Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va


Download 209.61 Kb.
bet1/15
Sana26.03.2023
Hajmi209.61 Kb.
#1297728
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2019-Ko\'p tarmoqli fermer samaradorligi-Viloyat


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

IQTISODIYOT FAKULTETI
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI KAFEDRASI
AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH
fanidan
KURS ISHI


Mavzu: «Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari» (Samarqand viloyati misolida)
Tayyorladi: AIF-120 guruh talabasi Toshpoʻlatov Shohjahon


Tekshirdi: ______________________ _______________________________
Samarqand – 2022

MUNDARIJA




KIRISH


Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.


Shu jumladan, “Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida ham chuqur tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli 2018 yili 2 million 300 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. Ta’kidlash kerakki, bunday mo’l hosil asosan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, selektsiya ishlarini yaxshilash, g’o’za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o’zlashtirish evaziga ta’minlandi.
Respublikamizda keyingi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlariga yanada kengroq e’tibor berilmoqda. Bu borada Respublikamiz iqtisodiyotining xususiyatli tomonlarini e’tiborga olgan holda, hamda iqtisodiy taraqqiyotimizning rivojlanib borishiga tartki bo’layotgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda xarajatlar hisobini o’sib borayotgan iqtisodiy talablarga moslashtirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini takomillashtirish maqsadida 1999 yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining 54-son va 2003 yilning 15 oktyabrida 444 son Qarori bilan mazkur Nizomga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar bu mavzuning iqtisodiyotdagi ahamiyatlilik darajasining oshib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda yuksaltira olgan davlat boy, iqtisodiy qudratli hamda engilmas bo’ladi. O’zbekistonimiz ana shunday istiqboli buyuk mamlakatdir. Jamiyatda islohotlarni o’tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub o’zgarishlarsiz, ya’ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Bunday islohotlar hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Buning isboti o’laroq, O’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida” va “Qishloq xo’jaligi kooperativ (shirkat xo’jalik)lari to’g’risida”gi Qonun hujjatlarining qabul qilinishi bu borada muhim dastur bo’lib hisoblanadi.
Maqbullashtirish jarayoni yuqorida ta’kidlanganidek, bir tomondan, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xo’jaligining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida uning yer maydoni hajmini o’zgartirish bo’lsa boshqa tomondan, qishloq xo’jaligining tarmoq strukturasidan kelib chiqib, hozirgi kunda mavjud faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklarini ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklariga aylantirish imkoniyati yaratiladi.
Demak, butun iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan qishloq xo’jaligida fermerlik harakatining yangi va samarali shakli bo’lgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini barpo etish ayni ob’yektiv zaruriyat hisoblanadi.
Tom ma’noda, “Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi” – fermer xo’jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo’nalishidan boshqa sohalarda ishlab chiqarishni tashkil etib, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’ygan fermer xo’jaliklari hisoblanadi.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin:
1. Ishlab chiqarishning qo’shimcha tarmog’i asosiy tarmoq bilan bog’liq holda yoki bog’liq bo’lmagansohalarda tashkil etiladi.
2. Qo’shimcha tarmoqni fermer xo’jaligi o’zi alohida yoki boshqa fermerlar bilan tashkil etishi mumkin (kooperasiya).
3. Qo’shimcha tarmoq alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etilishi mumkin.
4. Ko’p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi muhim shartlardan biri bu – har qanday fermer xo’jaligi o’z daromadini (sof foyda) oshirish maqsadlarida o’z xoxishiga ko’ra, ixtiyoriy ravishda qo’shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklariga aylanishi mumkinligidir. Bu boradagi fermerlik faoliyati to’liq ixtiyoriy va fermer xo’jaligining xususiy manfaatlariga bo’ysunishi lozim.
Mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq o’zining bozor iqtisodiyotiga o’tish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqib, taraqqiyotning o’ziga xos va o’ziga mos “o’zbek modeli”ni tanladi. Mazkur modelning mohiyatiga ko’ra O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan, zamonaviy va ochiq bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish bosh vazifa qilib belgilangan. Ushbu vazifani hal etish, bir tomondan, oldingi iqtisodiy tizimdan meros bo’lib qolgan iqtisodiyotdagi bir yoqlama rivojlanishga barham berish va uzilgan xo’jalik aloqalarini tiklash, ikkinchi tomondan esa xalq xo’jaligining tarmoq, soha va bo’limlarida iqtisodiy nisbatlarni oqilona tashkil etishni taqozo etadi.
Mustaqillik yillarida davlatning mulkka nisbatan ikkihokimligiga barham berish asosida mulkiy munosabatlar tubdan isloh qilishdi, ularning turli shakllari iqtisodiyotga joriy etildi va mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish natijasida ishlab chiqarishning bir tomonlama, ya’ni xomashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishni kamaytirish, to’laqonli milliy iqtisodiyotni barpo etishga asos solishdi. Shu sharoitda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish turli xil mulk egalarini paydo bo’lishiga keng yo’l ochib berdi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bozor iqtisodiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib, u xo’jalik yuritish va turli shakldagi mulkchilikning samarali faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratadi, ko’p ukladli iqtisodiyotni va erkin tovar ishlab chiqaruvchilarni vujudga keltiradi. Bunda ishlovchilar bevosita ishlab chiqarish vositasi bilan qaytadan qo’shiladi, inson faolligi kuchayadi, xo’jasizlik, talon—tarojlikka barham berishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mehnatkashlar hayotining ijtimoiy shart — sharoitlarini yaxshilashga erishiladi.
Mustaqil Respublikamiz qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda fermer xo’jaliklarining ahamiyati katta. Fermer xo’jaliklari agrar tarmoqda ishlab chiqarish tuzulmalarini shakli bo’lib, ularning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. Fermer xo’jaliklarida mulkny xususiylashtirishning eng samarali shakli amalga oshirilib, xo’jalikda o’zining mulkiga nisbatan to’la egalik hissi paydo bo’lishiga asos solindi. Tashkil etilgan fermer xo’jaliklarini, eng avvalo, qishloq xo’jaligining asosiy vositasi hisoblanadigan erdan unumli foydalanishga olib keldi, chunki fermerlarga yer uzoq yillar davomida ijaraga beriladi. Bunda fermer o’zining daromad manbai bo’lgan yerdan unumli foydalanishga, tuproq unumdorligini oshirishga, yerlarni ikkinchi darajali ishlarga sarf etmaslikka harakat qiladi.
Bu o’rinda Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov shunday ta’kidlagan: «Bugungi fermer xo’jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o’z ixtiyorida ijara asosidagi yetarlicha ekin maydonlariga ega bo’lgan, yuksak samarali zamonaviy texnika bilan ta’minlangan, ilg’or texnologiyalarni puxta egallagan yirik xo’jaliklardir. Muxtasar aytganda, ular qishloqlarimizning tayanch ustunidir.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko’rsatish kabi yo’nalishlarda samarali faoliyat ko’rsatmoqda va o’z istiqbolini topmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda bunday fermer xo’jaliklarining soni 18 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Yurtimizda qishloq xo’jaligini rivojlantirishning kelajagi haqida gapirganda, yer va suv resurslari bo’yicha imkoniyatlarimiz cheklanganini hisobga olib, bu borada yagona to’g’ri yo’l - qishloq xo’jaligini intensiv asosda rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, selektsiya ishlarini chuqurlashtirish, yuksak samarali zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va suvdan oqilona foydalanish, eng muhimi - dehqon va fermerlarning dardi bilan yashash, desam, o’ylaymanki, barchangiz mening fikrimga qo’shilasiz» deb ta’kidlaydi
Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, hozirgi kunda butun dunyoda erdan maksimum darajada foydalanilmayapti. Ma’lumotlar shundan dalolat beradiki AQSh da va rivojlangan Yevropa davlatlarida yerlarning imkoniyatlarini 75—80% dan, Sobiq Ittifoqda 45—50%, O’zbekistonda 50—60% dan foydalanilmoqda. Buning ustiga aholi jon boshiga to’jri kelgan maydon toboro kamayib bormoqda va hozirgi kunda 0,20 ga dan oshmaydi. Aholi bo’lsa toboro ortib borayapti va qishloq xo’jaligi mahsulotiga bo’lgan talab bir muncha ko’payyapti. Shu boisdan ham Respublikamiz yerlarini unumdorligini va fermerlar smaradoligini 2—2,5 martaga oshirish lozim.
Bu muhim vazifani bajarish uchun qator texnologik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish lozim. Bular ichida eng muhimi yerni o’z egasiga topshirish hisoblanadi. Bu sohada erishilgan yutuqlarga qaramasdan fermer xo’jaliklarini boshqaruv tizimi nazariy tomonlarini o’rganishni va fermer xo’jaliklarining iqtisodiy smaradorligini oshirishni taqozo qiladi hamda ushbu Kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Kurs ishining maqsadi O`zbekiston agrar siyosatining asosiy yo`nalishlarini inobatga olgan holda, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish samaradorliginining hozirgi holati va kelgusida ular samaradorligini yanada oshirish uchun ishlab chiqarish uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari samaradorligining hozirgi holatini aniqlash;
- ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkiliy-huquqiy asoslarini organish;
- ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar va ularni hisoblash usullarini yoritish;
- ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining samaradorligini oshirish bo’yicha ishlab chiqarish uchun ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 209.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling