O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 182 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi182 Kb.
#135679
Bog'liq
“O’zb.RIV. STRATEGIYA. FJ


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI





TASDIQLANDI

O`quv ishlari bo`yicha prorektor

__________ I.Axmedov

“___” ________ 2020 yil





O`ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI fanining

ISHCHI FAN DASTURI

(2-bosqich sirtqi ta’lim)



Bilim sohasi:

600000-Xizmatlar


Ta’lim sohasi:

610000-Xizmat ko`rsatish



Ta’lim yo`nalishi:

5610500-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo`yicha)



Umumiy o`quv soati – 78 soat


Shu jumladan:

Ma’ruza – 8 soat (3-semestr 8 soat)

Seminar mashg`uloti – 8 soat (3-semestr –8 soat)

Mustaqil ta’lim – 62 soat (3-semestr – 62 soat)



Сhirchiq – 2020 y.

Fanning o`quv dasturi O`zbekiston Respublikasi Оliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil “25avgustdagi “744sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi.Fuqarolik jamiyati” fani dasturi asosida tayyorlangan.

Fanning ishchi fan dasturi O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o`quv-uslubiy Kengashining 2020 yil “_____” ____________ dagi “___” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.



Tuzuvchi:




Yaqubov F.M. –



O`zDJTSU “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi.








Taqrizchilar:




Ro`zmetova G.M. -
Shopo`latov A.N. –

O`zMU “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasi professori v.b. f.f.d.;

O`zDJTSU “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti.


O`zDJTSU

Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi mudiri:_________Nazarov N.N.
Kelishildi:
O`zDJTSU Sirtqi bo`lim boshlig`i: ________ Ishtayev D.R.

O`zDJTSU

O`quv – uslubiy bo`limi boshlig`i:__________ Raxmanov E.T.
1. O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar.

“O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fani o`qitishdan maqsad - talabalarga O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining maqsad va vazifalari, asosiy yo’nalishlari, O`zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O`zbekistonning o`ziga hos xususiyatlari to`g`risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi, tanqidiy tahlil va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi O`zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo`nalishlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslari to`g`risidagi tasavvurlarini boyitishdan iborat.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:

- O`zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo`nalishlari, fuqarolik jamiyatining shakllanish asoslari, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy metodologik asoslari, fuqaroviylik, fuqarolik jamiyati, saylov huquqi erkinligi, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijtimoiy sheriklik, davlat xususiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida tasavvurga ega bo`lish;


  • Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo`lsa, davlat boy va qudratli bo`ladi” kabi konseptual g`oyalarning mazmun mohiyatini, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan asosiy yo`nalishlar va vazifalarni bilishi va ulardan oqilona foydalana olishi;

  • O`zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish bo`yicha o`zining takliflarini bera olish, mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar va ularning xalqaro miqyosda e’tirof etilishini tahlil qila olish ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.



  1. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan ma’ruza mashg`ulotlarining mavzular va soatlar bo`yicha taqsimlanishi:



Ma’ruza mavzulari

Dars soatlari hajmi

3-semestr

1.

O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi. Harakatlar strategiyasi-O’zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi. Davlat va jamiyat qurulishi tizimini takomillashtirish.

2

2.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari.

Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash.


2

3.

Korrupsiyaga qarshi kurash-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti.

Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi

Saylov huquqi erkinligi fuqarolik jamiyatining sharti.


2

4.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish

Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi

Ijtimoiy sheriklik. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari.


2




Jami: 8 soat




Ma’ruza mashg`ulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyalarda akadem guruhlar oqimi uchun o`tiladi.



O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fani bo`yicha ma’ruza mashg`ulotlarining qisqacha mazmuni
3-SEMESTR
1-Mavzu: O`zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi. Harakatlar strategiyasi-O`zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi. Davlat va jamiyat qurulishi tizimini takomillashtirish
Ma’ruzada fuqarolik jamiyati qurish mamlakatimizning asosiy stragegik pirovard maqsadi, fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining - yuqori bosqichi, fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi, O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, obyekti, maqsadi, o’quv, ilmiy, amaliy, tarbiyaviy vazifalari, funksiyalari va boshqa ijtimoiy fanlar bilan o’zaro aloqasi tushuntiriladi. Ma’ruzada “Rivojlanish”, “strategiya”, “konsepsiya” va “innovatsion rivojlanish” tushunchalarining mazmuni hamda O`zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi, O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo`nalishlari, O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Xarakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo`ladi” konseptual goyalar - O`zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ko`zda tutilgan islohotlarni hayotga tadbiq etish haqidagi ma`lumotlar beriladi. Ma’ruzada demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat boshqaruvini markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmati tizimini isloh qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari xamda qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish, “Elektron hukumat”, “xalq bilan muloqot”, “virtual qabulxona”, “xalq qabulxonalari” haqida tushuntiriladi.

2-Mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari.

Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash.

Ma’ruzada iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida investitsiyalar va innovatsion g’oyalar, iqtisodiyotga innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etishni rag’batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqilishi, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoklarini modernizatsiya va diversifikatsiya kilish xisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari, “Har bir oila-tadbirkor” tamoyili, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish masalalariga urg’u beriladi. Ma’ruzada aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, ilg’or xorijiy tajriba asosida axolining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan daromadlarni aniqlash bo’yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish bo'yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish xamda modernizatsiya qilish, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, maktabgacha, umumiy o’rta, kasb-xunar va oliy ta’lim tizimidagi tub o’zgarishlar. ilm sohasida innovatsion yondashuvni rivojlantirish, Yoshlar - kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ma’ruzada O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash, davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barkarorlik va axil qo’shnichilik muhitini shakllantirish, O’zbekiston Respublikasining tashki siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini xamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari yoritiladi.


3-Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti. Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi
Ma’ruzada korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi, korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy xujjatlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iktisodiy va ijtimoiy kengashi)ning korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 yil), Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 yil), Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 yil), 2008 yil iyul

oyida O’zbekiston Respublikasini BMTning “Korruptsiyaga qarshi kurash konvensiyasi”ga qo’shilishi, O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni (2017 yil) batafsil tushuntiriladi. Ma’ruzada inson va fuqaro huquqlari, inson huquqlari umumjaxon Dekparatsiyasi, fuqaro va fuqaroviylik tushunchasi, fuqaroviylikning

asosiy belgilari va mezonlari, fuqaroning o’z xaq-huquqlarini tushunishi, uni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi va boshqa fuqarolarning huquq va erkinliklarini xurmat qilishi, fuqaroviylikni ijtimoiy faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda darajalarga bo’lish va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, fuqarolik ongining jamiyat xayotida turli shakllarda namoyon bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari aytib o’tiladi.
4-Mavzu: Ijtimoiy sheriklik. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo`nalishlari.

Ma’ruzada ijtimoiy sheriklik tushunchasi, va uning talqinlari, ijtimoiy sheriklikning rivojlanishining nazariy-xuquqiy asoslari, hamkorlik va ijtimoiy sheriklik, ijtimoiy sheriklikning turlari, maqsad va vazifalari, subyektlari, tashkiliy-xuquqiy mexanizmlari, mamlakatimizda “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”gi qonunning (2014) qabul qilinishi va uning ahamiyati, o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasii oshirishga qaratilagan davlat - xususiy sheriklikinng zamonaviy mexanizmlarini joriy etish kabi masalalar tushuntirib o’tiladi.




  1. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan seminar mashg`ulotlarining mavzular va soatlar bo`yicha taqsimlanishi:






Seminar mavzulari

Dars soatlari hajmi

3-semestr

1.

O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi. Harakatlar strategiyasi-O’zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi. Davlat va jamiyat qurulishi tizimini takomillashtirish.

2

2.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari.

Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash.


2

3.

Korrupsiyaga qarshi kurash-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti.

Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi

Saylov huquqi erkinligi fuqarolik jamiyatining sharti.


2

4.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish

Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi. Ijtimoiy sheriklik. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari.




2




Jami: 8 soat



Seminar mashg`ulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyalarda har bir akadem guruhga alohida o`tiladi. Mashg`ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o`tiladi, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o`qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko`rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurulmalari yordamida uzatiladi.



  1. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan mustaqil ta’lim mavzularining soatlar bo`yicha taqsimlanishi:



Mustaqil ta’lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Bajarish muddati

Ajratil

gan soat

3-semestr

1.

O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi. Harakatlar strategiyasi-O’zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asosi. Davlat va jamiyat qurulishi tizimini takomillashtirish.

Mustaqil ish

1- hafta

16

2.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o’ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari.

Ijtimoiy sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash.


taqdimot

2-hafta

16

3.

Korrupsiyaga qarshi kurash-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti.

Fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi

Saylov huquqi erkinligi fuqarolik jamiyatining sharti.


Mustaqil ish

3- hafta

15

4.

O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish

Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi. Ijtimoiy sheriklik. Faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo’nalishlari.




taqdimot

4- hafta

15




Jami:







62

Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi.




  1. O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari

“O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash to‘g‘risida Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 26 sentabrda 3069-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan.

“O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fani jami 78 sоat hajmda, shundan: 8 sоat ma’ruza, 8 sоat amaliy mashg`ulоtlar va 60 sоat mustaqil ta’lim shaklida o`zlashtiriladi. Fan o`quv rеjasiga muvоfiq 3-sеmеstrlarda o’tiladi.

“O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fani fani bo‘yicha baholash shakli, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal baho, shuningdek oraliq nazoratlarining saralash baholari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

Fan bo`yicha talabalarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o`tkaziladi:



oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o`quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o`z ichiga olgan) bo`limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o`tkaziladi va shakli (yozma, og`zaki, test va hokazo) o`quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo`yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni talabalar tomonidan o`zlashtirish darajasini baholash usuli.

ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi.

Dinshunoslik fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 5 baholik tizimda baholanadi.

Ushbu 5 baho baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:



Oraliq nazorat ishlari bir semestr davomida ikki marta belgilangan mavzulardan keyin test shaklida o`tkaziladi. Oraliq nazorat turini o`tkazish va mazkur nazorat turi bo`yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo`yicha o`quv mashg`ulotlarini olib borgan professor-o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat ishlari semestr uchun ajratilgan mavzular so`ngida shu mavzular yuzasidan yozma shaklida o`tkaziladi. Yakuniy nazorat turini o`tkazish va mazkur nazorat turi bo`yicha talabaning bilimini baholash o`quv mashg`ulotlarini olib bormagan professor-o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba tegishli fan bo`yicha yakuniy nazorat turi o`tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo`lishlari shart.

ON o`tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o`tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo`limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o`tkazish jarayoni muntazam ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o`tkaziladi.

ON turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba YaN turiga kiritilmaydi. YaN turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo`yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Talaba uzrli sabablarga ko`ra ON va (yoki) YaN turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. Talabaga ON va (yoki) YaN turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko`p bo`lmasligi kerak.

Talaba ON va (yoki) YaN turini birinchi marta qayta topshirishdan o’ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo`yicha professor-o`qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o`tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Baholash natijasidan norozi bo`lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.

“O`zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fani bo’yicha talabalarning semestr davomidagi o`zlashtirish ko`rsatkichi 5 baholik tizimda baholanadi.

Ushbu 5 baho baholash turlari bo`yicha quyidagicha taqsimlanadi:


Baholash turlari

Maks.baho

O`tkazish vaqti

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o`z vaqtida va sifatli bajarganligi uchun

3,4,5

Semestr davomida

Oraliq nazorat


5

Birinchi oraliq nazorat testi (seminar mashg`ulot o`qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)

a) 20-19-18 ta to`g`ri javobga 5 baho

b) 17-16-15 ta to`g`ri javobga 4 baho

s) 14-13-12 ta to`g`ri javobga 3 baho

d) 11-0 ta to`g`ri javobga qoniqarsiz


3,4,5

3-semestr uchun – 2 hafta

Ikkinchi oraliq nazorat testi (seminar mashg`ulot o`qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)

a) 20-19-18 ta to`g`ri javobga 5 baho

b) 17-16-15 ta to`g`ri javobga 4 baho

s) 14-13-12 ta to`g`ri javobga 3 baho

d) 11-0 ta to`g`ri javobga qoniqarsiz


3,4,5

3-semestr uchun – 4 hafta

Yakuniy nazorat

5

Yakuniy nazoratlar o’tkazish haftasida

Yakuniy nazorat test shaklida o’tkazialdi, javob uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi. Javoblar 5,4,3 va qoniqarsiz baholanadi.

3,4,5


JAMI

5




Baholash usullari

Og’zaki so’rov, testlar, yozma ishlar, prezentatsiyalar




5 (a`lo) baho - talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda;

4 (yaxshi) baho - talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda;

3 (qoniqarli) baho - talaba olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda;

2 (qoniqarsiz) baho - talaba fan dasturini o`zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega emas deb topilganda bilan baholanadi.


6.Asosiy va qo`shimcha adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar:

1.Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim. Mualliflar jamoasi. T.:Muharrir. 2018

2.Bekmurodov M. Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. T.: G`ofur G`ulom NMIU. 2017

3.Sharifxo`jayev M. O`zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. T.:Sharq, 2003.

4.Qirg`izboyev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi.-T.:O`zbekiston, 2010.

5.O’tamurodov A. Fuqarolik jamiyati. O`quv qo’llanma. T.:Universitet.2018.


Qo`shimcha adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-23-jildlar. – Toshkent.: O`zbekiston, 1996-2013.

  2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag’ishlangan majlisidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:O`zbekiston, 2017. – 488b.

  4. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 9 yanvar.

  5. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8-sentabrdagi “O`zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5185-sonli Farmoni.

  6. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.:22 dekabr 2017 yil. Xalq so`zi gazetasining 2017 yil 23 dekabrdagi 258-soni.

  7. Abduazimov O. Fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari.-T.:Akademiya, 2008.

  8. Jalilov Sh. Fuqarolik jamiyati asoslari. T.: Baktria press. 2015.

  9. Qirg`izboyev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siyosiy madaniyatlar. – T.: Sharq, 1998.

  10. Qirg`izboyev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba.-T.: Yangi asr avlodi, 2006.


Internet saytlari:

  1. http//www.press-service.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.xs.uz

  4. www.nimfogo.uz

  5. www.ngo.uz




Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling