Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va
KO`P TARMOQLI FERMER XO`JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI
Download 209.61 Kb.
|
2019-Ko\'p tarmoqli fermer samaradorligi-Viloyat
4. KO`P TARMOQLI FERMER XO`JALIKLARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI4.1. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishBugun fermerlar faqat paxta va g’alla etishtirish bilan cheklanib qolmasdan, ishlab chiqarish, qayta ishlash, xizmat ko’rsatish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat turlari bilan ham shug’uhanmoqda, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari tashkil etilayotir. Endilikda ular agrar sohaning serdaromad tarmoqlari - chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik faoliyatini yo’lga qo’yib, yangi maqsadlar sari izlanmoqda. Bu bilan fermerlarimiz mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishida munosib hissalarini qo’shib boradilar. Ma’lumotlarga qaraganda, agar respublikamizga 1990 yilda aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan g’allaning 82 foizi, go’sht va go’sht mahsulotlarining 50 foizdan ko’prog’i, sut va sut mahsulotlarining 60 foizi, kartoshkaning esa 50 foizi chetdan keltirilgan bo’lsa, hozirgi kunda O’zbekiston ana shu mahsulotlarni eksport qiluvchi davlatga aylandi. Ayni paytda mamlakatimizda 70 mingdan ortiq fermer xo’jaligi faoliyat yuritayotgan bo’lib, yurtimizda etishtirilayotgan jami qishloq xo’jalik mahsulotlarining 98 foizi ular hissasiga to’g’ri keladi. O’zbekistonda istiqlol yillari mazkur sohaga alohida e’tibor qaratildi, uni izchil qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy baza yaratildi. Prezidentimizning 2012 yil 22 oktyabrda qabul qilgan «O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi PF-4478-son Farmoni sohadagi islohotlarni yangi bosqichiga olib chiqdi, desak mubolag’a bo’lmas, ana shu Farmon asosida O’zbekiston Fermer xo’jaliklari uyushmasi tugatilib, uning o’rniga O’zbekiston Fermerlari Kengashi tashkil etildi. Yangi tuzilmaning avvalgisidan farqi shundaki, Fermer xo’jaliklari uyushmasi yuqoridan quyiga qarab (respublika-viloyat) shakllangan bo’lib, hududiy tashkilotlar respublika uyushmasining filiallari hisoblangan va fermerlarning tuman bo’limlari mavjud bo’lmagan. Fermerlar kengashi esa quyidan yuqoriga qarab (tuman-viloyat-respublika) shakllanadi va uning hududiy hamda tuman kengashlari alohida yuridik shaxs maqomiga ega nodavlat-notijorat tashkiloti hisoblanadi. Bunda tumanlar fermer kengashlarining raislari hududiy kengash a’zolari hisoblanadi, hududiy kengash raislari esa O’zbekiston Fermerlari kengashi tarkibiga kiradi. Mamlakatimizda ko’p tarmoqli fermer xo’jahklarim yaratishdan ko’zlangan asosiy maqsad - mavjud yer-suv, mehnat resurslari, mineral o’g’itlar, texnika vositalari, bino va inshootlar kabi vositalardan unumli foydalangan holda fermer xo’jaligining oladigan foyda miqdorini oshirishdan iboratdir. Ko’p tarmoqli ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi eng muhim jihatlardan biri - har qanday fermer xo’jaligi o’z daromadini oshirish maqsadida o’z xohishiga ko’ra ixtiyoriy ravishda qo’shimcha tarmoqlarni tashkil etgan holda ko’p tarmoqli fermer xo’jaligiga aylanishi mumkin. Prezidentimiz faqat dehqonchilik va chorvachilik bilan farovonlikka erishib bo’lmasligi, balki fermerlarning vakolatlarini kengaytirib, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish lozimligini bot-bot takrorlaydilar. Bugun bu masala ham hayotda ro’yobga chiqmoqda. Qo’shimcha tarmoqlar faoliyatini yo’lga qo’yish asosida fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini joylarning o’zida, ortiqcha nobudgarchilikka yo’l qo’ymagan holda qayta ishlash, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarib, ularni ichki va tashqi bozorga chiqarish hamda qishloqlarda yangi ish joylari yaratish va bu orqali qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmushini yaxshilashga hissa qo’shishmoqda. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etishdagi ijobiy tajribalarga nazar soladigan bo’lsak, bugun yurtimizda zamonaviy xo’jalik faoliyatini yo’lga qo’yib, o’z iqtisodiy ahvolini yildan-yilga mustahkamlab kelayotgan yuzlab fermer xo’jaliklari borligining guvohi bo’lamiz. Yurtimizda tobora rivojlanib borayotgan fermerlik harakati mavjud ekin maydonlaridan unumli foydalanish, hosildorlikni oshirish va yetishtirilayotgan mahsulotni qishloqda qayta ishlash, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bo’larning barchasi mamlakatimizda fermerlik harakatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va yurt obodligi, aholi farovonligini ta’minlash yuzasidan qilinayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy samarasidir. Fermer xojliklarmmg qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish bo’yicha faoliyati ikki turga - dehqonchilik va chorvachilikka bo’linadi (1-rasm). Ushbu faoliyat turlari maxsus litsenziya talab qilmaydigan faoliyat hisoblanadi. Download 209.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling