqali milliy uyg‘onish yasamoqchi bo‘ldilar. Buni esa ta’lim va 

tarbiyada  -  ma’rifatda deb bildilar. Mana shuning uchun ham jadidlar yangicha 

ta’lim va tarbiya tizimini qaror toptirish yo‘lida hormay-tolmay ishladilar. 

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bu harakatning tarixiy ahamiyati nihoyatda 

katta bo‘lgan. Bu davrlarda jamiyatning ma’naviy inqirozi chuqurlashgan bo‘lib, 

milliy madaniyatni ko‘tarmay, umumsoni qadriyatlardan bahramand bo‘lmay 

ma’rifat, tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘ygan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 

taraqqiyotga imkoniyat yaratib bo‘lmas edi. Jadidlar, ya’ni ma’rifatchilar 

millatning ma’naviy kamoloti yo‘lida o‘zining butun kuchi va iste’dodini safarbar 

etishga tayyor bo‘lgan fidoyilar edi. 



Jadidlar millatni qoloqlik, xurofot botqog‘idan olib chiqish uchun harakat qilar 

ekanlar, bunda shariatga qat’iy rioya qilish orqali maktab va madrasalarda ta’lim 

berish tizimini dunyoviy ilmlarni berish asosida isloh qilish g‘oyasini ilgari 

surganlar va bu borada o‘zlari amaliy harakat namunasini ko‘rsatganlar. 

Xullas, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg‘onish va 

milliy ong yuksalishida katta rol o‘ynagan. 

 Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, 

Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, 

Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat 

qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga 

urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma’rifatchi jadidchilar 

og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning 

ma’naviy yuksalishi uchun  imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning 

murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, 

milliy iftixor to‘yg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini 

anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga 

oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar 

maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar, nashr etar va 

bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar. Bu yo‘lda hatto o‘z mablag‘larini 

ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning 

hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Biz erkin fuqarolik 

jamiyatini qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga intilmoqdamiz. Bu 

ulug‘vor vazifalarni hal etish, Prezidentimiz Islom Karimov «Turkiston» gazetasi 

muxbirining savollariga javoblari, ya’ni «O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan 

qurmoqdamiz»da: «Bugun jamiyatimiz oldida turgan bu ulug‘vor va murakkab 

vazifalarni hal qilish, eng avvalo, ta’lim tarbiya, ma’rifat masalasiga borib taqaladi. 

Bu masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb etish kerak. Matbuot orqali, 

televideniye orqali odamlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarbiyalash, maktab-

maorif tarmoqlariga homiylik, saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu 

xususiyatlarni kuchaytirish zarur»

  -deb ta’kidlaganlarida yuqorida biz qalamga 



olgan fidoyi, saxiy, millatparvar insonlar kabi bo‘lishga bizni chorlayotgan 

bo‘lsalar, ne ajab! 

Jadidlar harakatining Turkistondagi namoyandasi, uning nazariy asoschilaridan biri 

Mahmudxo‘ja Behbudiydir (1879-1919). 

Behbudiy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga 

qiziqadi, hisob, xuquq, din, arab va fors tillaridan chuqur saboq oladi. 

U haj ziyoratini ado etib, Makka va Madinaga boradi. Misr va Turkiya 

shaharlarida bo‘ladi. Peterburg, Minsk, Qozon, Ufa va Orenburg kabi Rossiya 

shaharlarida bo‘lib yangi davr madaniyati bilan yaqindan tanishadi. 

Mahmudxo‘ja Behbudiy, bolalarga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, 

millat farzandlarini zamonaviy ilm olish uchun taraqqiy topgan mamlakatlardagi 

o‘quv yurtlariga yuborish kerak, degan masalani o‘rtaga tashladi. U quyidagi uch 

qoidani olg‘a surdi: 1) zamon talablaridan kelib chiqib ish ko‘rish; 2) millat taqdiri 

va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish; 3) milliy boqiylikdan chiqib, 

dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-

ma’naviy munosabatlarda jahon andozalari darajasida ish yuritadigan millatga 

aylanish. Asrimiz boshlarida ilgari surilgan bu qarashlar hozirgi davrimiz uchun 

mosligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning bunday ilg‘or fikrlari mustaqil 

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning zamonaviy kadrlar tayyorlash 

borasida olib borayotgan siyosati bilan hamohangdir. Bunga Behbudiy orzu-

umidlarining ruyobga chiqishi, deb qaramoq lozim. Behbudiy ma’rifatning 

ozodlikka olib borishdagi rolini yaxshi tushundi. U shunday yozadi: «Maorif 

bo‘limida ishlayturg‘on musulmonlarning boshini silangiz... o‘rtadan niqobni 

ko‘taringiz, Turkiston bolalarini ilmsiz qo‘ymangizlar. Hammaga ozodlik yo‘lini 

ko‘rsatingizlar...»

[2]


 

Mahmudxo‘ja Behbudiy erksevarlik, millatparvarlik, 

ma’rifatparvarlik g‘oyalari uchun ta’qib ostiga olindi va o‘ldirildi. 

Jadidchilik harakatining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan yana biri Munavvarqori 

Abdurashid o‘g‘li (1878-1931). U Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqori ham 

boshqa jadidchilar kabi Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotining asosiy omili deb 

xalqni savodli va ma’rifatli qilishni tushunadi. U ana shu fikrdan kelib chiqib, 


Toshkentda 1901 yilda yangi uslubdagi maktabni ochadi, unga rahbarlik qilib, 

musulmon bolalarni o‘qitadi. O‘z zamonasi uchun maqbul bo‘lgan «Adibi avval», 

«Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi darsliklar yozadi. U ko‘proq yetimlarni, beva-

bechoralarning bolalarini o‘qitishga ahamiyat beradi. 

Munavvarqori ta’lim-tarbiya ishlarini isloh qilmay, xalqning ongini oshirmay, 

madaniy saviyasini ko‘tarmay jamiyatda katta o‘zgarishlar qilish aslo mumkin 

emasligini tushunib yetadi. 

Munavvarqorining millat taraqqiyoti uchun olib borgan g‘oyalari tufayli sobiq 

zo‘ravon Sho‘rolar hukumati uni ta’qib ostiga oldi. 1931 yil 25 aprelda esa otib 

tashlandi. 

Milliy uyg‘onishga chorlovchi g‘oyalarni ilgari surgan jadid harakatining yana bir 

yirik vakili Abdulla Avloniydir. U millatning ma’naviy inqirozda bo‘lishini tanqid 

qildi, barchani savodli bo‘lish, zamonaviy fan, madaniy yutuqlarni egallashga 

chaqirdi. Abdulla Avloniyning «Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidir» 

degan g‘oyasi ma’rifatparvarlik, jadidchilik harakatining dasturini tashkil etadi. U 

ma’rifatparvar safdoshlari singari mazlum Turkiston ahlini ilm-ma’rifat ziyosidan 

bahramand qilishda unitilmas xizmatlar ko‘rsatdi. «Turkiy Guliston yoxud axloq» 

kitobida ma’rifat, ilm-fanning jamiyat taraqqyotida tutgan o‘rni haqida qimmatli 

fikrlarni bayon qilgan. Allomaning qarashlarini o‘rganish –  bugun o‘zligimizga 

qaytish jarayoni kechayotgan bir paytda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz shu 

o‘rinda allomaning asaridan quyidagilarni qayd etishni lozim topdik. «Ilm inson 

uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zeroki ilm bizga o‘z ahvolimizni, 

harakatlarimizni oyna kabi ko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, 

savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur. To‘g‘ri 

yo‘lga rahnamolik qilib, dunyo va oxiratda mas’ul bo‘lishimizga sabab bo‘lur. 

Bizlarni ilm jaholat qorong‘uligidan qutqarur. Madaniyat, insoniyat, ma’rifat 

dunyosiga chiqarur. Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttirur... 

Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va 

oxiratimiz ilmga bog‘liqdur». 


Jadidchilarning qismati chor hukumati, Vaqtli hokimiyat va ayniqsa, sobiq 

Sho‘rolar to’zumi davrida nihoyatda fojiali bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligiga yuqorida 

bayon qilingan talablari uchun millatchi, «panturkist» degan tamg‘a bosilib, 

qatag‘on qilindi, jadidlar g‘oyalari va harakatiga qora chiziq tortildi. 

Jadidchilikning  tor-mor qilinishi turkiy millatlarning jahon miqyosida tanilishini 

yana bir asrga orqaga surdi. Jadidchilik bir asr davomida avval kommunistik 

g‘oyaning tazyiqida, keyinchalik esa iskanjasida bo‘lib, to‘la ravishda namoyon 

bo‘la olmadi. Uning zaminlari shakllanishi tarzini o‘rganishga intilganlar ham 

tazyiq ostiga olindi. Uni o‘rganishga intilganlar ham ta’qib qilindi. Mustaqillik 

sharofati bilan Turkiston xalqlarining erki, mustaqilligi, milliy davlatchilik 

g‘oyalari, ma’rifati uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, 

asarlari chop etildi. Jadidlarning g‘oyalari o‘lmas g‘oyalar bo‘lgani uchun ham 

mustaqillik bilan birga hayotimizga qayta kirib keldi. 

 

2. Jadidchilarning ta‘lim berishni isloh qilish to’g’risidagi amaliy 



harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida.  

Jadidchilik g’oyalarini chuqur ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq qilganlardan 

Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A.Kodiriy, A.Avloniy, Munavva qori, F.Xujaev, 

Sufizoda, Isokjon Ibrat va boshqalar millatimiz kamolotini yuksaltirish, qadr-

qimmatini yerga urishga yul quymaslik uchun katta ishlar qilganlar. Ma‘rifatchi 

jadidlar juda og’ir sharoitlarda g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatimiz 

ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning 

murakkab burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor 

to’yg’usini, kuchaytirish birinchi darajali vazifa,  deb bildilar. Ular Xalqimiz 

bolalari uchun maktablar ochar, o’quv qo’llanma, darsliklar yozar va dars berar 

edilar. Bu yo’lda xatto o’z shaxsiy mablag’larini ham ayamaganlar. Bunday 

saxovatpeshalik bizning xozirgi sharoitimiz uchun ham hayotiy zarurdir. 

Shunday qilib, jadidchilik harakatidagi ma‘naviyat,  birinchidan ozodlik va 

Mustaqillikka urushlar bilan emas, balki axolining savodini chiqarish, ularning 

ma‘rifatini ko’tarish orqali erishilishini, ikkinchidan milliy ongni rivojlantirish


milliy birlikni vujudga keltirish, siyosiy taraqqiyotga olib boruvchi omilligini; 

uchinchidan jadidchilar ma‘rifatparvarlik g’oyalarini faqat ilgari surish yo’li bilan 

cheklanib qolmasdan, o’zlarining mablag’lari hisobiga ham maktablar ochdilar, 

kitoblar chiqardilar. Ular og’ir moddiy qiyinchiliklar, g’oyaviy-siyosiy tazyiqlarga 

qaramay, millatning ma‘naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat 

qildilar. Mana shu ishlari bilan jadidchilik harakati milliy ma‘naviyatimiz rivojiga 

buyuk xissa qushdilar. 

Prezidentimiz I.Karimov «O’z kelajagimizni o’z qulimiz bilan ko’rmoqdamiz» 

asarida «Bugungi jamiyatimiz oldida turgan bu ulug’vor va murakkab vazifalarni 

xal qilish eng avvalo ta‘lim-tarbiya, ma‘rifat masalasiga borib taqaladi. Bu 

masalaga keng jamoatchilik diqqatini jalb qilish kerak. Matbuot, televidenie orqali 

odamlarda ma‘rifatparvarlik g’oyalarini tarbiyalash, maktab-maorif tarmoqlariga 

xomiylik, saxovotpeshalik, savobtalablik kabi ezgu xususiyatlarni kuchaytirish 

kerak». deb ta‘kidlab, fidoyi, saxiy, millatparvar, insonlarni shakllantirish 

vazifasini quyadi.  

Qadimda ota-bobolarimiz savob talab bo’lganlar.  Jadidlar harakatining 

Turkistondagi namoyondasi va nazariy asoschilaridan biri Maxmudxuja Bexbudiy 

(1879-1919) bo’lib, u Samarkand shaxrida ruxoniy oilada tugilgan. Yoshligidan 

fanlarga qiziqib, arab, fors tillarini urganadi. Xajga boradi, Turkiya, Misr va 

Rossiyani, Peterburg, Minsk, Qozon kabi shaharlarini ko’radi. Bexbudiy Xalqimiz 

bolalariga diniy va dunyoviy ilm berish bilan birga, millat farzandlarini zamonaviy 

ilm olishi uchun taraqqiy topgan chet mamlakatlarga o’qitish uchun yuborish 

lozimligini ta‘kidlaydi. U quyidagi uch qoidani olga suradi. 

Zamon talablaridan kelib chiqib ish ko’rish; 

Millat taqdiri va istiqbolini belgilovchi milliy kadrlarni yetishtirish; 

Milliy biqlikdan chiqib, dunyo miqyosida fikrlay oladigan, chet ellar bilan 

siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy munosabatlarda  jaxon andozalari darajasida 

ish yuritadigan millatga aylanish. 

Bexbudiyning bu fikrlari hozirgi davrimizda I.Karimovning zamonaviy kadrlar 

tayyorlash siyosatida hamoxang ko’rinadi. U maorif sohasida ishlaydigan kadrlar 



iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kadrlanishini aloxida uqtiradi. «Turkiston bolalarini 

ilmsiz quymangizlar. Hammaga ozodlik yo’lini kursatingizlar»,-deb uqtiradi. 

Bexbudiy erksevarlik, ma‘rifatparvarlik, millat ozodligi g’oyalarini tarqatgani 

uchun taklif kilinadi va Qarshi shaxrida uldiriladi. 

Jadidchilikning ko’zga kuringan namoyondasidan biri Munavvar Qori 

Abdurashid ug’li (1878-1931) Toshkentda tug’ilib, u ham Vatan ravnaqi, millat 

rivoji asosida yoshlarni ma‘rifatga chorlaydi. O’zi Toshkentda yangi maktab ochib, 

bolalarni o’qitadi. «Adibi avval», «Adibi Soniy», «Yer yo’zi» kabi bir qator 

darsliklar yozadi. Uning fikricha, ta‘lim-tarbiyani isloh qilmay, Xalqning ongini 

oshirmay, madaniy saviyasini ko’tarmay turib, jamiyat taraqqiyotida katta 

o’zgarish qilish amri-maxol. Mana shunday millatimiz rivoji yo’lidagi g’oyalari 

uchun sobiq shurolar hukumati uni ham qatag’on qilib, 1931 yilda otib tashlaydi. 

Milliy uyg’onish g’oyalarini ilgari surganlardan biri Abdulla Avloniy bo’lib, 

millatimiz ma‘naviy inqirozini tanqid qiladi va fan yutuqlarini egallashga 

chaqiradi.  «Ilm insonlarning madori, hayoti, raxbari, najotidir» degan g’oyasi 

bilan Xalqni ilm, ma‘naviyat, ma‘rifatga  chorlaydi. «Turkiy Guliston yoxud 

axloq» nomli kitobida ilm-fan, ma‘rifat, ma‘naviyatning inson hayotida tutgan 

o’rniga katta baxo beradi. Bu esa bugungi o’zligimizni bilayotgan bir sharoitda 

ham ahamiyat kasb etadi. Avloniy millatimiz bolalarini ma‘rifatga chorlab 

quyidagilarni yozadi. «Ilm inson uchun goyat oliy va muqaddas fazilatdir. Zeroki, 

ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatlarimizni oyna kabi ko’rsatur. Zexnimizni, 

fikrimizni qilich kabi utkir qilur, savobni gunoxdan, halolni haromdan, tozani 

murdordan ajratib berur. To’g’ri yulga raxnamolik qilib, dunyo va ohiratda mas‘ul 

bo’lishimizga sabab bulur. Bizlarni ilm jaxolat qorong’uligidan qutqarur. 

Madaniyatli, ma‘rifatli dunyosiga chiqarur. Allox Taologa muxabbat va 

e’tiqodimizni orttirur». 

Umuman, jadidlar o’zlarining ma‘rifiy-ma‘naviy, millatparvarlik g’oyalari 

uchun ularning hayoti Chor xukumati va shurolar davrida nixoyatda  fojeiy buldi. 

«Millatchi», «Panturkist» kabi tamg’alar bosib, katag’on qilindi, otib tashlandi. 

Jadidchilarga nisbatan bunday vaxshiyona choralar asosida ularning tor-mor 



qilinishi turkiy millatlarning jaxon miqyosida tanilishini yana bir asr orqaga surgan 

edi. Jadidizm g’oyalarini  o’rganish ham ta‘qib qilingan edi. 



3.Jadidchilik harakatining o’zbek milliy-ma‘rifiy taraqqiyotidagi 

ahamiyati. 

Demak, jadidlar umum milliy,  ma‘rifatni ko’tarish, milliy ongni rivojlantirish, 

milliy birlikka erishish va ularni amalga oshirish orqali jaxon madaniyatini egallab, 

Mustaqilikka erishish kabi g’oyalari bilan milliy ma‘naviyatimiz rivojiga munosib 

xissalarini qushgan. Mana shu borada, bugun hayotimizda tadbiq qilinayotgan 

milliy istiqlol mafkurasi Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak 

ma‘naviy, an‘anaviy udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan 

oziqlanadi va uning o’zviy qismi sifatida milliy ma‘naviyatimiz rivojlanishida 

muhim manbaa bo’lib xizmat qiladi.    

Faqat Mustaqillikka erishuvimiz natijasida I.Karimov boshchiligida Turkiston 

Xalqlarini erki, ozodligi, milliy davlatchilik g’oyalari ma‘rifat va ma‘naviyat rivoji 

uchun kurashgan vatanparvarlarning muborak nomlari tiklandi, asarlari chop etildi. 

Ularga qatag’on qilinganlar xotirasiga atalib, Toshkentda katta yodgorlik majmui 

urnatildi, mo’zey tashkil etildi va x.k.    

Ma‘naviyat rivojida ma‘rifat, ilmning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini 

Payg’ambarimizning quyidagi hadislarida ham ko’rishimiz mumkin: «Beshikdan 

qabrgacha ilm izla», «Ilm-fansiz buyuk davlat ko’rib bulmaydi», «Garchi Xitoyda 

bo’lsa ham ilm talab qilinglar», «Ilm o’rganish xar bir mumih uchun farzdir».  

Bular ham jadidchilar ko’tarib chiqqan ma‘rifatparvarlik g’oyalari islom dinimizda 

ham mavjudligini ko’rsatadi.  

Shunday qilib, umuman ilm egalari elda aziz bo’lib, hurmatga sazovor 

bo’ladilar. Shu to’fayli ota-bobolarimiz doimo bilimga intilib yashaganlar va shu 

yuksak ma‘rifat va madaniyati tufayli Turonzamin yer yo’zida shuxrat qozongan. 

Siz talabalarning ham ilmni chuqurroq egallab, Vatan, millatimiz kelajagi uchun 

xizmat qilishimiz asl burchimizdir. 

 Ilm egalarining foydasi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Ular elda aziz 

bo‘lib, hurmatga sazovor bo‘ladilar. Shu tufayl i ota-bobolarimiz doimo bilimga 


intilib yashaganlar. Ular ma’rifat chiroqlarini mash’ala singari yoqqanlar. Yuksak 

ma’naviyat va ilm-ma’rifat tufayli Turonzamin yer yo’zida shuhrat qozongan. 

Bugunda yoshlarimizning har biri bunday fidoyi, vatanparvar, zyoli 

siymolarni yaxshi bilishlari va unutmasliklari kerak.  

Zero, ular biz uchun haqiqiy axloqiy namunalardir. «Ma‘rifatparvarlik, - deb 

ta‘kidlaydi Prezident I. A. Karimov, -  biz uchun bugun ham o’z ahamiyat ini  

yo’hotgani yo’q, yo’hotmaydi ham. Aql-zakovotli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni 

tarbiyalay olsakkina, oldimizga kuygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda 

farovonlik va taraqqiyot qaror topadi». (Karang. I.Karimov. Tarixiy xotirasiz 

kelajak yo’q. Toshkent, «SHaro’», 1998, 7-bet).  

Bugunda ma‘rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va 

nasriy meroslari ijtimoiy-falsafiy   va axloqiy g’oyalari o’zbek xalqining 

ma‘naviyat va ma‘rifatini, milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo’lida xizmat 

qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab 

kelmoqda.  

Mustaqillik tufayli ma‘rifatchi-jadidlarning nomlari tiklanayapti, tavallud 

topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta chop etilayapti. 

Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari xalqimizning 

madaniy-ma‘naviy, qadriyatlar sifatida xano’zgacha saqlanib kelmoqda.  

 

Foydalanilgan adabiyotlar



 

1. 


O'zbekiston Respublikasi konstitusiyasi “O'zbekiston”  Т. 2011y 

2. 


 

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. 

3. 

Karimov I.A. “Tarixiy xotira va inson omili-buyuk  kelajagimizning   



garovidir”.- T. : “O'zbekiston”, 2012 y

 

4.  Muhammadjonova L., Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: 



O'zMU. 2007. 

5.  Mahmudova G. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr    taraqqiyoti. -

T.: Davr-press, 2006.  

6.  Sharq allomalari va ma'rifatparvar adiblarining barkamol avlod tarbiyasiga 

oid ma'naviy-         axloqiy qarashlari. G. Niyozov, Q. Axmedov, Q. 

Tojiboev O'zbekiston 2010 yil  



  

Download 114.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling