O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «iqtisodiy tahlil» kafedrasi


Download 46.89 Kb.
bet1/3
Sana01.03.2023
Hajmi46.89 Kb.
#1242483
  1   2   3
Bog'liq
8.Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«IQTISODIY TAHLIL» KAFEDRASI

«IQTISODIY TAHLIL» FANIDAN

NAZORAT ISHI


MAVZU: MOLIYAVIY BARQARORLIK VA UNING TIPLARI: MUTLAQ VA ME’YORIY BARQARORLIK, NOBARQAROR VA INQIROZLI HOLATLAR.


Bajardi: ___________________
Tekshirdi __________________

TOSHKENT-2023

Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari
Reja:
Kirish

  1. Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy
    barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar.

  2. Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmun mohiyati.

  3. Moliyaviy barqarorlik tahlilining maqsadi va vazifalari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Moliyaviy holat barqarorligini tahlili orqali ma’lum davr mobaynida moliyaviy resurslarni korxona qanday boshqarganligiga baho beriladi. Avvalo, moliyaviy resurslar holati bozor va korxona rivojlanishining talablariga mos kelishi kerak, chunki moliyaviy barqarorlikni talab darajasidan past bo‘lishi korxonani to‘lovga qobilligini zaiflashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlanishi uchun mablag‘lar yetishmasligiga olib keladi. Buning aksi bo‘lgan holatlarda esa moliyaviy resurslarni ortiqchaligi ishlab chiqarishni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ishlab chiqarish zaxiralari va rezervlarini me’yordan ortib ketishiga sabab bo‘ladi, demak, moliyaviy resurslarni samarali shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanishi moliyaviy barqarorlik mohiyatini ifodalaydi. Iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikka) va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqlanayotgan ko‘rsatkichni moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi. Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi – bu o‘z mazmuniga ega bo‘lgan ikki xil moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtayi nazardan ifodalaydi. Bu haqda respublikamizning eng yirik iqtisodchi olimlaridan biri hurmatli ustozimiz E.Akromovning «Korxonalarning moliyaviy holatini tahlili» deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida shunday deyiladi: Moliyaviy mustahkamlik ko‘rsatkichi kompleks sifatidagi ko‘rsatkich bo‘lib, u: · Korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib qolish imkoniyatini;
· Korxona mablag‘laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
· Ishlab chiqarishni to‘xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
· Korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
· Korxonalar faoliyatiga to‘g‘ri boshqaruchilik qilinayotganligini;
· Korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining talablariga javob berishligini;
· Korxonalarning zaxira va xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar borligi darajasini ko‘rsatadi.
1. Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy

Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling