Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va


Download 209.61 Kb.
bet14/15
Sana26.03.2023
Hajmi209.61 Kb.
#1297728
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2019-Ko\'p tarmoqli fermer samaradorligi-Viloyat

XULOSA VA TAKLIFLAR


Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko’rsatish kabi yo’nalishlarda samarali faoliyat ko’rsatmoqda va o’z istiqbolini topmoqda. “Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi” – fermer xo’jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo’nalishidan boshqa sohalarda ishlab chiqarishni tashkil etib, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’ygan fermer xo’jaliklari hisoblanadi.


Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin:
1. Ishlab chiqarishning qo’shimcha tarmog’i asosiy tarmoq bilan bog’liq holda yoki bog’liq bo’lmagansohalarda tashkil etiladi.
2. Qo’shimcha tarmoqni fermer xo’jaligi o’zi alohida yoki boshqa fermerlar bilan tashkil etishi mumkin (kooperasiya).
3. Qo’shimcha tarmoq alohida yuridik shaxs sifatida tashkil etilishi mumkin.
4. Ko’p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi muhim shartlardan biri bu – har qanday fermer xo’jaligi o’z daromadini (sof foyda) oshirish maqsadlarida o’z xoxishiga ko’ra, ixtiyoriy ravishda qo’shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklariga aylanishi mumkinligidir.
Mavzuni o’rganish davomida quyidagi xulosalar olindi:
1. Samarqand viloyati qishloq xo’jaligida 2018 yilda jami 610523,0 ga yer resurslari bo’lib, unda 120814 kishi mehnat qilgan, xo’jaliklarining moddiy resurslari qiymati 292265,7 mln so’m bo’lib, 9550112,4 mln so’m daromad, 8056098,7 mln so’m xarajat va 1494013,7 mln so’m foydaga ega bo’lishgan. Bu ko’rsatkichlar 2016 yilga nisbatan mos ravishda 41,4%, 42,8% va 34,3%ga oshgan. Asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 yilda paxta – 129508,0 tonna, g’alla –554051,0 tonna, sabzavot – 1414809,0 tonna yetishtirilgan. Viloyat qishloq xo’jaligining rentabellik darajasi 2018 yilda 18,5 foizni, 2016 yilda 19,7 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2018 yil 2016 yilga nisbatan 1,2 punktga pasaygan.
2. Payariq tumanidagi «Ziroatshunos dalasi” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligida 44 ga yer maydoni bo'lib, fermer xo'jaliklari dehqonchilik (paxta, g’alla, pomidor, makkajo’xori (don va silos uchun), beda, mosh, kartoshka yetishtirish), chorvachilik (qoramol, asalari, pilla, baliq yetishtirish) hamda xizmat ko’rsatish va savdo bilan shug’ullanib klemoqda. Fermer xo’jaligi hududida joylashgan yaylovlardan samarali foydalanish maqsadida uning maydonini 2016 yilgi 6,5 ga.dan 2018 yilga 1,7 ga.ga qisqartirib, uning o’rnida baliq havzasi, beda ekin maydoni, makkajo’xori va pomidor eknilari maydoniga aylantirgan.
3. Payariq tumanidagi «Ziroatshunos dalasi” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi ishlab chiqargan mahsulot miqdori tahlili xo’jalikning 13 turdagi mahsulot ishlab chiqarayotganini ko’rsatmoqda. Shuningdek, qo’shimcha mahsulotlardan (somon, go’zapoya, teri, go’ng) bu jadvalga kiritilmagan. Ulardan paxta, g’alla va pilla davlat buyurtmasi asosida sotilsa, qolagn mahsulotlar bir qismi xo’jalikda ishlatilsa (g’alla, pomidor, makkajo’xori doni, silos, kartoshka, beda, asal, sut va go’sht) asosiy qismi turli sotish kanallari (bozor, ulgurji shaklda, xo’jalik do’konida, mehnat haqiga va shu kabilar) hisobiga sotiladi. Tahlil davrida xo’jalik ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan kartoshkada kamayish kuzatildi.
4. Payariq tumanidagi «Ziroatshunos dalasi” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligida mahsulotlar sotishdan olingan daromadlar yuqori bo’lsa-da, xarajatlar yuqoriligi sabab foyda nisbatan kam bo’lgan. Shunday bo’lsa-da, fermer xo’jaligi faqatgina qishloq xo’jaligida 2018 yilda 899,1 mln so’m daromad qilgan bo’lib, 2016 yilga nisbatan daromad 194,5 mln so’mga oshgan. Foyda miqdori esa 2018 yilda 261,0 mln so’m bo’lib, 2016 yilga nisbatan 53,3 mln so’mga oshgan. Foydani xo’jalik rahbari tomonidan kelgusida infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o’rinlari yaratish, texnika sotib olishga sarflash nazarda tutilgan.
Mazkur dolzarb mavzuni o’rganishdan olingan xulosalar asosidr qator takliflar ishlab chiqildi:
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fermer xo’jaliklarini har tomonlama rivojlantirish, iqtisodiy mustahkamligini ta’minlash uchun boshqaruv masalasiga alohida e’tibor berish kerak. Xususan, boshqaruvning eski usullaridan vos kechgan holda, fermer xo’jaliklarida boshqaruvning eng samarali usullaridan biri iqtisodiy usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
2. Har bir fermer xo’jaligi o’zining har taraflama asoslangan va kelajakka mo’ljalangan biznes rejasini ishlab chiqishi va unga amal qilmog’i kerak. Bu rejaning asosi marketing dasturi bo’lib, u xo’jalik imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
3. Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari yuqoriligi samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda, shu sabab behuda sarf-xarajatlarni kamaytirish yo’llarini toppish zarur.
4. Fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarish samaradorligini va tuproq unumdorligini oshirish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi:
• fermer xo’jaliklarining talabiga mos keladigan texnika vositalarini ishlab chiqarish, ularni universallashtirish va lizing asosida sotishni yo’lga qo’yish lozim;
• fermer xo’jaliklarini mineral o’g’it bilan ta’minlash bo’yicha imtiyozlar joriy qilish, erga maxalliy o’g’it berish masalasiga katta e’tibor berish lozim;
• urug’chilik va selektsiya ishlarini tashkil etishni tubdan yaxshilash kerak, xususan dehqonchilikda urug’likga, chorvachilikda esa naslga juda katta e’tibor qilish lozim;
• agrotexnologiyaga, ya’ni har bir ekin turi bo’yicha tegishli agrotexnikaga amal qilish zarur;
• fermer xo’jaliklari etishtirgan mahsulotlarini qabul qilishda davlat tomonidan alohida imtiyozli narxlarni joriy etish zarur.
5. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirishda xorijiy sarmoyalarni jalb etish muhim rol’ o’ynaydi, ya’ni qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash muammosini shu yo’l bilan echsa bo’ladi. Fermerlar xorijiy sarmoyalarni jalb etgan holda, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va tayyor oziq—ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha yangi texnologiya bilan jixozlangan tsexlarni ko’rib, ya’ni «ishlab chiqarish—qayta ishlash—sotish» degan yagona zanjirni tashkil etishlari kerak.

Download 209.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling