O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/34
Sana20.12.2019
Hajmi4.73 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34

Keynsning siyosatga nisbatan falsafiy yondashuvi 
Siyosat  normativ  qonuniyatlarni  mujassam  etgan  nazariyani  o‗z 
ichiga oladi. Shuning uchun Keyns inqilobini to‗liq anglash uchun o‗sha 
davr  iqtisodchilarining  va  ayniqsa,  Keynsning  umumiy  falsafiy 
qarashlarini  yaxshi tushunish talab  etiladi.  Keyns  o‗zining  The  General 
Theory(Umumiy nazariya) kitobini chop ettirganidan so‗ng radikallikda 
ayblangan  (aslida  u  radikal  bo‗lmagan).  Bu  insonning  o‗tmishi,  ta‘lim 
olish tarixi va tajribasidan kelib chiqqan holda o‗z jamiyatining tashkiliy 
strukturasi  borasida  sezilarli  o‗zgarishlar  uchun  kuchli  kurash  olib 
borishini  bunday  insondan  kutish  mushkul  ish,  albatta.  Keyns  aslida 
jamiyat  strukturasini  o‗zgartirish  borasidagi  fikrlarga  konservativ  nigoh 
bilan  qaragan.  U  asosan  kapitalizmning  asosiy  elementlarini  saqlab 
qolishga  qaratilgan  qarashlarni  yoqlab  chiqqan.  U  agar  tizimning  eng 
yomon  kamchiliklari bartaraf  etilmasa, individuallar  kapitalistik  tizimni 
rad  etadilar  va  buning  oqibatida  tizim  topganidan  ko‗ra  ko‗proq 
narsalarni  boy  berib  qo‗yishiga  ishongan.  Uning  marksizmni  rad  etishi 
ham,  Marksning  iqtisodiyotiga  qarshi  tanqid  ham  markscha  ijtimoiy 
                                                             
37
For  a  history  of  the  adoption  of  Keynes  by  American  economists,  see  David  C.  Colander  and 
Harry Landreth, eds. The Coming of Keynesianism to America (Brookfield, Vt.: Elgar, 1996).
 
38
The quotation is from an unpublished interview held with EvseyDomar by the authors.
 

224 
 
tizim Keyns yashab turgan ijtimoiy 
sinfning  yo‗q  qilishini  tan  olish, 
deb baholanadi: 
Qanday  qilib  men  zamonaviy  olam  uchun  hech  qanday  ahamiyati 
yo„q,  o„z  pozitsiyasini  hamma  narsadan  yuqori  qo„yadigan  va  tanqidni 
qabul  qilmaydigan  hamda  o„z  qonuniyatlarini  injildek  qat‟iy 
o„rnatadigan eskirgan kitobni ko„ra bila turib qabul qilishim mumkin? 
Qanday  qilib  men  tezakni  sigirning  o„zidan  afzal  ko„radigan,  butun 
bashariyat  urug„larini  va  ijobiy  sifatlarini  o„zida  mujassam  etgan 
burjuaziya  va  intelligensiyadan  ko„ra  qo„pol  proletariatni  ustun 
ko„radigan dunyoqarashni o„zimga singdira olaman?
39
 
Keyns  Germaniya,  Italiya  va  Rossiyada  avj  olib  borayotgan 
diktatorlik va totalitar tuzumdan qattiq xavotirga tushgan edi. U ijtimoiy 
tuzulmalardagi  bunday  o‗zgarishlar  ba‘zi  iqtisodiy  masalalarni  hal  eta 
olishiga  ishonishni  istar  edi,  ammo  u  bunday  yechim  faqatgina 
individualizm  va  uning  iqtisodiy  hamda  siyosiy  afzalliklari  evaziga 
qo‗lga  kiritilishi  mumkinligini  his  etdi.  Kattaroq  samara  va 
innovatsiyaga  erishish  uchun  shaxsiy  qiziqishdan  foydalanishni 
cheklovchi  individualizmning  iqtisodiy  afzalliklari  iqtisodchilarga  yax-
shi ma‘lum:  
Ammo  yuqoridan  ta‟kidlanganidan  tashqari  agar  individualizm 
o„zining  kamchilik  va  zaif  tomonlaridan  xalos  etilsa,  u  albatta  boshqa 
mavjud  tizimlardan  ko„ra  ko„proq  shaxsiy  erkinlikni  ta‟minlovchi 
vositaga  aylanishi  mumkin.  U  shaxsiy  tanlovni  yanada  ko„proq amalda 
qo„llash  uchun  zamin  hozirlaydi.  Shu  bilan  bir  qatorda  u  yana  ushbu 
kengaytirilgan  shaxsiy  tanlovdan  kelib  chiqadigan  hayotning  turfa 
xilligini  saqlash  omili  bo„lib  ham  xizmat  qilishi  mumkin  va  undan 
ayrilish  bir  xildagi  yoki  totalitar  tuzumning  yo„qotganlari  oldida 
anchayin sezilarli bo„lishi mumkin.
40
 
Keynsning  yaxshi  jamiyat  strukturasi  borasidagi  keng  qamrovli 
falsafiy qarashlari uni ikki tomondan ham cheksiz hujumlar ostida qolib 
ketishiga  sabab  bo‗ldi.  So‗llar  uni  o‗z  sinfi  va  kapitalizmning 
himoyachisi, deb e‘lon qilishdi, o‗nglar esa uni kapitalistik tizimni yo‗q 
qilishga moyil yovvoyi sotsialist-islohotchi, deb atadilar. Biz allaqachon 
uning  marksizmga  bo‗lgan  yondashuvini  ko‗rib  chiqdik.  Uning  o‗nglar 
tomonidan qilingan tanqidga javobi murosaga kelishga qaratilgan edi. U 
shunday 
deb 
yozgan 
edi:―hukumat  vazifalarini  kengaytirish 
                                                             
39
J.  M.  Keynes,  ―A  Short  View  of  Russia,‖  in  Essays  in  Persuasion  (New  York:  Harcourt,  Brace, 
1932), p. 300.
 
40
Keynes, General Theory, p. 380.
 

225 
 
individualizmga  qarshi  dahshatli  zarba  bo‗lib  tuyulsada  men  uni  ham 
mavjud  iqtisodiy  ko‗rinishlarni  yo‗q  qilib  yuborishdan  uzoqlashishning 
yagona vositasi sifatida, ham individual tashabbuslarning muvaffaqiyatli 
faoliyat olib borishiga maqbul sharoit sifatida himoya qilaman.‖
41
Keyns 
kapitalizmdan  topgan  asosiy  naflardan  biri  bu  uning  individualizmga 
erkin  faoliyat  olib  borishini  ta‘minlashi  sanaladi.  Individualizm  orqali 
kelib chiqadigan har qanday kamchiliklar kapitalizmni barbod etmasdan 
to‗g‗rilanishi  mumkinligiga  u  ishonar  edi.  U  kamitalizmning  asosiy 
kamchilik  va  xatoliklari,  deb  quyidagilarni  ta‘kidlab  o‗tgan  edi:  ―bu 
tuzumning  xatosi  uning  to‗liq  bandlikni  ta‘minlay  olmasligi,  uning 
o‗jarligi hamda boylik va daromadlarning adolatsiz taqsimotidir.‖
42
 
1930-yillarda  ro‗y  bergan  Depressiya  ko‗plab  iqtisodchilarni 
kapitalizmning  asosiy  kamchiligi  to‗liq  ish  bilan  bandlikni  ta‘minlay 
olmasligida,  degan  fikrga  ishonishga  majbur  qildi.  Urushdan  keyingi 
iqtisodchilar  oldida  ko‗ndalang  bo‗lgan  masala  mana  bunday  edi

kapitalizmning eng yaxshi xususiyatlarini saqlab qolish va shu bilan bir 
qatorda katta depressiyalarni bartaraf etish uchun biz qanday siyosat olib 
borishimiz  kerak?  Keynsning  siyosat  borasidagi  qarashlari  dastlab, 
AQShdagi  ko‗pchilik  odamlar  uchun  juda  liberal  ko‗rinish  kasb  etdi. 
Keynschilar  tomonidan  taklif  etilgan  monetar  va  moliyaviy  siyosat 
nihoyat  AQSh  iqtisodchilari  tomonidan  tan  olindi,  chunki  bu  siyosat 
hukumatning  juda  kam  miqdorda  iqtisodga  bevosita  aralashuvini  talab 
etar  edi.  Biroq  shunday  bo‗lishiga  qaramasdan,  keynschilarni  sotsialist, 
deb  hisoblovchilar  bu  siyosatni  qoralab  chiqdilar.  Ilk  keynschilikkka 
kirish  asarini  yozgan  Lori  Tarshis  bir  guruh  konservativlar  uning 
kitobidan  foydalangan  o‗quv  dargohlariga  grantlar  berishni  to‗xtatishga 
harakat  qilganlarida  va  uning  o‗zini  dars  beradigan  Stenford 
universitetidan  bo‗shattirish  payiga  tushganlarida  bu  konservativlarning 
hujumi  ekanini  anglab  yetadi.  Tarshisning  kitobi  yaxshi  sotilmaydi, 
ammo undan so‗ng bu kitobga taqlid qilib yozilgan Samuelsonning asari 
juda  ham  mashhur  va  ommabop  bo‗lib  ketadi,  chunki  u  keynschilik 
iqtisodiyotini  ilmiy  niqob  ostiga  berkitadi  va  shu  asnoda  Tarshisga 
qaratilgan mafkuraviy hujumlardan o‗zini saqlab qoladi
43

                                                             
41
 O‗sha manbaa. 
42
O„sha manbaa„ p. 372.
 
43
 History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company 

226 
 
10.3.Yangi keynschilik nazariyasi va muvofiqlashtirishda 
muammolar 
Boshqa  zamonaviy  iqtisodchilar  simulyatsiya  (qayta  tekshirib 
ko‗rish),  komplekslik  va  subyektiv  modellardan  makroiqtisodiy  asosni 
rivojlantirishga  harakat  qildilar.  Bunday  modellarda  institutsional 
xususiyatlar inson tabiatidan, deb bilingan va simulyatsiya, ya‘ni qayta- 
qayta tekshirib ko‗rish orqali qanday strategiyalar qolishi aniqlangan. Bu 
ishlar  Keyns  nazariyasining  yangi  asoslari  rivojlantirilishi  tarafdori 
bo‗lgan ―yangi keynschilar‖ maktabining yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi. 
Ularning  fikricha,  mikroiqtisodiyotga  mikroiqtisodiy  asoslarda  bo‗lgani 
kabi  makroasoslar  ham  bo‗lishi  kerak.  Bu  zamonaviy  iqtisodchilar 
neokeynschilik  modelining  yangi  klassik  tanqidini  qabul  qilishni 
xohlaganlar, lekin ularning fikricha, Keyns nazariyasi va ratsional kutish 
nazariyalari  o‗rtasida  hech  qanday  qarama-qarshilik  yo‗q.  Bu  ularni 
yangi  klassiklarga  optimal  javob  makroiqtisod  uchun  institutsional 
nuqtayi  nazardan hayotiy  mikroiqtisodiy  asos  topish  emas, balki  Keyns 
makroiqtisodiy nazariyasini anglab yetishning kaliti mikroiqtisod uchun 
makroasos  topish  kerakligini  anglash,  deb  ta‘kidlashga  undadi.  Yalpi 
ishlab  chiqarish  funksiyasi  korxona  ishlab  chiqarish  funksiyasidan 
chiqarilishi mumkin emas va muvofiqlashtirishdagi muammolar sababli 
ishlab chiqarish hajmi tez o‗zgarib ketishi mumkin. Ular alohida olingan 
shaxsning  qarori  boshqalarning  kelajakda  kutilayotgan  qaroriga  qarab 
o‗zgaradi va shuning uchun iqtisodiyot kelajakni kutish boshqotirmasiga 
duch keladi.  
Shunday  qilib,  ratsional  odamlar  jamiyati  har  bir  inson  ratsonal-
to‗g‗ri  qaror  qabul  qiluvchi,  lekin  shaxsiy  qabul  qilgan  ratsional 
qarorlarning  natijasi  oxir-oqibatda  jamiyat  uchun  irratsional  bo‗lib 
chiqadigan  kelajakni  kutish  boshqotirmasiga  duch  keladilar.  Yangi 
keynschilar  fikriga  ko‗ra  insonlarni  ratsional  taxmin  qila  oladilar,  deb 
qabul  qilish  yangi  klassiklarning  barcha  bozorlar  ijtimoiy  zarur  hajm 
sharoitida bo‗lganda fiskal va monetar siyosat foydasiz, degan xulosaga 
olib keladi. Lekin ular bu noto‗g‗ri faraz, ya‘ni tahlildan mantiqan kelib 
chiqadigan faraz emas, deb ta‘kidlaydilar. 
Masalan,  insonlar  birgalikda  talab  kam  bo‗ladi,  deb  kutishlari 
mumkin  va  shuning  uchun  kamroq  miqdorda  tovar  ishlab  chiqarishlari 
mumkin:  taklif  kam,  chunki  kutilayotgan  talab  kam.  Agar  bir  odam 
kelajakdagi  talab  miqdorining  kamayishini  kutganda,  shu  kutilayotgan 
                                                                                                                                                                                                    
Boston Toronto. P 426-436 

227 
 
tushishning  ta‘siriga  mos  ravishda  taklif  miqdorining  tushishini 
kutilishini  (taxminlarni)  muvofiqlashtiruvchi  tizim  bo‗lmasa,  taklif 
haddan  tashqari  tushib  ketadi.  Yangi  keynschilar  ratsional  kutish 
nazariyasini  emas,  balki  iqtisodiyot  avtomatik  tarzda  ijtimoiy  optimal 
darajada muvozanatlashadi, degan farazni qabul qila olmaganlar.  
―Abstrakt  o‗yin-nazariy  modeldan  boshlab  umumiy  muvozanatlik 
mavjudligini  ko‗rsatadigan  yangi  keynschilik  ishlarining  asosiy  qismi 
abstrakt  va  nazariydir‖
44
.  Bu  abstrakt  modellarni  tushuntiruvchi  oraliq 
kitoblar mavjud emas, lekin ular buni qilishlari kerak edi. 
 
Keyns  nazariyasiga  qiziqishning  oshishi  Keyns  iqtisodiy  siyosati, 
deb  nomlangan  siyosat  oldingi  mavqeyini  tiklab  oldi,  degani  emas. 
1970- yillarda nazariy jihatdan samarali hisoblangan bo‗lsa ham, siyosiy 
jihatdan  monetar  siyosat,  samaralimi  yoki  fiskal  siyosat,  degan 
munozara  kuchayib  bormoqda  edi.  Ko‗pchilik  keynschilar  monetar  va 
fiskal siyosatdan amalda siyosiy jihatdan foydalanish qiyin edi va to‗g‗ri 
iqtisodiy  tamoyillar  emas,  balki  iqtisodiy  siyosat  byudjet  taqchilligi  va 
pul taklifning o‗sishiga sababchi bo‗lmoqda deb ta‘kidladilar. 
 
Yangi  keynschilar  va  yangi  klassiklar  o‗rtasidagi  munozara  tez 
orada chigallashib ketdi. Bularni iqtisodiy ta‘limotlar tarixi fanida ko‗rib 
chiqish maqsadga muvofiq emas.  
Yana iqtisodiy o„sish va taklif haqida 
Yangi  klassik  nazariya  makroiqtisodga  sezilarli  ta‘sir  ko‗rsatdi, 
lekin  o‗zining  nazariyalari  uchun  Keyns  makroiqsodiy  nazariyasidek 
ko‗p isbot yig‗a olmadi. Statistik ma‘lumotlar javob topish uchun yetarli 
emas  edi.  Shu  nuqtada  makroiqtisodchilar  iqtisodiy  sikl  muammolariga 
e‘tibor qaratmay qo‗ydilar va o‗sish iqtisodiyotiga ko‗proq e‘tibor qarata 
boshladilar.  Bu  davr  talabi  edi,  Amerika  iqtisodiyoti  1990-yillar 
davomida o‗sib keldi va hech qanday iqtisodiy siklga duch kelmadi.  
 
Iqtisodiy  o‗sish  tahlili  1950-yillarda  Solouning  Xarrod-Domar 
modeliga  javoban  shakllantirlgan  o‗sish  modelini  qayta  ko‗rib 
chiqishdan boshlandi. Bu modelga ko‗ra iqtisodiy o‗sishga erishish oson 
emas,  agar  omad  yuz  o‗girsa,  iqtisodiyot  depressiyaga  tushib  qolishi 
hech gap emas edi. Solou modeli o‗zgarmas kapital/ishchi kuchi nisbati 
farazini olib tashlash orqali bu xulosaga qarshi chiqdi. Bu modelga ko‗ra 
iqtisodiyot  har  doim  muvozanatli  iqtisodiy  o‗sish  darajasiga  qaytadi. 
Iqtisodiyot  nomuvozanatlikda  emas,  balki  muvozanatda.  Solouning 
                                                             
44
 Michael Woodford (1991)нинг моделида мисоллар берилган and John Bryant (1983)каби иқтисодчиларнинг 
ўйин-назарий моделида келтирилган. 

228 
 
iqtisodiy  o‗sish  modeli  neoklassik  iqtsiodiy  o‗sish  modeli,  deb  ham 
atalib,  butunlay  taklifga  e‘tibor  qaratdi.  Ishlab  chiqarish  hajmini 
belgilashda talabning ta‘siri yo‗q edi. Yangi klassikchilarga bu yoqar edi 
va  nima  uchun  davlatlarning  o‗sish  sur‘atlari  har  xil  bo‗lishini 
tushuntirish uchun bu modelni yanada rivojlantirdilar. 
 
Makroiqtisodning  iqtisodiy  o‗sishga  o‗rg‗u  berishi  uning  tabiatini 
ham  o‗zgartirib  yubordi.  O‗sish  modellari  taklifga  asoslangan  modellar 
edi: ularda talabga o‗rin yo‗q edi. Shunday qilib o‗sish modellari e‘tibor 
qozonib,  Keyns  modellari  e‘tibordan  chetda  qoldi.  Bu  o‗sish  modellari 
o‗rtamiyona  va  keyinchalik  ommabop  kitoblarga  kiritilgan  sari 
makroiqtisodda  Keyns  nazariyasining  roli  tushib  bordi,  uning  o‗rniga 
zamonaviy  makroiqtisodiyot  fanida  pulning  miqdoriy  nazariyasi  va 
o‗sish  nazariyalariga  ko‗proq  e‘tibor  qilina  boshlandi.  Klassik  o‗sish 
nazariyasi  keyinchalik  iqtisodiy  o‗sishning  endogen  nazariyasi  bilan 
to‗ldirildi.  Iqtisodiy  o‗sishning  endogen  nazariyasida  texnologik 
o‗zgarish tashqaridan berilgan deb emas, balki endogen, ya‘ni modeldan 
kelib chiqadi, deb qabul qilinadi. U fan-texnika taraqqiyotiga sarflangan 
investitsiyalarning  tabiiy  natijasi  sifatida  qabul  qilinadi.  Iqtisodiy 
o‗sishning  endogen  nazariyasida  samaradorlikning  o‗sib  borishi 
Me‘yoriy  unumdorlikning  pasayib  borishidan  tezroq  amalga  oshadi  va 
buning  natijasi  o‗laroq  doimiy  iqtisodiy  o‗sishni  va  hech  qachon 
turg‗unlikka  tushmaslikni  kuzatishimiz  mumkin.  Shunday  qilib,  bu 
model asosiy makroiqtisodiy oqimni pessimizga emas, yana optimizmga 
qaytardi. 
 
Iqtisodiy  o‗sishga  e‘tibor  Keyns  makroiqtisodiy  nazariyasini 
chetga surib qo‗ydi. Keynscha modellar ishlatilar, lekin multiplikator va 
talab  siyosatining  ahamiyati  tushib  borar  edi.  Inflyatsiyaga  qarshi 
kurashda  monetar  siyosat  ishlatilar,  fiskal  siyosat  esa  amaliy  jihatdan 
noqulay,  amalda  siyosat  taklif  tarafiga  beriladigan  imtiyozlarga 
qaratilgan edi. 
 
Ammo  Solou  iqtisodiy  o‗sish  modelida  ham  ayrim  muammolar 
mavjud  bo‗lib,  u  statistik  faktlarga  to‗liq  to‗g‗ri  kelmas  edi.  Modelga 
ikki  o‗zgartirish  kiritish  orqali  bu  muammolarni  hal  qilish  mumkin:  bu 
model  muvofiqlashtirildi  va  o‗rniga  texnologiyaga  asoslangan  va  Smit 
nazariyasiga borib taqaladigan yangi o‗sish nazariyasi yuzaga keldi. 
Zamonaviy makroiqtisodning istiqbollari 
Yangi  iqtisodiy  nazariya  rivojlanishida  bu  rivojlanishlarning 
ahamiyatini  tushinish  uchun  avvalambor,  Keyns  makroiqtisodi 

229 
 
neoklassik  nazariyaga  hech  qachon  to‗g‗ri  kelmaganligini  bilish  zarur. 
Bu  nazariya  siyosiy  talabga  to‗g‗ri  kelgani  va  iqtisodiy  hodisalarni 
standart  klassik  nazariyaga  qaraganda  yaxshiroq  tushuntirgani  uchun 
yuzaga kelgan.  
Yangi  klassik  revolyutsiya  Keyns  makroiqtisodiy  nazariyasiga 
to‗g‗ri kelmagani uchun u bilan bahslashdi va makroiqtisodiy nazariyani 
mikroiqtisodiy  nazariyaga  bo‗ysundirishga  harakat  qildi.  Bu  qandaydir 
ma‘noda  neoklassik  ta‘limotning  oxirgi  hayqirig‗i  edi  va  u 
makroiqtisodiy asosni bo‗shashtira oldi, lekin makroiqtisodiy nazariyani 
mikroiqtisodiy  nazariyaga  qayta  bo‗ysundira  olmadi.  Uni  faqatgina 
alohida  bo‗laklarga  bo‗lib,  alohida  izchil  bo‗lmagan,  qayerda  to‗g‗ri 
kelsa  ishlatiladigan  modellar  rivojlanishiga  yo‗l  qo‗yib  berdi.  Keyns 
ta‘limoti  shunday  o‗ziga  xos  sharoitda  klassik  ta‘limotdan  ko‗p  farq 
qilmas  edi.  Ikkala  nazariya  ham  zamonaviy  iqtisodiy  nazariyaning  bir 
xususiyati, ya‘ni real hayotni anglashda modellarni ishlatish usulidir
45

10.4. Postkeynschilik iqtisodiyoti 
Makroiqtisodiyot  sohasini  tushunib  borganimiz  sayin  biz  bozor 
iqtisodiyotiga  asoslangan  makroiqtisodiyot  Keynsning  kitoblari  orqali 
topilgan  ma‘lum  bir  qonuniyatlarga  asoslanishini  ko‗rib  boramiz.  Bu 
holat  Keyns  makroiqtisodiyot  to‗g‗risida  aynan  nima  demoqchiligini 
ifodalagan  yakdillikka  ega  bo‗lishda  iqtisodchilarning  umumiy 
qobiliyatsizligidan paydo  bo‗ldi. 1970-yillarga  kelib,  Sidney  Veyntraub 
va  Pol  Davidson  tomonidan  Atlantika  okeani  bo‗yida  va  iqtisodiy 
maktab sifatida dunyoga tanilishiga imkon bergan asosiy neokeynschilik 
modeli  tanqidini  aniq  va  ravon  ifodalashda  Angliya  birlashgan 
kuchlarini  o‗z  ichiga  olgan  Jon  Robinson  va  Jon  eatvell  tomonidan  bir 
iqtisodiy  guruh  shakllandi.  Ular  o‗zlarini  postkeynschilar,  deb  atadilar, 
1974-yilda  o‗zlarining  tashkiliy  majlisini  o‗tkazishdi  hamda  Journal  of 
Post-Keynesian  Economics  (JPKE)  (Postkeynschlik  iqtisodiyoti  jurnali) 
nashrdan  chiqarildi.  Ushbu  jurnalning  dastlabki  nashrida  turli  xil 
asoschilar  va  qo‗llab-quvvatlovchilar  postkeynschilik  iqtisodiyoti  asli 
nimani  anglatishi  haqida  so‗z  olib  bordilar.  Jon  Robinson  bu 
iqtisodiyotni  ―kelajak  va  o‗tmish  o‗rtasidagi  farqli  tomonlarni  hisoblab 
beruvchi  tahlil  metodi‖  deb  atadi.  J.  K.  Gelbreyt  uni  ―sanoatlashgan 
jamiyat  uzluksiz  va  organik  o‗zgarishlar  jarayonida  bo‗lib,  davlat 
siyosati  bu  kabi  o‗zgarishlarga  moslashib  boradi  va  shunday  davlat 
                                                             
45
 History of Economic Thought. Harry Landreth, David C. Colander. Fourth edition Houghton Mifflin Company 
Boston Toronto. P 440-444 

230 
 
siyosatini yo‗lga qo‗yish bilan tizim yaxshilanadi‖ deya ifodalab o‗tadi. 
Boshqa iqtisodchilar esa turlicha masalalarga e‘tibor qaratishadi, ammo 
ularning  barchasi  neoklassik  va  neokeynschilik  iqtisodiyoti  o‗zini 
oqlamaganini  e‘tirof  etadilar.  Ular  o‗zlaricha  qarashlarni  amalga 
oshirdilar  va  shuning  uchun  bozor  makroiqtisodiyotini  ―begona 
keynschilik‖  deya  nomlab,  Keyns  yo‗nalishiga  sodiqlikning  haqiqiy 
namoyondalari sifatida maydonga chiqdilar.  
Britaniya  postkeynschiligi  (ba‘zida  neorikardochilar,  deb  ham 
yuritiladi)  eng  to‗g‗ri  yo‗nalish Rikardoning  ishlab  chiqarish  nazariyasi 
va  uni  Kaleskining  iqtisodiy  davrlarga  oid  sinfiylik  nazariyasi  bilan 
to‗ldirish,  deb  hisoblashgan.  Piyero  Srafaning  Production  of 
Commodities  by  Means  of  Commodities:  Prelude  to  a  Critique  of 
Economic  Theory  (1960)  (Tovarlar  vositasida  aynan  tovarlar  ishlab 
chiqarishni yo‗lga qo‗yish: Iqtisodiyot nazariyasi tanqidiga kirish) nomli 
izlanishidan  so‗ng  ular  foydaning  ish  haqi  va  foyda  o‗rtasida 
taqsimlanishi aniq emasligini hamda jami ishlab chiqarilgan mahsulotga 
bog‗liq  bo‗lmasligini  ta‘kidlab  o‗tdilar.  Shundan  kelib  chiqib, 
daromadlarning  taqsimlanishi  marjinal  samaradorlik  bilan  emas,  balki 
tabiatdagi  makroiqtisodiy  kuchlar  yordamida  aniqlanishini  sezish  qiyin 
emas  edi.  Bu  iqtisodiy  qarashda  ular  Maykl  Kaleskining  1933-yilda 
―ishchilar  o‗zlari  topganini  sarflasalar,  kapitalistlar  sarflaganini 
topadilar‖  deb  o‗z  mulohazalariga  xulosa  yasagan  modeli  asosida  ish 
ko‗radilar.
46
  
Kaleski  o‗z  modelida  uchta  markaziy  farazlarni  keltirib  o‗tdi. 
Birinchidan  u  firmalar  narxlashtirishning  kost-plus  (xarajatlar-plus 
doimiy  daromadlar)  metodini  qo‗llashlarini  faraz  qildi.  Kapitalistlar 
foyda  va  ish  haqi  darajalarini  aniqlaydilar,  ammo  umumiy  foyda  yoki 
maoshning  umumiy  hajmini  aniqlamaydilar,  chunki  ular  ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotning 
umumiy 
darajasi 
orqali 
aniqlanadi. 
Ikkinchidan, hech qanday jamg‗arma xarajatga yo‗naltirilmaydi, shuning 
uchun  ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  umumiy  darajasi  Keynsning 
multiplikatsion modeli asosida umumiy talab darajasi orqali aniqlanadi. 
Uchinchidan,  ishchilar  o‗z  daromadlarining  100%  ini  sarflaydilar, 
shuning uchun iste‘molga cheklangan moyillik ham 100% chiqadi.  
 
Kapitalistlarning investitsiyaviy xarajatlari vaqtinchalik xarakterda 
bo‗lib,  foyda  darajasiga  (jamg‗armalarni  ifoda  etuvchi)  bog‗liq 
                                                             
46
 
Michal Kalecki, ―An Essay on the Theory of the Business Cycle‖ [1933], translated in his Studies in the 
Theory of Business Cycles: 1933-1939 (London: Basil Blackwell, 1966).
 

231 
 
bo‗lmaydi.  Agarda  ular  barcha  topgan  daromadlarini  sarflab  yuborsa, 
talab  barcha  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  sotib  olishga  yetarli  bo‗ladi 
va  jami  ishlab  chiqarilgan  mahsulot  va  daromad  yuqoriligicha  qoladi. 
Agar  kapitalistlar  pessimistik  xarakterda  bo‗lib,  o‗z  daromadlarini 
sarflamasdan,  balki  jamg‗arsalar,  yalpi  talab  va  umumiy  ishlab 
chiqarilgan  mahsulot  darajasi  past  bo‗lib,  daromadlar  ham  kamayib 
boradi  (foyda  normasi  bir  xil  darajada  saqlanib  qolsada)  va  ishsizlik 
vujudga  keladi.  Shundan  kelib  chiqib  aytishimiz  mumkinki, 
daromadlarning  foyda  va  ish  haqi  darajalari  o‗rtasida  taqsimlanishi 
marjinal samaradorlik bilan emas, balki makroiqtisodiy kuchlar ta‘sirida 
aniqlanadi.  Ushbu  oddiy  modeldagi  ko‗plab  farazlar  faoliyatning 
makroiqtisodiy  darajasi  daromadlar  taqsimlanishi  orqali  aniqlanishini 
ifodalovchi umumiy iqtisodiy qarashning qonuniy kuchini yo‗qotmagan 
holda kelib chiquvchi natijalarni ikki ma‘noli bo‗lib qolishini ko‗rsatib, 
o‗zgarib borishi ham mumkin.  

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling